🌡 +7/+25°
Kechasi: +7 - +12°, iliq.
Kunduzi: +20 - +25°, iliq.
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Quyosh chiqishi: 06:35
Quyosh botishi: 18:44
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
🌡 +7/+27°
Kechasi: +7 - +12°, iliq.
Kunduzi: +22 - +27°, iliq.
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Quyosh chiqishi: 06:32
Quyosh botishi: 18:46
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonliklar AQSHda mavsumiy ishga jalb qilinadi
O‘zbekiston fuqarolari AQSHda qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga jalb qilinadi. Bu bo‘yicha Migratsiya agentligi va USA Farm Labor tashkiloti o‘rtasida kelishuv imzolandi.
Ma’lum qilinishicha, ishlar H-2A dasturi doirasida tashkil etiladi. Ishlash muddati 9–10 oy bo‘lib, o‘rtacha oylik 3500 dollarni tashkil etadi. Ishchilar ish beruvchi hisobidan turar joy bilan ta’minlanadi.
Nomzodlarni tanlashda malakali mutaxassislarga ustuvorlik beriladi. Tomonlar yaqin vaqt ichida hamkorlikni amaliy bosqichga o‘tkazishga kelishib olgan.

❤2👍1
Samarqandning 5 ta tumanida yangi tez tibbiy yordam stansiyalari ish boshladi
Samarqand viloyatida aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yangi infratuzilma ob’yektlari foydalanishga topshirildi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi viloyat filialiga qarashli Nurobod, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Oqdaryo va Urgut tumanlarida zamonaviy tez tibbiy yordam stansiyalari ish boshladi.
Ushbu binolar 2025-yilgi “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, har biri zamonaviy talablarga javob beradigan ikki qavatli inshootlardan iborat.
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Samarqand viloyatida aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yangi infratuzilma ob’yektlari foydalanishga topshirildi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi viloyat filialiga qarashli Nurobod, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Oqdaryo va Urgut tumanlarida zamonaviy tez tibbiy yordam stansiyalari ish boshladi.
Ushbu binolar 2025-yilgi “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, har biri zamonaviy talablarga javob beradigan ikki qavatli inshootlardan iborat.
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
🌡 +7/+27°
Kechasi: +7 - +12°, iliq.
Kunduzi: +22 - +27°, iliq.
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Quyosh chiqishi: 06:31
Quyosh botishi: 18:46
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Urgutda maktab o‘quvchisi Gentra’da 5 yoshli qizchani urib, qochib ketdi
Urgut tumanida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli qizchani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Hodisa 22-mart kuni “Chorchinor” mahallasidagi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan.
Jabrlangan qizcha shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli qoniqarli.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida haydovchi va avtomobil topildi. Ma’lum bo‘lishicha, mashinani 11-sinf o‘quvchisi ota-onasining ruxsatisiz boshqargan.
Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

🏗️ Samarqandda qurilishlarga ekologik nazorat kuchaytirildi
Samarqand viloyatida 2026-yilda qurilish ishlari ko‘payishi fonida havoning ifloslanishi oshishi mumkin. Bu haqda viloyat Ekologiya bosh boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Shu sababli PQ-338 qarori asosida maydoni 500 kv.m dan ortiq qurilish obyektlari nazoratga olinmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra:
texnikalar yuvilmasdan yo‘lga chiqmaydi;
qurilish maydonlariga maxsus moykalar o‘rnatiladi;
chang ko‘tariladigan joylarda suv purkagich va yomg‘irlatkichlar qo‘llanadi.
Viloyatda 2026-yil I–II chorakda 65 ta yirik qurilish obyekti shu talablar asosida nazoratga olingan.
Talablarga amal qilinmasa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq 10 baravardan 50 baravargacha BHM miqdorida jarima qo‘llanadi.

