Baxtiyor.uz
3.81K subscribers
390 photos
66 videos
84 files
1.01K links
Baxtiyor.uz saytining telegram kanaliga xush kelibsiz. Ushbu kanal orqali eng dolzarb talim yangiliklaridan boxabar bo'lib borasiz.

Murojaat uchun: @baxtiyoruzadminbot
Download Telegram
Matematika-fanidan-topshiriqlar-toplami.pdf
2.7 MB
Matematika fanidan PISA topshiriqlar to'plami

Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun o’quvchilarni matematik savodxonligini oshirishga yo’naltirilgan topshiriqlar to’plami.

@baxtiyoruz
1-6-sinflarda yangi SCIENCE fani joriy etiladi

Bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar taʼlim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) 1-6-sinflarda SCIENCE dasturi asosida oʻqitiladi.

Endilikda Oʻzbekiston taʼlim tizimida ham 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 1-6-sinflarda tabiiy fanlarni oʻzida jamlagan Tabiiy (SCIENCE) fanlar joriy etiladi.

Tabiiy (SCIENCE) fanlar ayni vaqtda oʻqitib kelinayotgan 1-2-sinfda “Atrofimizdagi olam”, 3-4-sinflarda “Tabiatshunoslik”, yuqori sinflarda esa 4ta alohida fanlar, yaʼni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7-sinfdan boshlab) fanlarini oʻzida birlashtiradi.

Tabiiy (SCIENCE) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali oʻquvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Natijada PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi.

Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi huzuridagi Respublika talim markazi tomonidan Tabiiy (SCIENCE) fanlar boʻyicha Milliy oʻquv dasturi loyihasi yaratilib muhokama qoyildi.

Kanalga obuna bo’lish👇
https://baxtiyoruz
❗️Yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (677-son, 30.10.2020 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish:

● davlat xizmatlari markazlari;
● Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
● Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tamomlagan 56 va undan yuqori natijalarga ega bitiruvchilar hamda respublika OTMlarida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida umumiy ballning 60 va undan yuqori foizni to‘plagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga kirish imtihonlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

📋 Qaror bilan yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

📊 Nizomga ko‘ra, yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

🔰 Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan:

● kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan abituriyentlar;
● “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
● I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar qo‘shimcha qabul parametrlari asosida davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Kirish sinovlari 25-30 avgustda quyidagi shaklda o‘tkaziladi:
👉 O‘zbekiston fuqarolari uchun – test sinovlari;
👉 xorijiy fuqarolar uchun – og‘zaki suhbat;
👉 ko‘zi ojizlar uchun – tanlov asosida.

🏢 Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Bizning kanal👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFg-O0mIP2xuhX6Nhw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolani erkaligiga qo'shib ota-onani injiqligini ko'taradigan USTOZLARGA MING TAZIM !!!

@baxtiyoruz
Toifa hujjatlari @baxtiyoruz.zip
4.4 MB
O’qituvchilar uchun toifa sertifikatini olish jarayonida tayyorlanadigan barcha hujjatlar yig’indisi

Toifa olgan o’qituvchilarga yuboramiz

https://t.me/baxtiyoruz
Baxtiyor.uz
Toifa hujjatlari @baxtiyoruz.zip
2-toifa, 1-toifa, oily toifa olishdan qat’iy nazar ushbu hujjatlar sizdan so’raladi. Quyidagi to’plamda ana shu hujjatlardan namunalar keltirilgan. Siz ular bilan tanishib o’z papkangizni tayyorlashingiz mumkin.
Ushbu to’plamda:

Ariza namunasi

Obyektivka namunasi

Toifadan o’tuvchi shaxsning shaxsiy yig’ma jildida bo’lishi kerak bo’lgan 7 hujjat

Boshlang’ich sinf toifa hujjatlari

Yuqori sinf o’qituvchisi toifa hujjatlari

Dars kuzatish natijasi hujjati

Dars bo’yicha ekspertlar xulosasi hujjati

Ochiq dars hujjatlari

O’quvchi reyting ko’rsatkichlari sinf jurnali

13-, 14- toifa hujjati 2020

Mehnat samaradorligi bo’shlang’ich sinf o’qituvchilari uchun

O’quvchining javob varaqasi

Elektron jadval

Monitoring natijalarini electron jadvalga kiritish namunasi
Ish tajriba hujjatlari

Fan olimpiada va musobaqalarda erishilgan natijalarni to’ldirish namunasi

2019-yil 13-may 392-sonli qaror

Pedagog kadrlarni baholash qaror hujjati

Seminarga mezon

Toifa hujjatlari 2020 tavsiya dekabr

Kabi hujjatlar namunasi keltirilgan.
Ona tili va adabiyot olimpiada savollari.zip
252.8 KB
Ona tili va adabiyot fanidan olimpiadaga tayyorlanish uchun testlar to'plami

Ushbu arxivda 9-10-11-sinf o'quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan olimpiada jarayonida tushishi mumkin bo'lgan test savollari va insho mavzulari keltirilgan.

Kanalimiz: https://t.me/baxtiyoruz
Matematika fanidan olimpiada savollari.zip
1009.5 KB
Matematika fanidan olimpiadaga tayyorlanish uchun testlar to'plami

Ushbu arxivda 9-10-11-sinf o'quvchilari uchun matematika fanidan olimpiada jarayonida tushishi mumkin bo'lgan test savollari va yozma ish namunalari keltirilgan.

Kanalimiz: https://t.me/baxtiyoruz
Informatika fanidan olimpiada savollari.zip
499.5 KB
Informatika fanidan olimpiadaga tayyorlanish uchun testlar to'plami

Ushbu arxivda 9-10-11-sinf o'quvchilari uchun informatika fanidan olimpiada jarayonida tushishi mumkin bo'lgan test savollari va yozma ish namunalari keltirilgan.

