AzizDev | Dashturlash
118 subscribers
59 photos
1 video
1 file
75 links
🧬 Young Lord of Code
👨‍💻 Backend Engineer from the Future
⚙️ Laravel | Scaling | Microservices
🐲 Dragon-born ideas & legendary code
📡 Connect: @Isroilov_Azizbek
Download Telegram
🗝 Laravel’da APP_KEY nima o‘zi va nima uchun kerak?
Ko‘pchilik .env faylida APP_KEY ni ko‘radi, lekin uning asl vazifasini chuqur tushunmaydi.
Keling, Laravel’dagi APP_KEY haqida sodda va tushunarli qilib tushuntiramiz:

📌 APP_KEY bu nima?
APP_KEY — bu Laravel ilovangizda ma’lumotlarni
🔐 shifrlash (encrypt) va
🔓 ochish (decrypt) uchun ishlatiladigan asosiy maxfiy kalit.
U config/app.php faylida saqlanadi.

🔐 U nimani shifrlaydi?
❗️ Session ma’lumotlari (agar SESSION_DRIVER=cookie bo‘lsa — albatta muhim)
❗️ Crypt::encrypt() va decrypt() funksiyalari orqali yuboriladigan ma’lumotlar
❗️ Shifrlangan tokenlar (signed URLs, email verification, reset password links)
🚫 Parollar emas — ular bcrypt bilan hashlanadi

⚠️ APP_KEY yo‘q yoki noto‘g‘ri bo‘lsa:
Laravel ma’lumotlarni ochishda xatolik beradi
Session ishlamaydi
Signed URL’lar ishdan chiqadi
Ilova umuman o‘chib qolishi mumkin

🚨 Xavfsizlik nuqtayi nazaridan:
🔒 APP_KEY hech qachon GitHub’ga tushmasligi kerak!
🕵️‍♂️ Sizib chiqqan bo‘lsa — xuddi eshik kalitingiz yo‘qolgandek:
➡️ Darhol yangisini yarating!
➡️ Barcha tokenlarni bekor qiling!

Xulosa:
APP_KEY — bu Laravel ilovangizning yuragi ❤️
Uni ehtiyot qiling, himoyalang, va hech qachon Git’da saqlamang!
Laravel’da xavfsizlik shu kalitdan boshlanadi 💡


#Laravel #SecurityTips #LaravelTips
🔥7
💻 21 yil oldin DHH (David Heinemeier Hansson) dunyoga Rails’ning birinchi versiyasi — v0.5.0 ni taqdim etdi va shu so‘zlarni aytdi: "Bu loyiha omma oldida o‘sib boradi."

U yanglishmadi.


O‘shandan beri Ruby on Rails butun dunyo bo‘ylab minglab kompaniyalar uchun asos bo‘ldi, cheksiz dasturchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va o‘zining asosiy qadriyatlari — soddalik, nafislik va unumdorlik — ga sodiq qolib keldi.

Rails 0.5.0 chiqishi bilan "havoda qolgan g‘oyalar" davri tugadi va veb-dasturlashning yangi davri boshlandi.


📅 Asl e’lon (24-iyul, 2004):
https://rubytalk.org/t/ann-rails-0-5-0-the-end-of-vaporware/12744/1

Nega buni post qilyapman?
Sababi — Laravel (bugungi kunda PHP olamidagi eng mashhur frameworklardan biri) asosan Rails’ning falsafasi va g‘oyalaridan ilhomlanib yaratilgan. Shuning uchun biz foydalanayotgan Laravel ham aslida Rails’ning ta’sirida paydo bo‘lgan meros.

#rails #laravel #legacy
🔥7
🎯 Deadline bu shunchaki vaqt emas — bu ishonch!

Dasturchilar ko‘pincha deadline asosida ishlashadi. Ammo, afsuski, ayrimlar bor: deadline oladi, lekin uni bajarmaydi. Kechikish sabablari esa arzimas — bir qaraganda oddiy bahonalar, lekin bu holat takror va takror davom etadi.

💥 Endi bir haqiqatni aytay: agar siz freelancer bo‘lsangiz, yoki biror mijoz uchun loyihani bajarayotgan bo‘lsangiz, deadline siz va mijoz o‘rtasidagi ishonchning mezoni bo‘ladi. Vaqtida tugatilmagan ish:
1) mijozning noroziligiga sabab bo‘ladi,
2) siz haqingizda salbiy fikr shakllantiradi,
3) va eng yomoni — sizni boshqalarga tavsiya qilmaydi.

Buning ustiga, mijozning biznesi kechikadi, obro‘si tushadi — siz esa bevosita bunga sababchiga aylanasiz. Hatto, bu holatda jarimaga tortilishingiz ham mumkin.

😶‍🌫️ Bir daqiqa tasavvur qilib ko‘ring:
Agar deadline — hayotingizdagi oxirgi kun bo‘lsa-chi?
Agar shu ishni topshirmasangiz, o‘lim kutayotgan bo‘lsa?
Katta ehtimol bilan siz barcha bahonalarni unutib, ishni vaqtida va mukammal bajarardingiz, to‘g‘rimi?

Shunday ekan, muammo vazifada emas — o‘zimizda.
Qila olamiz, lekin qilmaymiz.
Bahona topamiz, lekin yechim topmaymiz.

🧠 Balki, uyg‘onish vaqti kelgandir?
Mas’uliyatli bo‘lish — bu professional bo‘lishning ajralmas qismi.
Deadline
bu sizni ushlab turuvchi zanjir emas — bu sizni tartibga soluvchi tayanch.
🔥7👍1
💡 Laravel’da composer run dev bilan bir nechta buyruqlarni bitta terminalda ishga tushirish
Laravel loyihasida dev muhitini ishga tushirish uchun odatda bir nechta terminal ochib, har birida alohida buyruqlar yozamiz:
php artisan serve
npm run dev
php artisan queue:work


Bu vaqt oladi va biroz chalkash.

Yechim: composer.json ichidagi scripts bo‘limiga o‘zingiz xohlagan buyruqlarni qo‘shing 👇

"dev": [
"Composer\\Config::disableProcessTimeout",
"npx concurrently -c \"#93c5fd,#c4b5fd,#fb7185,#fdba74\" \"php artisan serve\" \"php artisan reverb:start --debug\" \"php artisan queue:listen --tries=1 --queue=default,notifications\" \"npm run dev\" --names=server,reverb,queue,vite"
]

Endi faqat bitta buyruq yetarli:
composer run dev

Barcha servislar parallel ishlaydi
Birgina terminal yetarli
Dev muhitini ishga tushirish tezlashadi

📌 Fact: Rails da bor edi bu avval; bin/dev

#laravel #bestPractice #lifehack
🔥6👍3
🔥 Laravel’da iSeed paketi — mavjud db dagi malumotlardan seeder yaratib beruvchi qulay vosita
Odatda biz seeder yozayotganda qo‘l bilan insert array’larini yozamiz. Bu kichkina jadvallar uchun oson, lekin katta bazada juda ko‘p vaqt oladi.

🔹 iSeed bu ishni avtomatlashtiradi. U sizning ma’lumotlar bazasidagi jadvalni olib, avtomatik seeder faylini yaratadi.
👉 Masalan:
php artisan iseed users


➡️ database/seeders/UsersTableSeeder.php faylini yaratadi, ichida tayyor insert kod bo‘ladi.
Bir nechta jadval uchun:
php artisan iseed users,orders,products


Hamma jadval uchun (hech narsa bermasangiz):
php artisan iseed


🚀 Endi siz ishlab turgan loyihadagi real ma’lumotlarni osongina boshqa bazaga yoki test muhiti uchun ko‘chirishingiz mumkin.

📦 O‘rnatish juda oddiy.
composer require orangehill/iseed

#laravel #bestPractice #lifehack
🔥6
🚀 Laravel’da katta hajmdagi ma’lumotlarni tez eksport qilish
Ko‘p miqdordagi yozuvlarni Excel’ga chiqarish kerak bo‘lsa, oddiy Excel paketlari ko‘p xotira va vaqt talab qiladi.

rap2hpoutre/fast-excel esa:
⚡️ 10 000 ta yozuvni 2–3 soniyada eksport qiladi
💾 Xotiradan atigi ~3 MB ishlatadi
🔥 Juda yengil va tezkor

Backend’da tezlik va samaradorlik muhim bo‘lsa — eng to‘g‘ri tanlov.
👉 Tavsiya etaman: rap2hpoutre/fast-excel

