Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
181K subscribers
159 photos
85 videos
54 files
294 links
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!

O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!

Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot
Download Telegram
Ona tili va adabiyoti.pdf
643.6 KB
⚡️Maktab bitiruvchilari imtihon topshiradigan fanlar ro'yxati-2024

9-sinflar uchun imtihonida tushadigan savollar va baholash mezonlarini yuklab oling!

✅️@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil ham maksimal ball 189 bo'ladi!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, majburiy fanlarga mos 3 fan:

Ona tili x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat yo‘nalishiga mos 2 fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

🇺🇿 Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab maktablarda dars berishlari mumkin edi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qabul boshlanishiga 1.5 oy qoldi!

🇺🇿 Amaldagi tartiblarga ko'ra, 20-iyundan 20-iyulgacha davlat oliygohlariga hujjat topshirish jarayoni bo'lib o'tadi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishadi. Bundan tashqari my.gov.uz portali orqali ham hujjat topshirish mumkin.

Rejalashtirilgan ishlarga ko'ra, joriy yilgi qabuldan hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo'ladi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️5 yil mehnat staji bor o'rta maxsus darajadagi ayol-qizlarimiz diqqatiga!

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan.

Shunga koʻra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi boʻyicha besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi.

Batafsil: https://telegra.ph/Hotin-qizlar-uchun-yana-bir-imtiyoz-05-15

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayrim tibbiyot yo‘nalishlarida faqat grantga qabul bo‘ladi

🇺🇿 2023-yilgi qabuldan “Psixiatriya”,
“Tibbiy psixologiya”
va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida bo‘lmoqda.

Ya’ni bu yo‘nalishlarga kiradigan magistratura va ordinatura talabalari kontrakt asosida emas, faqat grant asosida o‘qiydi.

Xabarni tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan yoki shu yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lgan tanishlarimizga yuborib qo‘yamiz.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi

🇺🇿 Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Testdan so‘ng abituriyentga yo‘nalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi

Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada e’lon qilinadi. Tayyor bo‘lgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi.

Yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Grantga aza, kontraktga mazzami?

Kontraktda oʻqiyotgan talaba keyingi yil grantda oʻqishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Unga koʻra, endilikda davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Yaʼni grantga kirgan talaba yaxshi oʻzlashtira olmasa, keyingi yil kontraktga tushishi yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi oʻqisa, keyingi yili grantga oʻtishi mumkin.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Bitiruv oqshomi ta'qiqlanadi!

2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

Bitiruvchilarga yuborib qo'ying!

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda Respublikamizdagi akademik litseylarga kirish imtihonlari qanday bo'ladi?

🇺🇿 2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlangan. Joriy yilda ham katta ehtimol bilan shu tartib o'zgarishsiz qoldiriladi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📈 Maksimal ball — 146:

IQ — 1.1*20 =22;
1-fan — 3.1*20=62;
2-fan — 3.1*20=62.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
👉 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
👉 kamida 50% 1-yanvargacha;
👉 75% 1-aprelgacha;
👉 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fanlar majmuasi 2023_2024.pdf
1.6 MB
Qaysi fanlardan imtihon topshirishingizni bilasizmi?

🇺🇿 2024/2025-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy)) imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan.

2024/2025-oʻquv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari fan majmualari qoʻshimcha tasdiqlanadi.

✅️@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI!

Bu testda yanada yangi testlar bor!
Yakunda hammaga sertifikat beriladi!

📆 Payshanba, 23-may kuni @imtihonmarkazi tomonidan 7⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testlar sifatiga 100% javob beriladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart!

📆 Test vaqti: 23-may (kun davomida)
💻 Test tillari: O'ZBEK VA RUS
💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL
📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting!
(Bot almashdi, qaytadan ro'yxatdan o'ting)

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Ona tili + Русский язык


👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish

✅️@imtihonmarkazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​SIZ DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISHGA QABUL QILINDINGIZ!

Abituriyentlar uchun atalgan ajoyib she'r

Sabr qiling deyishdi sabr qilyapmiz
O'ylayverib o'zimizga jabr qilyapmiz
Tushlarimiz folbin kabi taʼbir qilyapmiz
Biz ham bir quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylida.

Bu sobiq DTM qo'ydiku ko'p o'ylatib
Testlarni ham belgiladik qoyillatib
Ota onamiz baxtdan voy... voyillatib
Ko'zlarida quvonchini ko'raylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Niyatimiz Oliy unvon olish xalos
Va albatta yaxshi inson bo'lish xalos
Menga esa poytaxtda qolish xalos
Biz ham bir kerilib yuraylikda
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Ag'darilsin yelkadagi baland tog'lar
O'chib ketsin ko'ngildagi turli dog'lar
Bizni kutar baland bino, so'lim bog'lar
Biz ham to'yib to'yib uxlaylikda 😃
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Bir yil kutdik ikki uch yil oz emas
Bizga grantdan pastrog'i soz emas
Bizchalik hech kim ishqiboz emas
Bilim bilan davlatimiz qo'llaylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Quloq tutsin Xudo bizning nomamizga
Nasib qilsin talabalik hammamizga
Maqtanaylik tog'a xola ammamizga
O'lsak ham talaba bo'lib o'laylikda 😃
O'qishga grand asosida kiraylikda...

Yaxshi niyat yaxshi bo'lsa amalga oshar
Erta bilmam kimga qanday taqdir shoshar
Lekin biling egilmasin mag'rur boshlar
Kantrak bo'lsa bo'lsin to'laylikda 😯
Bo'lmasa grand asosida kiraylikda....

Sabr qiling deyishibdi sabr qiling
Sizga shubha qilganlarga jabr qiling
Tushingizni faqat yaxshi taʼbir qiling
Duo qiling duo qiling duo qiling
Hammamiz quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylikda...

✅️@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DIQQAT! ONLAYN TEST BOSHLANDI!

Testda qatnashmaganlar afsuslanadi!
Yakunda barchaga sertifikat beriladi!

📆 Bugun, 23-may kuni @imtihonmarkazi tomonidan 7⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testlar sifatiga 100% javob beriladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart!

Yo‘nalish tanlab, testlarni yuklab oling!
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Ona tili + Русский язык


👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish

@imtihonmarkazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Javoblar varaqasi @talimuz.pdf
369.7 KB
⚡️Javoblar varaqasi-2024

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlangan.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM