2.71K subscribers
1.94K photos
712 videos
19 files
342 links
I’ll be sharing happiness, positivity, gratitude, power, motivation, scholarships and smile into your life)

TESOL Trainer
🇺🇸 UGRADer 22
🇯🇵 JUST GRANT 21
NAVOI State Scholar
📜Author/ President of Edu.Charity
”Heart to Heart”
@Yugyyn
Download Telegram
Feminine (женственный) Clubga qo’shildim - нега? узимга ухшаган кизикарли, женственная, нежная, мягкая🤣 кизлар билан танишаман, насиб:) Феминистик карашлардан йирокман, чунки:)

O’rtog’im bitta ochilish marosimiga olib boryaptilar, dresscode adras. Eng qizig’i mani qiziqtirish uchun: Barnosh, uyoda ovqat ham bo’larkan😍. Bormasak uyat endi🤣.

Jiddiy joylarga taklif qilishganda esa, duo qilib boraman “E Xudo, manga ko’z-quloq bo’l, tinchgina borib kelay qovun tushirmasdan” deb🤣🫶

Metroga tushdik Ukam bilan. O’zi u atrofga juda e’tiborli. Bilet olgunicha man borib “Kirish Mumkin Emas!” degan eshikdan kirib ketibman🤣, qo’limdan ushlab olib chiqdi “Qara, magistraturada o’qishni o’rgatishmaganmidi” deb🤣. Uyam mayli, bexosdan o’zimdan oldinda ketayotgan bitta amakini botinkasini orqa tarafini qandaydir bosvolibman😲, haligi amakini bitta botinkalari oldinga uchib ketdi chaykaga o’xshab🤣 (Uzr so’radik, albatta)

Ukam: O’zi sani 1 minut ko’zdan qochirib bo’lmaydi. Boshqa metroga tushmaymiz)

@barnosha_amanova_2000
Зудлик билан сузишни урганишим керак, 1- рейс билан🤣. Bizni yana dengizlar kutyapti, InshaaAllah😍🫶

Aeroport + Samalyotdagi oyna o’rindig’i + sohil + zakat = Baxtli Man🤣.

Qiynalaman doim suza olmaslikdan. Tizzagacha suvga kirib, uyog’iga suvga o’zimni qo’yvorishga dux yo’q🤣. Sohilda shunaqa yuuuraman, qolganlarga havasim keliiib.

Lagerda Shahlo bilan basseynda “suzayotgandik” ( bizni suzishimiz basseyn devorini qo’yvormasdan achomlab yurish qiy-chuv qilib🤣), yomg’ir ham yog’ayotgandi. Shahlo uzoqqa suzib ketdi, man basseyn devorini qo’yvorib eng chuqur joy o’rtagacha bordim…keyin uje muvozanatni yo’qotdim, nafasimga suv tiqilib, ko’zim qorong’ulashgan, ovozim chiqmiy qoludi… shundan keyin qattiq qo’rqib qoldim, o’rganishim yanayam qiyinlashib ketdi. No orzuyim - xohliyman mazza qilib suzishshi:)


#shukur_behisob
Minnatdorman, Robbim💜
@barnosha_amanova_2000
Aytib beraymi bugun nimalar bo’ldi🤭?

Topingchi kim bilan 12 soat sarguzasht qildik bugun?


#shukur_behisob
Minnatdorman, Robbim💜
@barnosha_amanova_2000
Suratda Meksikada avtobusdaman ( ba’zi sayohatlar ancha vaqtdan keyin aytiladi🤣)

Yonimdagi Ispan Ayol bilan 10 soat davomida butun hayotini gaplashib ketganmiz va bu ayoldan eshitgan insaytlarimni kitobimda 1 qator gap bilan yozdim:

- Yurakni keng qilish kerak…dunyo hammaga yetadi🫶. Barnoshaning hayotdagi mottosi bu:)

#shukur_behisob
Minnatdorman, Robbim💜
@barnosha_amanova_2000
02:00 кечаси ман Аямни уйготиб🤣: - Мам, Аяжон, Аяжон😍!

Аям: …Хм…

- Ухлияпсизми?

Аям: Соат 02:00 да нима килиш мумкин, Барнош?

Ман: Сиззи яхши кураман, Мам. Айтгим келди🫠

Аям: Эрталаб айтсанг булардику

Ман: Йок, хозир айтгим келди. Кутолмадим🫶

Яна ким шунака🤣🤣🤣?

