Ingliz tili
Dunyo globallashib borgani sari barcha tillar asta sekin yo’q bo’lib ketib, biznes hamda ta’lim olamida faqat Ingliz va xitoy tili qoladi. Internetda esa ingliz tili hukmron bo’lib bo’lgan. 20 yil oldin faqat 500 million kishi gaplashgan tilda hozirda 1,5 milliard odam so’zlashmoqda va yana shunchasi o’rganish harakatida yuribdi.
YouTubening 95%i, Kitoblarning 90%, ilmiy izlanishlarning 85%i, top universitetlarning 75% ingliz tilda bo’lgani va bu raqamlar ortib boravergani uchun hamma oxir oqibat shu tilni o’rganishga majbur bo’ladi. Bu faqat vaqt masalasi xolos.
Ingliz tilini bilgan insonga biror narsani javobini bilish internet tezligiga qarab 2-60 sek vaqt oladi. Misol uchun Googledan “Mushugimni yeb qo’ysam nima bo’ladi?” deb qidirsang o’zbekcha va ruschada hech nima chiqmaydi. Inglizchada esa 3 bet javob chiqadi.
“Rus tilini bilaman-ku” deb o’zingni ovutma. Yoki ovutaver, ungacha boshqa tengdoshing o’rganib turadi.
@azizrakhimov_blog

Bugun kanalni ochilganiga ровно 7 oy bo’libdi. Shu munosabat bilan eng ko’p o’qilgan postlarni qayta o’qib chiqdim, qiziqsang sen ham o’qib chiq:
Beqarorlik
Bilmadim
Tug’ilgan kun
Vaqting necha pul turadi?
Qarsaklar, qarsaklar
Oliy ta’lim
Teshik chelak
Ertaklar
Beqarorlik
Bilmadim
Tug’ilgan kun
Vaqting necha pul turadi?
Qarsaklar, qarsaklar
Oliy ta’lim
Teshik chelak
Ertaklar
Instagram giveaways
O’quv markazimiz instagramida 14 000 ta, maktab akkauntida 1 500 ta kuzatuvchi bor. Lekin ikkalovida ham murojatlar, qo’ng’iroqlar, izohlar soni deyarli teng. Nega?
Chunki biz o’quv markazi akkauntida bir marta katta giveway o’tkazganmiz va follower soni 6000 taga ko’paygan. Lekin bu qilgan ishimdan haligacha afsuslanaman.
Instagram akkauntini o’lidirishning eng tez yo’li o’sha akkauntda give o’tkazish, undan ham tez yo’li esa boshqalar o’tkazgan giveawaylarga qo’shilishdir. Give o’tkazayotgan odam qancha betayin bo’lsa akkaunt shunchalik tez o’ladi)
500$ga 10 000 ta kuzatuvchi qo’shilishi yutuq emas. Chunki bularning ichida agar omad kelsa 10%gina senga(yoki biznesingga) qiziqishi mumkin. Qolgani esa qiziqmaydi, kuzatmaydi, layk bosmaydi sababi ular akkauntga qiziqib emas, sovrin yutish uchun a'zo bo’lishgan. Instagram algoritmi esa shuncha odam obunada lekin qiziqmayapti deb o’ylab, akkauntni yanada botqoqqa botirishni boshlaydi. Shu qoidani tushunib yetgach biz akkuntimiz follower soniga umuman qiziqmay qo’yganmiz. Bu shunchaki jo'ralaringga maqtanish uchun bir raqam xolos.
Akkauntning foydasi asosan directdagi xabarlar (va qo’ng’iroqlar) soniga qarab o’lchanadi. Shuning uchun brendlar narxlarini shartta yozib qo’ymay, bitta-bitta o'zingga yozib chiqishadi ovora qilib.

