Baxtiyor Saidov
19.4K subscribers
3.68K photos
54 videos
1.28K links
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
——
Министр иностранных дел Республики Узбекистан
——
Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

www.mfa.uz
fb.com/FMSaidov
twitter.com/FM_Saidov
instagram.com/fm_saidov/
Download Telegram
Dolzarb masalalarga bag‘ishlangan O‘ta muhim minerallar bo‘yicha Vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdik. Mazkur platforma barqaror va xavfsiz o‘ta muhim minerallar ta’minot zanjirlarining kelajagini muhokama qilish uchun hamkorlarni bir joyga jamladi.

O‘zbekiston ushbu sohada salmoqli salohiyatga ega bo‘lib, o‘z sanoatini xalqaro eng yuqori standartlar — shaffoflik, ekologik mas’uliyat va qo‘shimcha qiymat yaratishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tamoyillari asosida rivojlantirishga qat’iy intiladi.

Xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, ta’minot zanjirlarining barqarorligini mustahkamlash va toza energetikaga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan global sa’y-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz.

***

Participated in the Critical Minerals Ministerial, a timely and substantive platform bringing together partners to discuss the future of sustainable, secure, and resilient critical minerals supply chains.

Uzbekistan possesses significant potential in this sector and is committed to developing its critical minerals industry in line with the highest international standards — transparency, environmental responsibility, and value-added production.

We reaffirm our readiness to deepen cooperation with international partners, attract advanced technologies and investments, and contribute to global efforts aimed at strengthening supply chain resilience and supporting the clean energy transition.

***

Приняли участие в Министерской встрече по критическим минералам — своевременной и содержательной платформе, объединившей партнеров для обсуждения будущего устойчивых, безопасных и надежных цепочек поставок критических минералов.

Узбекистан обладает значительным потенциалом в данной сфере и привержен развитию отрасли в соответствии с самыми высокими международными стандартами — транспарентности, экологической ответственности и производства с высокой добавленной стоимостью.

Подтверждаем готовность к дальнейшему углублению сотрудничества с международными партнерами, привлечению передовых технологий и инвестиций, а также внесению вклада в глобальные усилия по укреплению устойчивости цепочек поставок и поддержке перехода к чистой энергетике.

X | Facebook | Instagram | Telegram
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan keng qamrovli va mazmunli muloqot o‘tkazganimizdan mamnunmiz. Unda ikki tomonlama kun tartibigina emas, balki global miqyosdagi eng dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Yaqinda tashkil etilgan Tinchlik kengashi mojarolardan jabr ko‘rgan hududlarda barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali platformaga aylanib borayotgani, millionlab insonlarga yanada xavfsiz va munosib kelajak sari umid bag‘ishlayotganini alohida ta’kidladik.

Shuningdek, umumiy chaqiriqlarni hal etish, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanishni ilgari surish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga bo‘lgan mushtarak intilishimizni yana bir bor tasdiqladik.

***

Glad to have had a comprehensive exchange with the U.S. Secretary of State H.E. Marco Rubio. We discussed not only the bilateral agenda, but also the most acute issues on the global stage.

Underscored that the recently established Board of Peace is emerging as an effective platform for promoting stability and prosperity in war-torn regions, offering renewed hope to millions of people for a more secure and dignified future.

We also reaffirmed our shared commitment to continued cooperation to address common challenges, strengthen international security, and advance sustainable development.

***

Состоялся обстоятельный и содержательный обмен мнениями с государственным секретарем США Е.П. Марко Рубио. Были обсуждены не только вопросы двусторонней повестки, но и наиболее острые проблемы на глобальном уровне.

Отмечено, что недавно созданный Совет мира становится эффективной платформой для продвижения стабильности и процветания в пострадавших от конфликтов регионах, вселяя новую надежду миллионам людей на более безопасное и достойное будущее.

Также была подтверждена наша общая приверженность продолжению сотрудничества в целях решения общих вызовов, укрепления международной безопасности и продвижения устойчивого развития.

X | Facebook | Instagram | Telegram
AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik.

Muhokamalarimiz, eng avvalo, Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, yangi istiqbolli loyihalarni kengaytirishga qaratildi.

Shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama kun tartibi yuzasidan fikr almashdik hamda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishlarimizni tasdiqladik.

***

Had a productive meeting with H.E. Christopher Landau, United States Deputy Secretary of State.

Our discussions focused primarily on ensuring the timely and effective implementation of all agreements reached at the highest level, as well as bringing new promising projects to the table.

We also exchanged views on the bilateral agenda for 2026, reaffirming our shared commitment to further strengthening the enhanced strategic partnership between Uzbekistan and the United States.

***

Провели продуктивную встречу с Е.П. Кристофером Ландау, первым заместителем государственного секретаря США.

Наши обсуждения были сосредоточены в основном на обеспечении своевременного и эффективного выполнения всех соглашений, достигнутых на высшем уровне, а также расширении перечня новых перспективных проектов.

Также обменялись мнениями по повестке дня двусторонних отношений на 2026 год, подтвердив нашу общую приверженность дальнейшему укреплению расширенного стратегического партнерства между Узбекистаном и Соединенными Штатами.

X | Facebook | Instagram | Telegram
AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau janoblari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati o‘rtasida muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlarini qazib olish hamda qayta ishlash sohasida ta’minot barqarorligi to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladik.

