Яхшилаб ўйлаб кўрдим , сиқилиш учун жудаям кўп сабабларим бор экан , ман шулар орасидан сиқилмаслик вариантини танладим
Odamlar ob-havodan battar oʻzgaruvchan.
Ob-havoni prognoz qilish mumkin, lekin odamlarni oldindan prognoz qilolmaysan.
❄️

Manus Baba - bu Havada Gidilme
@xuliganiystann_1
Биласан, гуноҳларни ёзувчи фаришта чап елкада. Шунинг учун ҳам юрак чап томонда жойлашган. Шунинг учун ҳам ишқ энг катта гуноҳ саналади.
Азиз Несин
Азиз Несин
Oldin qish boshqacha boʻlardi, tashqari oppoq, uy ichi qor shuʼlasidan oppoq, yuragim ham oq...
Qor yogʻsa oylab oʻsha qor yerda turardi, koʻchamizda asfalt muzlardi.
Hali qurilishi bitmagan uyimizda bekinib sovuqda qaltirab akam bilan chana yasardik. Butun koʻcha bolalari bilan koʻchada rosa qor oʻynardik, onalarimizdan gap eshitib uyga qamalardik keyin.
Baʼzan katta bolalar qirga chiqib ketishardi, sirpanchiq uchishga. Biz kichkinalarni aldab.
Oʻsha paytlar qorning taʼmi boshqacha edi. Muz shirin boʻlardi. Kichkina boʻlsam ham oʻsha paytlarda menga nima foyda, nima zarar ekanligini hozirgidan yaxshiroq bilganman. Bir marta qor yeb oylab kasal boʻlib yotganimdan keyin qorni qayta ogʻzimga olmaganman. Bir xatoni boshqa takrorlamaslikka oʻsha paytlar aqlim yetgan.
Men oldindan qorni yaxshi koʻraman, sovuq boshqa masala. Men qorni, muzni yaxshi koʻraman.
Yechib tashlamasligimiz uchun choponchalarimizni buvam teskari kiygizib qoʻyishlari ham esimda. Tomogʻimdan oʻtadigan bogʻichi bor, katta poʻpakchali, oq va koʻk aralash rangli uchi uzun shapkam ham esimda. Yana oldida qushchaning rasmi bor qizil jemferim, balerinaning rasmi bor vodalazkam. Etikchamni oʻgʻil bolalarniki deb kiymayman deb janjal qilganim.
Hatto dadam ham koʻchada chanada bizni tortganlari esimda.
Onam hoʻl kiyimlarimizni pechkaning oldiga terib oʻzimizniyam oʻshayoqqa oʻtqazib qoʻyganlari.
Hamma narsa oq edi oʻsha paytlar...
Hozir fasllar ham, ranglar ham, dunyo ham, qalblar ham oʻzgargan.
Tashqari jigarrang, uylar kulrang, yuragim esa yarmi qizil yarmi qora...
Birga qor oʻynagan jigarlar esa ham qalban, ham ruhan bir-biridan uzoq, begona.
Kiyimlar endi qimmatbaho, turli-tuman. Koʻpligidan koʻrinishi ham esimizda turmaydi, lekin ichimiz gʻarib, bir xil — qizil va qora.
Qishlar qorini, kuzlar yomgʻirini, odamlar mehrini qizgʻonadi.
Tushimizga esa oppoq qor, oppoq uy, oppoq qalbli bolakay bot-bot kirishda davom etadi..)

❤1
Agar sen farishta bo‘lgan taqdiringda ham qanotlaringning shitirlashini yoqtirmaydigan odamlar topilgan bo‘lardi.
©️Xitoy maqoli
©️Xitoy maqoli
🔥1
Baʼzan oʻzingni 0 dan emas, -1000 dan qayta tiklashingga toʻgʻri keladi.
❤1
Sezgir bir qalbga ega bo'lsang albatta dunyo uni og'ritadi...
©️Dostoyevskiy
©️Dostoyevskiy
❤1
Kimnidir qosh-qovog'iga qarashga, kimdir sen uchun nimadir qilishini kutishga, umuman kimnidir kutishga, kimgadir bo'ysunishga majbur emassan. Alloh bandalarini teng qilib yaratdi va ularga teng imkoniyatlar berdi. shunday ekan nega kimgadir bo'ysunishimiz, kimningdir qo'liga qarab yashashimiz kerak.
©️Syuzen Foks
"Samoviy ahdu paymon"
©️Syuzen Foks
"Samoviy ahdu paymon"
🔥2❤1
Hamma gaplar odamning yuziga aytilishi kerak, menimcha.
Oldingda seni dunyodagi eng yaxshisi deb, orqadan balchiqdan battar gaplarni aytish...
Bilmadim.
Yomon odamni yuziga sen yomonsan deyish va shunchaki aloqalarni uzish kerak.
Tamom.

❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mot & Jony
"Лилии"
"Лилии"
Бахт бу, кўп нарсага эга бўлиш эмас. Бахт бу, борига рози бўлиш, борини ҳис қилишдир..
🍋
🍋
❤1👏1
Men atrofimdagilar mahsuli emasman. Men o'z qarorlarim mahsuliman.
©️Stiven Kovi
©️Stiven Kovi
❤1🔥1
Kimdir shaxsiyatingni ayblab, tahqirladimi, demak, u sen kabi bo‘lishni orzu qilgan, ammo uddasidan chiqa olmagan...
❤1🔥1
Ro‘za va teri kasalliklari
Ro‘za tutish bilan qon va teridagi suv miqdori kamayadi. Natijada:
— terining mikroblarga qarshi immunitetni oshiradi;
— teridagi o‘tkir yallig‘lanishlarni va ularning tarqalishini kamaytiradi;
— allergiya va yuzdagi toshmalarni quritadi;
— ichaklar faoliyatini yaxshilaydi va teridagi chipqonlarni yo‘qotadi.
©️Muhammad Zarif (Islomda salomatlik) kitobidan

Men balkim yolgʻonchidirman, lekin ikkiyuzlamachi va soxta emasman. Mehrim ham, qahrim ham chin. Kimgadir yaqin boʻlsam, kimnidir yaxshi koʻrsam undan foydalanishni yoki nimadir manfaatni koʻzlamayman.
Shunchaki undagi insoniylikni va oʻzligini hurmat qilaman. Ayb va xato kimda yoʻq? Men buni toʻgʻri qabul qilaman va u haqida oʻzim chiqargan xulosam bilan yashayman... To odamlarning oʻzi oʻz hurmatlarini yoʻqqa chiqarmaguncha va aslida kim ekanligini koʻrsatmaguncha...
Lekin Balzak aytganidek "yuragimizga xanjar urib uni kavlaydigan va xanjarning bejirim dastasini tomosha qilishimiz uchun uni shu alfozda tashlab ketadigan doʻst hamma vaqt ham topilib turadi."

❤3