#shukur_behisob
Minnatdorman, Robbim💜
@barnosha_amanova_2000
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng katta Duolarimdan bittasi ijobat bo’ldi va yuragimni ichida shukurdan galaktika raqsga tushyapti. Rahmat, Allohim, hammasi uchun. Alhamdulillah, marhamating, mehring va qudratingga munosib hamdlar bo’lsin🤍🫶

#shukur_behisob
Minnatdorman, Robbim💜
@barnosha_amanova_2000
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro rinoplastika konferensiyasiga taklif qilishgandi. Plastik jarrohlikdan yiroqman, mehmon sifatida va fikr-mulohazam uchun taklif qilishgan. Esimdan chiqib ketibdi bugunligi, eslatishganidan keyin yugurib yetib keldim. Dunyoning turli davlatlaridan professional plastik jarrohlar taklif etilgan va eng zamonaviy, samarali metodlari bilan bo’lishishyapti.

Ochig’i kadrlarni ko’rib mazam qochib qoldi. Yaxshiyam vrach emasman. Ularning ishlari va kasblarini, mehnatlarini qadrliyman. Hammaning ham diydasi yetmaydi bu manzaralarni ko’rishga, manga o’xshaganlar o’zini yo’qotib qo’yadi. Tashqi ko’rinishidan qoniqmasdan 8-9 martagacha bitta a’zosini qayta-qayta operatsiya qildirisharkan. Tibbiy ehtiyoj, sabablar bo’lmasa, yuzizga, tanangizga tig’ orqali o’zgartirishlar kiritishga oshiqmaslik kerak deb fikrliyman. Albatta, har bir ayolning tanlovi bu. Lekin, tabiiy husnimizni saqlab qolish tarafdoriman. Tanangiz va sog’ligingiz ustida tabiiy ishlab borish bilan birga, o’zingizdan qoniqing🤍

@barnosha_amanova_2000
Shahlo bilan MikelAnjeloning shu asari haqida soatlab gaplashdik. Juda katta insayt ochdim….manga qiziq suratga qarab Siz nima tushunganingiz va fikringiz? Shu bitta momaqaymoq mani osmoncha xursand qildi


#shukur_behisob
Minnatdorman, Robbim💜
@barnosha_amanova_2000
Малиновый закат курдик бугун🌇. Эртага Шахноза Опа Ганиева билан дарс ёзамиз, Насиб. Айтиб бергандиму Улар хакида тепада ёзгандим. Кайси темалиги сир🤭.

Хилтонда конференцияда утирудим бугун, чикиб Шахло билан ужинга борамиз деб ёзишиб турсам…битта 5 ёшлар атрофида рус болача келиб куйлагимдан тортиб «Ты ангела?» деди🤣. Ман - Кусто хайратда😆. «Нет, я не ангелa. Я Барноша» деб танишдим, исми Денис, пилот булмокчи экан:)

#shukur_behisob
Minnatdorman, Robbim💜
@barnosha_amanova_2000
Shahnoza Opa Ganieva xuddi mani rahmatli Oyjig’a Buvimga o’xsharkanlar. Ayajon tarafdan hozirgi buvim doim mani rahmatli Oyjig’a Buvimga o’xshatadilar: gapirishim, o’zimni tutishim, stilimni. Oyjig’a buvingam ziyoli, jenstvennaya, yoqimli, nurli ayol bo’gan, kam gapirardilar, lekin judayam o’rinli gapirganidan hamma eshitgisi kelardi, hamma hurmat qiladigan qadrli ayol bo’gan deb gapirib berdilar o’tgan kuni🫠.

Negadir manga judayam yoqadi kattalar bilan suhbatlashish. Qareng, qanaqa dunyoqarashdagi kamtarin, nafis, chiroyli qadriyatli ayol🤍🔥. Globallashuv, jamiyatda bo’layotgan o’zgarishlar sabab bizning pokoleniye qadriyatlar ustida mustahkam ishlashi, o’zligini tanishi kerak deb o’yliyman, keyingi avlod uchun ham

#shukur_behisob
Minnatdorman, Robbim💜
@barnosha_amanova_2000
Barnosha's
Shahnoza Opa Ganieva xuddi mani rahmatli Oyjig’a Buvimga o’xsharkanlar. Ayajon tarafdan hozirgi buvim doim mani rahmatli Oyjig’a Buvimga o’xshatadilar: gapirishim, o’zimni tutishim, stilimni. Oyjig’a buvingam ziyoli, jenstvennaya, yoqimli, nurli ayol bo’gan…
Кеча Шахноза Опа айтдилар: Барношинка😘, dunyodagi eng bebaho, chiroyli ayol - bu ichki dunyosi toza, go’zal ayol. Doim kamtarinlik eng chiroyli pardozing bo’sin🫠. Сани элегантностьинг бу сани ички холатинг, ички дунёнг, хар кандай вазиятда уз урнингни, сузингни, кадрингни, хурматингни билишинг. Бу эса юзингда куринади.

- Wauw, ho’p bo’ladi dedim🫶

Mashu Mercedes-Benzni «Бейби🤩» дегим келди🤣


#shukur_behisob
Minnatdorman, Robbim💜
@barnosha_amanova_2000