🇪🇸BARCA | UZ🇺🇿
1.97K subscribers
8.75K photos
875 videos
11 files
8.63K links
@BARCAUZ_LIVE kanalimizga xush kelibsiz hurmatli obunachilar 😎

— Agarda kanalimiz manzur kelmayotgan boʻlsa chiqish tugmachasi bor.

— Premium xizmati kerak boʻlsa va har qanday savollar tugʻilsa: @azikoo_yt
Download Telegram
🇪🇸BARCA | UZ🇺🇿
Photo
📸

📰 Barca UZ — bu eng toʻgʻri tanlov

🔴BarcauzLive | Media | Donat
🕵🏻‍♂️ Gazzetta_it | Raqib nazorati:

Marcus Thuram bugun “Inter” jamoasi bilan qisman mashg‘ulotlarda ishtirok etishi, ertaga esa to‘liq shug‘ullanishi kutilmoqda. U "Barcelona"ga jamoasi bilan birga safar qiladi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydimi-yo‘qmi, bu murabbiy Simone Inzaghining qaroriga bog‘liq bo‘ladi.


📰 Barca UZ — bu eng toʻgʻri tanlov

🔴BarcauzLive | Media | Donat
Olegario Benquerença: 2010-yilgi bahsli "Inter" – "Barcelona" o‘yini haqida gapirishdan bosh tortdi.

2010-yilda bo‘lib o‘tgan mashhur "Inter" – "Barcelona" bahsi haqida sobiq hakam Olegario Benquerença bilan intervyu uyushtirishga uringan edik. Biroq suhbat atigi 1 daqiqa 54 soniya davom etdi.

Benquerença qisqagina shunday dedi: "Men jurnalistlar bilan gaplashishni yoqtirmayman va bu mavzuda hech narsa deya olmayman." Biz undan o‘sha uchrashuvdagi qarorlaridan afsuslanadimi, deb so‘raganimizda, u javob bermay, telefonni qo‘yib qo‘ydi
.

📰 Barca UZ — bu eng toʻgʻri tanlov

🔴BarcauzLive | Media | Donat
🚨 #Rasman | Antonio Rudiger chap tizzasidan operatsiya qilindi va taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi.

Raqib jamoa futbolchisiga tezroq sog‘ayib safga qaytishini tilab qolamiz
.

📰 Barca UZ — bu eng toʻgʻri tanlov

🔴BarcauzLive | Media | Donat
🚨| "Barcelona" — "Inter"ga qarshi qanday uslubda o‘ynashi kerak?

1. Uslublar to‘qnashuvi
"Inter" o‘zining an’anaviy 3 markaziy himoyachili sxemasida o‘ynaydi va qanot himoyachilari orqali kenglik yaratadi. Zarurat tug‘ilganda esa 5 kishilik himoyaga o‘tadi. Ular past blokdan tezkor qarshi hujumlar orqali xavf tug‘diradi. "Barcelona" esa to‘pni nazorat qilish, qisqa paslar va pozitsion hujumga tayanuvchi uslub bilan harakat qiladi.

2. Qarshi hujumlarga qarshi ehtiyot chorasi: "Inter" Lautaro Martínez va Nicolò Barella kabi futbolchilari orqali to‘satdan va tezkor hujumlarni amalga oshiradi. Shuning uchun "Barcelona" ayniqsa markaziy hududda barqarorlikni saqlashi lozim. Ronald Araujo, Inigo Martínez va Pau Cubarsí singari himoyachilar doimo hushyor va pozitsion jihatdan to‘g‘ri joylashgan bo‘lishlari zarur.
🇪🇸BARCA | UZ🇺🇿
🚨| "Barcelona" — "Inter"ga qarshi qanday uslubda o‘ynashi kerak? 1. Uslublar to‘qnashuvi "Inter" o‘zining an’anaviy 3 markaziy himoyachili sxemasida o‘ynaydi va qanot himoyachilari orqali kenglik yaratadi. Zarurat tug‘ilganda esa 5 kishilik himoyaga o‘tadi.…
3. Tempni nazorat qilish va pressingni yorib o‘tish
O‘yin sur’atini boshqarishda Pedri hamda Frenkie de Jong muhim rol o‘ynaydi. Ularning bosim ostida xotirjam qaror qabul qilishi "Inter"ning yuqori pressingiga qarshi muvaffaqiyat kaliti bo‘ladi. Dani Olmo esa tor zonalarda texnikasi bilan ustunlik qilib, pressingni bir teginishda yorib o‘tishga yordam beradi.

