Sen menga kuningni ayt men senga kimligingni aytib beraman.
Ishim davomida yuzlab o’quvchilar bilan gaplashishga to’gri kelgan. Ularning yutuqlari, natijalari va mag’lubiyatlariga guvoh bo’lganman. Tajribamdan shuni ayta olamanki bir odamning odatiy kunini qanday o’tkazishiga qarab 99% holatda qanday inson ekanligini aytib bersa bo’ladi. Ya’ni kelajagi porloqmi yoki yo’q.
Kuning qanday o’tsa hayoting shunday o’tadi. Ya’ni 8 soat uxlasang, 60 yillik umringdan 20 yilida uxlaysan, 10 soat ishlasang 22 yil umring ishlab o’tadi. Xullas tushunding. Hayotingni o’zgartirmoqchimisan, marhamat kuningni o’zgartir.
Kuniga 2 soatgina internetni titkilashing senga arzimasdek tuyuladi. Lekin 5-6 yil umring shunga ketib qoladi, undan ko’p bo’lmasa agar.
Shunday kun tartibi tuzginki, men sendan quyidagi ikkita savolni so’rasam, uyalib emas, faxrlanib javob beradigan bo’lgin:
1. Kun tartibingni aytib ber
2. Bo’sh vaqtingda nima qilasan?
@azizrakhimov_blog

Kelajakka rejalar tuzma! Ayniqsa yosh bo’lsang.
-90% yigitlar gaplashib yurgan qiziga uylanmayapti xozir. Demak turmush quradigan yoshga yetmaguncha ishqiy munosabatlar bilan o’zingni chalg’itma.
-Bitiruvchilarning yarmi diplomi bo’yicha ishlamayapti, demak Institutga kirolmasang siqilma, diplomga yaxshi ish beruvchilar qaramaydi baribir (shu jumladan biz ham).
-Bitta kasbda butun umr qolishni reja qilma, bizning avlod umri davomida kasbini kamida 3 marta almashtirishiga to’gri keladi bu rivojlanish tempida. (o’zim ham 3 marta o’zgartirishga ulgurdim)
-Hamma o’zi duch kelishi mumkin bo’lgan muammolarni o’ylab yuradi, lekin juda ko’p hollarda qiyinchilik hech kim kutmagan joydan keladi, demak kulfatga baribir tayyor tura olmaysan.
-Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, bizning rejalar amalga oshmas ekan ko’p hollarda baribir. Unda nima qilish kerak? Maqsad qo’yib yasha(yillik, oylik, kunlik) shunisi foydaliroq(bu haqida yana yozaman).
Ha aytgancha - Men butun umr shifokor bo’lishni reja qilib mana hozir xususiy maktabda va o’quv markazida boshqaruvchi bo’lib ishlayman va bundan umuman afsuslanmayman. Allohning rejasi biznikidan yaxshiroq bo’lib chiqar ekan baribir.

Umring naqadar qisqaligini bilasanmi?
Bilasan, lekin tasavvur qilishing uchun senga raqamlar yetishmaydi. Kel men senga shu raqamlarni berib ko‘ray.
· Hozir necha yosh bo‘lishingdan qatʼiy nazar sen umringni oxirigacha 2 mlrdgacha sanashga ulgurmaysan. (xatto uxlamasang ham) – kalkulyatorni olib hisoblab ko‘r.
· Agar hozir 20 yosh atrofida bo‘lsang ota-onang bilan birga o‘tkazadigan vaqtingni 80(o‘g‘il bolalar) – 95%(qiz bolalar)ni yashab bo‘lding, shundan eng ko‘pi - erta bolaligingda edi.
· Kuniga 10$ dan ishlab topganingda ham (O‘zbekistondagi o‘rtacha oylikdan yuqori) butun umr ishlab topgan puling Toshkent city dan 1ta kvartira olishga yetmaydi(yemay ichmay yig‘sang ham).
· Oyiga 2ta kitob tugatsang ham (bundaylar juda kam), umring davomida xatto 1000ta kitob o‘qishga ham ulgurmasliging mumkin.
Bilaman hammaga o'xshab sen ham 90-100 yil yashashni orzu qilarsan balki, lekin men O'zbekistonda o'rtacha umr davomiyligini (ya'ni 65 yosh) olib hisob kitob qildim.

