Baxtsizlik
Va uni qanday qilib tezda yòqotish haqida
Hammasi xohishdan boshlanadi. Вдруг nimadur xohlab qolasan, oppoq gentra, oxirgi iPhone, 2000$ oylik, 100k obunachi. Keyin shu narsaga erishmaguningcha òzingni tòliqmas deb hisoblab yurasan.
Chunki, xohish - bu: Men mana shu narsaga erishmagunimcha baxtli bòla olmayman deb òzing bilan òzing shartnoma tuzishingdir.
Òsha narsaga erishsang eyforiya bir xaftaga bormay òtib ketadi. Lekin erisholmasang yana недоволный bo‘lib yuraverasan.
Yechim: Xohlashni kamaytirish (yoki yo‘qotish kerak). O‘z nafsing yoki shaytoning u-bu narsani xohlashingni xohlab qolsa, uch to‘rt marta unga смело o‘rta barmoqni ko‘rsatib ko‘chaga uloqtirib yuborsang, boshqa xohlamay qoladi.
Òzingni darrov qiynama, boshida kichik narsalardan tòs (chips, ortiqcha kiyim, kinoga bilet), usta bòlib ketganingdan keyin oģir arteleriyaga òtasan (qimmat smartfon, lux mashina).
Shu òrinda savol tuģiladi: Nima hech nima sotib olmaymi shunda? Sotib ol. Faqat òsha xariding biror konkret muammoni hal qilsa.
Misol:
Qorin ochishiga - ovqat
Sovuq qotishga - kurtka
Hunar òrganishga - laptop
Qolgan xaridlaringni millioner bòlib olganda amalga oshiraverasan.
P.S
-Òylab qarasam nafsimni qondirishga juda kòp pul ishlatarkanman (koladan tortib, qimmat restoranlargacha) ustoz shifu, endi rosa pulim ortib qoladi-ku, uni nima qilaman?
-Bu haqida уже maqola yozdik.
P.S.S
Post baxillikka tarģib sifatida emas, consumerizmga qarshi kurash sifatida yozildi.
@azizrakhimov_blog

Tug’ilgan kun
Men uchun eng bema’no bayram bu tug’ilgan kun bo’lsa kerak. Onang ming azoblar bilan hayotini riskka qo’yib seni biror bir sanada dunyoga keltiradi. Lekin atrofingdagi hamma nima uchundir shu kuni kelib seni tabriklaydi va sovg’alar beradi. Bir yilga qariganing uchunmi?
Taxminan 10 yildan beri tug’ilgan kunimni nishonlamayman. Men uchun tug’ilgan kun kalendardagi biror sana emas, balki dunyoga qarashim o’zgargan kun. Quyidagi voqealarda qayta tug’ilganman deb hisoblayman:
• Namoz o’qishni boshlagan kunim.
• Sevimli kasbimni topgan kunim
• Hayotdagi maqsadimni topgan kunim
• Qur’on, Kifoya, 4-Hour-WorkWeek kitoblarini o’qib tugatgan kunim
• Va shunga o’xshash muhim voqealar
Agar nishonlash kerak bo’lsa shu kunlarni nishonlardim. O'zi вообще tug'ilish bu hammaga ham nasib qilmaydigan va hamma ham to’g'ri foydalana olmaydigan ne'mat. Shuning uchun uni har kuni nishonlasa bo'ladi. Yoki o’zing xohlagan kun. Yoki hech qachon. Yoki 29- fevralda, misol uchun-de.
P.S.
Tug’ilgan kunimni nishonlamayman degani, shu kuni hadya olmayman degani emas😁

