Aziz Rahimov
53.1K subscribers
44 photos
8 videos
246 links
Bog’lanish uchun: azizrahimov@rahimovschool.uz

Reklama olmaymiz.
Download Telegram
Albatta har bir odam o’rganishi kerak bo’lgan bir fan bor. Bu o’zini tanish fani.

Lekin 15 yillik o’quv tizimida bunday fanga xatto bitta chorak ajratilmagan.

Sen hammadan ham o’zingni yaxshiroq tanishing kerak, qaysi kasb senga eng mos, qachon tez o’rganasan, nimaga qiziqasan, nimadan zerikasan.

Juda ko’pchilik o’zi haqida bunday ma’lumotlarni kech tushunib yetadi.

@azizrakhimov_blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompliment (iltifot) ga qanday javob qaytarish haqida
​​Yaxshiroq, boyroq, chiroyliroq

Har bir odamzodga xos bir xohish bor. Bu aslidan ko’ra yaxshiroq ko’rinish xohishi.

Odamlardan nima ish qilasan deb so’ra, ishlayotgan joyini maqtab va o’zini ishini nega muhimligini tushuntirib ham beradi senga.

Odamlar shuning uchun o’zlarini puli yetmagan telefonlarni (asosan iPhone) va mashinalarni kreditga olishadi. Ozgina yig’ib oddiyrog’ini olsa bo’ladi-ku! Yo’q eng oxirgisi va eng zo’ri.

Balki gap komfortda deb o’ylarsan? Yo’q ko’p hollarda unday emas. Mana ko’rib qo’y. Menda ham bor. Biz ham orqadamasmiz degan xabarlarni atrofdagilarga yetkazib, o’zini zo’rligini ko’rsatish maqsadi. Minayotgan mashinasi, yoki qo’lidagi telefon oxirigacha uniki bo’lmasa ham.

Biz haqiqiy hayotni qo’ldan kelgancha bezab ko’rsatishga harakat qilamiz.

Kinoning vazifasi ham shu. U yerda hech qachon real hayot ko’rsatilmaydi. Kino uchun reallik zerikarli. Shuning uchun kadr grimm, chiroqlar, dekoratsiya, effektlar bilan bezatiladi.

Instagram ham shu vazifani bajaradi. Hech kim u yerga qiyshiq tushgan rasmini qo’yib, “yuzimga ugri chiqdi, o’zimni yomon his qilyapman” deb yozib qo’ymaydi. Hamma o’z hayotini bezab, effect qo’shib atrofdagilarga ko’rsatadi.

Bu normal holat. Hammada bor xohish.

P.S.
Lekin shu xohishini yenggan odamlarni ko’rib qolsang, shuni bil: Sen o’z nafsi va egosi bilan qattiq kurashib uni yenggan odam qarshisida turibsan.

@azizrakhimov_blog
Mahallangda kimni hayoti eng zo’r? Nima uchun?

Oddiy savol to’g’rimi? Lekin javobi suhbatdoshingni qadriyatlari, fikrlashi, hayot tarzini ochib beradigan savol bu.

Agar suhbatdoshing biror boyni tanlasa demak, uning qadriyatlari moddiy narsalar.

Chiroyli yoki kuchli odamni tanlasa demak, uning uchun hayotda eng muhimi tashqi ko’rinish.

Mashhur insonni, yoki amaldorni tanlasa demak shuhratparast inson bilan gaplashyapsan.

Dindor/ilmli oilani tanlasa, oxiratini birinchi o’ringa qo’yadigan odam ekan javob beruvchi.

Bilmayman desa, demak bu inson uchun o’zgalarning hayoti qiziq emas va bu yaxshi.

Agar o’zini/oilasini aytsa demak u optimist va shukur qiluvchi inson.

