Baxtishod.uzb️
1.07K subscribers
684 photos
291 videos
10 files
412 links
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi.


Murojaat uchun: @baxtishodrashidov

Instagram: baxtishoduzb

New project: @IYC_uzb
Download Telegram
Live stream started
Live stream finished (2 hours)
Forwarded from Masofatalim
Pastkash

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘in vaqtida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi Olimjon Ibrohimov trubada uchinchi qavatga ko‘tarilib, bir necha kishini qutqarib qoldi. Rayon rahbari esa hamyurtimizning bu ishi uchun unga surat, ish kiyimi va faxriy yorliq berib taqdirlabdi.

Mehnatkash hamyurtimizning bu ishini har qancha olqishlasak arziydi🫡.

Ammo Sank-Peterburg rahbarining qilig‘i esa pastkashlikdan boshqa narsa emas. Bu nomardni qarang, hamyurtlarini yong‘indan bir o‘zbek qutqarib qolsa-yu, bergan narsalarini ahvolini qarang. Faxriy yorlig‘ingayam, rasmingayam, kiyimingayam, basharangayam... o‘sha gap.

@masofatalim
#iqtibos

Olinadigan motivatsiya jiddiy o'zgarish yasamaydi. Ammo maqsadni aniq begilashning ta'siri katta.

👉@baxtishoduzb
📌 Oʻzbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni maʼlum qilindi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda jami ishlayotgan talabalar soni 113 724 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat tashkilotlarida – 62 707 nafar yani 55,1 foizni, xususiy subyektlarda – 47 235 nafar yaʼni 41,6 foizni tashkil etadi. Ikkala sektorda – 3 782 nafar foiz, jins boʻyicha erkak - 66 524 nafar, ayol - 47 200 nafarni tashkil etadi.

Bu borada Toshkentda oʻqiyotgan talabalar peshqadam boʻlib, 35864 nafarni tashkil etadi. Ulardan erkak –25 226 nafar, ayol – 10 638 nafardan iborat.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
#futbol

U-23

Yoshlarimizning oʻyinini birgalikda kuzatamizmi? Ularni birgalikda qoʻllab quvvatlab turamizmi?
Parij olimpiadasi sari olgʻa Oʻzbekiston!

👉@baxtishoduzb
Forwarded from Qamashi tuman hokimligi (Нурбек Расулов)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ayni_vaqtdagi_tarbiyamiz

Men faqat jamoat transportlaridan foydalanaman hamda koʻp kuzataman insonlarni. Eʼtibor bersangiz metro va avtobusga chiqqanimizda har 20 ta odamdan kamida 15 tasi telefondan foydalanadi. Kecha metroda Chilonzor yoʻlining Amir Temur bekatidan Chilonzorgacha boʻlgan masofasigacha hech kim yoshi ulugʻ kishiga joy bermadi. Ha hamma charchaganda, ishdan kech qaytayotganda desam, hammani nigohi telefonda (kimdir pubg oʻynagan, kimdir smslashgan).
Baʼzilar aytishadida bir marotaba yuzlashasan joy bermasang hech narsa qilmaydi, u odam bilan qayta koʻrishmaysanku deb.
Vijdon amri - chi?

Dunyo oʻtkinchi, vaqt sarob, insoniylik abadiydir.

Sizchi metro va avtobusda yoshi ulugʻ, nogiron, hamda yosh bolalilarga joy berasizmi?

👉@baxtishoduzb
🟥🟥🟥 #saralash_tartibi

🟦 Volontyorlik sohasiga qiziquvchi, shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar diqqatiga!

🇺🇿 "Universe" volontyorlar maktabi ishtirokchisi bo'lishni istagan yoshlar 4 bosqichdan iborat bo'lgan saralash jarayonlarida ishtirok etishlari lozim. Barcha saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan yoshlar (eng ko'pi 50 nafar) maktabning rasmiy ishtirokchilariga aylanadilar.

1-bosqich - "Google form" to'ldirish.
- Mazkur bosqichda ishtirokchilar "Google form" orqali ro'yxatdan o'tib, ma'lumotlarini kiritib, berilgan savollarga o'z dunyoqarashi va fikrlashidan kelib chiqqan holda javob berishi lozim.

2-bosqich - Onlayn suhbat.
- 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan yoshlar onlayn suhbatdan o'tkaziladi. Suhbat davomida, asosan, yoshlarning fikrlashiga ko'proq e'tibor qaratiladi.

3-bosqich - Oflayn suhbat.
- 2-bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan yoshlar oflayn suhbatga taklif etiladilar. Tashkilotchilar va mutaxassislardan iborat jamoa 3-bosqich saralash jarayonlarini tashkil qiladilar. Bunda yoshlarning jamoada qay darajada ishlashi, o'zini tutishi va liderlik qobiliyatlari sinovdan o'tkaziladi.

4-bosqich - "Super final" bosqichi.
- "Super final" bosqichi - eng so'ngi bosqich hisoblanadi. Mazkur bosqichdan o'tgan eng ko'pi 50 nafar yosh maktabning rasmiy ishtirokchisiga aylanadi. Yoshlar orasida intrigani saqlash uchun mazkur bosqich sirligicha qolgani ma'qul.

🖐 Birinchi bosqich saralash jarayonlari joriy yilning 1-mayidan boshlanadi. Saralash jarayonlarida barcha yoshlarga omadlar tilab qolamiz.

#yoshlaragentligi #universe #uva #maktab

🕊@universe_volontyorlar_maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 #saralash_jarayoni

🟦 Volontyorlik sohasiga qiziquvchi, shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar diqqatiga!

🇺🇿 #Rasman: Yangi formatdagi "Universe" volontyorlar maktabining 1-mavsumi saralash jarayonlariga start berildi.

📝 Saralash jarayonining birinchi bosqichida maxsus havola orqali ro'yxatdan o'tish, ma'lumotlarni kiritish va havolada ko'rsatilgan savollarga javob berish kerak bo'ladi.

🔗 Havola: https://forms.gle/tsSDsqY2orpPEfJu7

➡️ Birinchi bosqich uchun ro'yxatdan o'tish jarayonlari joriy yilning 1-mayidan 5-may kuniga qadar davom etadi. Arizalar 6-8-may kunlari ko'rib chiqiladi va 9-may kuni ikkinchi bosqichga o'tgan yoshlar ro'yxati e'lon qilinadi.

#yoshlaragentligi #universe #uva #saralash

🕊@universe_volontyorlar_maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

Siyosatga qiziqmasligini aytgan odam, suzishga qiziqmasligini taʼkidlagan choʻkayotgan odamga oʻxshaydi.

👉@baxtishoduzb
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinoaktyor Mashrab Kimsanov uzoq davom etgan xastalikdan so’ng 69 yoshida vafot etibdi.

Ma’lumot uchun, Mashrab Kimsanov "Vodiylik kelin", "Olovli yo‘llar", "Otamdan qolgan dalalar", "Masxaraboz", “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, "Sehrli qalpoqcha", "Onaginam orzusi" kabi filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, ijodkor "Tog‘lik kuyov" filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi rojiun.


👉 @xushnudbek 👈