Ehson
Ishim yuzasidan juda ko'p katta tadbirkorlar va muvaffaqiyatli insonlar bilan gaplashishga to'gri keladi. Ularga ba'zida shu darajaga qanday erishganliklari haqida savol ham beraman. Javob hammada har xil bo'ladi - qattiq mehnat, to'g'ri paytda to'g'ri joyda bo'lish, tavakkalchilik, ishonch.
Lekin juda ko'p takrorlanadigan bir javob bor. Bu doimiy (yashirin) ehson qilib turish. Hali boyib ketmay turib. Doimiy. Daromadning qanchadir qismini.
Odamlarga moddiy yordam berish seni fikrlashingni o'zgartiradi, ichingda hayotingdan rozilik va harakat paydo bo'ladi, Alloh oldida - puling ko'paysa, ehsoning ko'payishini isbotlaydi.
Apple kompaniyasi bir dona kompyuterdan boshlangan, google esa 6 qator koddan, Merit o'quv markazi esa 7 ta o'quvchi bilan ochilgan. Katta ishlar, kichik qadamlardan iborat va boshlanadi ham. 1000 so'm dan ham boshlasang bo'ladi, muhimi har kuni bo'lsa bo'ldi.

Mitti kanallar
Men telegramdagi mualliflik kanallarini yaxshi ko'raman. Qancha kichik bo'lsa shuncha o'qish yoqadi. Katta kanallarni kuzatganingda (20k+) ko'pchilik ko’radigan narsalarni o'qiysan. Kichkina kanallardagi ma'lumotlar esa eksklyuziv va tesha tegmagan bo'ladi (agar blog egasi o'zi yozsa).
Har olti oyda o'zim kuzatadigan kanallar bilan bo'lishib boraman. Bo'lishishdan avval, uzoq kuzataman. Foydali bo'lishi yoki shunchaki vaqt isrofini ko'paytirish koeffitsentini hisobga olaman.
Demak oxirgi 6 oy ichida kashf qilgan bloglarim:
Najot ta'lim o'quv markazi asoschisi Temur Adhamov Kanali. Kam post qo'yadi. Yoshlar uchun motivatsiya manbai. Asosan ish faoliyatini yoritib boradi. @temurbek_adhamov
Savdoni boshqarish bo'yicha mutaxassis Akmal aka Nasriddinov bloglari. Tadbirkorlar uchun qisqa satrli har kunlik maslahatlar qo'yib boradilar. Bir kunda bir dona post. Doimo 10.10 da chiqadi. O'qishim bilan amal qilishga xarakat qilaman. @AkmalNasridinov
Avval dizayner hozir esa dasturchi Odilning kanali. O'zi kanalni ochganiga ko'p bo'lmagan bo'lsa ham o'rganayotgan hamma narsasi bilan bo'lishib boradi. Bekorchilikni yo'qotish uchun yaxshi motivatsiya. Kafyiyatiga qarab любой payt post qo'yishi mumkin. @nizamoff
Aziz Rakhimov ning (yangi) mitti kanali - bu kanalda postlar bir kunda bir marta emas, ko'proq chiqadi. Qisqaroq. Asosan o'qiyotgan kitoblaridan xulosalar chiqaradi. Kanal hamma uchun emas. O'z ustida ishlashni ko'tara oladiganlar uchun. Obunachilarini senlaydi. @azizrakhimov_mini
P.S.
-Aka meni blogimni ham reklama qilib berasizmi?
-Yo'q
-Reklama qilishingiz uchun nima qilishim kerak?
-Kanal mitti bo’lishi va men o'sha blogni o'qiyotgan bo'lishim kerak, menga linkini tashlab qo'ying, foydali bo'lsa, kuzatib, 6 oydan keyin tavsiya qilaman.

Forwarded from Merit School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha uchun qiziqarli sarhisoblar vaqti keldi! Biz bilan yelkama-yelka bo'lganlarga minnatdorchilik bildiramiz😊
📞 +998999889898 Do'stlik
📞 +998999888898 Do'stlik
📞+998999889999 Oxunboboyev
📞+998999888989 Oxunboboyev
📞 +998999889898 Do'stlik
📞 +998999888898 Do'stlik
📞+998999889999 Oxunboboyev
📞+998999888989 Oxunboboyev
Ehson haqidagi postimdan so'ng menga murojaat kelib tushdi.
Uch farzandi bor bir beva ayol nomidan koksa artroz dan davolanishga yordam so'rashdi. Odatda ehson postlarini ulashmayman. Lekin bu ayolning holati, uyi bilan shaxsan tanishib chiqdik.
Imkoning bo'lsa yordam ko'rsat. 1000 so'm bo'lsa ham. Yetmaganiga biz qo’shib yuboramiz.
—————————————————————————
Ассалому алайкум!
Азиз ва саҳоватли юртдошлар. Сиздан имкониятингиздан келиб чиқиб ёлғиз бева аёл Муаззам Исаковага (Кокса артроз 1-2-степени билан каслланганлар) ёрдам беришингизни сўраб коламиз. Зеро, эҳсоннинг мукофоти, фақат эҳсондир. (Роҳман - 60).
Хозирда операция учун: $3500, анализ ва дорилар учун: 24 млн. керак. Улар хақларида маълумотни бизга ёзган хатларидан билиб олишингиз мумкин:
“Ман Исоқова Муаззам Аҳмаджон
қизи 1966 йили туғилганман. Ёлғиз қолган холатда 3 қизларни вояга етказдим.
2014дан кейин 3-даражали аралаш бўқоқ, юрак етишмовчилиги ва Ошқозон касалликларига чалиндим . Кейин одиномиёз. 1992 йилда кўз
бўйича операция бўлганман, 2- грух ногиронлик хужжатим
бор. 2010-йилларда Кокса артроз 1-
2-степени деб оёғимга диагноз қў-
йишди. Энди бу касаллик зўриқиб кетибди. Факат операция қилиниши кере бўбколди, қимматлигини эшитиб, ман умидимни узган эдим...”
💳 БАНК КАРТА:
9860 0824 0835 4502 | Муаззам Исакова.
Мурожаат учун телефон: +998983135257, Ахмаджон

Men chekmayman
Chekadiganlarni ko'rganingda shunday o'ylaysan. Ularni o'zingcha irodasiz deb hisoblaysan. Sovchilikka borganda sen haqingda albatta - ichmaydi, chekmaydi deb aytib o'tib ketishadi.
Shu joyida fundamental savol. Odam nega chekadi o'zi? Chunki tamaki tarkibidagi nikotin - tez arjarib chiquvchi (arzon) dofamin ajralishiga sabab bo'ladi va bu kichik rohat odamni o'ziga o'rgatib qo'yadi. Boshida qiziqib chekkan odam endi majburligidan chekadi.
Bilasanmi yana nima arzon dofamin ajralishiga sabab bo'ladi? Telegramda bekorchi (lekin qiziqarli) kanallar, instagramdagi stories, tik-tok, YouTube dagi befoyda faktlar haqidagi videolar, turk seriallari. Hammani nikotini har xil - lekin nimani nazarda tutayotganimni bilding. Ularni ko'rish davomida ham sen oz-oz dofamin olasan. Boshida qiziqib bir kirib ko'rganding. Endi esa chiqib keta olmayapsan.
To'g'ri, chekkan odam o'z umrini qisqartiradi, lekin yuqoridagi narsalarga safrlangan uzun umrdan jamiyatga nima naf? Sen ham chekasan. Faqat sigaret emas, befoyda kontent chekasan. Xafa bo'lma. O'zgarish xatoni tan olishdan boshlanadi.
P.S.
Maqola kuchli ta'sir qilib hamma app laringni birdaniga o'chirib yuborma, ertaga yozib olasan baribir. Undan ko'ra o'sha platformalarda qolib foydali kontent yaratadigan odamlarni kuzatishni boshla (til, kasb o'rgatish, turli intervyular)

IELTS 6.0 olishim uchun qancha o'qishim kerak?
1 oy emasligi aniq!
IELTS 6.0 (yoki Cefr B2) darajasida ingliz tilini biladigan odam bu - ingliz tilida kitob, film, gazeta va barcha kundalik so'zlashuvlarni tushunadigan darajada tilni biladi degani.
O'z ona tilingda shu darajaga erishguncha qancha vaqt ketgan?
Ingliz tilini 1 oyda o'rganib bo'lmaydi, 3 oyda ham, 6 oyda ham. O'zi umuman til o'rganish oy yoki yillarda emas, soatlarda o'lchanadi. 0 dan ingliz tilini bemalol tushunishga chiqib olish uchun o'zbek tilida gaplashuvchilarga 1000 soat amaliyot kerak bo'ladi. (Har bir qo'shimcha til esa bu sonni 100 soatga kamaytiradi).
Demak har kuni 3 soatdan shug'ullansang bir yil ketadi. 6 oyda o'rganish uchun esa kuniga 6 soat ajratishing kerak. (Ma'lumot uchun: bizda eng ashaddiy o'quvchilar ham kuniga 2 soat dars qilishadi).
Demak sen til o'rganayotganda eng tez usulini emas, o'zing uchun eng qiziqarli usulni tanlashing kerak. Shunda bir kunlik ajratadigan vaqting ortadi natijada tezroq o'rganib olasan.
O'qituvchi tanlayotganda ham shunday. "-E ukam kevur 1 oyda sayratvoraman" degani emas, darsini qiziq o'tadiganini tanlashing kerak.

Yolg'on marketing
Yolg'on marketing 2 turga bo'linadi. Senga o'tmagan mahsulotini o'tqizmoqchi bo'lganlar, yoki xizmatini.
Yolg'on bilan boyitilgan mahsulotni ajratib olishning usuli oddiy. Agar reklamadagi mahsulot tarifini o'qib '-yo'g'e' deb yuborsang, 99% foiz holatlarda bu firibgarlik. Misol uchun shunday dori bo'ladiki u hatto o'limni ham davolaydi. Uning xususiyatlarini o'qisang "shifokorlar nega kerak o'zi?" deb o'ylab qolasan.
Xizmat turidagi yolg'on ham oson ajratiladi. Agar biror kim senga natija 100% o'ziga bog'liq bo'lmagan holatda, natijaga гарантия (kafolat) bersa - bu odam aldayapti. Usta, sartarosh, dasturchi o'z ishiga kafolat bera oladi, lekin:
-repetitor: "aniq universitetga kirgazaman"
-biznes trener: "biznesingiz savdosini 3x oshiramiz"
-turagent; "amerikaga aniq visa olib beraman"
-treyder: "oyiga 1000$ topishingga kafolat beraman"
desa, seni ishontirish uchun manipulyatsiya qilyapti xolos. Chunki natija faqat unga emas, boshqa faktorlarga ham bog'liq. Haqiqiy mutaxassis bunday paytda kafolat bermaydi.
Bunga mening Ximiya repetitorim o'rinli misol. Toshkentdagi eng kuchli ximiya Ustoz ekanliklari, Toshmi va Sampining yarim talabalari ularning o'quvchilari bo'lsa ham, mijozlarga: "Menda o'qidi degani, universitetga kiradi degani emas, men bilimimga kafolat beraman. O'zi yaxshi o'qisa va peshonasida bo'lsa kirib ketadi" derdilar.
P.S.
Meni postlarim seni aqlliroq qila olishiga kafolat beraman. Lekin seni aqlli bo'lib qolishingga emas. 😉

Qanday biznes boshlasam bo'ladi?
-Bu qo'lingdan nima kelishiga bog'liq, biror bir kasb/hunar/ilming bormi?
-Yo'q
-Unda yaqin qarindoshing yoki do'stingni biznesi bormi?
-Nega?
-Oldiga borib nima muammolari borligini so'raysan va shuni biznesga aylantirasan.
-Yo'q, unday odamim yo'q
-Unda biznes boshlamay qo'yaver
-Zo'r bitta biznes plan topsamchi?
-тем более boshlama unda. Chunki eng yaxshi kompaniyalar biznes planlardan emas, odamlarning muammosidan paydo bo'ladi. Biznes plan nima o'zi? Osmondan olingan raqamlar hisobiga kelajakka rejalar tuzish. Biznes qilish jarayonida rejalar har yili o'zgarishi mumkin - chunki bozor shunday (yangi imkoniyat va texnologiyalar, raqobatchilar). O'zgarmaydigan narsa faqat jamoa bo'lishi kerak.
-Nima qilay aka unda?
-Biror kasb/hunar egasi bo'l. Tajriba va imkon bo'lganda shartta biznesga aylantirib yuborasan.
-Osonroq yo'li yo’qmi?
-Unda borib to'g'ri odamga kuyov bo'l. Men bundan osonroq yo'lini bilmayman)

Hayotiy prinsiplar
Hayotda duch keladigan qarorlarni oson qabul qilishda bir necha prinsiplar(qoidalar)ni o'rganib olish katta yordam beradi.
Men doimiy ishlatadigan bir necha prinsiplar bor:
1. 80/20 qoidasi
Kam resurs (vaqt, pul) talab qilib, ko'p natija olib keladigan ishlarni ajratib olib, vaqt va pul tejab qolish prinsipi
2. "-1" qoidasi
2ta xodim ishlatishni o'rniga shu ish(lar)ni qila oladigan 1ta xodim olib unga ko'proq oylik berish prinsipi
3. Inversiya qoidasi
Nima xohlayotganingni ajratish qiyin kechayotganda, aniq xohlamaydigan narsalaringni olib tashlash orqali qarorni osonlashtirish.
4. Ichidan o'tkazish prinsipi
Yashayotgan har bir kuningni universitet(doimiy o'sish)ga aylantirish uchun , bo'lib o'tayotgan hodisalarga javobgarlikni olish prinsipi
Qaysi biri haqida batafsilroq bilging kelyapti?

Prinsiplar:
Anonymous Poll
26%
80/20 qoidasi
8%
-1 qoidasi
11%
Inversiya
15%
Ichidan o’tkazish
41%
Hammasi, ketma-ket
Yaxshiroq, boyroq, chiroyliroq
Har bir odamzodga xos bir xohish bor. Bu aslidan ko’ra yaxshiroq ko’rinish xohishi.
Odamlardan nima ish qilasan deb so’ra, ishlayotgan joyini maqtab va o’zini ishini nega muhimligini tushuntirib ham beradi senga.
Odamlar shuning uchun o’zlarini puli yetmagan telefonlarni (asosan iPhone) va mashinalarni kreditga olishadi. Ozgina yig’ib oddiyrog’ini olsa bo’ladi-ku! Yo’q eng oxirgisi va eng zo’ri.
Balki gap komfortda deb o’ylarsan? Yo’q ko’p hollarda unday emas. Mana ko’rib qo’y. Menda ham bor. Biz ham orqadamasmiz degan xabarlarni atrofdagilarga yetkazib, o’zini zo’rligini ko’rsatish maqsadi. Minayotgan mashinasi, yoki qo’lidagi telefon oxirigacha uniki bo’lmasa ham.
Biz haqiqiy hayotni qo’ldan kelgancha bezab ko’rsatishga harakat qilamiz.
Kinoning vazifasi ham shu. U yerda hech qachon real hayot ko’rsatilmaydi. Kino uchun reallik zerikarli. Shuning uchun kadr grimm, chiroqlar, dekoratsiya, effektlar bilan bezatiladi.
Instagram ham shu vazifani bajaradi. Hech kim u yerga qiyshiq tushgan rasmini qo’yib, “yuzimga ugri chiqdi, o’zimni yomon his qilyapman” deb yozib qo’ymaydi. Hamma o’z hayotini bezab, effect qo’shib atrofdagilarga ko’rsatadi.
Bu normal holat. Hammada bor xohish.
P.S.
Lekin shu xohishini yenggan odamlarni ko’rib qolsang, shuni bil: Sen o’z nafsi va egosi bilan qattiq kurashib uni yenggan odam qarshisida turibsan.

Shogird
Maktab va o'quv markazlarimizda o'quvchi ko'payib borayotgani uchun maktabdagi barcha jarayonlarni tizimlashtirishga to'g'ri kelyapti. Barcha jarayonlarni.
O'zimni vaqtim yetmayotganligi va bozorda bunday mutaxassislar yo'qligi tufayli bitta shogird kerak bo'lyapti.
-Ho'p shogird bo'lsam nima yutaman?
Ta'lim tizimida ishlash va uni tizimlashtirish bo'yicha tajriba orttirasan, yuzaga kelgan muammolarni 3,5 sekundda hal qilishni o'rganasan, biznes yuritish jarayonlarini ichkaridan kuzatasan va mas'uliyat olishni o'rganasan. Ha, boshida ozgina cho'ntak puli ham beramiz. Super kerakli kadr bo'lib qolganingdan keyin (bu endi qachon bo'lishi o'zingga bog'liq) daromading ham yaxshi bo'lib ketadi. O'zingga va kelajagingga bo'lgan ishonching ortadi.
-Talablar qanday?
-Ingliz yoki rus tilini bilishing kerak. (Busiz iloji yo'q, uzr)
-O'z ustingda eshshakday ishlashni yoqtirishing kerak.
-Berilgan vazifani bajarib bo'lmaguncha uxlay olmaydigan qobiliyat va mas'uliyat hissi
-Kuchli mantiq
Nima qilishim kerak?
So'rovnomani to'ldirsang kifoya:
https://forms.gle/DKn72ixy3mtZFBVV8

Hammasiga o'zing aybdorsan!
Ichidan o'tkazish (internalizing) prinsipi
Sen bilan sodir bo'layotgan noxush voqealarga ikki xil reaksiya bo'lishi mumkin.
1. Boshqalarni aybdor qilish,
2. O'zingni ayblash.
Juda ko'pchilik muammolarning sababi sifatida atrofdagilarni ko'radi. O'zidan boshqa hamma aybdor: Sotqin do'stlar, korrupsiya, qimmat narx-navo, ishini eplolmaydigan odamlar va hk. Bu miyaning himoya mexanizmi bo'lib, stressga tushib qolmaslik uchun zarur.
Lekin biror sodir bo'lgan ish uchun javobgarlikni bo'yningga olishni boshlasang (aybdorlikni emas), har bir xato bepul darsga aylanadi.
Ikkala yondashuvni misol bilan tushuntiraman:
Orzu qilgan o'qish/ish joyingga kirding. Lekin kirib bo'lgach qarasang u yer bir tiyinga qimmat, umringni sarflashga arzimaydigan joy ekan.
1-Yondashuv: Direktor/xo'jayin/davlat aybdor. Nega yopib yubormaydi bu yerni? Shuncha pul uvol. Nega menga hech kim aytmadi?
Hammani yomonlab, so'kib, qarg'ab chiqding. Lekin hech nima o'zgarmadi. Havoni biroz titratding xolos.
2-Yondashuv: Men aybdorman. Keyingi safar shu xatoni takrorlamasligim uchun nima qilsam bo'ladi? Ha, kirmoqchi bo'lgan o'qish/ishimdagi bir necha insonlar bilan oldindan gaplashib, menga mos yoki yo'qligini bilib olib, keyin harakat qilishim kerak ekan.
Xatoni qilib bo'lding. Lekin endi unutilmas dars ham olding.
Shu prinsipni qo'llay boshlasang kun sayin aqllilashib borasan. Hayotning o'zi darslarga to'la ekanligini va hali o'rganadigan narsalaring ko'pligini, tushunib yetasan. Mahallangni boshidagi G'aybullakaning mashinasi qirilishiga ham aloqang bo'lishi mumkinligini his qilasan.
Formula oddiy, muammo/noxush vaziyat kelganda mas'uliyatni o'z bo'yningga olasan. O'zingga bog'liq sababini analiz qilasan. Keyingi safar takrorlamaslik uchun biror joyga yozib qo'yasan.
P.S.
O’zingni juda ko'p ayblab yuborsang ham depressiyaga tushib qolish hech gap emas. Lekin bir narsani unutma: Taqdiringda bor ekan shunday bo'ldi, rozi bo'l. Seni qo'lindan endi faqat analiz qilish keladi xolos.
P.S.S
Maqola senga yoqmadi. Ensang qotdi. Ketgan vaqtingga achinding. Top-chi kim aybdor?😉

Kimyo o'qituvchilari bormisiz?
Bolalardan bilim va mehrini ayamaydigan, ichki energiyaga to'la kimyo o'qituvchisi qidiryapmiz. Biror tanishing bo'lsa ho'v devor.
Sharoitlar qanday?
Haftada 4 kun ish 14.00dan 17.00 gacha(3 soat!)
3 - 3,5 mln oylik. Tushlik o'zimizdan.
Talablar qanday?
Sohada kamida bir yillik tajriba va bizning ichki imtixondan o'tish.
Nima qilish kerak?
Mana bu yerga (@merit_school_hr) rezyume/ma'lumotnoma yuborish, biz tomondan javobini kutish.

