🌡 +10/+25°
Kechasi: +10 - +15°, iliq.
Kunduzi: +20 - +25°, issiq.
Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi.
Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Quyosh chiqishi: 06:15
Quyosh botishi: 18:38
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
O‘zbekistonda piyodalarga muhim eslatma: yo‘lni kesib o‘tganda gadjetlardan foydalanish va diqqatni chalg‘itish uchun jarima belgilanadi.
Quyidagi harakatlar taqiqlanadi:
• Telefondan foydalanish;
• Kitob yoki jurnal o‘qish;
• Video tomosha qilish;
• Audio eshitish;
• Boshqa elektron qurilmalarga diqqatni qaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasiga asosan, fuqarolarning harakatni tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda 20 000 shisha soxta aroq yoʻq qilindi
Narpay va Ishtixon tumanlarida Majburiy ijro byurosi xodimlari katta hajmdagi kontrafakt alkogol mahsulotlarini aniqlab, musodara qildi.
Maxsus maydonda 100 dan ortiq turdagi — aroq, vino va pivo kabi spirtli ichimliklardan iborat qariyb 20 ming dona shisha idishdagi mahsulotlar yo‘q qilindi. Musodara qilingan ichimliklarning sifati tasdiqlovchi sertifikati bo‘lmagan, sanitariya qoidalariga zid kelgan, ayrimlarida esa hatto yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilmagan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday mahsulotlarni iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Hozirda viloyatda noqonuniy alkogol mahsulotlarini aniqlash va musodara qilish bo‘yicha reydlar davom etmoqda.

Samarqandda yetti nafar kadastrchi ishdan olindi
Samarqand viloyatida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K. Valiyev boshchiligida tahliliy-tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. O‘nga yaqin xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Ular aholidan tushayotgan arizalarni asossiz rad etib, e’tiborsiz qoldirgan.
Uchrashuvda aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan arizalarning asossiz rad etilayotgani, murojaatlarga bee’tiborlik va mas’uliyatsiz yondashuv keskin tanqid ostiga olindi. O‘rganilgan asosli faktlar tahlili bo‘yicha viloyatning filial rahbarlaridan izoh so‘raldi.
Palata raisi "Ariza va murojaatlarni belgilangan muddatlarda va qonuniy asosda javob berish, asossiz radlar uchun javobgarlik belgilanishi" - haqida ogohlantirdi.
Bunday holatlarga yo‘l qo‘yayotgan 10 ga yaqin xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilanib, 7 nafar kadastrchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Samarqandda aqlli svetoforlar koʻpaytiriladi
Shaharda tirbandliklarning oldini olish va harakatni qulay qilish maqsadida zamonaviy boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi:
180 ta yangi aqlli svetofor o‘rnatiladi.
67 ta svetofor yagona boshqaruv tizimiga ulanadi.
9 ta markaziy ko‘chada “yashil yo‘lak” tashkil etiladi.
60 ta kamera to‘xtash va qoidabuzarliklarni aniqlaydi.
55 ta maxsus moslama maktablar oldida piyodalar o‘tish joylariga o‘rnatiladi.

Taʼqiqlangan diniy-ekstremistik materiallar roʻyxati eʼlon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan materiallar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan kontentlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish qat’iyan taqiqlanadi.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni tarqatish yoki ulardan foydalanish:
Ma’muriy javobgarlik,
Og‘ir hollarda esa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Samarqandda Italiya oliygohining filiali ochiladi
Italiyaning Tushiya universiteti rektori, professor Stefano Ubertini O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev bilan uchrashuv chog‘ida Samarqandda yangi universitet filialining ochilishi haqida ma’lum qildi.
Rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 30-sentyabr kuni o‘tkaziladi. Talabalar esa ilk mashg‘ulotlarini 2026-yil yanvar oyida boshlaydi.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
— Qishloq xo‘jaligi fanlari
— Oziq-ovqat texnologiyalari
Magistratura yo‘nalishlari:
— Qishloq xo‘jaligi fanlari
— Bioiqtisodiyot
Bundan tashqari, qo‘shma ta’lim dasturi doirasida talabalar o‘qish jarayonining bir qismini Italiyada o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Professor Ubertinining ta’kidlashicha, bu — italiyalik agrar universitetlar tarixida ilk bor chet elda filial ochilishi bo‘ladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tashabbusi bilan “O‘zbekistonning demokratik rivojlanishida fuqarolik jamiyatining o‘rni: global chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Shvesiya, Shveysariya, Polsha, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi davlatlardan “aql markaz”lari, tadqiqot institutlari, nodavlat tashkilotlari ekspertlari va O‘zbekistondagi davlat organlari, jamoat tuzilmalari vakillari, tadqiqotchilar ishtirok etgan tadbirda fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatida zamonaviy, ilg‘or tajribalarni qo‘llash, hamkorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Kimlar benzin sotib olish uchun kompensatsiya oladi?
Avtomobil yoqilg‘isi xarid qilishda ayrim fuqarolar davlatdan oyma-oy pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega. Ular:
Urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
Urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
Mehnat jarayonida mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
I va II guruh bolalikdan nogironlar.
Kompensatsiya miqdori qanday belgilanadi?
Har chorakda qayta ko‘rib chiqiladi;
Chakana savdoda eng ko‘p sotiladigan benzin markasining o‘rtacha narxi asosida hisoblanadi;
Imtiyoz egalari har oy davlatdan 20 litr benzin narxiga teng pul olishlari mumkin.

