BeginGroup
3 subscribers
3 photos
1 link
Download Telegram
Channel created
Startaplardagi Investitsiya Bosqichlari

Startaplar investitsiya jalb qilishda bir necha bosqichdan o‘tadi. Har bir bosqich — o‘ziga xos maqsad, investor va risk darajasiga ega. Quyida eng asosiy bosqichlar, ularning farqlari va real kompaniyalar misolida ko‘rsatilgan:

Pre-Seed — G‘oya bosqichi

• Mahsulot hali mavjud emas, faqat g‘oya bor
• Asoschilar, do‘stlar, oila yoki grantlar mablag‘ kiritadi
• Maqsad: MVP tayyorlash yoki bozordan tahlil olish
• Investitsiya hajmi: $10K – $200K
📌Misol: Notion — 2013-yilda $150K pre-seed olgan



Seed — Mahsulotni sinash
• MVP (minimal mahsulot) mavjud
• Angel investorlar va akseleratorlar ishtirok etadi
• Maqsad: Bozor mosligini aniqlash (product-market fit)
• Investitsiya hajmi: $100K – $2M
📌Misol: Figma — 2013-yilda $3.8M seed investitsiya olgan



Series A — Barqaror model bosqichi
• Mahsulot isbotlangan, ilk foydalanuvchilar mavjud
• VC fondlar jalb qilinadi (masalan, Sequoia, a16z)
• Maqsad: O‘sishni tezlashtirish va monetizatsiyani boshlash
• Investitsiya hajmi: $2M – $15M
📌Misol: Canva — 2015-yilda $6M Series A olgan



Series B
• Barqaror daromad va real o‘sish mavjud
• Marketing, HR va texnik baza kuchaytiriladi
• Maqsad: Yirik bozorga kirish va ulushni oshirish
• Investitsiya hajmi: $10M – $30M
📌Misol: Airtable — 2018-yilda $52M Series B olgan



Series C — Global o‘sish va Exit strategiyasi
• Kompaniya yirik bozorlarga chiqishga urinadi
• Private equity va strategik investorlar jalb qilinadi
• Maqsad: IPOga tayyorgarlik yoki kompaniyani sotish
• Investitsiya hajmi: $30M+
📌Misol: Revolut — 2018-yilda $250M Series C jalb qilgan

📌Eslatib o‘tamiz: agar siz ham startapingiz uchun investitsiya izlayotgan bo‘lsangiz, AloqaVentures saytida ariza shaklini to‘ldiring.

Instagram | Veb sayt | Telegram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Startap loyihani tanlashda –ko‘p funksionallik emas, kerakli yechimlar tanlanadi”

Ko‘pchilik startap boshlamoqchi bo‘lgan dasturchilarda(shuningdek o’zimda ham bo’lgan bu vaziyat) birinchi keladigan g‘oya "dasturda qancha ko‘p funksiya mavjuda bo‘lsa, shuncha zo‘r bo‘ladi va oson bozorga kiraman” — deb o‘ylaydi.Bu — juda katta noto‘g‘ri yondashuv, startap — bu muammoni hal qilish uchun yaratilgan oddiy yechim.
Turlicha va talab qilinmaydigan funksiyalar bilan ortiqcha resurs yo‘qotamiz aslida foydalanuvchi uchun oddiygina qiymat/natija kerak.

Siz ishlab chiqqan har bir funksiyaga shunday savol bering:
📌Kimga kerak?
📌Qanday og‘riqni bartaraf etadi?
📌Uni haqiqatda ishlatadigan foydalanuvchilar yetarlicha bormi?

Agar bu savollarga javob yo‘q bo‘lsa — u funksiya ortiqcha resurs, vaqt, va pul isrofi xolos.

Loyihaga foydalanuvchi ko‘zi bilan qarash
Startapni ishlab chiqishdan oldin:
Haqiqiy foydalanuvchilar bilan gaplashing
Ularning og‘rig‘ini tushuning
“Siz uchun eng noqulay jihatlar qayerda?” deb so‘rang
Va shunga yechim qilib bering.

Dasturchilar agarda startap qilishni boshlasa ko‘pincha turli va g‘ayri oddiy funksiyalar bilan dasturni ideal qilaman deb uylaydi va buni o‘ziga o‘xshagan dasturchilarga baham ko‘rganda sheriklari vovv deydi va yana loyihani bezashda davom etadi (( .Lekin siz yaratgan funksiya, foydalanuvchiga foydasiz bo‘lishi mumkin emasmi? yoki siz asosiy muammoga yechim bermasdan foydalanuvchingiz uchun unchalik muhim bo‘lmagan boshqa bir muammoga siz ortiqcha resurs sarflayolgandirsiz.

Shuningdek moliyaviy holatlar
Startap bu — faqat dasturni tamomlashgacha ketgan xarajat bilan to‘xtab qolmaydi.
💰 Server uchun to‘lov
💰 Reklama + marketing guruh
💰 Mobile(Android,IOS)/Web uchun hukumatimizga ba’zi integratsiyalar uchun yaxshigina $
💰 va boshqa to‘lovlar.

Shuning uchun har bir funksiya — sarmoya. Va uni qo‘shishdan oldin savol berish kerak:
"Bu sarmoya qaytadimi va agar ha bo‘lsa qachon qaytadi?"

Yechim nima?
1. MVP’ni iloji boricha minimal qilish — asosiy muammoni hal qilsa bo‘ldi.
2. Foydalanuvchi og‘rig‘i bo‘yicha aynan kerakli funksiyalarni ishga tushirish
3. Dasturchilar fikri bilan emas — bozor, mijoz, foydalanuvchi fikri asosida qaror qilish loyihaga

Startap — bu muammoga ko‘p funksiyanalik bilan maksimal yechim berish emas. Bu — Yuqori darajadagi muammolar uchun to‘g‘ri yaratilgan minimal harakatingiz!!!!!

👨‍💻@abdullayevnotes
Startapchilar uchun 20 ta eng muhim savol
Mahsulotni test qilishdan oldin – o‘zingizdan shu savollarni so‘rang:

🧠 1–5: Muammo va Mijoz
1. Qanday muammoni hal qilyapsiz?
2. Ushbu muammoni o‘zingiz boshdan kechirganmisiz?
3. Ideal birinchi mijozingiz kim?
4.Mijozingiz bu muammoni har kuni boshdan o‘tkazadimi?
5. Sizning MVP’ingiz shu muammoni yechadimi?

🚀 6–10: MVP va Yechim sifati
6. Eng umidsiz, lekin eng muhtoj mijoz kim?
7. Kim “yomon” MVP’ni sinab ko‘rishga tayyor?
8. Qanday metrikalar bu yechim ishlayotganini ko‘rsatadi?
9. Asosiy KPI’ingiz nima (foyda, foydalanuvchi, o‘sish)?
10. Har bir yangi funksiya qanday o‘lchanadi?

🌐 11–15: Bozor va Raqobat
11. Asosiy raqobatchilaringiz kim?
12. Ular nimada kuchli, nimada zaif?
13. Sizning afzalligingiz nimada?
14. Qiymat taklifingiz qanday foyda beradi?
15. Bu foyda real va isbotlanganmi?

🔗 16–20: Model, Jamoa va Moliya
16. Siz daromadni qayerdan olasiz?
17. Kimga va qanday sotmoqchisiz?
18. Sizning jamoa nimani boshqalardan yaxshi qiladi?
19. Qancha mablag‘ kerak va qanday muddatga?
20. Exit strategiyangiz: IPO, M&A yoki boshqami?



📌Bu savollarni har chorakda qayta ko‘rib chiqing...!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM