⛅Samarqandda 22-aprel kuni kutilayotgan ob-havo
🌡 +7/+25°
Kechasi: +7 - +12°, iliq.
Kunduzi: +20 - +25°, iliq.
Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Quyosh chiqishi: 05:45
Quyosh botishi: 19:15
🔰 Telegram | Instagram | You Tube

👍1
Jomboy va Paxtachida bo‘lim rahbarlari pora bilan ushlandi
Jomboy tumani FVB boshlig‘i fuqaroga xonadonida xususiy MTT ochish uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ijobiy xulosa berib, rahnamolik qilish evaziga 200 AQSH dollari olayotganda DXX va Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Paxtachi tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i esa MCHJga karer faoliyati va “Nakvoysoy”dan tosh-shag‘al qazib olish uchun ekologik xulosa hamda ruxsat evaziga 2 ming AQSH dollari olayotganda ushlandi.
Hozirda mansabdorlarga nisbatan JKning 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandga yana yangi avtobuslar olib kelindi
Aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 ta zamonaviy “Asia star” rusumli avtobuslar olib kelindi. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi xabar berdi.
Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Samarqand hamkor trans” MCHJ tomonidan olib kelingan ushbu avtobuslar tender tanlovlari orqali shahar yo‘nalishlariga brutto-shartnomasi asosida joylashtiriladi.

👍5
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tiroz bildirdi
22-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yar ekan, yodgorlik ostidagi yozuv faqat ingliz tilida berilganini tanqid qildi. “Bu yerda ingliz tilida yozuv bor, lekin ruschasini ko‘rmadim”, degan Lavrov.
Shuningdek, Sergey Lavrov Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, davlat rahbariga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, O‘zbekiston—Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

🤬7
🇸🇱 Bayrogʻi bizni bayroqqa oʻxshash - Serra-Leone mamlakati haqida
Serra-Leone (Sierra Leone), Serra-Leone Respublikasi — Afrikaning gʻarbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 72,3 ming km². Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Fritaun sh.
Syerra-Leone — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1996-yildan Axmad Tejan Kabba).
Aholisi 2 asosiy etnik guruh: gʻarbiy atlantika va mande til oilalariga boʻlingan xalqlardan iborat. Rasmiy til — ingliz tili; krio, mande va temne tillari ham tarqalgan. Aholining aksariyati mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, bir qismi xristian va musulmon. Shahar aholisi 37%.
Serra-Leone — 1961-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27-aprel — Mustaqillik kuni (1961). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 21-dekabrda tan olgan.

👍4🫡2
🌤Samarqandda 27-aprel kuni kutilayotgan ob-havo
🌡 +15/+35°
Kechasi: +15 - +20°, iliq.
Kunduzi: +30 - +35°, iliq.
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Quyosh chiqishi: 05:38
Quyosh botishi: 19:21
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
🌡 +15/+35°
Kechasi: +15 - +20°, iliq.
Kunduzi: +30 - +35°, iliq.
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Quyosh chiqishi: 05:38
Quyosh botishi: 19:21
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
👍3
10 yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshgan
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025- oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi xorijlik talabalar soni:
— 2015/2016- oʻquv yili – 0,7 ming nafar;
— 2016/2017- oʻquv yili – 0,6 ming nafar;
— 2017/2018- oʻquv yili – 1,3 ming nafar;
— 2018/2019- oʻquv yili – 2,7 ming nafar;
— 2019/2020- oʻquv yili – 3,6 ming nafar;
— 2020/2021- oʻquv yili – 4,2 ming nafar;
— 2021/2022- oʻquv yili – 5,1 ming nafar;
— 2022/2023- oʻquv yili – 5,0 ming nafar;
— 2023/2024- oʻquv yili – 10,8 ming nafar;
— 2024/2025- oʻquv yili – 12,5 ming nafar.

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-choragida 173 nafar shaxs YTH sababli ozodlikdan mahrum qilingan
Oliy sud xabariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi choragida yo‘l-transport hodisasi (YTH) keltirib chiqargani uchun Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha 891 nafar shaxs sudlangan, ulardan 173 nafari ozodlikdan mahrum qilingan.
2024-yilda esa 3 321 nafar shaxs sudlanib, 917 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 2 404 nafarga esa boshqa jazo choralari qo‘llanilgan.
Senat ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda 9 364 ta YTH sodir etilib, 8 901 kishi jarohatlangan, 2 203 kishi halok bo‘lgan. Hodisalarning 47,1 foizi haydovchilarning piyodaga yo‘l bermasligi, 22,8 foizi tezlikni oshirishi, 3,7 foizi uxlab qolishi, 3,6 foizi svetoforga amal qilmaslik oqibatida yuz bergan.
Shuningdek, avtobuslarni mast holda boshqarish bilan bog‘liq 61 ta holat aniqlangan.

