Baxtishod.uzb️
956 subscribers
685 photos
292 videos
10 files
415 links
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi.


Murojaat uchun: @baxtishodrashidov

Instagram: baxtishoduzb

New project: @IYC_uzb
Download Telegram
#27_iyun

Esimdan chiqibdi Baxtishod.uzb 25 ga kiribdi.

👉@baxtishoduzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

Oʻzbekiston milliy universitetida 3-kurslik vaqtimizda Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazida oʻqiganmiz. Kursantlar turli xil fakultetdan boʻlishiga qaramasdan bizda ittifoqchilik kuchli edi.

Oʻsha vaqti tortni olib olib kelishidan 2 soat oldin telefon keldi menga Rashidov nechinchi yilsiz 1999 mi 1997 mi? Sizga qaysi maʼqul desam 1997 mi dedi ha shuda unda deb oʻchirib qoʻydim telefonni. Qarangki tortni ustida 25 raqami turibdi. 2 yil oldin 25 yoshim qadrli kursant doʻstlarim bilan nishonlangan edi.

Yigitlar sizlarga kattakon rahmat vijdonning tozaligini, mehr muhabbatni sizlarda koʻrdim.

👉@baxtishoduzb
#iqtibos

Saboq olinmagan TARIX takrorlanadi.

👉@baxtishoduzb
Baxtishod.uzb️
#tabrik "27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini muborakbod etaman. Haqiqatni gapirishdan toʻxtamang. Ha aytgancha viner, chala blogger, prankchi bloggerlarga daxli yoʻq bu bayramni.…
#jamiyat_viruslari

Bir tashkilotga bordik imkoniyati cheklangan bolalardan xabar olish uchun. Hamma bolalardan hol ahvol soʻrash uchun ichkariga kirib ketishdi. Men esa yoʻlakda kelayotgan 6 yoshli qizchani savolga tutdim. Qizcha bilan salomlashdik, soʻng unga savol berdim katta boʻlsangiz kim boʻlasiz deb. Qizcha katta boʻlsam blogger boʻlaman deb javob berdi. Nega aynan blogger? Chunki koʻp davlatga borib rasmga tushib hammaga koʻrsataman deydi.
Men qizchaga maqsadingiz yaxshi keling shuni sal oʻzgartiramiz dedim. Qizcha qanaqa dedi. Blogger emas, JURNALIST boʻlaman deb oldingizga maqsad qoʻying. Koʻplab davlat raxbarlaridan intervyu olaman, buyuk insonlarni davrasida boʻlaman deb maqsad qiling dedim. Qizcha ozroq oʻylanib turdida xoʻp boʻladi JURNALIST boʻlaman deb vaʼda berdi.

Buni nega aytyapman, hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarning farzandlarimiz ongiga taʼsiri juda kuchli. Baʼzi yenil yelpi hayot kechirib, oʻzini oʻzi koʻz koʻz qilib bloggerlik qilayotganlarga havas qilish kerak emas. Shunday ekan kurashishdan toʻxtamasligimiz kerak. E foydasi yoʻq hozir ijtimoiy tarmoqlarni cheklab boʻlmaydi deb qoʻl siltashdan koʻra farzandlarimizga qaysi qorayu qaysi oqligini yotigʻi bilan tushuntirishimiz zarur.
Farzandiga mehrini va tarbiyasini bermasdan noliydigan ota-onalar koʻpayib ketmoqda.

👉@baxtishoduzb
#iqtibos

Dunyo oʻtkinchi, vaqt sarob, insoniylik abadiydir.....

👉@baxtishoduzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baxtishod.uzb️
Video message
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasida MDH mamlakatlaridagi Yoshlar parlamenti aʼzolarining yigʻilishi.
#taklif

Oʻzbekistonda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun yoshlarga oid NNT tashkilotlar sonini koʻpaytirish kerak. NNT tashkilotlar qancha koʻp boʻlsa raqobat shaffof boʻladi.