Biz o‘ta muhim minerallarni nafaqat iqtisodiy imkoniyat, balki mas’uliyatli hamkorlik va uzoq muddatli barqaror rivojlanish uchun muhim yo‘nalish sifatida ko‘ramiz.

***

Together with Deputy Secretary of State H.E. Christopher Landau we signed the Memorandum of Understanding between the Governments of Uzbekistan and the United States of America for Securing of Supply in the Mining and Processing of Critical Minerals and Rare Earths.

We view critical minerals not only as an economic opportunity, but also as an area for responsible partnership and long-term development.

***

Совместно с первым заместителем госсекретаря США Е.П. Кристофером Ландау подписали Меморандум о взаимопонимании между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Соединенных Штатов Америки по обеспечению надежности поставок в сфере добычи и переработки критических минералов и редкоземельных элементов.

Рассматриваем критические минералы не только как экономическую возможность, но и как сферу ответственного партнерства и долгосрочного устойчивого развития.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Vazirlar yig‘ilishi ko‘plab hamkasblarimiz bilan uchrashish va mazmunli muloqotlar o‘tkazish uchun qulay imkoniyat yaratdi.

Biz bugungi kundagi dolzarb chaqiriqlar yuzasidan chuqur muhokamalar olib bordik, ikki tomonlama, mintaqaviy va global miqyosdagi eng muhim mavzular bo‘yicha fikr almashdik.

Qadrli hamkasblarimiz, tashqi ishlar vazirlari Abdullatif bin Rashid al-Zayani janoblari 🇧🇭, Subramanyam Jayshankar janoblari 🇮🇳, Gideon Saar janoblari 🇮🇱, Antonio Tayani janoblari 🇮🇹, Yermek Kosherbayev janoblari 🇰🇿, Dato Seri Utama Hoji Mohamad bin Hoji Hasan janoblari 🇲🇾, Batmunx Battsetseg xonim 🇲🇳, Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy janoblari 🇴🇲, Vivian Balakrishnan janoblari 🇸🇬 bilan fikrlar almashishdan mamnun bo‘ldik.

Ushbu uchrashuvlar ochiq muloqot va ko‘p tomonlama hamkorlikning umumiy masalalarini hal qilish va mushtarak ustuvorliklarni ilgari surishdagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi. Muhokamalar konstrukiv va kelajakni ko‘zlab olib borildi, bu esa ishtirokchi hamkorlar o‘rtasida yanada chuqur o‘zaro tushunish va yaqindan muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qildi.

Bugungi tadbirni a’lo darajada tashkil qilgani va mazmunli muloqot hamda hamkorlik uchun samarali platforma yaratgani uchun Marko Rubio janoblari va AQSh Davlat Departamentiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

***

The Ministerial provided a valuable opportunity to meet with many of our colleagues and engage in substantive exchanges.

We held in-depth discussions on acute and timely issues, sharing perspectives on key bilateral, regional, and global topics of mutual interest.

Had a great pleasure of exchanging with dear colleagues, Foreign Ministers of Bahrain H.E. Dr. Abdullatif bin Rashid Alzayani, India H.E. Subrahmanyam Jaishankar, Israel H.E. Gideon Sa’ar, Italy H.E. Antonio Tajani, Kazakhstan H.E. Yermek Kosherbayev, Malaysia H.E. Dato’ Seri Utama Haji Mohamad bin Haji Hasan, Mongolia H.E. Batmunkh Battsetseg, Oman H.E. Sayyid Badr bin Hamad Albusaidi, Singapore H.E. Vivian Balakrishnan.

These interactions once again underscored the importance of open dialogue and multilateral engagement in addressing common challenges and advancing shared priorities. The discussions were constructive and forward-looking, contributing to a deeper mutual understanding and closer coordination among participating partners.

Would like to express sincere gratitude to H.E. Marco Rubio and the U.S. Department of State for the excellent organization of today’s event and for creating a welcoming and effective platform for meaningful dialogue and cooperation.

***

Министерское заседание предоставило ценную возможность встретиться со многими нашими коллегами и провести содержательные обмены мнениями.

Провели углублённые обсуждения актуальных вопросов, делясь взглядами по ключевым двусторонним, региональным и глобальным темам.

Имели большое удовольствие пообщаться с дорогими коллегами, министрами иностранных дел Королевства Бахрейн Е.П. Абдуллатифом бин Рашидом Аль-Заяни, Индии Е.П. Субраманьямом Джайшанкаром, Израиля Е.П. Гидеоном Сааром, Италии Е.П. Антонио Таяни, Казахстана Е.П. Ермеком Кошербаевым, Малайзии Е.П. Дато Сери Утама Хаджи Мохамадом бин Хаджи Хасаном, Монголии Е.П. Батмунх Батцэцэг, Султаната Оман Е.П. Сайидом Бадром бин Хамадом аль-Бусаиди, Сингапура Е.П. Вивиан Балакришнан.

Эти встречи вновь подчеркнули важность открытого диалога и многостороннего взаимодействия для решения общих задач и продвижения совместных приоритетов. Обсуждения были конструктивными и перспективными, способствуя более глубокому взаимопониманию и тесной координации среди участвующих партнёров.

Выражаем искреннюю благодарность Е.П. Марко Рубио и Государственному департаменту США за отличную организацию мероприятия и создание эффективной платформы для содержательного диалога и сотрудничества.

X | Facebook | Instagram | Telegram