Hamma javob variantlarini keltirib o’tolmadim. Lekin mantiqni tushunding. Agar ota-ona bo’lsangiz farzandlaringizdan so’rab ko’ring. Qanday tarbiya berganingizni bilib olasiz)

@azizrakhimov_blog
5 000 000 $

Sen o’zingga mos ish bilan shug’ullanyapsanmi yoki yaxshi ko’rgan o’qishingda o’qiyapsanmi bilib olishning oson usuli bor.

Tasavvur qil besh million dollar puling bor. Hozirgi ishingni/o’qishingni davom ettirgan bo’larmiding?

Javob “ha” bo’lsa, sen to’gri yo’lda ekansan. Gazini bos.

Yo’q bo’lsa, imkoniyat bo’lishi bilan sohangni almashitirib ko’r. Biroz muddat o’tib esa yuqoridagi savolni yana berib ko’rasan. Toki javob “ha” bo’lmaguncha.

P.S.
Besh million ni qayerdan olishni bilmayman)

@azizrakhimov_blog
Tug’ilgan kun

Men uchun eng bema’no bayram bu tug’ilgan kun bo’lsa kerak. Onang ming azoblar bilan hayotini riskka qo’yib seni biror bir sanada dunyoga keltiradi. Lekin atrofingdagi hamma nima uchundir shu kuni kelib seni tabriklaydi va sovg’alar beradi. Bir yilga qariganing uchunmi?

Taxminan 10 yildan beri tug’ilgan kunimni nishonlamayman. Men uchun tug’ilgan kun kalendardagi biror sana emas, balki dunyoga qarashim o’zgargan kun. Quyidagi voqealarda qayta tug’ilganman deb hisoblayman:
• Namoz o’qishni boshlagan kunim.
• Sevimli kasbimni topgan kunim
• Hayotdagi maqsadimni topgan kunim
• Qur’on, Kifoya, 4-Hour-WorkWeek kitoblarini o’qib tugatgan kunim
• Va shunga o’xshash muhim voqealar

Agar nishonlash kerak bo’lsa shu kunlarni nishonlardim.

P.S.
Tug’ilgan kunimni nishonlamayman degani, shu kuni hadya olmayman degani emas😁

@azizrakhimov_blog
Qo’ng’iroq

Ishim yuzasidan telefonda juda ko’p gaplashishimga to’g’ri keladi (kuniga 20-30 martalab). Shuni asosida o’zimga bir necha xulosalar chiqarib oldim.

• Qo’ng’iroq qilganingda egasi ko’tarmadimi, 10 soniyadan keyin qilsang ham ko’tarmaydi, yaxshisi sms yoz(nega qo’ng’iroq qilganing haqida).

• Muloqot paytida aloqa uzilib qolsa, birinchi qo’ng’rioq qilgan odam qaytib qilishi kerak.

• Gap boshlashga “Alo” dan boshqa so’zlar ham bor. (Misol uchun Assalom Aleykum)

• Xol ahvol so’rashni juda cho’zib yuborma, maqsadga tezroq o’t, javob beruvchi ichida o’ylab o’tiradi “nega qilganikin?” deb.

• “Bezovta qilmadimmi?” - befoyda savol. Bezovta qilganingda ko’tarmasdim.

• Va eng muhimi qo’ng’iroq qilishdan avval namoz vaqti emasmi qarab ol.

@azizrakhimov_blog
YouTube ni tinglasa bo’ladimi?

Youtube juda ko’p informatsiya manbai, lekin video ko’rishga negadur vaqtimni qizg’onaman. Menga ko’proq eshitish ma’qul. Youtube ilovasi (yoki sayti) orqali videoni eshitib turib, boshqa ilovalardan foydalanish, smartfonni blokka qo’yishning iloji yo’q, video to’xtab qoladi.

Shuning uchun men NewPipe dasturidan foydalanaman. Tabiiyki bu dastur Play Marketda yo’q.
Ko’chirib olish uchun link:

https://f-droid.org/repo/org.schabi.newpipe_950.apk

P.S. Shu ilovadan video ko’rsangiz, reklama ham umuman chiqmaydi, videoni ko’chirib olsa ham bo’ladi.