👉@baxtishoduzb
#yoshlar_kuni

"30-iyun Yoshlari kuni" barcha Oʻzbekiston yoshlariga muborak boʻlsin. 🇺🇿

👉@baxtishoduzb
Forwarded from Yoshlar parlamenti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 MDHga a’zo mamlakatlar Yoshlar parlamentlari yig‘ilishi va konferensiyasi

🌐 Rasmiy sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

"30-iyun Yoshlar kuni" munosabati tashkil etilgan bayram dasturidan lavha.

👉baxtishoduzb
#davlat_ramzi

Bugun 2-iyul Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun.

👉@baxtishoduzb
#aktual

"Lobbizm" tushunchasi aksariyat hamyurtlarimizga notanish boʼlgani uchun, bu borada qisqacha tushuntirish (va ogohlantirish) berib oʼtaman.

Ikki ogʼiz soʼz bilan aytganda, lobbizm – QONUNIYLАSHTIRILGАN PORАCHILIK degani. Xuddi yaqinda kiritilgan "super-kontraktlar" kabi.

Biroq, ulardan farqli tomoni, lobbizm – bevosita SIYOSIY TAʼSIR uchun toʼlanuvchi poralarning legallashtiruvini nazarda tutadi. Yaʼni, agar lobbizm amaliyoti bizda qonuniylashtirilsa, boylar rasman pul toʼlash evaziga oʼzlariga qulay boʼlgan qonun-qoidalarni (preferentsiyalarni) oʼtkaza oladilar.

Bunday yoʼl bilan puldorlar qoʼlga kiritishi mumkin boʼlgan yutuqlarga misollar:

– Jamoaviy yerlarni xususiylashtirilishi;
– Katta daromad qiluvchilar uchun soliqlarning yengillashtirilishi (bu toʼlanmagan soliqlar kambagʼallardan undiriladi);
– Davlat (yaʼni xalq)ga tegishli yirik korxona-fabrikalar, temir yoʼllar, hiyobonlar, maktablar, institutlar va h.k. muassasalar daromadiga "sherikchilik" qilinishi, yohud xususiylashtirilishi (bunda odatda daromad – xususiy choʼntakka ketadi, xarajat va zararlar esa – davlat boʼynida qoladi).
– "Pulli" joylarda turli qurilishlarga, tabiiy resurslarni qazib olishga va oʼz foydasiga pullashga kontsessiyalar (ruxsatlar) olinishi;
– Import/eksport soxasida maxsus pereferentsiyalar olinishi (raqobatni oʼldirib);
– Davlat miqyosidagi tadbirlarni konkret (aniq) bir korxona karamogʼiga topshirilishi ("Аvtotest"ga salomlar) va h.k.

Xullas, hozir noqonuniy poralar orqali amalga oshiriluvchi va nazariyada qilmishi ochilib, jazoga tortilishi mumkin boʼlgan ishlarni endi bemalol, ochiq va rasman bajarish mumkin boʼladi (va hech kim bunga qarshilik qila olmaydi, hammasi qonuniy boʼlganidan keyin).

Аmaldorlarimiz bu sohada АQShning katta tajribasidan ibrat olishmoqda, shekilli. Eslataman, АQSh korxonalari 2008-2014 yillar davomida lobbilarga $2.6 milliard sarflab, evaziga davlatdan $11.2 TRILLIONLIK kreditlar va boshqa "moddiy yordamlar"ga ega boʼlishgan (bu har bir tikilgan dollarga $4307 foyda degani). 2018 yilning oʼzida esa, lobbizmga 3,4 milliard dollar sarf kilingan. Yana bir "Gʼarb standarti"ni oʼzimizda tadbiq etishga tayyor boʼling (benzin, svet-gaz narxlari borasidagi "evrostandartlar" ketidan).

👉@baxtishoduzb
Live stream scheduled for
Baxtishod.uzb️ pinned «Lobbizm boʻyicha ovozli chatimiz bugun soat 22:00 da boʻlib oʻtadi. https://t.me/baxtishoduzb?livestream=5c71c8cc663b038a76 👉@baxtishoduzb»
Live stream started