4. Ferran Torresning taktik harakatlari
Torres to‘p bo‘lmagan vaqtda harakatlanib, himoyachilarni o‘ziga jalb qilishi va jamoadoshlari uchun bo‘sh hududlar yaratishi kerak. Bu hujumda kenglik va tezlikni oshiradi.

5. Barella – "Inter"ning muhim kuchi
Nicolò Barella chiziqlar oralig‘ida o‘ynab, "Barcelona"ning yarim himoya va himoya liniyalari orasini buzishga urinadi. Uni nazoratda ushlash va oraliq zonalarni yopib turish "Barcelona" markaziy yarim himoyachilarining muhim vazifasidir.


📰 Barca UZ — bu eng toʻgʻri tanlov

🔴BarcauzLive | Media | Donat
MARCA | "Barcelona" Julian Alvarezni kutilmagan tarzda transfer qilishni rejalashtirmoqda. Ular uni Lewandowski o‘rniga ideal o‘yinchi sifatida ko‘rishyapti.

📰 Barca UZ — bu eng toʻgʻri tanlov

🔴BarcauzLive | Media | Donat
SPORT | Hansi Flick bugungi mashg‘ulotda video sessiyasini uzaytirib, ayniqsa Pedri va Frenkie ga "Inter"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishda batafsil ko‘rsatmalar berdi.

📰 Barca UZ — bu eng toʻgʻri tanlov

🔴BarcauzLive | Media | Donat
🎙Lamine Yamal va Flickning "Inter" bilan o'yin oldidan matbuot anjumani.

🗣 Lamine Yamal: "Biz juda hayajondamiz, bu mening birinchi yarim finalim va ko'pchilik jamoa a'zolarim uchun ham. Biz qo'limizdan kelganini ko'rsatishga va finalga chiqishga harakat qilamiz."

Muhim oʻyinlardan oldin siz qandaydir yangilik qilasiz, oxirgi oʻyindan oldin esa hatto sochingizni boʻyagansiz. Bunga sabab bormi? Ertangi o'yin oldidan ham syurpriz bormi?

🗣 Lamine Yamal: "Uyda zerikkanim uchun shunday qilyapman. Shu tarzda vaqt tezroq va quvonchliroq o'tadi(kuladi)."

Sizning "Ular (Real Madrid) bizni mag'lub eta olmaydi" degan gapingiz bir necha odamlar tomonidan heytga uchradi.

🗣 Lamine Yamal: "Men g'alaba qozongan ekanman, ular menga hech narsa deyolmaydilar, agarda ular meni mag'lub etishsa gapirishlari mumkin."

Jamoada kim sizni ko'proq ajablantyapti?

🗣 Lamine Yamal: "Pedri va Raphinha kabi futbolchilardan tashqari... Meni Inigo va Frenkie de Jong ham hayratda qoldiryapti. Ular ajoyib professionallar va aql bovar qilmaydigan darajada. Menimcha, odamlar ularni men yoki Pedri, Raphinha kabi qadrlashmaydi... Lekin men uchun Inigo va Frenkie ajoyib mavsum o'tkazishmoqda".

O'yindan so'ng "Real Madrid" futbolchilari bilan qo'l berib ko'rishdingiz. Bu haqida nimadir deya olasizmi?

🗣 Lamine Yamal: "Meni yaxshi futbolchi, hurmatli va xushmuomala inson sifatida eslab qolishlari uchun uyda ota-onam shuni o'rgatgan. Menimcha, bu eng muhimi".

📰 Barca UZ — bu eng toʻgʻri tanlov


💻 BarcauzLive | Media | Donat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣️ Lamine Yamal Messi bilan solishtirishlar haqida: “Men o'zimni hech kimga, ayniqsa Messiga qiyoslamayman. Men buni sizga qoldiraman. Men o’z ustimda ishlab rivojlanishga e'tibor qarataman. Taqqoslash ma'nosiz. Albatta Messini tarixdagi eng yaxshi futbolchi sifatida qadrlayman.”

Siz endigina 17 yoshdasiz, shunga qaramasdan allaqachon ko'p narsaga erishdingiz va aql bovar qilmaydigan darajani ko'rsatyapsiz.

🗣️: “Futbol yoshni bilmaydigan sport turi. Bu biz yoshlarga umuman ta'sir qilmaydi va biz juda yuqori saviyada o’ynay olamiz. Yosh - bu shunchaki raqam.”

"Inter"dan kimni yoqtirasiz va ularning o'yin uslubi haqida qanday fikrdasiz?

🗣️: “Menga Barella va Lautaro juda yoqadi. Qarshi hujumlarda ular Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. Men bu jamoani tomosha qilishdan zavqlanaman.”


💻 BarcauzLive | Media | Donat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Siz endigina 17 yoshga to'ldingiz va ertangi o'yin sizning debyutingizdan ikki yil o'tib "Barcelona"dagi 100-rasmiy o'yiningiz bo'ladi.

🗣️: “Menimcha, mening yoshimda "Barcelona"dek katta klubda ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar kam va men buni qadrlayman.

Doimiy ruhiy motivatsiyani saqlab qolish, menimcha, bu "Barcelona" kabi klubda oson, ammo bu hamma uchun ham oson ish emas. O'ylaymanki, menda mavjud bo'lgan davomiylik va 17 yoshida "Barcelona"da ko'rsatgan darajam hamma ham erisha olmaydigan narsa.”

O'yinni boshlaganingizda hayajon yoki qo'rquvni his qilganmisiz?

🗣️: “Yo'q, agarda men shunday o'ylasam, o’yindan oldin “Instagram”ga hech narsa joylashtirmasdim. Shuning uchun men bu qo'rquvni hech qachon his qilmaganman.

To'g'ri, menda kuchli motivatsiya bor va bu yaxshi tuyg'u deb o'ylayman va biz barchamiz futbolchi sifatida buni boshdan kechiramiz. Qo'rquvga kelsak, men undan ancha oldin qutulganman.”

Muvaffaqiyatlar, tabassumlar va raqslar ortida bosimni yashirasizmi? Yoki bu sizning tug'ma iste'dodingizning bir qismi deb o'ylaysizmi, bu qiyin damlarni shunday o'z-o'zidan va samimiylik bilan yengish imkonini beradimi?

🗣️: “Men buni bosim demayman. O'ylaymanki, Ispaniya kubogi finalida ikkala jamoa muxlislari tomonidan yaratilgan muhit - bu maydonga chiqish va bo'layotgan voqealardan zavqlanish imkoniyatidir. Bunday daqiqalar har doim ham bo'lavermaydi. Shuning uchun men buni bosim sifatida emas, balki ijobiy narsa va yangi tajriba sifatida ko'rmoqdaman, bunday lahzalarni yana boshdan kechirishni va zavqlanishni istayman.”

“Shuning uchun men hech qanday bosimni his qilmayman, faqat shu lahzadan zavq olishim va unga bor kuchimni berishim kerakligini his qilyapman, tamom.”

Kecha elektrsiz qanday yashadingiz? Nima sizni asabiylashtiradi: batareya quvvati tugadimi?

🗣️: “Aslida kecha nima qilishni bilmay qoldim 😂

Men bu yerga sport maydoniga keldim va butun kunni shu erda o'tkazdim. Men bir nechta jamoadoshlarim bilan uchrashdim, lekin elektr uzilishi barchamizni biroz asabiylashtirdi. Endi biz katta ishtiyoq bilan yarim finalga chiqishni maqsad qilganmiz.”


💻 BarcauzLive | Media | Donat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
”Inter” so'nggi 3 ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Sizningcha, ularning darajasi pasayganmi?

🗣 Lamine Yamal: "Ular ertaga Chempionlar ligasi yarim finalida o’ynashadi, bu oddiy liga o'yini emas. O'ylaymanki, ular ham biz kabi bor kuchlarini berishadi va qiyin o'yin bo'ladi."

Messi "Inter" bilan bir necha bor to'qnash kelgan, u o’yinlarda juda yuqori darajadagi sifatini ko’rsatib asistlar qayd etkan bo’lsada, ammo ularga gol ura olmadi. Lekin siz buni qila olasizmi? Sizningcha, "Lamine Yamal davri” keldimi?

🗣 Lamine Yamal: "Umid qilamanki, bu Lamine emas, "Barcelona"ning davri. Bu Yamalniki emas, "Barcelona"ning davri!