👍2❤1
Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro 4 938 AQSh dollarini 60 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Undan 2 359 AQSh dollari, 139 455 Rossiya rubli, 2 650 Tojikiston somoni, 2 110 Isroil shekeli, 2 000 Qozog‘iston tengesi, 5 BAA dirhami, 79,2 mln so‘m pul hamda pul sanash apparati ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Payariqda shifoxona qurilishida kamchiliklar aniqlandi
Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Payariq tumani Chelak shifoxonasi qurilishida qator kamchiliklar aniqlandi.
Xususan, hudud chiqindilardan tozalanmagani, ishchilar xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani va maxsus kiyimlar bilan ta’minlanmagani qayd etilgan
Shuningdek, qurilish materiallari sertifikatlari taqdim etilmagan, fasad qoplamasi yetarli darajada mustahkamlanmagani hamda ijro hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagani aniqlangan.
Kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga ularni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

❤1👍1
Endi san’atkorlar ham soliq to‘laydi
2026-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda san’atkorlar, boshlovchilar va boshqa ijrochilar har bir to‘y yoki konsert xizmati uchun soliq to‘laydi.
Yangi tartibga ko‘ra, barcha xizmatlar majburiy tarzda “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ma’lumot kiritilgach, to‘lov amalga oshiriladi va elektron hujjat shakllantiriladi.
2026–2029-yillarda soliq “bir xizmat – bir to‘lov” tamoyili asosida belgilangan miqdorda olinadi. Ma’lumot kiritmaslik yoki to‘lov qilmaslik litsenziya buzilishi hisoblanadi va jarimaga sabab bo‘ladi.
Shuningdek: konsert faoliyati uchun aylanma solig‘i bekor qilinadi;
onlayn shartnoma va to‘lov tizimi joriy etiladi;
ijrochilar uchun reyting tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Soliq to‘lamaganlar jarimaga tortiladi, qoidabuzarlik haqida xabar berganlar esa mukofotlanadi.

👍3
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 28-mart kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Urgut gidropostida soat 19:10 dan 20:00 gacha 3,3 mm miqdorida yog‘ingarchilik kuzatildi. Natijada suv sathi 26 sm ga ko‘tarilgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat xavfli hodisalarga olib kelmagan.
Shuningdek, Samarqand meteostansiyasi hamda Urgut gidropostida soat 20:02 dan 21:00 gacha davom etgan kuchli yog‘ingarchilik (58 daqiqada 5,8 mm) qayd etilgan.
Kuchli yomg‘ir oqibatida ayrim ko‘chalarda yomg‘ir suvlari toshib chiqishi kuzatilgan.
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Samarqand havosi yomgʻirdan soʻng yaxshilandi
Bugun tonggi holatga koʻra Samarqand viloyatida kuzatilgan qisqa muddatli yogʻingarchiliklardan soʻng havo sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Monitoring maʼlumotlariga koʻra, Samarqand shahrida havo sifati indeksi 43 ko‘rsatkichni qayd etib, “yaxshi” darajada ekani aniqlandi.
Hududlar kesimida ham ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, Qarshi shahrida ko‘rsatkich 31 ni tashkil etib, havo yanada toza ekani qayd etilgan.
Shuningdek, viloyatning ayrim hududlarida bugun ham qisqa muddatli yomgʻirlar kuzatilishi mumkin.

👍1👏1
Taniqli jurnalist Karim Bahriev vafot etdi
Ustoz jurnalist, yozuvchi, tarjimon, sobiq deputat va siyosatchi Karim Bahriev 64 yoshida vafot etdi. U bir muddat avval insult sabab shifoxonaga yotqizilgan edi.
Karim Bahriev 1962-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti hamda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. U faoliyati davomida “Hurriyat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat” gazetalarida, shuningdek “Jahon adabiyoti” va “Dugonalar” jurnallarida ishlagan.
Uning “Sabr kosasining siniqlari”, “Tomchidil” she’riy to‘plamlari, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyati”, “OAV faoliyatining huquqiy asoslari”, “Haqiqat talabgorimiz”, “So‘z erkinligi haqida so‘z” kabi asarlari chop etilgan. Shuningdek, “Media huquqi” darsligi hamda “OAV qonunchiligidan 100 savolga 100 javob” qo‘llanmasi muallifi edi.
Karim Bahriev ko‘plab xorijiy adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U turli yillarda “Oltin meros” jamg‘armasi huzuridagi “Meros-news” axborot xizmatiga rahbarlik qilgan, shuningdek Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida faoliyat yuritgan.
1992-2006-va 2011-yillarda “Mustaqillik” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