🌡 +12/+27°
Kechasi: +12 - +17°, iliq.
Kunduzi: +22 - +27°, issiq.
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Quyosh chiqishi: 06:18
Quyosh botishi: 18:32
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda yashash xarajatlari qancha?
"Numbeo" reytingiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda eng qimmat shahar — Olmaota bo‘lib, uning yashash narxi indeksi 29,4 ga teng. Bishkek 26,8 indeksi bilan 364-o‘rinda, Ostona 26,5 ko‘rsatkich bilan 366-o‘rinda, Toshkent esa 26,2 indeks bilan 370-o‘rinda joylashgan.
📊 Hisob-kitoblarga ko‘ra:
Toshkentda to‘rt kishilik oila uchun uy-joy ijarasisiz o‘rtacha oylik xarajatlar 23 mln 39 ming so‘m,
Bir kishining o‘rtacha xarajatlari esa 6 mln 437 ming so‘mni tashkil etadi.
Samarqandda yashash narxlari Toshkentga qaraganda biroz arzonroq. Turli xalqaro manbalar hisobiga ko‘ra:
To‘rt kishilik oila uchun uy-joy ijarasisiz o‘rtacha oylik xarajatlar 18–20 mln so‘m,
Bir kishiga esa 5 mln atrofida xarajat kerak bo‘ladi. Umuman olganda, Samarqandda yashash xarajatlari Toshkentga nisbatan 15–30% arzonroq.

❤1😁1
😷 Samarqand havosi keskin yomonlashdi
Bugun ertalab Samarqand shahri Oʻzbekistondagi eng zararli havoga ega hududlardan biriga aylandi. Real vaqt maʼlumotlariga koʻra, shaharda AQI 212 ni tashkil etib, bu daraja havoning “juda zararli” toifasiga kiradi.
Bu koʻrsatkich meʼyordan qariyb 20 barobar yuqori. Shunga qaramay, havo sifati baʼzi odamlarga sezilmasligi mumkin, ammo yuqori sezuvchanlikka ega shaxslar — bolalar, yoshi katta insonlar va surunkali kasalligi bor bemorlar — tashqarida boʻlish vaqtini cheklashlari yoki niqob taqish, derazalarni yopiq tutish kabi ehtiyot choralarini koʻrishlari tavsiya etiladi.
Havo sifati yomonlashishiga janubi-g‘arb tomondan (Turkmaniston hududi va undan pastroq, Eron/Afg‘oniston cho‘l zonalaridan) yopirilgan chang boʻroni sabab boʻlmoqda.
Qiyoslash uchun, hozirda Buxoroda havo ifloslanishi 393 darajaga yetib, “xavfli” toifaga chiqqan. Termiz (171) va Dushanbe (162) shaharlarida ham koʻrsatkich yuqori bo‘lib, mintaqada umumiy ekologik vaziyat og‘irlashgani kuzatilmoqda.

❤3
Tranzit transportlar endi Samarqandga kirmaydi
Shahar markazidagi tirbandliklarni kamaytirish va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida muhim o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda:
Shahar aylanma yo‘llari takomillashtiriladi. Shahar atrofidagi17 km yo‘l kengaytiriladi, 5,5 km yangi yo‘l quriladi.
Katta O‘zbek trakti shahar markazidan uzoqlashtiriladi.
Natijada, tranzit transportlar shaharga kirmay, aylanma yo‘llar orqali harakatlanadi.
Bu o‘zgarishlar shahar markazidagi yuklamani kamaytirib, mahalliy haydovchilar va jamoat transporti uchun yanada erkin harakatlanish imkonini beradi.

“Kuyov navkari” rasmаn taqiqlаndi
Hukumat qarori bilan milliy an’analarga yot va ortiqcha xarajat talab qiladigan rasm-rusumlar, jumladan “kuyov navkari”, “chorlar”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi” va boshqa marosimlar endi o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, to‘y, ma’raka va oilaviy marosimlar belgilangan cheklovlar asosida o‘tkaziladi:
oilaviy tadbirlar — 200 nafargacha
osh marosimi — 250 nafargacha
qo‘shaloq to‘ylar — 250 nafargacha
qo‘shaloq to‘y oshlari — 300 nafargacha.
Motam marosimlaridagi “yetti”, “payshanba”, “yakshanba”, “yigirma”, “qirq”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” kabilar ham taqiqlаndi.