@azizrakhimov_blog
Ishdan boʼshash haqida.

Men umrimda 1 marta ishdan boʼshashimga toʼgʼri kelgan. Ketishimni uch oy oldin aytib, oʼrnimga shogird tayyorlab, barcha ishlarimni yopib, xayrlashib ketganman. Yaxshi tilaklar bilan kuzatib qolishgan.

Ishdan ketmoqchimisan shunday qil. Oʼrningga munosib odamni topib/tayyorlab ishingni oʼrgatib ket. Ish beruvchini qiyin ahvolga qoʼyma. Shu joyga ishga kirayotgan paytingni esla.

Juda jiddiy joylarni bitirib, katta vaʼdalar bilan ishga kirib, sal nimadur yoqmay qolsa, yoki raqobatchimiz 100$ koʼproq taklif qilsa 1 kunda ketib yuboradigan xodimlar bilan ham ishladim. Unday insonlar oʼzi ish beruvchi boʼlganda biladi qilgan xatosini hali.

P.S.
Yaxshilik bilan xayrlashgan xodimlarimiz bilan esa hozirgacha hamkorlik qilib turamiz

@azizrakhimov_blog
​​Vaqting necha pul turadi?

Faraz qilaylik soat sotib olmoqchisan. Narxi 1 000 000 so’m. Bu narx qimmatmi yoki arzon? Albatta brend, mahsulot sifati, materialiga qarab javob berasan bu savolga.

Lekin, men har qanday haridni amalga oshirishdan oldin uning narxini (qimmat yoki arzon) bilish uchun eng qimmat va qadrli valyutaga o’giraman. Ya’ni vaqtga.

Futbolka/Smartfon/Shim/ Restoranda tushlik/Sayohat necha ish soatimga to’gri kelishini bilishim zarur men uchun. Chunki hammaning moliyaviy imkoniyati xar xil. 100$ kim uchundir bir oylik maosh, kim uchundir bitta kechki ovqatning narxi. Vaqt esa hammada bir xil.

Deylik oyliging 3 000 000 so’m. Demak kuniga 100 000, soatiga 12 500 so’m topasan. Qimmat bir restoranda 110 000 so’mga ovqatlanmoqchisan. Bu pulga 110 000 sifatida emas bir kunlik umring sifatida qara. Bir kuningni sarflashga arziydimi shu tushlik?

Oddiy maoshga ishlaydigan tanishlarim 1000$ lik smartfon olsa, qo’rqib ketaman. 500 – 1000 soat umringga sotib olding shu telefonni! Shu soatlarini kitob o’qishga, oilasi bilan suhbatlashishga, til o’rganishga, do’stlari bilan ko’rishishga yoki potolokka tikilib yotishga sarflashi mumkin edi. Yo’q u bitta matoh sotib oldi.

O’zi bir marta yashaymiz-ku degan bahonalar o’tmaydi. Вот именно o’zi bir marta yashaymiz. O’sha sarflab yuborgan 500 soating senga qaytmaydi boshqa. Shuning uchun ham ehtiyojlardan ortgan pullarni faqat resurslarga almashtirish kerak. (Ilm, bilim, kasb o’rganish, dam olish, sayohat, biznes)

Shunday hisob kitobga o’tganimdan keyin, bema’ni haridlarim ancha kamayib, qanoat qilish hissim ancha oshdi.

Eh boriga qanoat qilib yashashdan zo’ri yo’q-de baribir. Shundaymas-mi?

@azizrakhimov_blog
​​Bolalarga yaxshilik

Yoshligingni esla. Sen bolalik paytingda seni jiddiy olib xuddi kattalardek gaplashgan kishilar bo’lganmi? Albatta bo’lgan. Va sen ularni hozir ham juda yaxshi eslaysan va hurmat qilasan.