Krizis paytida nima qilish kerak
Ikkita ishda ishlash shart emas!
Iqtisodiyot endi oldingidek emas. Butun dunyo 1-2 yilga chuqur inqirozga qarab ketyapti. Agar sen niqob yoki antiseptik sotmagan bo’lsang demak moliyaviy ahvoling yomonlashgan bo’lishi mumkin.
Xo’sh nima qilsa bo’ladi?
Ikkita ishda ishlashga shoshilma. Agar bosib qo’ygan puling (yoki поддержка qilib turadigan ota-onang) bo’lsa umuman ishlamaganing ma’qul. Sabab: hozir hamma ish qidirib yurgan va kompaniyalarda pul kam paytida ishingga munosib oylik olish qiyin kechadi.
Aqlli odam bunday payt o’z ustida ishlashni kuchaytirib yuboradi. Til, dasturchilik, dizayn, buxalteriya, yangi hunar o’rganish bilan band bo’ladi yoki ko’p kitob o’qiydi. Avvalgilari o’tgani kabi bu krizis ham o’tib ketadi Insha Alloh va 1-2 yilda firmalar yana kadrlarni ovlashni boshlab yuborishadi. Shu payt sen yarq etib chiqib kelasan va hammadan ajralib qolasan.
Chunki atrofingdagilar majburlikdan ishga joylashib ketganida, sen o’z ustingda ishlading. Ilm va hunar olding. Pulsizlikka sabr qilding. Endi seni ishga chaqirgan kompaniyani eshigini bemalol tepib kirsang ham yarasho’uradi)

Kitob o’qishga odatlanish
Badiiy asarlar emas!
Hayotingni yaxshilash uchun agar bir dona ish qilish kerak bo’lsa, bu kitob o’qishdir. Ko’p kitob o’qisang hech qachon yutqazmaysan. Aql, odob, pul topish, fikrlash qobiliyatlaringdan biri, yoki barchasi o’sadi.
Dunyoni o’zgartirgan har qanday inson borki kitob bilan juda yaqin отношенияда bo’lgan. Ilon Mask oylab xonasiga kirvolib, kitob o’qib chiqardi. Uorren Baffet ham bo’sh vaqtining 80%i kitob o’qish bilan o’tkazishini aytadi. Jeff Bezos faqat kitoblarni yaxshi tushungani uchun Amazonda boshida faqat kitob sotgan. Islomda birinchi nozil bo’lgan oyat ham O’qi deb boshlanadi.
Va lekin sen o’qishni yoqtirmasangchi, unda nima qilish kerak?
Buni bir odat tusiga aylantirishdan boshla. Nimaga qiziqsang o’shani o’qi. Biror narsani bilmoqchi bo’lsang video variantini emas, tekst variantini tanla. Video kanallardan matn yozadigan kanallarga ko’chib o’t. O’zing qiziqqan bloggerlarni hamma postlarini o’qib chiq. Keyingi qadam o’ta qiziqayotgan kitoblaringdan boshla. Vaqti keladi hali oddiy narsalardan zerikib qolib, og’ir arteleriyaga o’tasan va qanday qilib Tanbehul G’ofiliyn yoki Renessans tarixini o’qishni boshlaganingni bilmay qolasan.
O’qish deganda men badiiy kitob(roman, qissa, she’rlar)ni aytmayapman. Badiiy asarlar морально eskirib, ularni o’rnini bugun badiiy film va seriallar egallab bo’ldi. O’zi umuman badiiy asar kulguli bo’lsagina o’qishga arziydi vaqtingni ketkazishga.
xo’sh qiziqtira oldimmi o’qishga?

Fanat
Biror insonga fanat bo’lishning ikki xil turi bor. Birinchisida shu inson darajasiga yetishishga harakat qilasan. Natijada uning odatlari, sevimli kitoblari, mashqlari sening odatlaring, kitoblaring va mashqlaringga aylanadi. Natijada sen inson sifatida o’zgarasan va rivojlanasan. Bu qiyin. Shuning uchun ko’pchilik bu yo’l bilan fanatlik qilmay ikkinchi tur fanatga aylanishadi.
Ikkinchi tur fanatlar rasm va avtograflar yig’ishadi, futbolkalar sotib olishadi, kumir borgan joylarga borib u kiygan krossovkalarni kiyishadi. Yillar o’tadi va hech narsa o’zgarmaydi. Bitta kumir boshqasiga almashib ketaveradi.
Sen qay turdagi fanatsan?
P.S.
Anaqqisa kumir bo’lishga eng arziydigan inson - Payg’ambarimiz salollohu alayhi vassallam.

