Azizim, yomg'irlar yog'yapti, qarang,
Tilga kirgan kabi bor jimliklarim.
Ayting, ko'nglingizni og'ritmaydimi,
Bemavrid shamoldek injiqliklarim.
Azizim, osmonmas, yig'layotgan men,
Yig'iki – ko'nglimning sirlari haqda.
O'zim anglab sizga aytolmaganim,
Ko'nglimning kengligi, qirlari haqda.
Azizim, yomg'irning shiddatin qarang,
Zarb bilan urilar derazangizga.
Silkinib, silkinib yig'laydi ko'nglim,
O'zidan bexabar ekaningizdan.
E, yo'q,
Balki siz ham anglaysiz ravshan,
Shubxaga borasiz:
-Rostdan menmi, yo'q?
Azizim, dunyoyi dun ichra sizdan
O'zgasiga ko'nglim bosh eggani yo'q!
Azizim, yomg'irlar yog'moqda qarang,
Tilga kirar sevgim... dil jimliklarim.
Ayting, uyqungizmi buzmayaptimi
Bemavrid shamoldek injiqliklarim?
© Parizoda Ro'ziboyeva
Tilga kirgan kabi bor jimliklarim.
Ayting, ko'nglingizni og'ritmaydimi,
Bemavrid shamoldek injiqliklarim.
Azizim, osmonmas, yig'layotgan men,
Yig'iki – ko'nglimning sirlari haqda.
O'zim anglab sizga aytolmaganim,
Ko'nglimning kengligi, qirlari haqda.
Azizim, yomg'irning shiddatin qarang,
Zarb bilan urilar derazangizga.
Silkinib, silkinib yig'laydi ko'nglim,
O'zidan bexabar ekaningizdan.
E, yo'q,
Balki siz ham anglaysiz ravshan,
Shubxaga borasiz:
-Rostdan menmi, yo'q?
Azizim, dunyoyi dun ichra sizdan
O'zgasiga ko'nglim bosh eggani yo'q!
Azizim, yomg'irlar yog'moqda qarang,
Tilga kirar sevgim... dil jimliklarim.
Ayting, uyqungizmi buzmayaptimi
Bemavrid shamoldek injiqliklarim?
© Parizoda Ro'ziboyeva