Yaxshilik qilmoqchimisan? Yosh bolalarga qil. Albatta o’z farzandlaring haqida gapirmayapman. Hamma o’z farzandiga yaxshilik qiladi. Men begona bolalar haqida gapirayapman. Ular bilan suhbat qur. Jiddiy suhbat. Xuddi katta odamni eshitganday sabr bilan eshit va maslahatlar ber. Oddiy narsadek ko’rinadi to’g’ri. Lekin juda ko’pchilik bizda bolalarni mensimaydi. “Bor ashetta o’yna!” deb jerkib berishadi.

Sen boshqacha bo’l. Ularni jiddiy qabul qil. Yillar o’tadi va yosh murg’ak qalbga berilgan oz e’tibor yuz barobar ko’p bo’lib qaytadi. Unutilib ketmaysan, ishon. Chunki 1-sinfga qatnagan paytlarim men bilan suhbat quradigan Ergash amakini, mashina haydashni o’rgatgan Aziz akani, kompyuterimni tuzatib bergan Farhod akani, o’qishga motivatsiya uyg’otgan qo’shnimni hali ham eslayman(aksar maktab o’qituvchilarimni eslolmasam ham). Ularni bo’lsa bu qilgan ishlari eslarida ham bo’lmasa kerak.

Sen uchun bu kichik bir amal, yosh bola uchun katta bir voqea bo’lib qoladi. Va umuman olganda bolalarga kattalardek e’tiborli bo’lish aslida sunnat, qilsang kam bo’lmaysan.

@azizrakhimov_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni ota-onalarimiz maktab almashtirish nimaligini bilishmagan. Lekin yoshlar orasida bitta maktabga borib o’shani bitkazayotganlar kamayib ketyapti. Odamlar nima uchun qadrdon do’stlari, o’rgangan o’qituvchisini tashlab maktab almashtirishayotganiga qiziqsang - videoni ko’r.

@merit_school
@azizrahkimov_blog
Uchrashuvda savollar

Uylanish bo’yicha biroz tajriba yig’ib qo’ygan inson sifatida, turmush qurish uchun qiz tanlashda senga beradigan maslahatlarim bor (so’ramagan bo’lsang ham):

• Qiz chiroyli bo’lishi shart emas, lekin o’zini chiroyliroq ko’rsatishga harakat qilmaydigan bo’lsin. (Yasan tusanga berilmagan)

• Qomati ketvorganini emas, qomatini berkitadiganini qidir. (Keng kiyinadigan)

• Qaysidur institutni tugatgan bo’lishi shartmas, lekin ilmga qiziqadigan bo’lsin.

• Bo’sh paytida nima ish qilishini so’ra, serial ko’raman, ashula eshitaman desa, izlashda davom etaver. 

• Yaxshi ko’rgan insonlarini so’ra, artist va qo’shiqchilarni sanab bersa, tanlovingni almashtirish haqida o’ylab ko'r


Va eng muhimi o’zingni to’g’irlab ol. Bomdod payti pishillab uxlab yotadigan bola soliha qiz qidirishi to’g’risi ensani qotiradi.

@azizrakhimov_blog
Zerikish

Yoshing katta bo’lgach seni tark etmaydigan doimiy hissiyotlardan biri bu zerikish hissi. Hayotdan zerikasan, ishdan zerikasan, yakshanbani o’tkazishdan zerikasan. Ayniqsa hozir, karantin paytida zerikmaslik uchun hamma narsaga tayyor bo’lsang kerak.

Hamma bu muammoni turlicha hal qiladi. Nimadirlarni o’rganishni boshlaydi, youtubeni titkilaydi, o’rtoqlariga talpinadi.

