Baxtishod.uzb️
1.07K subscribers
684 photos
291 videos
10 files
412 links
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi.


Murojaat uchun: @baxtishodrashidov

Instagram: baxtishoduzb

New project: @IYC_uzb
Download Telegram
“Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Yoshlar kubogi” bo‘lib o‘tadi!

Turnir 26-iyun - Хаlqаrо giyohvandlikka qarshi kurаsh kuniga bag‘ishlab tashkil etiladi. Unda 25 yoshga to‘lmagan barcha ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

Jamoalar tarkibi ixtiyoriy tarzda shakllantirilishi mumkin.

Turnirda qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar ushbu havola orqali 25-iyun kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

O‘yin 27-iyun, payshanba kuni soat 14:00 da boshlanadi.

Musobaqa saralash va pley-off bosqichidan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichida 2 ta tur davomida 12 tadan jami 24 ta savol o‘ynaladi. Saralashda yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Pley-off bosqichida jamoalar o‘zaro raqib juftliklarga bo‘lib chiqiladi. Pley-off bosqichining har bir raundida, shuningdek finalda ham 10 tadan savol o‘ynaladi.

Manzil: Zakovat arena.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#savol

"Maslahat ovozi huquqi" nima va u qanday amalga oshiriladi?

👉@baxtishoduzb
#savol

Nega ahmoq, landovur odamlarni rolini ijro etishda doʻppi (qalpoq) kiyib ijro etishadi?

👉@baxtishoduzb
#bobo_va_nevara

Bobo bilan nevara oʻzaro samimiy suhbat qilishmoqda. Hozirgi yosh avlod mana shunaqanggi bobolari bilan qilinadigan suhbatlarga muhtoj. Bobolar hech qachon nevaralarini ota-onalari kabi qoʻpol muomalada boʻlib pand nasihat bermaydilar. Aksincha bolam bu unaqa u bunaqa deya tushuntirib berishadi.

Hozirgi vaqtda bobo va nevaralarni oʻrtasidagi aloqani uzilishiga nima sabab deb oʻylaysiz?

👉@baxtishoduzb
#iqtibos

Agar siz odamlarning pullarini olish uchun yolgʻon gapirsangiz, bu firibgarlik.
Agar siz odamlarning ovozlarini olish uchun yolgʻon gapirsangiz, bu SIYOSAT.

👉@baxtishoduzb
#iqtibos

OʻYNAMASA... kimdur birov nayiga,
Shum niyatla tushadilar payiga.....

👉@baxtishoduzb
#menimcha

Elektron zamonda yashamoqdamiz lekin baʼzida qogʻoz variantning ustunligini tan olishga toʻgʻri kelmoqda.
Kundaliklar qogʻoz variantda boʻlganda ota-onalar hech boʻlmasa haftada bir marotaba kundalikka imzo qoʻyish orqali farzandining darslariga eʼtibor qaratar edi.
Elektron tizim yaxshi lekin uni toʻgʻrilikcha qabul qilisha olmayapti. Shunday vaziyatlarni eshitmoqdaman, sinf rahbarlar ota-onalar nomidan saytga kirishmoqda ekan.

Ota-onalardagi farzandlarining taʼlimiga boʻlgan eʼtibor yoʻqolib bormoqda. Nazoratsiz farzand ertaga jamiyatning nuqsoniga aylanadi.

👉@baxtishoduzb
Baxtishod.uzb️ pinned «https://t.me/IYC_uzb»
Startaplar tanlovi asosida 1 mlrd so‘mgacha grant olish mumkin bo‘ladi

Birinchi tanlov joriy yildan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Nomzodlardan arizalar onlayn shaklda qabul qilinadi.

Startap loyihalarga quyidagi pozitsiyalar bo‘yicha grantlar ajratiladi:

🟢 istiqbolli g‘oyaga — 150 mln so‘m;
🟢 mahalliy bozorga ixtisoslashgan loyihaga — 300 mln so‘m;
🟢 jahon bozoriga ixtisoslashgan loyihaga — 1 mlrd so‘m.

👉 Batafsil ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺YouTube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol

Mentalitet deymizda, asli mentalitetimiz qanday boʻlgan?

Kommentariyaga yozishingiz mumkin.

👉@baxtishoduzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bor_ekanku

Mana shunday haq gaplarni koʻtarib chiqsa va harakat qilsa xalqning ishonchi ortadi.

