Bobur Bekmurodov
975 subscribers
457 photos
141 videos
369 links
«Юксалиш» ҳаракати раиси

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси Тадбиркорлик қўмитаси раиси

@B_Bekmurodovga_murojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada tojikistonlik goʻdakning millatchilik ruhida vaxshiylarcha oʻldirilishi barcha qatori meni ham larzaga soldi!

Men bu voqeadan chuqur qaygʻudaman. Marhum bolakayning oilasiga va butun tojik qardoshlarimizga sabr tilayman!

Bu vaxshiylikning sababini anglashga urinar ekanman, avvalambor, bu yillar davomida yuritilgan aksilmigrant siyosatning mahsuli deb bilaman.

Oʻylaymanki, biz - Markaziy Osiyo bir tan-u bir jon boʻlib, birdamlik siyosatini qoʻllab-quvvatlashda davom etishimiz kerak.

Musofirchilikda yurgan yutdoshlarimizni omonlikda bo'lishlarini, o'zlarini ehtiyot qilishlarini tilayman.

Bobur Bekmurodov
🔥2510👍9
Forish tumanida Atom elektr stansiyasini qurish va foydalanishning atrof-muhitga ta'siri bo'yicha jamoatchilik eshituvida ishtirok etyapmiz.
👍4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 25-dekabr. Ozarbayjon xalqi uchun og‘ir judolik bo‘lgan o‘sha mudhish voqeaga bir yil bo‘ldi. Bir yil avval biz nafaqat samolyot halokatini, balki insoniylikka adolatsizlikni ko‘rgan edik.

Biz har doim Ozarbayjon xalqining yonida turamiz.

Biz siz bilanmiz, qardoshlar! 🤲🇦🇿🇺🇿
7👍7🔥1
2025 йилги Давлат бюджетига киритилаётган ўзгартиришлар жамоатчилик ўртасида муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Бу табиий, чунки бюджет — бу халқнинг пули.

Муҳокамалар нега жонли эфирга чиқмади, деган ўринли савол кўтарилмоқда. Шунинг учун, аввало, муҳокамаларнинг "ёпиқ ўтганлиги" бўйича фикр билдирсам.

Аввало, шуни айтишим керакки, парламентда ҳеч бир масала ёпиқ кўрилмайди. Барча жараён очиқ ва ошкора муҳокамага асосланади. Хусусан, бюджетга ўзгартириш киритиш масаласи ҳам аввал партиялар фракцияларида, масъул қўмита йиғилишида ундан кейин ялпи мажлисда батафсил кўриб чиқилган. Бу - Қонунчилик палатаси регламенти талаби.

Тўғри, техник сабаблар ва кун тартибининг тиғизлиги сабабли бу галги бюджет қонунига ўзгартириш киритиш жараёнига бағишланган ялпи мажлисни тўғридан-тўғри эфирга узатиш имкони бўлмади (мажлис одатдагидан бир соат олдин бошланди).

Лекин, бу муҳокамалар «ёпиқ» ўтди дегани эмас. Ҳар бир рақам депутатлар, партия фракциялари ва экспертлар иштирокида жиддий элакдан ўтказилган. Биз ҳукумат вакилларига 50 дан ортиқ саволларни бердик ва асосли жавоблар олдик.

Таъкидлаш керакки, қўшимча ажратилаётган маблағларнинг деярли ҳаммаси (41 трлн сўми) тўғридан-тўғри ижтимоий соҳага — иш ҳақи, пенсия ва нафақаларни оширишга, мактаб ва шифохоналаримизни иссиқлик билан таъминлашга ҳамда ҳудудлардаги йўл ва ичимлик суви каби муаммоларни ҳал қилишга йўналтирилади.

Яъни, бу шунчаки «харажат» эмас, балки одамларимизнинг кундалик ҳаётини яхшилашга тикилган сармоядир.

Бюджетда «тешик» пайдо бўлмайдими? Йўқ. Ушбу қўшимча харажатлар иқтисодиёт ўсиши ва бюджет тушумларининг прогноздан кўпроқ бўлгани ҳисобига қопланади.