Biz hammamiz o’zimizni boshqa insonlardan ko’ra ko’proq sevamiz.
Lekin baribir o’zimizning fikrimizdan ko’ra ularning fikri haqida ko’proq qayg’uramiz.
@azizrakhimov_blog
Lekin baribir o’zimizning fikrimizdan ko’ra ularning fikri haqida ko’proq qayg’uramiz.
@azizrakhimov_blog
Hodim tanlashda bir oddiy printsipni qo’llayman:
Agar biror inson bilan butun umr ishlashni tasavvur qila olmasang, bir kun ham ishlama.
Menimcha bu qoida do’st, ish joyi, kasb, biznes tanlashda ham yordam bersa kerak.

Albatta har bir odam o’rganishi kerak bo’lgan bir fan bor. Bu o’zini tanish fani.
Lekin 15 yillik o’quv tizimida bunday fanga xatto bitta chorak ajratilmagan.
Sen hammadan ham o’zingni yaxshiroq tanishing kerak, qaysi kasb senga eng mos, qachon tez o’rganasan, nimaga qiziqasan, nimadan zerikasan.
Juda ko’pchilik o’zi haqida bunday ma’lumotlarni kech tushunib yetadi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompliment (iltifot) ga qanday javob qaytarish haqida
Yaxshiroq, boyroq, chiroyliroq
Har bir odamzodga xos bir xohish bor. Bu aslidan ko’ra yaxshiroq ko’rinish xohishi.
Odamlardan nima ish qilasan deb so’ra, ishlayotgan joyini maqtab va o’zini ishini nega muhimligini tushuntirib ham beradi senga.
Odamlar shuning uchun o’zlarini puli yetmagan telefonlarni (asosan iPhone) va mashinalarni kreditga olishadi. Ozgina yig’ib oddiyrog’ini olsa bo’ladi-ku! Yo’q eng oxirgisi va eng zo’ri.
Balki gap komfortda deb o’ylarsan? Yo’q ko’p hollarda unday emas. Mana ko’rib qo’y. Menda ham bor. Biz ham orqadamasmiz degan xabarlarni atrofdagilarga yetkazib, o’zini zo’rligini ko’rsatish maqsadi. Minayotgan mashinasi, yoki qo’lidagi telefon oxirigacha uniki bo’lmasa ham.
Biz haqiqiy hayotni qo’ldan kelgancha bezab ko’rsatishga harakat qilamiz.
Kinoning vazifasi ham shu. U yerda hech qachon real hayot ko’rsatilmaydi. Kino uchun reallik zerikarli. Shuning uchun kadr grimm, chiroqlar, dekoratsiya, effektlar bilan bezatiladi.
Instagram ham shu vazifani bajaradi. Hech kim u yerga qiyshiq tushgan rasmini qo’yib, “yuzimga ugri chiqdi, o’zimni yomon his qilyapman” deb yozib qo’ymaydi. Hamma o’z hayotini bezab, effect qo’shib atrofdagilarga ko’rsatadi.
Bu normal holat. Hammada bor xohish.
P.S.
Lekin shu xohishini yenggan odamlarni ko’rib qolsang, shuni bil: Sen o’z nafsi va egosi bilan qattiq kurashib uni yenggan odam qarshisida turibsan.

Mahallangda kimni hayoti eng zo’r? Nima uchun?
Oddiy savol to’g’rimi? Lekin javobi suhbatdoshingni qadriyatlari, fikrlashi, hayot tarzini ochib beradigan savol bu.
Agar suhbatdoshing biror boyni tanlasa demak, uning qadriyatlari moddiy narsalar.
Chiroyli yoki kuchli odamni tanlasa demak, uning uchun hayotda eng muhimi tashqi ko’rinish.
Mashhur insonni, yoki amaldorni tanlasa demak shuhratparast inson bilan gaplashyapsan.
Dindor/ilmli oilani tanlasa, oxiratini birinchi o’ringa qo’yadigan odam ekan javob beruvchi.
Bilmayman desa, demak bu inson uchun o’zgalarning hayoti qiziq emas va bu yaxshi.
Agar o’zini/oilasini aytsa demak u optimist va shukur qiluvchi inson.
Hamma javob variantlarini keltirib o’tolmadim. Lekin mantiqni tushunding. Agar ota-ona bo’lsangiz farzandlaringizdan so’rab ko’ring. Qanday tarbiya berganingizni bilib olasiz)

5 000 000 $
Sen o’zingga mos ish bilan shug’ullanyapsanmi yoki yaxshi ko’rgan o’qishingda o’qiyapsanmi bilib olishning oson usuli bor.
Tasavvur qil besh million dollar puling bor. Hozirgi ishingni/o’qishingni davom ettirgan bo’larmiding?
Javob “ha” bo’lsa, sen to’gri yo’lda ekansan. Gazini bos.
Yo’q bo’lsa, imkoniyat bo’lishi bilan sohangni almashitirib ko’r. Biroz muddat o’tib esa yuqoridagi savolni yana berib ko’rasan. Toki javob “ha” bo’lmaguncha.
P.S.
Besh million ni qayerdan olishni bilmayman)

Tug’ilgan kun
Men uchun eng bema’no bayram bu tug’ilgan kun bo’lsa kerak. Onang ming azoblar bilan hayotini riskka qo’yib seni biror bir sanada dunyoga keltiradi. Lekin atrofingdagi hamma nima uchundir shu kuni kelib seni tabriklaydi va sovg’alar beradi. Bir yilga qariganing uchunmi?
Taxminan 10 yildan beri tug’ilgan kunimni nishonlamayman. Men uchun tug’ilgan kun kalendardagi biror sana emas, balki dunyoga qarashim o’zgargan kun. Quyidagi voqealarda qayta tug’ilganman deb hisoblayman:
• Namoz o’qishni boshlagan kunim.
• Sevimli kasbimni topgan kunim
• Hayotdagi maqsadimni topgan kunim
• Qur’on, Kifoya, 4-Hour-WorkWeek kitoblarini o’qib tugatgan kunim
• Va shunga o’xshash muhim voqealar
Agar nishonlash kerak bo’lsa shu kunlarni nishonlardim.
P.S.
Tug’ilgan kunimni nishonlamayman degani, shu kuni hadya olmayman degani emas😁

Qo’ng’iroq
Ishim yuzasidan telefonda juda ko’p gaplashishimga to’g’ri keladi (kuniga 20-30 martalab). Shuni asosida o’zimga bir necha xulosalar chiqarib oldim.
• Qo’ng’iroq qilganingda egasi ko’tarmadimi, 10 soniyadan keyin qilsang ham ko’tarmaydi, yaxshisi sms yoz(nega qo’ng’iroq qilganing haqida).
• Muloqot paytida aloqa uzilib qolsa, birinchi qo’ng’rioq qilgan odam qaytib qilishi kerak.
• Gap boshlashga “Alo” dan boshqa so’zlar ham bor. (Misol uchun Assalom Aleykum)
• Xol ahvol so’rashni juda cho’zib yuborma, maqsadga tezroq o’t, javob beruvchi ichida o’ylab o’tiradi “nega qilganikin?” deb.
• “Bezovta qilmadimmi?” - befoyda savol. Bezovta qilganingda ko’tarmasdim.
• Va eng muhimi qo’ng’iroq qilishdan avval namoz vaqti emasmi qarab ol.

YouTube ni tinglasa bo’ladimi?
Youtube juda ko’p informatsiya manbai, lekin video ko’rishga negadur vaqtimni qizg’onaman. Menga ko’proq eshitish ma’qul. Youtube ilovasi (yoki sayti) orqali videoni eshitib turib, boshqa ilovalardan foydalanish, smartfonni blokka qo’yishning iloji yo’q, video to’xtab qoladi.
Shuning uchun men NewPipe dasturidan foydalanaman. Tabiiyki bu dastur Play Marketda yo’q.
Ko’chirib olish uchun link:
https://f-droid.org/repo/org.schabi.newpipe_950.apk
P.S. Shu ilovadan video ko’rsangiz, reklama ham umuman chiqmaydi, videoni ko’chirib olsa ham bo’ladi.

Ishdan boʼshash haqida.
Men umrimda 1 marta ishdan boʼshashimga toʼgʼri kelgan. Ketishimni uch oy oldin aytib, oʼrnimga shogird tayyorlab, barcha ishlarimni yopib, xayrlashib ketganman. Yaxshi tilaklar bilan kuzatib qolishgan.
Ishdan ketmoqchimisan shunday qil. Oʼrningga munosib odamni topib/tayyorlab ishingni oʼrgatib ket. Ish beruvchini qiyin ahvolga qoʼyma. Shu joyga ishga kirayotgan paytingni esla.
Juda jiddiy joylarni bitirib, katta vaʼdalar bilan ishga kirib, sal nimadur yoqmay qolsa, yoki raqobatchimiz 100$ koʼproq taklif qilsa 1 kunda ketib yuboradigan xodimlar bilan ham ishladim. Unday insonlar oʼzi ish beruvchi boʼlganda biladi qilgan xatosini hali.
P.S.
Yaxshilik bilan xayrlashgan xodimlarimiz bilan esa hozirgacha hamkorlik qilib turamiz

Vaqting necha pul turadi?
Faraz qilaylik soat sotib olmoqchisan. Narxi 1 000 000 so’m. Bu narx qimmatmi yoki arzon? Albatta brend, mahsulot sifati, materialiga qarab javob berasan bu savolga.
Lekin, men har qanday haridni amalga oshirishdan oldin uning narxini (qimmat yoki arzon) bilish uchun eng qimmat va qadrli valyutaga o’giraman. Ya’ni vaqtga.
Futbolka/Smartfon/Shim/ Restoranda tushlik/Sayohat necha ish soatimga to’gri kelishini bilishim zarur men uchun. Chunki hammaning moliyaviy imkoniyati xar xil. 100$ kim uchundir bir oylik maosh, kim uchundir bitta kechki ovqatning narxi. Vaqt esa hammada bir xil.
Deylik oyliging 3 000 000 so’m. Demak kuniga 100 000, soatiga 12 500 so’m topasan. Qimmat bir restoranda 110 000 so’mga ovqatlanmoqchisan. Bu pulga 110 000 sifatida emas bir kunlik umring sifatida qara. Bir kuningni sarflashga arziydimi shu tushlik?
Oddiy maoshga ishlaydigan tanishlarim 1000$ lik smartfon olsa, qo’rqib ketaman. 500 – 1000 soat umringga sotib olding shu telefonni! Shu soatlarini kitob o’qishga, oilasi bilan suhbatlashishga, til o’rganishga, do’stlari bilan ko’rishishga yoki potolokka tikilib yotishga sarflashi mumkin edi. Yo’q u bitta matoh sotib oldi.
O’zi bir marta yashaymiz-ku degan bahonalar o’tmaydi. Вот именно o’zi bir marta yashaymiz. O’sha sarflab yuborgan 500 soating senga qaytmaydi boshqa. Shuning uchun ham ehtiyojlardan ortgan pullarni faqat resurslarga almashtirish kerak. (Ilm, bilim, kasb o’rganish, dam olish, sayohat, biznes)
Shunday hisob kitobga o’tganimdan keyin, bema’ni haridlarim ancha kamayib, qanoat qilish hissim ancha oshdi.
Eh boriga qanoat qilib yashashdan zo’ri yo’q-de baribir. Shundaymas-mi?

Bolalarga yaxshilik
Yoshligingni esla. Sen bolalik paytingda seni jiddiy olib xuddi kattalardek gaplashgan kishilar bo’lganmi? Albatta bo’lgan. Va sen ularni hozir ham juda yaxshi eslaysan va hurmat qilasan.
Yaxshilik qilmoqchimisan? Yosh bolalarga qil. Albatta o’z farzandlaring haqida gapirmayapman. Hamma o’z farzandiga yaxshilik qiladi. Men begona bolalar haqida gapirayapman. Ular bilan suhbat qur. Jiddiy suhbat. Xuddi katta odamni eshitganday sabr bilan eshit va maslahatlar ber. Oddiy narsadek ko’rinadi to’g’ri. Lekin juda ko’pchilik bizda bolalarni mensimaydi. “Bor ashetta o’yna!” deb jerkib berishadi.
Sen boshqacha bo’l. Ularni jiddiy qabul qil. Yillar o’tadi va yosh murg’ak qalbga berilgan oz e’tibor yuz barobar ko’p bo’lib qaytadi. Unutilib ketmaysan, ishon. Chunki 1-sinfga qatnagan paytlarim men bilan suhbat quradigan Ergash amakini, mashina haydashni o’rgatgan Aziz akani, kompyuterimni tuzatib bergan Farhod akani, o’qishga motivatsiya uyg’otgan qo’shnimni hali ham eslayman(aksar maktab o’qituvchilarimni eslolmasam ham). Ularni bo’lsa bu qilgan ishlari eslarida ham bo’lmasa kerak.
Sen uchun bu kichik bir amal, yosh bola uchun katta bir voqea bo’lib qoladi. Va umuman olganda bolalarga kattalardek e’tiborli bo’lish aslida sunnat, qilsang kam bo’lmaysan.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni ota-onalarimiz maktab almashtirish nimaligini bilishmagan. Lekin yoshlar orasida bitta maktabga borib o’shani bitkazayotganlar kamayib ketyapti. Odamlar nima uchun qadrdon do’stlari, o’rgangan o’qituvchisini tashlab maktab almashtirishayotganiga qiziqsang - videoni ko’r.
@merit_school
@azizrahkimov_blog
@merit_school
@azizrahkimov_blog
Uchrashuvda savollar
Uylanish bo’yicha biroz tajriba yig’ib qo’ygan inson sifatida, turmush qurish uchun qiz tanlashda senga beradigan maslahatlarim bor (so’ramagan bo’lsang ham):
• Qiz chiroyli bo’lishi shart emas, lekin o’zini chiroyliroq ko’rsatishga harakat qilmaydigan bo’lsin. (Yasan tusanga berilmagan)
• Qomati ketvorganini emas, qomatini berkitadiganini qidir. (Keng kiyinadigan)
• Qaysidur institutni tugatgan bo’lishi shartmas, lekin ilmga qiziqadigan bo’lsin.
• Bo’sh paytida nima ish qilishini so’ra, serial ko’raman, ashula eshitaman desa, izlashda davom etaver.
• Yaxshi ko’rgan insonlarini so’ra, artist va qo’shiqchilarni sanab bersa, tanlovingni almashtirish haqida o’ylab ko'r
Va eng muhimi o’zingni to’g’irlab ol. Bomdod payti pishillab uxlab yotadigan bola soliha qiz qidirishi to’g’risi ensani qotiradi.

Zerikish
Yoshing katta bo’lgach seni tark etmaydigan doimiy hissiyotlardan biri bu zerikish hissi. Hayotdan zerikasan, ishdan zerikasan, yakshanbani o’tkazishdan zerikasan. Ayniqsa hozir, karantin paytida zerikmaslik uchun hamma narsaga tayyor bo’lsang kerak.
Hamma bu muammoni turlicha hal qiladi. Nimadirlarni o’rganishni boshlaydi, youtubeni titkilaydi, o’rtoqlariga talpinadi.
Aslida esa yechim oddiy. O’z boshingga sarguzasht(muammo) qidirishing kerak. Qachon oxirgi marta shaharning narigi burchagida pulsiz qolib ketding? O’zingni (kichik bo’lsa ham) ishingni boshlading? Katta auditoriya qarshisida so’zga chiqding? Karantin tufayli qiynalib qolganlarga yordam berding? Yoki hech bo’lmasa ko’chada laycha kuchukdan qochding?
Комфортный hayot seni nafaqat zeriktiradi balki zaif qilib qo’yadi. Istalgan bitta mashhur filmni ol. Bosh qahramon qulay hayotda yashab turib jiddiy muammoga uchrab qoladi. Va sen bir yarim soat bosh qahramon o’sha проблемани решать qilishini miriqib kuzatasan. Aynan sarguzasht va muammolar odamni kuchli qiladi, haftasiga uch marta zalga chiqish emas.
Xo’sh, nima qilish kerak? Nimadan qo’rqishingni aniqlab ol. Va o’sha ishni bajarib ko’r. So’ng keyingisi, yana keyingisi va h.k.
Misollar:
-Yoqtirgan insoningga yozish
-Yaxshi ko’rgan bloggering bilan gaplashish
-Kambag’al qo’shningni ahvolidan habar olish
-Youtube/Telegram da blog boshlash
-Chet tilini o’rganishni boshlash
P.S.
Senga bir sirni ochaman. Menam kameraga gapirishdan qo’rqardim. Hozir esa gapiraverib, gapiraverib oddiy xol bo’lib ketgan. Hattoki YouTube kanal ochib yubordim)