Motivatsiya haqida
Eng kuchli motivatsiya ham ikki haftaga bormaydi.
Biror ishni qilging kelmasa nafsing seni motivatsiya yo’qligi, qachon kelsa shunda boshlashingni aytib aldaydi. Biror video/ maqola/ rasm yoki muvaffaqiyatga erishgan tengdoshingni ko’rasan, ichingda motivatsiya qo’ziydi va ertadan boshlayman deysan. Ba’zilar boshlaydi hatto.
O’quv markazimizdagi o’quvchilarning yarmidan ko’pi endi boshlayotganlar (Beginner). Kuchli motivatsiya bilan kelishadi. Lekin statistikamiz bo’yicha 12 kishilik guruhda 4 kishi oxirigacha olib boradi o’qishni. Onlayn kurslarda esa ko’rsatgich yanada past.
Chunki motivatsiya o’rtoqlaring oldida ochilgan Orbit pachkasiga o’xshaydi. Endi ishlataman desang tugab qolgan bo’ladi. Demak uni doimiy paydo qilib turish kerak. Doimiy motivatsiya esa progressdan keladi. Ya’ni sen o’sayotganingni his qilsang, shuni o’zi seni ilhomlantiradi.
Men doim shunday qilaman. Biror natijaga erishgunga qadar chidab, o’zimni majburlab shu ishni 21 kun davomida qilaman. Natija ko’ringach esa majburlashni hojati qolmay, motivatsiya o’zi tortib ketadi. O’zimcha “3 hafta qoidasi” deb nomlaganman. (sen hohlaganingcha nomlayver)
Xulosa:
1. Hamma o’ylagandek motivatsiyani kutib o’qish(ish/biznes/kurs)ni boshlash emas, boshlab keyin motivatsiyani kutish kerak.
2. Darrov emas, 21 kun ichida kutish kerak.
Maqolani tayyorlashda Djeff Heydenning “The Motivation Myth” kitobi va shaxsiy tajribamdan foydalanildi.
Ilhom haqidagi bundan avvalgi post.

Kelajak kasblari
Agar senga biror ishni qilishni o'rgata olishgan bo'lsa, tez orada kompyuterga ham o'rgata olishadi.
Kelajakda qilmoqchi bo'lgan kasbingga bir qara (yoki hozir shug'ullanayotgan).
1. Agar bu kasbni o'rganish oson bo'lsa
2. Shu kasb ichida takrorlanuvchi jarayonlar ko'p bo'lsa, yaqin 10 (O’zbekiston uchun 15) yil ichida bu kasb avtomatlashtiriladi.
Birgina ilova (click, payme) bilan minglab paynet hodimlari ishdan ayrilishdi. Bunga 2 yilgina kerak bo'ldi xolos.
Keyingi o'rinda haydovchilar, buxgalterlar, tozalik hodimlari, operatorlar, kassirlar, kutubxonachilar, bank hodimlari turibdi. Bu kasblarni hammasini mohiyatini qarasang - ish davomida bitta jarayon qayta-qayta takrorlanaveradi.
Kelajakda ishsiz qolmaslik uchun sen to'xtamay turli sohalarda kitob o'qishing va shu orqali kreativlik darajangni oshirib borishing kerak(chunki sun'iy intellekt kreativlikni eplay olmaydi, hozircha). Vaqting oz qolmoqda, chunki deyarli barcha gigantlar jarayonlarni avtomatlashtirib, oyliklarni tejash orqali pul topishadi.
Oddiy misollar:
-Uber, Tesla, Yandex o'zi yuradigan avtomobillar ustida ishlashmoqda
-Amazon Go supermarketlarida bir dona ham sotuvchi, kassir ishlamaydi
-TED, EDX, Coursera, Yandex onlayn kurslar orqali o'qituvchilarga bo'lgan talabni kamaytirishmoqda
-Cambridge Universiteti, Darwin superkompyuteri 93% foiz holatlarda bemorlarga to'gri diagnoz qo'yishni boshladi. (Ma'lumot uchun shifokorlarda bu ko'rsatgich 86%)
-E hatto o'zimizni Evos ham oxirgi barcha filiallarida ofitsiant olmay qo’ydi umuman
Xulosa:
Avtomatlashtirish qurboni bo'lmaslik uchun juda ko'p sohalardan xabardor bo'lishing(tez almashtira olish uchun) va mustaqil o’rgana olish (self-learning) qobiliyatiga ega bo’lishing kerak. Shu avtomatlashtirishni sen amalga oshirayotgan bo’lsang, undan ham yaxshi. Bu haqida esa avval post yozgandim.
P.S.
E ishqilib kitob o’qishga qibyotimman motivatsiya, foyda beryaptimi o’zi?
👍 - ha, 💪- HAAA, 👎- borey, anetta o’yna, kimsan o’zi?

Matematika
Maktablar, universitetlarda o’tiladigan matematika va imtihonda tushadigan matematik savollarining real hayotda nari borsa 3%i ishlatiladi. Lekin sen matematikani baribir yaxshi o’qishing kerak. Nega?
Matematikani chuqur o’rganilish davomida mantiq, fikrlash, xotira va diqqatni jamlash qobiliyatlaring rivojlanadi. Chunki bularsiz qiyin hisob-kitoblarni amalga oshirishning iloji yo’q. Demak sen yoki miyangni qobiliyatlarini rivojlantirasan yoki matematikani o’rgana olmaysan.
Mantiqiy fikrlashi yuqori, xotirasi va diqqati kuchli kadrlar esa hammaga kerak. Shundaylar bo’lsa ho’y devor (biz ishga olamiz). Agar juda kuchli bo’lsa universitetlar tekinga o’qitishga ham tayyor. Chunki ertaga shular bilan faxrlanib yuradi universitetlar (“biz odam qilganmiz buni” deb). Bunday insonlar muvaffaqiyatga tezroq erishishlarini kuzatdim hayotda.
Agar buni yoniga Ingliz tilini ham qo’shsang, the Ultimate combination bo’ladi. Eng kamida bunday odam ishsiz qolmasligi aniq (hatto talabalik davrida ham).
P.S.
Shuning uchun “e matematika botaniklar uchun-ku” degan gapingni yig’ishtirib qo’yib bosib o’qi, как paз uydagilar ish buyursa bahonang ham tayyor bo’ladi: “Matematikadan misol yechishim kerak” deysan, hech kim qarshi argument topib bera olmaydi).

Super qobiliyatlar
Ko'rinmas odam bo'lib qolging kelganmi seni ham?
6 yoshimda o'rgimchak odamga o'xshab devorlarda yurish qobiliyatim bo'lishini xohlardim.
10 yoshimda ko'rinmas odam bo'lib qolishni (bo'lib qolsam, kimni kuzatishni ham plan qilib qo'ygandim).
11 yoshimda devorlarning ichidan o'tib ketish,
12 yoshimda uchar odam (supermenga o'xshab) bo'lishni,
13 yoshimda buyumlarni boshqara olish (telekinesis),
14 yoshimda Betmenga o'xshagan mashinam bo'lishini hayol qilardim.
18 yoshimda super xotiraga ega bo'lishni
20 yoshimda esa super boyvachcha bo'lishni (like Iron Man) orzu qilgan ekanman.
Hozirchi, hozir? Qanday super qobiliyatim bo'lishini xohlayman?
Krovatga yotganda bittada uyquga ketish super qobiliyatini.
Senchi, qanday qobiliyatlar orzu qilgansan?

Men seni boy qilaman
Oyiga 5000$ topaman deyapti, rostmikin?
Tarmoqda boshqalarga pul topishni o'rgatadiganlar o'zbek segmentida ham ko'payib ketayotganini sezdim (Hatto televidiniyaga ham yetib borishibdi). Eng qizig'i beminnat emas, ma'lum bir pul evaziga.
Albatta tadbirkorlikni o'rganishning eng tez yo'li bu shogird tushish. Lekin sen shogird tushmoqchi bo'lgan odaming o'zi shogird yoki мошенник bo'lishining katta ehtimoli ham bor.
Ayniqsa o'rgatish pullik bo'lsa.
Haqiqiy tadbirkordan aldoqchi tadbirkorni ajratib olishning oson yo'li bor. Biznesmenlar qancha pul topishlarini begonalarga aytishni xush ko'rishmaydi. Begonalarni qo'yib tur, xotiniga ham aytmaydiganlari qancha. (Sababini katta tadbirkor bo'lvosang bilasan).
Faqatgina zarurat yuzasidan, biror yaqin insonga ochiqlashlari mumkin.
Demak biror "Tadbirkor" gapini qancha pul topishidan boshlasa, ensa qotirish mexanizming va yolg'on ajratish filtringni yoq, seni oldingda fake millioner turibdi.