Шахсан мен учун — ҳар бир тийин одамларимизга хизмат қилиши муҳим. Қолаверса, бюджет жараёнларидаги очиқлик энг устувор вазифамиз, деб биламан.

Bobur Bekmurodov
👍13🔥43
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men uchun “Teach for Uzbekistan” loyihasiga oid hikoyalar juda qadrli.

Bu — inson kapitali rivojiga qaratilgan, iste’dodli yoshlar uchun imkoniyat yaratuvchi va bolalarning ustozlariga bo‘lgan samimiy muhabbatini aks ettiruvchi loyiha.



Мне особенно дороги истории из «Teach for Uzbekistan».

Это проект про развитие человеческого капитала, про трамплин для талантливой молодёжи и про неподдельную любовь детей к своим учителям.
👍4🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalq sifatida yuksalishimiz kerak. Ikkita "paqqiloq"ni ishlatib, hursand bo'ladigan davrdan o'tdik.

Xulosa qilishimiz kerak.
👍19🔥42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Migrantlarning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi hissasini e'tirof etish lozim.

Shu bilan birgalikda, xorijdagi migrantlar sonining qisqarayorganligi O'zbekistondagi iqtisodiy taraqqiyot bilan bog'liq.
👍17🔥42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Плевать на слова Соловьева.

Kreml fantast-jurnalisti Vladimir Solovyov navbatdagi efirida Markaziy Osiyoda «maxsus operatsiyalar» o‘tkazish haqida safsata sotibdi. Xalqaro huquqqa «tupurishni» taklif qilgan bu nusxa, mintaqamizni o‘zining imperiyacha doktrinalariga kiritishni taklif qilibdi.

Zamon o‘zgardi. Xalqlar taqdiri telestudiyalardagi baqir-chaqirlar yoki «katta og‘alar»ning ko'rsatmasi bilan hal qilinadigan davrlar tarix axlatxonasiga ketganiga ancha bo‘ldi.

Sarhadlarimiz — bizning or-nomusimiz. Mustaqilligimizga bo‘lgan har qanday tahdid «itoatkorlik» bilan emas, millatimizning birdamlikdagi qat’iy zarbasi bilan qarshi olinadi.

Bunday provokatsiyalar faqat va faqat qo‘shnilarni dushmanga aylantiradi.

Bizda o‘z uyimizni himoya qilish uchun iroda ham, resurs ham, jasorat ham yetarli!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲
🔥254👍20795
Erondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasining Erondagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.

Shu munosabat bilan, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq bo‘lishni hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etishni so‘rab qolamiz.

Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining Tehron shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+982122299780
+982122832025

@TIVmatbuot
👍7🔥41
Xitoyning "Bir kamar — bir yo‘l" ilmiy-texnik ittifoqi bilan memorandum imzoladik.

Xitoy NNTlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-tahliliy loyihalar va "birodar shaharlar" aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldik.
👍9🔥4
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Biz azaldan mag‘rur, yengilmas va jasoratli xalq bo‘lganmiz. Tomirimizda buyuk ajdodlarimiz qoni oqmoqda.

Armiyamizning mard va jasur o‘g‘lonlari bor ekan, tinch va mustaqil hayotimizga hech kim raxna sola olmaydi!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥167👍7
Valuevning boshiga shunchalik ko‘p urishganki, u endi geosiyosat bilan shug‘ullana olaman deb ishonib qolibdi.


Валуева так много били по голове, что он теперь поверил, что может заниматься геополитикой.
🔥17👍72
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sog'lom fikr g'alabasiga ishonamiz!

🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲🇦🇿

Да здравствует здравый смысл!
🔥24👍176
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston adolatli va qudratli bo‘lishi yo'lida o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi?

“Yuksalish” harakatiga Telegram-bot orqali bir necha soniyada a'zo bo‘ling.
A'zolik sizga:
respublika bo‘ylab tadbirlarda ishtirok etish,
muhim masalalar bo‘yicha so‘rovnomalarda ovoz berish,
jamiyat muammolariga o‘z fikringizni bildirish imkonini beradi.

Yuksalishga qo‘shiling. O'zgarishlar ishtirokchisi bo‘ling.

📱 Telegram bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥51