Хабарлар
94 subscribers
50 photos
8 videos
1 file
131K links
Мамлакатимиз ва жаҳондаги барча хабарларни кузатиб боринг.

Янгиликлар дастур орқали автомат жойланади.

Алоқа @bankirmanbot.

https://t.me/joinchat/T_wrrRxoRdW72qMl
Download Telegram
Toshkentda 10 dan ortiq mashinani urib ketgan Gentra'da bo‘lgan 3 kishi qamaldi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/toshkentda-10-dan-ortiq-mashinani-urib-ketgan-gentrada-bolgan-3-kishi-qamaldi

Giyohvand modda iste’mol qilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Gentra'ning uch yo‘lovchisi mayda bezorilik va ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslikda ayblandi. Sud qarori bilan ularning har biriga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. .
Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/hafta-davomida-harorat-kotarilib-boradi

Dam olish kunlaridagi salqin havodan so‘ng hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Faqat dushanba va seshanba kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo +25…+30 daraja, ba’zi joylarda +31…+33 darajagacha isiydi..
Tramp: "Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi".
http://kun.uz/news/2025/04/21/tramp-umid-qilamanki-rossiya-va-ukraina-shu-hafta-kelishuvga-erishadi

AQSh rahbari ikki davlatga o‘z mamlakati bilan biznes boshlashni taklif qildi..
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/andijon-shahriga-yangi-hokim-tayinlandi

2022 yil iyun oyidan Andijon shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan G‘ofurjon Abdurahmonov 19 aprel kuni viloyat hokimligiga chaqirtirilib, ishdan bo‘shash haqidagi arizasi olingan. Uning o‘rniga Izboskan tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Elyorbek Karimov tayinlandi..
Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining faoliyati tartibga solindi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/kasbiy-talimni-rivojlantirish-jamgarmasining-faoliyati-tartibga-solindi

Jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi..
Prezident o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/prezident-osmirlar-ortasidagi-osiyo-kubogi-goliblarini-unvon-va-medallar-bilan-taqdirladi

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi bosh murabbiyi va futbolchilari unvon va medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek, murabbiylar va futbolchilarga avtomobillar sovg‘a qilinishi rejalashtirilgan..
Timur Rahmonov O‘zbekistonning Estoniyadagi elchisi etib tayinlandi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/timur-rahmonov-ozbekistonning-estoniyadagi-elchisi-etib-tayinlandi

O‘zbekistonning Latviya, Litva va Finlandiyadagi elchisi Timur Rahmonov endi mamlakatning Estoniyadagi elchisi etib tayinlandi..
Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/izboskan-tumaniga-yangi-hokim-tayinlandi

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Abrorbek Ahmadaliyev Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi etib tayinlandi. U 2023 yil dekabridan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Elyorbek Karimov o‘rnini egalladi..
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/salvador-prezidenti-venesuelalik-noqonuniy-migrantlarni-siyosiy-mahbuslarga-almashmoqchi

AQShda qo‘lga olingan venesuelalik noqonuniy migrantlar Salvadordagi qamoqxonada saqlanmoqda. Mamlakat prezidenti ularni Venesueladagi «siyosiy mahbuslar»ga almashish taklifini berdi..
Britaniya artilleriya snaryadlari va geksogen ishlab chiqarishni keskin oshiradi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/britaniya-artilleriya-snaryadlari-va-geksogen-ishlab-chiqarishni-keskin-oshiradi

BAE Systems mudofaa kompaniyasi 155-millimetrli snaryadlar ishlab chiqarishni 16 baravarga oshiradi. Bu AQSh tomonidan qo‘yiladigan cheklovlarsiz mahsulotlarni boshqa davlatlarga yetkazib berish imkonini taqdim etadi..
WP: Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini tark etishga tayyorlanmoqda.
http://kun.uz/news/2025/04/21/wp-ilon-mask-hukumat-samaradorligi-departamentini-tark-etishga-tayyorlanmoqda

Manbalarning ta’kidlashicha, federal agentliklar xodimlariga allaqachon Ilon Mask jamoasining talablarini e’tiborsiz qoldirishga ruxsat berilgan..
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/fargonadagi-xususiy-klinikaga-burun-operatsiyasi-uchun-borgan-departament-xodimi-vafot-etdi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona viloyat boshqarmasining 33 yoshli xodimi Farg‘ona shahridagi xususiy klinikada vafot etdi. Marhumning yaqinlariga ko‘ra, bemor vafot etgach, uni operatsiya qilgan shifokorlar voqea joyidan qochib ketgan. Shifokorning o‘zi esa qochib ketganini inkor qilgan..
Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/talim-sifatini-oshirish-boyicha-takliflar-taqdimot-qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni maktab ta’limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. .
Rossiya IIV maktablardagi migrant bolalarning ro‘yxatini yuritishni boshlaydi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/rossiya-iiv-maktablardagi-migrant-bolalarning-royxatini-yuritishni-boshlaydi

Mintaqaviy ta’lim vazirliklari va departamentlar IIVning hududiy organlariga bola ham uning ota-onasiga oid shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishga majbur bo‘ladi..
«Telegram hech qachon shaxsiy xabarlarni oshkor qilmagan» – Durov Fransiya parlamenti qarorini olqishladi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/telegram-hech-qachon-shaxsiy-xabarlarni-oshkor-qilmagan-durov-fransiya-parlamenti-qarorini-olqishladi

Fransiya Milliy assambleyasi hukumatning shaxsiy xabarlarni o‘qish uchun politsiyaga «orqa eshik» – backdoor ochib berishga doir qonun loyihasini rad qildi. Telegram asoschisi buning «oqilona qaror» ekanini aytib, shifrlash – shaxsiy hayot xavfsizligi uchun muhimligini ta’kidladi. «Qonuniy sud qarori taqdim etilsa, gumondorning IP manzili va raqami oshkor qilinadi, shaxsiy xabarlari emas», degan Durov..
Britaniyada siniq guldon 60 ming dollarga sotildi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/britaniyada-siniq-guldon-60-ming-dollarga-sotildi

Londondagi uy bog‘idan topilgan ushbu guldon mashhur keramika ustasi Xans Kopper tomonidan yasalgan..
21 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar.
http://kun.uz/news/2025/04/21/21-aprel-yangiliklari-ozbekistonda-roy-bergan-muhim-voqea-va-hodisalar

Mukofotga sazovor bo‘lgan chempionlar, Andijon shahriga yangi hokim, Samarqandga kelayotgan Italiya bosh vaziri, Buxoroda ichki ishlarda ishdan olishlar - o‘tgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz..
Shimoliy Muz okeanidagi muzliklar maydoni tarixdagi minimal darajaga yetdi.
http://kun.uz/news/2025/04/21/shimoliy-muz-okeanidagi-muzliklar-maydoni-tarixdagi-minimal-darajaga-yetdi

Yaponiya aerokosmik agentligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2010 yildan beri barqaror ravishda kamayib kelmoqda..
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda.
http://kun.uz/news/2025/04/21/tehron-moskva-va-rimdagi-muzokaralar-eron-yadro-dasturi-boyicha-bitim-asoslari-chizilmoqda

AQSh–Eron muzokaralarining navbatdagi raundi Rimda bo‘lib o‘tdi. Undan oldin Tehronga Saudiya mudofaa vaziri keldi, Eron tashqi ishlar vaziri esa Moskvaga bordi – u ertaga Pekinga uchadi. So‘nggi vaqtlarda forslarning yadroviy dasturi atrofida nimalar bo‘lmoqda? .
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto.
http://kun.uz/news/2025/04/21/osiyo-kubogi-goliblari-tantanali-kutib-olindi-foto

Marosim doirasida o‘smirlar milliy jamoasi futbolchilari va bosh murabbiyga davlat mukofotlari hamda avtomobillar topshirildi..