Aslida esa yechim oddiy. O’z boshingga sarguzasht(muammo) qidirishing kerak. Qachon oxirgi marta shaharning narigi burchagida pulsiz qolib ketding? O’zingni (kichik bo’lsa ham) ishingni boshlading? Katta auditoriya qarshisida so’zga chiqding? Karantin tufayli qiynalib qolganlarga yordam berding? Yoki hech bo’lmasa ko’chada laycha kuchukdan qochding?

Комфортный hayot seni nafaqat zeriktiradi balki zaif qilib qo’yadi. Istalgan bitta mashhur filmni ol. Bosh qahramon qulay hayotda yashab turib jiddiy muammoga uchrab qoladi. Va sen bir yarim soat bosh qahramon o’sha проблемани решать qilishini miriqib kuzatasan. Aynan sarguzasht va muammolar odamni kuchli qiladi, haftasiga uch marta zalga chiqish emas.

Xo’sh, nima qilish kerak? Nimadan qo’rqishingni aniqlab ol. Va o’sha ishni bajarib ko’r. So’ng keyingisi, yana keyingisi va h.k.

Misollar:
-Yoqtirgan insoningga yozish
-Yaxshi ko’rgan bloggering bilan gaplashish
-Kambag’al qo’shningni ahvolidan habar olish
-Youtube/Telegram da blog boshlash
-Chet tilini o’rganishni boshlash

P.S.
Senga bir sirni ochaman. Menam kameraga gapirishdan qo’rqardim. Hozir esa gapiraverib, gapiraverib oddiy xol bo’lib ketgan. Hattoki YouTube kanal ochib yubordim)

@azizrakhimov_blog
Qarsaklar, qarsaklar

Samolyotda uchganlar biladi, uchuvchi samolyotni omadli qo’ndirgach ichkarida qarsaklar jaranglaydi. Nega? Talofatga uchramay hamma eson omon qo’nib olgani uchun (ayniqsa turbulentlik bo’lsa).

Lekin shunisi qiziqki, samolyotda uchish hatto-ki yayov yurishdan ham xavfsizroq. Bir insonni samolyotda o’lib ketishidan, avtomobil halokatida o’lib ketishi ehtimoli 1000 barobar yuqoriroq. Manba

Demak mantiq bo’yicha taksida(mashinada) biror joyga yetib borgach ham tirik qolganimiz uchun qarsak charsak bo’ladi. Chunki har soatda 139ta odam avtohalokatdan halok bo’lmoqda(dunyo bo’ylab). Manba 2

O’zi qarsak chalish ham befoyda mashg’ulot. Yaxshisi Allohga hamd aytish kerak. Nafaqat mashinada biror joyga yetib olgach, balki har kuni uyg’onganda aytish kerak.

@azizrakhimov_blog
Принциплар haqida

AQSH dagi 99% sok ishlab chiqarilaruvchi brendlar kosher(yoki halol) belgisi bilan chiqadi. Eng qizig’I halol (yoki kosher) belgisiga e’tibor beruvchi musulmon (yoki yahudiy) aholi amerikada atigi 1%.

Xo’sh nega unda hamma sharbat ishlab chiqaruvchilar atigi 1% keladigan qatlamni hisobga olib o’z sharbatlarini sertifikatlagan? Mijoz yo’qotmaslik uchun.

Chunki taomini halolligiga e’tibor beradigan odam принципидан voz kechib sertifikati yo’q mahsulotni sotib olmaydi, bunga e’tibor bermaydigan odamga esa farqi yo’q. Sharbat halol bo’lsa ham ichaveradi

Ya’ni seni kuchli prinsiplaring bo’lsa va ularga qat’iy amal qilsang, principi yo’q odamlar senga moslashadi baribir. Qanchalik ko’p bo’lishsa ham.

O’zing uchun ba’zi hayotiy principlar qo’yib ol. Yashashing osonlashadi. Atrofdagi shunday principlari yo’q insonlar esa senga moslashishga majbur bo’lishadi.