Depressiya
Uzoq davom etadigan stressga depressiya (tushkunlik) deyiladi.
Odamlar nima sababdan depressiyaga tushadi? Nima uchun o'zini qo'lidan hech nima kelmaydigandek, butun dunyo unga nisbatan adolatsizdek tuyuladi? Nima uchun odamlar o'zlariga ishonmay, turli to'siqlar o'ylab topishadi va boshlamay turib taslim bo'lishadi?
Qulaylik(komfort) hissi. Mana nega odamlar tushkun holatda qolishadi. Chunki bizga tushkunlikda bo'lish, ojiz qolish, qurbon sifatida ko'rinish, xafa bo'lib yurish yoqadi. Mas'uliyat endi bizda emas, bizni xafa qilgan omilda. Biz depressiyadamiz. Bizga rahm qilish va muammolarimizni hal qilib berish kerak. Shunisi qulay va oson. Kurashish va o'rnidan turib harakat qilish? Yo'q. Bu qiyin, noodatiy va biz ko'nikmagan holat.
Biz o'z odatlarimizni shu qadar sevamizki, chekuvchi saratondan o'lsa o'ladiki, lekin chekishni tashlamaydi. Namoz o'qimaydigan odam ham senga nega o'qimasligi haqida любой bahona topib beradi, shu vaqtning o'zida siqilayotganidan, hayotidagi tushkunlikdan ham nolib qo'yadi. Lekin yuqorida aytganimizdek hayotini o'z qo'liga olgisi kelmaydi.
Eh sen balki buni bilmassan, lekin omadsizlik ketidan omadsizlikka uchrab, yashash odatlarini o'zgartirmay, hayotidagi tushkunlikda atrofdagilarni ayblab (oila, ishxona, hukumat, do'stlar, qo'shnilar) yashashning zavqidan kechish oson emas.
P.S.
Sen unday bo'lma. So'rg’ichini yo’qotib qo’ygan bolachaga o'xshab siqilib, depressiyaga tushib qolishga arzimaydi bu hayotimiz. Agar mabodo shunday holatga duch kelsang ishni Robin Sharmaning - o'lsang kim yig’laydi kitobi o’qishdan boshla. Foyda bersa rahmat va 2 kg konfet yuborarsan lichkamga)

10 yil
Qilayotgan ishingni muhimligini bilish uchun formula.
Ровно 10 yil avval ingliz tilini o'rganishga jiddiy kirishgan edim. Nima motivatsiya bo'lganini eslolmayman, lekin birgina shu tilni bilishim, universitetda ajralib turishimga, eng oxirgi kitoblarni o'qishimga, yangi do'stlar orttirishimga, boshqa davlatlarni ko'rib kelishimga, ish topishimga katta sabab bo'ldi shu vaqt ichida.
5 yil oldin kitob o'qishga kirishdim. Odat tusiga aylantirib oldim. Nima sohada muammoga duch kelsam shu soha bo'yicha eng zo'r kitobni topib o'qiyverdim. O'zgarish bo'lmadi. Ancha payt. Anov kitobni o'qidim, manovisini o'qiganman deb maqtanishdan nariga o'tolmadim.
Lekin karantin va maktabimiz ochilish paytida bir narsa sodir bo'ldi. Bo'sh vaqtim ko'p bo'lganligi sababli eski videolarim, kundaliklarimni ko'rib chiqdim. Qanday fikrlaganlarim yodimga tushdi. Xatto bir yil avvalgi fikrlarim ustidan yotvolib kuldim. Shu paytgacha o'qiganlarim oz-ozdan o'zgartirib meni butunlay boshqa odamga aylantirgan ekan. O'zim sezmay qolibman.
Maktab ochilish davrida esa, muammolar paydo bo'la boshlagach, miyyamga o'qigan joylarimdan yechimlar kela boshladi. O'zim hayron qoldim. Endi o'qishni yanada ko'paytirishga qaror qildim.
Bugungi postimizdan ikkita xulosa:
1. Biror behuda ishni tashlamoqchi, yoki foydali ishni boshlashga motivatsiya qidirayotgan bo'lsang, shu ishingni 5-10 yildan keyingi foydasi haqida o'ylab ko'r. Birdaniga qilging/qilmasliging kelib qoladi. Chunki yaxshi odatlarning haqiqiy foydasi shuncha muddatda keladi.
2. Bir dona asar hayotingni tubdan o'zgartira olmaydi. Bunga hech qaysi kitob qodir emas. (Qur'on dan tashqari). Juda ko'p kitoblardan olingan bilimlar yig'ilib bu ishni qila oladi.
P.S.
Mabodo qiziqsang bu yil o'qigan va menga foydasi tekkan kitoblarimni ro'yxatini qoldiryapman. "Iye ko'pi ingliz tilida ekan-ku" dema, balki endi "o'rganmasam bo'lmaydi" deb motivatsiyangni kuchaytir.

