счастье...
6 subscribers
722 photos
194 videos
2 files
1 link
Download Telegram
"Axir bu juda siyqa gap-ku. Bilmaysanmi, har bir odam boshqalardan koʻra koʻproq azob chekkanman, deb oʻylaydi."

Onore de Balzak
"Sagʻri teri tilsimi"
1👍1🔥1
Koʻpincha hayot senga kerak boʻlgan narsalarni ortiq ular kerak boʻlmay qolganda qoʻshqoʻllab qoʻlingga tutqizadi. Shunda bir paytlar kuyib-yonganlaring naqadar axmoqona boʻlganini anglab yetasan.😂


P/s: Kayfiyat uchun
1👍1👏1
Baxt sherikchilikda boʻlmaydi.
Chinakam baxtlilar xudbindirlar.👤
👍1🔥1
Siz odamlarni kechirasiz, lekin oʻzingiz ular qilgan xatoni takrorlasangiz, buni hecham qabul qila olishmaydi.
2🔥1
Oʻzing haqingdagi haqiqatga iqror boʻlishing bilan uni boshqalardan eshitishing umuman boshqa-boshqa narsalar.

©️Somerset Moem
🔥1👏1
🍂

Сен ҳам баҳорларни ахтариб юрма,
Бехиштдан қувилган ночор азизим.
Бошқа фаслларнинг борлиги рўё,
Бу дунёда фақат куз бор, азизим...

Шуҳрат  ОРИФ
👍1🔥1
🥱🥱🥱
Baʼzi bir narsalar haqida kalta xulosa qiladiganlarni hech tushunmayman-da.
Miyadagi Shimoliy Koreya chegaralarini ozgina kengaytirish kerakmikin.
👍1
Har qanday dardning eng yaxshi davosi - vaqt deydilar. Lekin shunday dardlar bo‘ladiki, vaqt-bevaqt yangilanib, usti ko‘chgan yaradek achchiq-achchiq azob berib turadi.

"Nur borki, soya bor"
O‘.Hoshimov
1
1🔥1
...Yer bitta,
Osmon bitta,
Bitta yagona hamroh...
Baxtlilar orasida oʻzim yagona gumroh,
Alamdaman...
Boʻgʻzimdan sheʼrdek sizib chiqar oh,
Sogʻinch degan havodan nafasim bor, onajon...

Ertak tugab murodga nechun yetolmayapman?
Yo baxtli Susambilga koʻchib ketolmayapman?
Qaqnus qanotlarida uchib ketolmayapman,
Bu yerda Vatan degan qafasim bor, onajon...
Ba'zi insonlar narvonning eng oxirgi pog'onasiga kelganida, noto'g'ri devorga chiqqanini tushunadi.

©️Kolin Alta
HAQ GAP

Ketganni bilmasdan maqtama, banda,
Garchi marhumlarning yodi porloqdir.
Yovuz yovuzligin qilmagay kanda,
O‘sha joylarda ham ahmoq ahmoqdir.

O‘lim bir nafasda keltirmas obro‘y,
Nogoh aziz bo‘lib qolmagay joning.
Seni qutqarishi mumkin bilib qo‘y,
Ezgu amallaring hamda iymoning.

©️Abdulla Oripov
1
1🔥1