👍3
Tramp: “Prezident Mirziyoyev – so‘zining ustidan chiqadigan inson!”
AQSh prezidenti Donald Tramp Uzbekistan Airways va amerikalik Boeing korporatsiyasi o‘rtasida milliardlab dollarlik yirik kelishuv tuzilganini ma’lum qildi.
Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida shu oyning boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazganini, bugun esa uni shartnoma imzolanishi bilan tabriklaganini qayd etdi.
Shartnomaga ko‘ra, Uzbekistan Airways 22 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotini sotib oladi. Bitimning umumiy qiymati
8 milliard dollardan ortiq.
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kontrakt AQShda 35 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratadi.
Tramp shuningdek shunday deya ta’kidladi: "Prezident Mirziyoyev – so‘zining ustidan chiqadigan inson va biz boshqa ko‘plab masalalarda hamkorlikni davom ettiramiz".

Samarqandda byudjetdan 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi 2025-yil 23-sentabr kuni ikki qaror qabul qildi. Unga ko‘ra jami 100 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.
Birinchi qaror boʻyicha – 59,6 mlrd so‘m:
Mustaqillikning 34 yilligini nishonlash va shaharni bezatish — 10 mlrd so‘m.
Samarqand tumanida sayyohlik infratuzilmasi — 2,2 mlrd so‘m.
Markaziy harbiy okrug madaniyat markazi qurilishi — 3,5 mlrd so‘m.
“Obod qishloq” dasturi doirasida yo‘llar ta’miri — 10,5 mlrd so‘m.
Payariq tumanida gaz tarmog‘i va shoxobcha qurilishi — 5,8 mlrd so‘m.
Ikkinchi qaror – 41,3 mlrd so‘m:
“Bolalar sog‘lomlashtirish jamg‘armasi”ga — 8,2 mlrd so‘m.
Mustaqillikka bag‘ishlangan videofilm tayyorlash — 3,3 mlrd so‘m.
Nurobodda bog‘cha va maktab uchun — 1,3 mlrd so‘m.
Jomboy tibbiyot birlashmasiga rengen apparati — 850 mln so‘m.

Narpayda profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi
Narpay tumanida profilaktika inspektori lavozimida ishlagan shaxs mansab vakolatidan g‘arazli maqsadlarda foydalangani uchun sud oldida javob berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2024-yil 27-dekabr kuni fuqaroning murojaatini ijobiy hal qilish evaziga 400 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan. 2025-yil 25-aprel kuni esa 200 AQSh dollarini olayotganda, qolgan 200 dollarini ham berishni talab qilgan.
Oradan bir kun o‘tib, ya’ni 2025-yil 26-aprelda fuqaro ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Natijada DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda profilaktika inspektori 200 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan ayblov e’lon qilingan.

❤2👍1😇1
Samarqandda pora va firibgarlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.A. ushlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u fuqaro Z.O.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda paxta dalasida dronlar ishlamoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanida paxta yig‘im-terimi boshlandi. Joriy yilda tumanda 10 140 gektar maydonga paxta ekilgan bo‘lib, shundan 739 gektari “Xitoyning Shinjon texnologiyasi” asosida barpo etilgan.
Hududda mehnat unumdorligini oshirish va hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Xususan, joriy yilda 24 ta paxta terish mashinasi olib kelindi. Ulardan 9 tasi “Boshiran” rusumli bo‘lib, “Uzagrolizing” kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi. Shuningdek, tashabbuskor fermerlar Xitoydan yana 5 ta, mahalliy tadbirkor tashabbusi bilan esa qo‘shimcha 10 ta mashina olib kelindi.
Natijada bu mavsumda tumanda jami 32 ta paxta terish mashinasi ishlatilmoqda. Bu esa terim samaradorligini oshirib, qisqa muddatlarda yakunlash imkonini beradi.

👏1
O‘zbekistonda paxta terimida qonunbuzarliklar aniqlanmoqda
O‘zbekiston Senatining ma’lumotiga ko‘ra, paxta yig‘im-terimi davrida 11 ta Mehnat kodeksi buzilishi va 3 ta majburiy mehnat holati qayd etildi.
Tekshiruvni Milliy komissiya, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Davlat mehnat inspeksiyasi o‘tkazdi. Natijada 300 dan ortiq holatda mehnat munosabatlari qonuniylashtirildi, ish sharoitlari esa talabga moslashtirildi.
Qonun buzganlarga nisbatan Ma’muriy kodeksning 49 va 51-moddalari bo‘yicha chora ko‘rilgan.
Fuqarolar quyidagi ishonch telefonlari orqali noqonuniy holatlar haqida xabar berishlari mumkin:
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi – 1176
Kasaba uyushmalari federatsiyasi – 1092
Telegram-bot: Munosibmehnat.uz