Forwarded from XILQAT
🕌Juma muborak 🕋
Baʼzan fursat topib eslolmasam ham 🥺
Yurak toʻlib toshganda dardlashmasam ham😅
Baʼzida dardingiz ololmasam ham🫀
Unutmang qadrdonim yuragimdasiz.....🕌
Assalomu alaykum va rohmatullohu barakotuh JUMA MUBORAK........

❤1
Forwarded from Qalbga qadam 🫀
JOYNOMOZ
Jannat poyondozining bo‘lakchasi joynomoz,
Iymon Ruhga tan bo‘lsa, yurakchasi joynomoz,
Ikki dunyo saodat, yo‘lakchasi joynomoz,
Umidsizga umid ber, imdod ber odamlarga!
O‘tganlar ruhi xaqqi, ruxshonalar umidvor,
Mehrobidan joy bergan koshonalar umidvor,
Senga urilgan boshu, peshonalar umidvor,
Umidvorlar shod bo‘lsin, najot ber odamlarga!
Ko‘zdagi yosh misoli, qalqib turibdi dunyo,
Ozorlaridan og‘rib, salqib turibdi dunyo,
Chayqalib urushlardan, balqib turibdi dunyo,
Tinchlik degan tavallo, murod ber odamlarga!
O‘zingdan o‘tib zinxor, ohi yovga yetmasin,
Tana boshqa bedardga, ming tavallo etmasin,
O‘z yurtidan iz solib, o‘zga yurtga ketmasin,
To‘kinchilik to‘kilgan xayot ber odamlarga!
Xiyonatdan et xoli, xufya ishq tuzilmasin,
Alloh bog‘lagan ulug‘ rishtalar uzilmasin,
Oiladek muqaddas, qo‘rg‘onlar buzilmasin,
Sevmoqdek mardonavor savod ber odamlarga!
Ka’ba et vayronasin, qibla etgil tomini,
Asru-peshin taftidan gulzor et bo‘stonini,
Chorog‘on et nur ila, shomini, xuftonini,
Har tongda bir munavvar bomdod ber odamlarga!

Ikki dunyo saodat, yo‘lakchasi joynomoz...