Yaqinda Raphinha siz uchun juda muhim bo'lgan maslahat berganini aytdingiz. Bu qanday maslahat edi?

🗣 Lamine Yamal: "Bu juda muhim gaplar edi... Bu shaxsiy va faqat biz biladigan va boshqalarga aytish shart bo’lmagan gaplar. U juda muhim inson, katta tajribaga ega futbolchi. Barcha yosh futbolchilarning kiyinish xonasida shunday o'yinchi bo'lishi kerak".


💻 BarcauzLive | Media | Donat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣️ Hansi Flick: Ular 🇮🇹 Yevropadagi eng yaxshi himoyaga ega jamoalardan biri. Ularning yarim himoyasi ham yaxshi va hujumchilar juda kuchli. Bu qiyin o’yin bo'ladi, lekin biz tayyormiz.

Siz yaqinda "Real Madrid"ga qarshi finalda g'alaba qozondingiz va endi yana xuddi shunday muhim o'yin oldinda.

🗣️: Finalda, ayniqsa El Clasicoda g'alaba qozonsangiz, bu o'ziga xos narsa. Endi bor etiborimizni Chempionlar ligasi finaliga chiqishga qaratganmiz.

Asosiy tarkib?

🗣️: Bugun asosiy tarkib haqida gapiradigan kun emas, chunki yana bir kun bor. Yakshanba kuni o'ynagan "Inter" jamoasini ko’rdingiz... ular kamroq dam olishdi, lekin bu Chempionlar Ligasi yarim finali va hamma 100% jonini beradi.

Finalda g'alaba qozonish jamoaga qanday ta'sir qildi?

🗣️: Bu yarim final hamma uchun qanchalik muhimligini tushunaman. "Madrid"ga qarshi g'alaba biz uchun yaxshi. Bu bizga turtki berishi mumkin.

🗣️: Szczesny Chempionlar ligasida o'ynaydi. Biz La Liga o’yinida rotatsiya qilish haqida o'ylayapmiz. Keyingi o'yinda ko'ramiz.

Fermin?

🗣️: Fermin har doim asosiy tarkib uchun variant, ammo shanba kuni biz boshqa variantni tanlagan edik. Zahiradan maydonga tushgach ajoyib o'ynadi. U yaxshi o'ynayapti, yuqori saviyada o'ynayapti.

Koundening goli haqida nima deysiz?

🗣️: Jules faqatgina gol urmadi. U himoyada ham “Real Madrid”ni to’xtatdi. Tomosha qilish go'zal edi. U haqiqiy professional.

U o’shanda oxirgi daqiqalarda to’pni tepmoqchi bo’layotkanini ko’rib hayratda qoldim va u buni uddasidan chiqdi😁

Klub bilan shartnomangizni uzaytirasizmi?

🗣️: O'ylaymanki, keyingi mavsumda ham jamoaga murabbiylik qilaman. Men bu yerda baxtli ekanligimni allaqachon aytganman, lekin hozir bu haqida gapirishning vaqti emas. Biz oldinda erishmoqchi bo'lgan narsa yanada muhimroq.

Sizning jamoangiz juda ham yosh…

🗣️: Men ularga aytamanki, asosiysi har doim borini berib o’ynang. O’zaro yaxshi munosabatda bo'lishlari va eng yuqori darajada o'ynash shartligini ham aytib aytaman.

💻 BarcauzLive | Media | Donat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Camp Nou” ham deyarli tayyor bo’lipti.

💻 BarcauzLive | Media | Donat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Roppa-rosa 2 yil oldin xuddi shu kunda Xavi 15 yoshli maktab o'quvchisini maydonga tushirgan edi...

💎 O’sha kun maydonga tushgan bolakay shunchaki yosh, yangi va tajribasiz oddiy futbolchi emas, balki noyob olmos ekanligiga guhov bo’lyapmiz.

Allaqachon jamoamizning yuragi bo’lishga ulgirgan bolakay ertaga ko’k anorranglilar libosida 100-rasmiy o’yinini o’tkazadi

KLUBIMIZ ISHONCHI VA KELAJAKI❤️💙

💻 BarcauzLive | Media | Donat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hakamlar bilan 😄3:2😆

📰 Barca UZ — bu eng toʻgʻri tanlov

💻BarcauzLive | Media | Donat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM