Baxtim daftari🩵📘
39 photos
3 videos
📍BukSPI
📍Bukhara
*Student
*Future English teacher
*Cooker
*Book lover
*The laziest girl



Manfaat ulasha olaman deb va'da bermayman. Yozganlarim tushunganga manfaat boʻlishi mumkin🤍
Download Telegram
Umrimda birinchi marta funchoza salati pishirdim🍝😄

Retseptini hech kimdan soʻramasdan, olmasdan qildim. Tayyor variantini yeganimda oson deb oʻylardim. Chindan ham qiyin emas ekan.


P:s/Biram mazali-ki...Menimcha, bugun dadamdan ortmaydiyov😆
Eh, bu amaliyot...😭 Issiqni issiq demay (ayniqsa Buxoroning ob-havosida), avtobuslarda...ta'rifga til ojiz. Xalq tilida aytganda talaba ham odammi? Ha, mayli bu ishlarning bir xayri bor. Ustozimiz hozirda bizga erkinlik berib qoʻydi( yaxshisi shu🤪).Har kun daftar, hujjat tekshirmaydi. Lekin, oxirgi kuni suvimizni siqib ichib yuborishi aniq😭😆.


Yashasin practice

P:s/Xuddi oʻqiydigan talabadek qiynalishim oʻzimga gʻalati tuyildi😁Uzrasizlar.
***

Bugun bizda picnic time🤓.
Amaliyotdan qutilganimiz sharafiga bayramcha qildik. Hamma xursand, hamma shod. Talabalik bizga birgalikda baxtli, unutilmas onlarni berayotgani uchun Alhamdulillah. ( Sessiyadan keyin ham shunaqa oʻtiramiz, agar eson-omon oʻtib olsak😂😂))

P/s: Yuqorida "bizdan-da baxtli yana kim bor?" deb nomlangan ( toʻsatdan kameramga tushib qolgan) rasmlar🤭😅🩵.
***

Bugundan oʻqish boshlandi😵‍💫. Mustaqil ishlar, oraliq, ma'ruzalar, seminar, sessiya🫨🫨🫨. Buyam bir shirin davr😁

#suhbatcha
Madina: —Ikkinchi semestrda nima qilamiz, telefon ishlata olamizmi?
Men: —Ehh, birinchi semestr qishda edi, kiyimlar orasiga telefonni amallab yashirgandik.
Madina: —Shuni aytyapman-da yozda bu imkonsiz🫨.
Men: —Soʻnngi choramiz oʻqish deyapsanmi, baribir oʻqimaymiz-ku..😁
Madinam: —😦🤦🏻‍♀️

P/s: Yuqoridagi suratni amaliyot hujjatlarini topshirish munosabati bilan esdalik uchun oldim😁.
#Tarix_darsi
#Bugun

Ustoz: —2007-yil respublikamizda nima deb nomlangan edi?
Miyam: —Nimaydi-yaaa😩😩..
Men: —Hozir ustoz 😩, bilardim..
Ustoz: —Feruzaxon, daftarni yemang!
Man: — Yemadim-ku🤣🤦🏻‍♀️.

P/s: Hayajonlansam daftarni tishlashim jonimga tegdi. Ustoz ham -5 qoʻyib bergandan koʻra 5 qoʻyaqomaydi 😒😒.
Assalomu aleykum, qadrlilarim!
Kuningizni yaxshi boshlab oldingizmi?
Jum'a ayyomi muborak boʻlsin💜
Salovat aytishdan toʻxtamang, Olloh barchamizni iymon bilan siylasin.