Kanalimiz: https://t.me/baxtiyoruz
II chorakdan barcha o‘quvchilarning maktabga borishi majburiy bo‘ladimi?

Bugun ota-onalar tomonidan II chorakdan barcha o‘quvchilar to‘liq an’anaviy shakldagi ta’limga qaytadimi degan savollar kelib tushmoqda. Xalq ta’limi vazirligi mazkur savollar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ma’lumki maktablarda joriy o‘quv yili ota-onalarning ixtiyori asosida onlayn hamda an’anaviy shaklda yo‘lga qo‘yildi. Biroq afsuski, bugungi kunda mavjud vaziyatni to‘g‘ri tushunmasdan, ayrim ota-onalar tomonidan farzandini maktabga yubormaslik bilan birga, “Onlayn darslar” vaqtida farzandini dars qilishini ta’minlash o‘rniga, ko‘chada yurishiga yo‘l qo‘yayotgan yoki uni boshqa ishlar bilan band qilib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda.

Aytish joizki, farzandlarimizning zoye o‘tayotgan har bir kuni uning ertangi kelajagiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, bolaning maktabda ta’lim olishini hech qanday eng zamonaviy texnologiyalar bilan ham o‘rnini bosib bo‘lmaydi.

Shu sababli hurmatli ota-onalarimizdan, uyda bolaning televideniye orqali onlayn ta’lim olishiga to‘laqonli sharoit yaratishning imkoni bo‘lmasa, farzandlarini maktabga yuborishlarini so‘rab qolamiz.

Bugungi kunda Respublikamizdagi 10008 ta maktablarning deyarli hammasida an’anaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilgan. O‘quvchilardan 4,6 mln. nafari, ya’ni 74% an’anaviy, qolgan 1,6 mln nafari, ya’ni 26% onlayn shaklda tahsil olmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning ta’lim shakli to‘liq an’anaviyga o‘tish bo‘yicha qaror qabul qilingan taqdirda vazirlikning rasmiy manbalari orqali ma’lumot beradi.

Eslatib o‘tamiz, onlayn ta’lim shakli to‘liq bekor qilingan taqdirda ham “Onlayn maktab” loyihasi doimiy ravishda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan, bu o‘z navbatida chekka hududlardagi o‘quvchilarga sifatli qo‘shimcha ta’lim olish uchun imkoniyat yaratadi.

Bizning kanal👇
https://t.me/baxtiyoruz
Koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bergan taqdirda ta’lim to‘xtatilishi mumkin

Batafsil: https://baxtiyor.uz/?p=7252

Do'stlarga ulashing, kanalimizga obuna bo'ling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFg-O0mIP2xuhX6Nhw
Test sinovlari uchun mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha to’liq ma’lumot berildi

Batafsil: https://baxtiyor.uz/?p=7261

Do'stlarga ulashing, kanalimizga obuna bo'ling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFg-O0mIP2xuhX6Nhw
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi

🔖 Joriy yil 2-mart kuni Toshkent shahrida APTIS testlarini joriy etish bo‘yicha Britaniya Kengashi va Davlat test markazi o‘rtasida shartnoma imzolangan edi.

2020-yil 3-noyabr kuni “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovining dastlabkisi bo‘lib o‘tdi.

👨🏻‍💻 Test sinovi Britaniya Kengashi va Davlat test markazi hamkorligida kompyuterda o‘tkazildi.

📆 Test natijalari 72 soat ichida talabgorning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Bizning kanal👇
https://t.me/baxtiyoruz
Geografiya fanidan olimpiada savollari.zip
86.9 KB
Geografiya fanidan olimpiada savollari

9-10-11-sinf o'quvchilari uchun geografiya fanidan olimpiada savollari va yozma ish namunalarini qabul qiling. Eslatib o'taman, ushbu test savollari olimpiadaga tayyorlanish uchun qo'yilmoqda.

Bizning kanal: https://t.me/baxtiyoruz
Tarix fanidan olimpiada savollari.zip
121.7 KB
Tarix fanidan olimpiada savollari

Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun tarix fanidan olimpiada savollari va yozma ish mavzularini taqdim etmoqdaman. Eslatib o'taman, mazkur materiallar o'z bilimini sinash maqsadida qo'yilmoqda.

Bizning kanal: https://t.me/baxtiyoruz
“Talabalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”ni tashkil etish taklif etilmoqda

Batafsil: https://baxtiyor.uz/?p=7283

Do'stlarga ulashing, kanalimizga obuna bo'ling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFg-O0mIP2xuhX6Nhw
Fizika fanidan olimpiada savollari.zip
1.2 MB
Fizika fanidan olimpiada savollari

9-10-11-sinf o'quvchilari uchun fizika fanidan olimpiada testlari, laboratoriya ishi va yozma ish mavzularini taqdim etmoqdaman. Eslatib o'taman, mazkur materiallar olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida qo'yilmoqda.

Bizning kanal: https://t.me/baxtiyoruz
Kimyo fanidan olimpiada savollari.zip
219.1 KB
Kimyo fanidan olimpiada savollari

9-10-11-sinf o'quvchilari uchun kimyo fani bo'yicha olimpiada musobaqalariga tayyorgarlik ko'rish uchun test savollari, laboratoriya ishi va yozma ish mavzularini taqdim etmoqdaman. Ushbu materiallar yordamida o'z bilimingizni sinab ko'rishingiz mumkin.

Bizning kanal: https://t.me/baxtiyoruz