O'zbekiston
Nima uchun tug'ilgan yurtingda qolganing afzal. Green Card yutsang ham.
Student paytimda Germaniya/Dubay ga ko’chib ketish uchun til o’rganganman (ingliz va nemis). Kelajagimni negadir boshqa davlatda ko’rardim. Lekin hayot tajribam va ilmim ortib shuni tushunib yetdimki,menga doimiy yashash uchun O’zbekiston eng zo’r mamlakat ekan. Sabablari esa:
Tarbiya.
Yevropa (yoki Amerika) ga ko'chib bording degani, farzanding dunyoqarashi uchun kurash ochildi degani. Ya'ni sen unga uyda nomahramlarga qarama deb o'rgatsang, maktabi, qo'shnilari o'g'il bola o'g'il bolani sevib qolishi normal holat, deb o'rgatadi. Tarbiyaga O’zbekistondagi tengdoshlaringdan ko’ra 4-5 barobar ko’proq e’tibor bermasang, muhit o’ziga rom qilib oladi. Bolangni sendan sovib ketayotganini ko'rganingda, topgan puling ko'zingga xazon barglari bo'lib ko'rinadi.
Shaxsiy rivojlanish.
Bizda 1-2ta chet tilini bilib, 2 yil o'z ustingda ishlasang, tengi yo'q kadr bo'lib ajralib qolasan (aholining 5%i bo'lishing aniq).Tadbirkor bo'lsang g'arb, Rossiya yoki Xitoydagi yangiliklarni o'zimizda qo'llab, biznesingni rivojlantirib ketaverasan. Qarabsanki hammadan oldindasan. Xuddi shu ishni Yaponiyada (yoki Malaysiyada) qila olishing uchun 10 barobar ko'p vaqt ketadi.
Odamlar
Tanish-bilish (reputatsiya) shunday narsaki, uning qadri yillar davomida uzluksiz aloqa tufayli mustahkamlanadi. Yashaydigan yurtingni almashtirding degani telefoningni eng muhim tarkibi, kontaktlaring bir tiyin bo'ldi degani. Boshidan yig'asan endi. Yig'ganlaring ham qadrdonlaring kabi samimiy bo'larmikan?
U yerda navbatdagi bir Immigrantsan xolos. Odamlar seni ko'rganda o'o'o' demaydi. 3-5 yil yashaysan. Hayot hamma yerda bir xilligini tushunib yetasan. Vataningni sog'inasan. U yerda erishganlaringdan kecholsang qaytib ham kelarsan. Ko'pchilik shunday ham qiladi o'zi.
Minuslar ham yetarli. Lekin men uchun yuqoridagi pluslar, ularni bosib ezib qo'yadi. Shuning uchun ham biror davlatga borish kerak bo'lsa immigrant sifatida emas, turist yoki student sifatida borish tarafdoriman.
P.S.
Anaqqisa Green card o’ynab, dushmanlaringni umidvor qilib o’tirma. Seni yutish imkoningan ko’ra, chorvoqda ochmoqchi bo’lgan chuvalchang biznesingni yurib ketish ehtimoli 100 barobar yuqoriroq statistika bo’yicha.