😢2❤1
Samarqandda qalbaki alkogol savdosiga chek qo‘yildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi o‘tkazgan tezkor tadbirda “J.E.” MChJga qarashli “Al-Buxoriy” ko‘chasidagi do‘konda qonunbuzarlik aniqlandi.
Do‘konda 132,1 mln so‘mlik 4 042 dona (40 turdagi) sifati tasdiqlanmagan hamda 422 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Mahsulotlar dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan JKning 176 va 186-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Ekologiya va transportda yangi tartiblar joriy etiladi
2026-yil 1-maydan har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi.
Aksiya doirasida davlat fuqarolik xizmatchilariga xizmat avtomobillaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Agar ushbu sanalar ish kuniga to‘g‘ri kelsa, haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.
2026-yil 1-avgustdan trade-in dasturi asosida eski avtomobil topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport xaridi uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.
2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahri “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalarga ajratiladi.
2026-yil 1-apreldan chang bo‘ronlarining oldini olish maqsadida Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yashil devor”lar barpo etish boshlanadi.

👏1
Pastdarg‘omda tabiatga 63 million so‘m zarar yetkazildi
Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydda Pastdarg‘om tumani Elbek MFY hududidan oqib o‘tuvchi sel yo‘lida noqonuniy qazish ishlari fosh etildi.
Aniqlanishicha, fuqarolar D.S va J.E ekskavator yordamida qora-qum aralashmasini noqonuniy qazib olib, yuk mashinalariga ortib kelgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan har biriga BHMning 30 barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 63 million so‘m etib baholangan.
Texnika vositalari vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi. Hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli organlarga topshirilgan.

Samarqandda elektromontyor lavozimiga ishga qabul boshlandi
Samarqand viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati tomonidan Urgut va Toyloq tumanlari hamda Samarqand shahrida elektromontyor lavozimiga ishga qabul e’lon qilindi.
Nomzodlar uchun talablar:
— harbiy guvohnoma (muddatli, safarbarlik chaqiruv rezervi yoki alternativ);
— kamida umumiy o‘rta ma’lumot.
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishi mumkin:
📍 Samarqand shahri, Timur Malik ko‘chasi, 12-uy
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Samarqand viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati tomonidan Urgut va Toyloq tumanlari hamda Samarqand shahrida elektromontyor lavozimiga ishga qabul e’lon qilindi.
Nomzodlar uchun talablar:
— harbiy guvohnoma (muddatli, safarbarlik chaqiruv rezervi yoki alternativ);
— kamida umumiy o‘rta ma’lumot.
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishi mumkin:
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Sobiq tuman hokimi Samarqand statistika tizimiga rahbar bo‘ldi
Qudratov Sherzod Asatovich Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tegishli buyruq O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan 2026-yil 30-mart kuni imzolangan.
U 1984-yil 22-iyunda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent moliya institutini “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2002–2004-yillarda Samarqand viloyati qurilish va qurilish ashyolari kasaba uyushmasida yo‘riqchi sifatida boshlagan. Keyinchalik moliya tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Qudratov joriy yil fevral oyiga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Hududlarda narkotik savdosiga qarshi tezkor reydlar o‘tkazildi
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida DXX, IIV va Bojxona organlari hamkorligida narkotik vositalar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Xorazm viloyati Urganch shahrida 1983-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olinib, undan 5 gr opiy topildi. U ijaraga olgan xonadondan esa 887 gr opiy va 71 gr geroin aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu moddalarni sotish orqali daromad olishni rejalashtirgan.
Farg‘ona viloyatida 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroning uyidan Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan, umumiy qiymati 140 mln so‘m bo‘lgan 2800 dona “Regapen” dori vositasi musodara qilingan.
Toshkent viloyatida esa 1996-yilda tug‘ilgan shaxs va Qozog‘iston fuqarosi (1994-y.t.) 300 ml “Tropikamid”ni 300 AQSH dollari va 600 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Ulardan “Pregabalin” kapsulalari va qo‘shimcha “Tropikamid” flakonlari ham topilgan.
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

❤1👏1
🌡 +12/+30°
Kechasi: +12 - +17°, iliq.
Kunduzi: +25 - +30°, iliq.
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Quyosh chiqishi: 06:17
Quyosh botishi: 18:55
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2