Chuqur savollar
Insonning biror sohadagi saviyasini uning javoblaridan ham ko'ra berayotgan savollari yaxshiroq ko'rsatadi. Biror odam haqidagi fikrim ba'zan bitta savol tufayli 180 darajaga o'zgarib ketgan paytlarim bo'lgan.
Kel endi turli sohalardagi sayoz va chuqur savollarni ko'rib chiqamiz:
Ishga kirayotganda:
Sayoz savol: Qancha oylik berasizlar o'zi?
Chuqur savol: Ish jarayonidagi erkinlik, hal qilishim kerak bo'lgan muammolar va kompaniya qadriyatlari haqida gapirib bering
Imom domladan:
Sayoz savol: Domla, namoz paytida qo'lni qayerga qo'yadi o'zi, kindik tagigami yoki ustiga?
Chuqur savol: Shunday bir amal bormi, shuni qilib yursam ichki xotirjamlik topaman?
Biznes boshlayotganda:
Sayoz savol: Qaysi ishdan ko'p foyda olsak bo'ladi va shunga tiksak pulimiz qanchada chiqarkin?
Chuqur savol: Qadriyati to'g'ri keladigan, lekin maqsadlari to'g'ri kelmaydigan odamlar sherik bo'lsa bo'ladimi?
Turmush qurish uchun uchrashuvga chiqganda:
Sayoz savol: Sizga qaysi kinofilmlar/rang/aktyor/ovqat yoqadi?
Chuqur savol: Itoat deganda nimani tushunasiz?
O'z o'zingdan (ha, shunday ham qilib turish kerak):
Sayoz savol: Gulmira nega meni rasmimga layk qo'ymadi?
Chuqur savol: Bugun, kecha bilmagan narsalarimdan nimani o'rgandim?
Chuqur savollar odatda aqlli, shu sohada tajribasi bor, o'ylab gapiradigan odamlardan chiqadi. Chuqur savollar berish uchun chuqur o'ylaydigan odam (deep, slow thinker) bo'lish kerak. Buning yo'llari ko'p. Lekin birinchi qadam shu maqolani o'qishdan boshlanadi.

Maqolalar haqida
Mana blogimizdagi postlar soni ham 200 taga yetibdi. Shu munosabat bilan bugun maqolalarimiz haqida maqola yozamiz.
Bu blog har kun oz-ozdan aqlliroq va kengroq fikrlaydigan bo'lishni istaganlar uchun. Chunki har bir maqola seni rivojlantirish, boshqacha o'ylashga undash va motivatsiya qilish maqsadida yoziladi.
Bu blogda quyidagilar haqida yozilmaydi:
-Siyosat - chunki muallifning bunga aqli yetmaydi, buning ustiga u haqida yozilgan maqoladan olinadigan foyda ketkazilgan vaqtga arzimaydi.
-Kundalik yangiliklar - buning uchun blog o'qish shart emas, bitta bekorchi tanishing bilan gaplashib qolsang hammasini aytib beradi.
-Trendga chiqgan voqea hodisalar - Muallif atrofdagi hamma voqealarga munosabat bildirib o'tiradigan darajada vaqti ko'p odam emas, vaqti bo'lgan taqdirda ham aksar sohalarda ekspert bo'lmagani uchun munosabat bildira olmaydi.
Maqolalar kundalik kuzatuvlarim, o'qigan kitoblarim, ustozlarim maslahati, o'z tajribalarim asosida yoziladi. Yuqoridagi mavzularda yozilmagani uchun, postlarni istalgan tartibda, har qanday vaqtda o'qisa ham foydasi tegadi, aktual bo'ladi.
Sen-chi aziz do'stim? Blogga a'zo bo'lib biron foyda oldingmi? Fikrlashing, kundalik hayotingda qanday o'zgarishlar bo'ldi? Qanday maqolalar ko'proq bo'lishini istarding? Kommentlarda yozib qoldir. Bugun yubiley, hammasini o'qiyman.

Ko'rpangga qarab oyoq uzat
Biror narsani sotib olishga puling yetish yetmasligi haqida
Daromading oshib borgani sari ichingda savol tug'ila boshlaydi: "Men qanday telefon, noutbuk tutishga, qanday mashina minishga loyiqman?", "Narxi necha pullik kiyimlarni kiyishim kerak o'zi?" degan.
Iqtisodni yaxshi tushunadiganlar o'z raqamlarini hisob-kitob qilib topishadi. Tushunmaydiganlar esa atrofga qaraydi. Do'sti tutayotgan telefonga, qo'shinisi minayotgan mashinaga.
Men biror bir xarid cho'ntagimga mosmi yo'qmi tekshirish uchun oson prinsip qo'llayman. Agar sotib olmoqchi bo'lgan narsamni ikki marta og'rinmay sotib ola olsam, demak bu mening hozirgi iqtisodiy holatimga mos xarid. Misol uchun 500$ lik smartfon olmoqchi bo'lsam, hayolimda narxini ikkiga ko'paytirib (1000$) shu pulni ishlata olish, olmasligimni o'ylab ko'raman. Bu asosan 100$ dan yuqoriroq xarajatlar uchun ishlatiladigan prinsip. (lekin daromadga qarab, kichikroq xarajatlarga moslasa ham bo'ladi)
Bu prinsipning foydalari ko'p: Tejamkorlikka, nafsni boshqarishga, xaridlarni o'ylab qilishga, soddaroq yashashga, qarzga kirib ketmaslikka yordam beradi.
"-Unda rosa pul ortib qoladi-ku" deyishing mumkin. Ha shunday. Ularni qayerga ishlatish haqida ham yozgandim.

Dangasalikni qanday yo'qotsa bo'ladi?
Shu maqolani o'qib.
Eh sodda do'stim. Bilaman sen hayotingda katta o'zgarishlar qilmoqchisan. Lekin doim yoki motivatsiya yetishmaydi yoki dangasaliging halaqit beradi. Xo'sh dangasalikni qanday yo'qotsa bo'ladi?
Hech qanday.
Miyang, tanang, nafsing, shaytoning hammasi seni dangasa bo'lishingni, tinmay tik-tok, instagram, YouTube, befoyda yangiliklar ko'rishingni, har bitta yangi chiqqan o'yinni o'ynab ko'rishingni xohlaydi. Sen-chi? Shuncha dushmanga bitta maqolani o'qib kurasha olaman deb o'ylayabsan.
Nima qilasan kurashib. Qolaver shu holatingda. Atrofdagi hammani ayblab o'tiraver. Shuncha maqola ta'sir qilmagan bunisi ta'sir qilarmidi?
"Baribir o'lib ketamiz" gapi kimnidur harakatga undasa, seni harakatsizlikka undaydi. Har kuni yangi maqola chiqganda "-zo'r yozilibdi, yorvoribsiz, to'g'ri gap" deb qo'yasan, lekin amal qilish haqida ham hech o'ylab ko'rdingmi?
Xafa bo'lma, hali butun umring oldinda, yoki bo'laver, balki shunda ertadan bilganlaringga amal qilishni boshlarsan.
Xo'sh, endi
Seni o’rningda men nima qilgan bo'lardim?
1. Namozni boshlardim
2. Quyidagi postlarni boshidan o'qib chiqardim:
Men chekmayman
Tayyor bo'lishdan avval boshla
Beqarorlik
16 000$
Natijaga erishishning eng oson yo'li
P.S.
Agar sen o'qiganiga amal qiladigan 2% odamlar toifasiga kirsang, bu post sen uchun emas, o'qimasdan o'tkazib yubor 😉