Yo'qotishdan qo'rqish
Mamlakat prezidenti kuchliroqmi, yoki taksi haydovchisi?
Dunyodagi eng qo'li uzoqqa yetadigan odamni tasavvur qil. Faraz qilaylik AQSH prezidenti Tramp, yoki Fransuz Prezidenti Makron. Nyu-york(Parij) dagi oddiy taksi haydovchisidan ham zaif ular aslida.
chunki:
Insonni zaif yoki kuchliligi nimaga egalik qilishiga qarab emas, nimalarni yo'qotishidan qo'rqishiga qarab baholanadi.
Qancha ko'p yo'qotadigan narsang bo'lsa, shuncha zaifsan.
O'zing bir o'ylab ko’r. Ular xohlagan payt davlatdan chiqib ketolmaydi (har bir tashrif strategik), istagan ovqatini yeyolmaydi(faqat ruxsat etilgan mahsulotlar), o'zi xohlagan gapni gapirolmaydi(ovoz yo'qotishga olib kelmaslik uchun), xatto ajrasholmaydi ham(hayot rasvo bo'lsa ham, obro' ketmasin). Chunki bari yo’qotishlarga olib keladi. Sen esa nafaqat yuqoridagi ishlarni (hech nima yo’qotmay) qila olasan, balki kechalari bemalol yotib, ertalab 11gacha uxlay olasan.
Xulosa:
Kuchli bo'lish uchun karyera pillapoyalaridan ko'tarilish emas, hamma narsani yo'qotishga doimo tayyor turish afzal. Yo'qsa hayotingni maqsad va printsiplar emas, qo'rquv boshqaradi.
P.S.
Yuqoridagi postni Makronni yomon ko'rishimga umuman aloqasi yo'q. Barcha obraz va ismlar tasodifiy.

Hechnarsa
Senda ham biror ishni boshlashda qiyinchilik bo'ladimi?
Bu blogni boshlaganimdan keyin men uchun eng qiyin ish shu yerga post yozish bo'lib qolgan edi. (Xatto 10ta obunachi bo'lgan paytlar ham). Buni eski postlarning intervaliga qarab bilsang ham bo'ladi. Har kuni yozishim kerakligini tushunib yetsamda, o'zimni majburlay olmasdim.
Keyin mediumda o'qib qolgan maqolamdagi usulni qo'lladim. Princip shunday: 30 daqiqaga taymer qo'yaman. Shu vaqt davomida 2ta ishdan birini qilishim mumkin faqat:
1. Hech nima
2. Yozish
Boshida yozgim kelmaydi, erinaman, birozdan keyin zerikib ketib ham boshlab yuboraman. Taymer ham tugaydi. Lekin men qiziqib ketib davom etaveraman. Foydasini darrov sezib, hayotimdagi men uchun foydali, lekin boshlolmayotgan hamma ishlarimga shu usulni qo'llab tashladim.
Nega bu metod ishlaydi?
Chunki seni miyyang (nafsing) biror ishga majburlanishni yomon ko'radi. Tanlov bersang, osonrog'ini (hech nima qilmaslikni) tanlash imkoni bordek tuyuladi. Bu tanlov illuziyasi. Chunki hech nima qilmaslik aslida qiyinroq.
Sen ham anchadan beri boshlolmayotgan ishingda bir sinab ko'r (onlayn kurslar, kitob/Qur'on o'qish, uy vazifangni qilib qo'yish, do’sting bilan bog’lanish). Yordam bersa o'rtadagi basharani ezib qo'yarsan.
P.S.
Tanlov illuziyasiga yana bir misol: Oying sendan (yoshlik paytingda) “qanday kasha yeysan” deb so’raydi, sen kashani yomon ko’rishing hech kimga qiziqmasdek go’yo. Sen yana qanday misollar bilasan?

Keyingi mavzuni nima haqida yozamiz do’stim?
Anonymous Poll
23%
Sport umringni sarflashga arziydimi?
56%
O’zim biznes boshlaymi yoki oylikka ishlaymi?
22%
Hamma narsaning narxi bor
Oylikka ishlaymi yoki o'z biznesimni boshlaymi?
Har bir kadrning hayolidan qachondir o'tadigan savol
Kel bir narsaga kelishib olaylik. Tayyor ishlab turgan joyni hali ochilmagan biznes uchun tashlab ketish axmoqlik. Bunday qilish uchun senda 2ta narsadan biri bo'lishi kerak:
1. 6 oy bemalol yashashing uchun mablag'
2. Oz moz daromad keltirib turgan biznes
-Maoshim bir oyga ham yetib bormaydi-ku? 6 oylikni umuman yig'a olmayman.
Unda hali tadbirkor bo'lishni o’ylamay tur. Uzr. Ishxonangda o'zingni ko'rsatib daromading (lavoziming)ni oshir va pul tejashni o'rgan(bu tadbirkorlikda ham kerak bo'ladi).
Endi savolga javob beramiz. Agar ishxonangda har kun(hafta, oy) biror yangilik olayotgan bo'lsang, unda oylikka ishlasang ham bo’ladi. Ya'ni seni boshlig'ing senga puldan tashqari yana biron nima bera olishi kerak (motivatsiya, bilim, tajriba, hikmat, tanish-bilish, fikrlash), chunki umr(yoshlik) faqat pulga almashinishga arzimaydi.
Bundan yana bir princip kelib chiqadi, ishga joylashayotganingda oyligi eng yaxshisini emas, eng ko'p narsa o'rganish kerak bo'ladigan pozitsiyani tanla.
Xulosa: Bir sohani tanlaysan. Shu sohada seni o'stiradigan kompaniyada ishlab, o'zingni(kompaniyani ham) rivojlantirasan. Vijdonan ishlasang va Alloh nasib qilsa direktor (yoki xo'jayin) darajasiga chiqasan. Chiqsang shu yerda to'xtaymiz. Chiqmasang toki seni o'stiradigan tashkilot qolmaguncha oylikka ishlab chiqasan hammasida.
Sen o'rganadigan narsa qolmadimi? Tabriklayman! O'z ishingni boshlayver!
Ha aytgancha, ishxonada qanday ko'tarilay desang "Cal Newport - So good they can't ignore you" kitobini o'qib chiq. O'zbekchasi yo'q, uzr. Lekin agar 200ta (📚) odamga kerak bo'ladigan bo'lsa, kitobdan xulosa qilib ham bir maqola chiqaraman.

Kel, hisob kitob qilib ko’ramiz.
Agar meni kanalimni o'z xohishing bilan kuzatib borayotgan bo'lsang (shunday deb umid qilaman), demak sen shaxsiy rivojlanishga qiziqasan. Bunday insonlar esa albatta muvaffaqiyatga erishadilar(paxta emas anaqqisa). Faqat muddati hammada har xil bo'ladi.
Katta miqdorda pul topishni boshlaganingda bir narsani tushunib yetasan. Haqiqiy valyuta bu vaqt. To'g'ri ishlatilgan vaqt. Qarilikni imkon boricha ortga cho'zging keladi endi. Xo'sh sportning xissasi bormi o'zi bunda?
Ha. Oxirgi tadqiqotlarga qaraganda mashqlarga sarflangan 1 soat, sog'lom tana umrini 3,5 soatga cho'zar ekan. Sarflagan vaqtingni ayirib tashlasak 2,5x qaytadigan investitsiya bo'lib turibdi. Faqat juda kech, qarigan vaqtingda qaytadi. Lekin investitsiyani hozir qilish kerak.
Bilim va boylik ko'payishi vaqt sayin osonlashib borishini hisobga olsak, qariganingda senga faqat energiya kerak bo'ladi(ilming va pullaringni sarflash uchun).
Motivatsiya sifatida Warren Buffetni keltirib o'taman. 30 yoshida millioner bo'lgan investor, faqat 56 yoshiga kelib milliarderga aylandi. 80 yoshida esa dunyoni eng boy odami bo'ldi. Agar 60 ga kirib, "e men charchadim" deb pensiyaga chiqvolganda biz uni tanimasdik ham.
P.S.
так что do'stim ertadan krossovkang (yoki shippaging)ni ko'tarib yugurgani chiqvur ko'chaga. Kimdir "qayoqqa?" deb so'rasa investitsiya qilgani deppo'yvurasan:)

Yaxshiligingdan seni inkor qila olishmaydi
So good they can’t ignore you
Va’daga binoan kitobdan olgan xulosalarim, o’zbek tiliga tarjima holida.
2kun vaqtim ketdi. Umid qilamanki foydasi tegadi.
https://telegra.ph/Yaxshiligingdan-seni-inkor-qila-olishmaydi-11-06

Telegraph
Yaxshiligingdan seni inkor qila olishmaydi.
Ish joyingda ko'tarilish haqida kitob Odamlar orasida o'z ish joyidan va lavozimidan qoniqish xatto rivojlangan mamlakatlarda ham 30% dan oshmaydi. Zo'r ish joylari (har tomonlama) noyob bo'lib, unday joylarga egalik qilish qilish uchun sen ham noyob kadr bo'lishing…