👉@baxtishoduzb
#aktual

Oʻzbek milliy doʻppisini (qalpoq) kiyib olib omi, landovur, alkash rollarini ijro etayotganlarga jarima qoʻllashni vaqti kelmadimikin?

Misol uchun kavboylarni bosh kiyimidagi inson tasavvuringizda ot mingan mard, pistoletdan oʻq uzish boʻyicha master gavdalanadi.
Chechenlarni bosh kiyimidagi inson esa lezginka boʻyicha tengsiz master gavdalanadi.
Koreyslarni bosh kiyimidagi inson esa mohir sarkarda vatan uchun xizmatdagi inson gavdalanadi.

Shunday ekan nega bizning milliy bosh kiyimimiz oyoq osti boʻlmoqda?

👉@baxtishoduzb
Baxtishod.uzb️ pinned «#aktual Oʻzbek milliy doʻppisini (qalpoq) kiyib olib omi, landovur, alkash rollarini ijro etayotganlarga jarima qoʻllashni vaqti kelmadimikin? Misol uchun kavboylarni bosh kiyimidagi inson tasavvuringizda ot mingan mard, pistoletdan oʻq uzish boʻyicha master…»
#tabrik

"27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini muborakbod etaman. Haqiqatni gapirishdan toʻxtamang.

Ha aytgancha viner, chala blogger, prankchi bloggerlarga daxli yoʻq bu bayramni.

👉@baxtishoduzb
#27_iyun

Esimdan chiqibdi Baxtishod.uzb 25 ga kiribdi.

👉@baxtishoduzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

Oʻzbekiston milliy universitetida 3-kurslik vaqtimizda Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazida oʻqiganmiz. Kursantlar turli xil fakultetdan boʻlishiga qaramasdan bizda ittifoqchilik kuchli edi.

Oʻsha vaqti tortni olib olib kelishidan 2 soat oldin telefon keldi menga Rashidov nechinchi yilsiz 1999 mi 1997 mi? Sizga qaysi maʼqul desam 1997 mi dedi ha shuda unda deb oʻchirib qoʻydim telefonni. Qarangki tortni ustida 25 raqami turibdi. 2 yil oldin 25 yoshim qadrli kursant doʻstlarim bilan nishonlangan edi.

Yigitlar sizlarga kattakon rahmat vijdonning tozaligini, mehr muhabbatni sizlarda koʻrdim.

👉@baxtishoduzb
#iqtibos

Saboq olinmagan TARIX takrorlanadi.

👉@baxtishoduzb
Baxtishod.uzb️
#tabrik "27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini muborakbod etaman. Haqiqatni gapirishdan toʻxtamang. Ha aytgancha viner, chala blogger, prankchi bloggerlarga daxli yoʻq bu bayramni.…
#jamiyat_viruslari

Bir tashkilotga bordik imkoniyati cheklangan bolalardan xabar olish uchun. Hamma bolalardan hol ahvol soʻrash uchun ichkariga kirib ketishdi. Men esa yoʻlakda kelayotgan 6 yoshli qizchani savolga tutdim. Qizcha bilan salomlashdik, soʻng unga savol berdim katta boʻlsangiz kim boʻlasiz deb. Qizcha katta boʻlsam blogger boʻlaman deb javob berdi. Nega aynan blogger? Chunki koʻp davlatga borib rasmga tushib hammaga koʻrsataman deydi.
Men qizchaga maqsadingiz yaxshi keling shuni sal oʻzgartiramiz dedim. Qizcha qanaqa dedi. Blogger emas, JURNALIST boʻlaman deb oldingizga maqsad qoʻying. Koʻplab davlat raxbarlaridan intervyu olaman, buyuk insonlarni davrasida boʻlaman deb maqsad qiling dedim. Qizcha ozroq oʻylanib turdida xoʻp boʻladi JURNALIST boʻlaman deb vaʼda berdi.

Buni nega aytyapman, hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarning farzandlarimiz ongiga taʼsiri juda kuchli. Baʼzi yenil yelpi hayot kechirib, oʻzini oʻzi koʻz koʻz qilib bloggerlik qilayotganlarga havas qilish kerak emas. Shunday ekan kurashishdan toʻxtamasligimiz kerak. E foydasi yoʻq hozir ijtimoiy tarmoqlarni cheklab boʻlmaydi deb qoʻl siltashdan koʻra farzandlarimizga qaysi qorayu qaysi oqligini yotigʻi bilan tushuntirishimiz zarur.
Farzandiga mehrini va tarbiyasini bermasdan noliydigan ota-onalar koʻpayib ketmoqda.

👉@baxtishoduzb