P/s: Bugungi kunim zerikarli ma'ruza ila boshlandi🤯🥴. Bundayam bir xayr bor ekan, ustoz 5 minut oldin chiqib ketdi 😃. Buni "baxt" deb nomlaymiz😂
Baxtim daftari🩵📘
*** Bugundan oʻqish boshlandi😵‍💫. Mustaqil ishlar, oraliq, ma'ruzalar, seminar, sessiya🫨🫨🫨. Buyam bir shirin davr😁 #suhbatcha Madina: —Ikkinchi semestrda nima qilamiz, telefon ishlata olamizmi? Men: —Ehh, birinchi semestr qishda edi, kiyimlar orasiga telefonni…
***
Baholash jarayoni:
Ustoz: —Feruza, kim?
—Man
Ustoz: —Ha, ha, siz juda faol edingiz. Iya, bu qoʻyilgan "–" lar nima🤯?
Man: —Ustoz, oxirgi kun kelgan edim, ishim chiqib qoldi, siz kelmasdan oldin man ketdim😢😱.
Ustoz: — Biror tarixiy obida haqida gapirib bering unda😡
Man: —Miri Arab madrasah was...
Ustoz: —Feruzaga besh qoʻysam guruh nima deydi😒?
— Dangasa patokdoshlarim: —Rozimiz🤓
Ustoz: —Mayli, amaliyot "5" !
Man:— 😁🫠
Doim birovlarni oʻylayvermasdan ba'zida oʻzing uchun qaygʻurishing ham goʻzal aslida.

***
Unutmang, siz Robbingizning birdonasisiz🩵🌷


Xayrli kun, ahli olam🫧🫧
Amaliyot (practice) bizga nima berdi?
—Hamjihatlikda ishlash;
—Bir-birimizni tushuna olish;
—Har qanday holatda doʻstlarni qoʻllab-quvvatlash;
—Tariximizni toʻlaqonli oʻrganish;
—Bilganlarimizni oʻrtoqlashib, bilmaganni oʻrganish, eng muhimi har doim birgalikda ish qilishning qanchalik muhim ekanini yana bir bor anglatdi.

Viloyatning hatto, respublikamizning turli hududlaridan kelib qolgan qizlar edik, boshida chiqishish qiyinga oʻxshardi. Alhamdulillah, qanday muomalada boʻlsam oʻzimga ham qaytyapti.

Talabalik—oltin davrim😁🩵🌷
Zerikarli ma'ruza darslari ila sizga bir quchoq xayrli tonglarim ahli olam🫧🫧


Jum'aning xayri va barakoti sizga boʻlsin🩵.
FVVjon mani oʻylama. Togʻda yashamayman Buxoroda togʻning oʻzi yoʻq😁 Sel tagida qolib ketishim— aqlga sigʻmas gap😂🤦‍♀.

Gʻam-gʻussaga ne hojat😃
Ayollar doim yosh bolaliklaricha qolishadi, oddiy narsalardan baxt qidiradigan yoshgina chaqaloqlar kabi...Oʻzi ulgʻaysa-da, qalbi ulgʻaymaydigan xilqat qilib yaratganiga ham Alhamdulillah deyman🩵
***🩵

Oʻqishdan chiqib avtobusda yurish— one of dream edi🥹
Garchi oddiygina, gʻalatidek tuyilsa ham men uchun bu boshqacha orzu. Agar oʻqishga kirmasam, bunday orzuyim (oʻqishdan chiqib avtobusda kelish) amalga oshmas edi. Men oʻzim uchun yozilgan taqdirdan ming bor roziman. Alhamdulillah, yuqori ball bilan kirishni nasib etdi. Har hafta seni sogʻingan ota-onangni koʻrish uchun kelishning, quchogʻiga talpinishning  ham gashti boʻlak🥹🩵.

P/s: Surat kechagi (shanba) uyga kelgan kunimdan lavhachalar🩵📸
Assalomu aleykum, ahli olam🩵
Barchangizga xayrli tong. Bahorning yana bir kunini hamd aytib boshlang🌷.

***
Bugun bizda maxsus blok fanimizdan oraliq nazorat😢. Olloh oson qilsin.
Robbi yassir va'ala tuassir, Robbi ta'mim bil xoyri🤍.