🌤Samarqandda 28-aprel kuni kutilayotgan ob-havo
🌡 +17/+38°
Kechasi: +17 - +22°, iliq.
Kunduzi: +33 - +38°, iliq.
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Quyosh chiqishi: 05:37
Quyosh botishi: 19:22
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
🌡 +17/+38°
Kechasi: +17 - +22°, iliq.
Kunduzi: +33 - +38°, iliq.
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Quyosh chiqishi: 05:37
Quyosh botishi: 19:22
🔰 Telegram | Instagram | You Tube
❤1👍1
O‘zbekiston qayerdan qancha qarz olgan?
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi 2023-yilga nisbatan $5,27 mlrdga oshib, $40,19 mlrdni tashkil etdi. Bunda tashqi qarz $33,72 mlrd, ichki qarz esa $6,47 mlrdni tashkil etmoqda.
Asosiy kreditorlar:
Jahon banki — $7,64 mlrd;
Osiyo taraqqiyot banki — $7,41 mlrd;
Osiyo infratuzilma investisiya banki — $1,65 mlrd;
Islom taraqqiyot banki — $0,9 mlrd;
XVJ — $0,7 mlrd;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — $0,3 mlrd.
Xorijiy hukumatlar orqali:
Xitoy banklari — $3,76 mlrd;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi — $2,88 mlrd;
Fransiya taraqqiyot agentligi — $977 mln
Koreya Eksimbanki va jamg‘armasi — $740 mln;
Germaniya davlat banki — $415 mln;
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi — $139 mln;
Ispaniya davlat banki — $66 mln;
Boshqa manbalar — $1,45 mlrd.
Qarz mablag‘lari yo‘nalishlari:
45% — Davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash;
17% — Yoqilg‘i-energetika sanoati;
9% — Qishloq va suv xo‘jaligi;
8% — Uy-joy kommunal xo‘jaligi;
8% — Transport va infratuzilma;
7% — Sog‘liqni saqlash, ta’lim va AKT;
2% — Tadbirkorlik va sanoat;
2% — Kimyo sanoati.

👍5❤1🤬1
Samarqandda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.S” MCHJ ta’sischisi O.O‘. va ish boshqaruvchisi S.R. internet ijtimoiy tarmog‘ida xorijiy davlatlarga ishga yuborishlari haqida e’lon berib, 6 nafar fuqaroni Germaniya va Angliya davlatlariga ishga yuborishlari evaziga ularning jami 12 700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda.

🌤Samarqandda 29-aprel kuni kutilayotgan ob-havo
🌡 +17/+33°
Kechasi: +17 - +22°, iliq.
Kunduzi: +28 - +33°, iliq.
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Quyosh chiqishi: 05:35
Quyosh botishi: 19:23

18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha mablag‘lar imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi
Asosiy ma’lumotlar:
- Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr - 2 yil
- Foiz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli davr - 3 oy
- Kredit muddati - 7 yilgacha
- Kredit miqdori - 100 mln so‘mgacha
Mazkur imtiyozli mikroqarz quyidagi yo‘nalishlarda ajratiladi:
- tomorqalardan samarali foydalanish;
- chorvachilik;
- parrandachilik;
- qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlari.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Kredit manbasi - "Yoshlar biznesi" dasturi
Tijorat banki - AT "Aloqabank" tayanch "yoshlar banki"
Garov ta’minoti - sug‘urta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaxs kafilligi
Maqomi - O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga

“Bizda qonunlar davlat tilida qabul qilinadi” – Senator qonunning rus tilidagi matniga eʼtiroz bildirdi
Bugun, 29-aprel kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni ham muhokama qilindi. Qonun yuzasidan Senatning byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi — Erkin Gadoyev maʼruza qildi. Mazkur jarayonda senator Azamat Ziyo qonun faqat davlat tilida yaʼni oʻzbek tilida qabul qilinishi kerakligi haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

👍5👏2
🌤Samarqandda 30-aprel kuni kutilayotgan ob-havo
🌡 +13/+30°
Kechasi: +13 - +18°, iliq.
Kunduzi: +25 - +30°, iliq.
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Quyosh chiqishi: 05:34
Quyosh botishi: 19:24

👍2
⚡️ 13 ta OTM Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga o'tdi
Prezident farmoniga koʻra, pedagogik kadrlar tayyorlaydigan 13 ta OTM boshqa vazirlik tizimiga oʻtdi.
Samarqand viloyatidan:
Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali – Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti sifatida;
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti – Samarqand davlat pedagogika instituti sifatida.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bu OTMlarda talabalar oʻzlashtirishi sifatini tekshirishini maʼlum qilgan.

👍4❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-maydan nimalar o‘zgaradi?
➖ Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun kommunal to‘lovlar bo‘yicha kompensatsiyalar joriy etiladi.
➖ Davlat hokimiyati organlarida HR-amaliyotlarni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
➖ Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashabbuslar tatbiq qilinadi.
Bu va boshqa o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotni videodan bilib olishingiz mumkin.

👍4❤2
Kattaqoʻrgʻondagi o‘rmon yong‘inida 50 mingdan ortiq daraxt va buta yonib ketdi
Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in 10,5 gektar maydonni qamrab olib, 7,4 gektar yerga jiddiy zarar yetgan.
O‘rganishlar davomida 49 580 tup yulg‘un, 116 tup jiyda va 5 tup tol daraxti nobud bo‘lgani aniqlandi. Ushbu hodisa natijasida atrof-muhitga qariyb 1 milliard 884 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mutasaddilar voqea joyini o‘rganib, qonun buzilish holatlarini qayd etgan. Xususan, o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar talablari buzilgani ma’lum bo‘lib, holat yuzasidan barcha hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan.

👍2😢2