Mening ba’zi principlarim:

-Shom vaqtidan keyin vaqtim oilamniki
-Засекреченный raqamlarni ko’tarmayman
-Salom bilan boshlanmagan xatga javob bermayman
-Ichkilik bor stol(davralar)da o'tirmayman
-Maska taqmaganlardan 2 metr masofa saqlayman😊

@azizrakhimov_blog
Uchrashuv

Uylanish uchun uchrashuvga chiqqaningda qizning qadriyatlarini bilish uchun o’zingcha turli savollar berib tashlaysan (o’zimam rosa bergamman). Lekin juda ko’p savollarga xolis javob olish qiyin aslida.

“Siz uchun hayotda nima eng muhim”? Degan to’g’ridan to’gri savolga любой qiz “oila” deb javob beradi. Aslida uning uchun eng muhimi instagramdagi followerlar soni bo’lsa ham.

Shuning uchun bir do’stim o’rgatgan boshqotirmadan foydalanganman men. Qizga quyidagi savolni berasan:

Tasavvur qiling, hovlini o’rtasida turibsiz. Ovqatingiz tagiga olishi mumkinligini eslab qoldingiz. Telefoningiz jiringlab qoldi va eringiz ham 10 daqiqaga chaqirib qoldi. Va yana shom vaqti ham o’tib ketyapti. Shu vaziyatda qiladigan harakatlar ketma-ketligingizni aytib, izohlab bering.

Qiz o’zi bilmagan holda senga hayotiy principlarini ochib beradi. Tanlagan ketma-ketligiga qarab xulosa chiqaraverasan.

P.S.

Ideal Javob:
-Shom namozini o’qiyman, erimga qarayman, ovqatdan xabar olaman.
-Telefonga javob berish qani?
-Erim uydaligida telefonga javob bermayman)

@azizrakhimov_blog
Hammasiga o’z kuchim bilan erishdim

Oxirgi payt shu iboralarni ko’p eshitmoqdamiz. Ba’zida uning qo’shimchasi ham bo’ladi: Hech kim yordam bermadi ko’tarilishimga.

Bu haqida yozish ko’p vaqt olgani uchun, video olib qo’ya qoldik.

https://youtu.be/4F1fQjBnSHI
​​Motivatsiya (yoki ilhom) haqida

Agar biror ishni faqat ilhom kelganda (ya’ni xohish bo’lgandagina) qiladigan bo’lsang, unda boshlashning ham keragi yo’q. Ilhom (yoki motivatsiya)ning muhim ekanligi – bu biror ishni boshlolmayotgan dangasalar o’ylab topgan safsata xolos.

Birinchidan – motivatsiya doim ham bo’lmaydi. Omading kelsa ko’pi bilan bir haftada bir marta kelib qolishi mumkin. Ikkinchidan, tayinli biror natijaga erishish uchun vaqt ham kerak. Vaqting bo’lganda ilhom kemay qolsachi?

To’g’ri, ba’zida ilhom kelganidan kechalari uxlolmay rejalar qilib chiqasan. Lekin ba’zida esa xatto o’ylashga ham kuch topilmay qoladi.

Agar men shu blogni faqat ilhom kelganida yozganimda, bu yerda faqat 3ta post bo’lardi)

Yechim oddiy. “Loop” dasturini o’rnatib, har kunlik rejani bajarmaguningcha uxlamasliging kerak.

Rejaga misollar:
-5 bet kitob o’qish
-1ta foydali videokurs ko’rish
-500 metr yugurish
-100 ta istig’for aytish va hakazo.

P.S.
Rahmatli shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ham kayfiyatlari qanday bo’lishiga qaramasdan kuniga 10 bet yozgan ekanlar.

Xullas, motivatsiyani kutma, gazini bos, I believe in you💪
“Loop” ilovasi uchun link:
https://play.google.com/store/apps/details?id=org.isoron.uhabits&hl=en_US

@azizrakhimov_blog