#laravel #bestPractice #lifehack
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir kashfiyot qildim qiziq xechkim qimagan narsa : )
Instagram
😁11👍2🤯1😱1
🎉 Mustaqillik — bizning eng katta boyligimiz!
Bugun O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga 34 yil bo‘ldi.
Barchangizni ushbu qutlug‘ bayram bilan tabriklayman! 🇺🇿❤️
🎉5🔥1
Kimda qanday men xar kuni push qilaman iyun oyida(Harbiy Xizmat)da bolib qoldim 2025-xar kuni qilmoqchi edim exxxx
🔥5
🌍 Laravel’da Professional Multi Language qilishni o‘rganmoqchimisiz?
Lekin qaysi usul to‘g‘ri — Relationmi yoki JSON columnmi deb ikkilanayapsizmi? 🤔

Endi bu savolga javob topasiz!
Ushbu darsda men ikkita asosiy usulni tushuntirib beraman:
1. Alohida translation table (relation)
2. Spatie Translatable (JSON column)

🎥 YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=6akwjf40z1k

⚡️ Laravel va backend bilan qiziqqanlar uchun professional darajadagi amaliy dars!

📈 Videoda siz nafaqat kod yozishni, balki afzallik va kamchiliklarni tahlil qilishni ham ko‘rasiz. Bu sizga keyingi loyihalarda qaysi yondashuvni tanlash kerakligini aniq tushunishga yordam beradi! 🔥

#laravel #multilanguage #translation #backend #azizdev #azizdevfull #programmer #php
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2🤯1
Young Lord at 21 🥳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉9🔥21😱1
Epa Kompanyasida birinchi ish kunim ajoyib boldi manga yoqdi :)
1🔥11👏4
🚀 Laravel yangilanishidagi qulayliklardan biri

Laravel’ning yangi versiyasida error sahifalari yanada yaxshilandi. Endi developerlar uchun xatolik tafsilotlarini ko‘rish osonroq bo‘ldi.

🆕 Yangi imkoniyat:

Copy as Markdown tugmasi qo‘shildi — endi error tafsilotlarini bir klikda Markdown formatida nusxalab olish mumkin.

Bu esa AI yoki boshqa analiz vositalariga yuborish uchun juda qulay.

🔥 Kod yozishda vaqtni tejaydi va debugging jarayonini tezlashtiradi.

#Laravel #Update #PHP #Backend #AI #ErrorHandling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3🤯21
🚀 Laravel Pulse — real vaqtli monitoring tizimi!

Laravel 11 bilan birga kelgan Pulse — bu sizning ilovangizda nimalar sodir bo‘layotganini real vaqt rejimida ko‘rish imkonini beradigan kuchli kuzatuv (monitoring) panelidir.

🧠 Pulse yordamida nimalarni ko‘rish mumkin?
🔹 Eloquent query’lar va ularning ishlash vaqti
🔹 Caching va Redis ishlash statistikasi
🔹 Queue job’lar va ularning kechikishlari
🔹 HTTP so‘rovlar, xatoliklar va response vaqtlari
🔹 Reverb (WebSocket) ulanishlari va xabar oqimi

Source

#Laravel #Pulse #Monitoring #Backend #PHP #Performance #Update
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍11
🚀 Laravel Horizon — Queue'lar Boshqaruvi!

Laravel Horizon — bu Laravel queue'larini boshqarish va monitoring qilish uchun chiroyli dashboard va kuchli vositadir.

🧠 Horizon yordamida nimalarni boshqarish mumkin?
- 🔹 Queue Worker'lar - barcha worker'lar holati va faolligi
- 🔹 Job'lar va Queue'lar - bajarilayotgan va navbatdagi job'lar
- 🔹 Failed Job'lar - muvaffaqiyatsiz job'lar va ularni qayta ishlash
- 🔹 Metrikalar - job'lar soni, o'rtacha bajarilish vaqti
- 🔹 Real-Time Monitoring - dashboard orqali real-time kuzatish

📊 Afzalliklari:
- Chiroyli va intuitiv dashboard
- Oson sozlanadi va boshqariladi
- Kuchli monitoring imkoniyatlari
- Laravel bilan mukammal integratsiya
- Job'larni qayta ishlash va retry qilish

Supervisor configuration for jobs
Laravel Horizon

Manba: Laravel Horizon Documentation

#Laravel #Horizon #Queue #Jobs #Monitoring #Backend #PHP #Performance #Dashboard
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥51
🌍 Laravel loyihangizda super-tez qidiruv qilishni xohlaysizmi?
Lekin Elasticsearch og‘ir, MySQL LIKE esa sekin bo‘layapti deb o‘ylayapsizmi? 🤔

Endi bunga aniq yechim bor — Typesense!
Ushbu darsda men Laravel bilan Typesense’ni qanday to‘g‘ri ishlatish, integratsiya qilish va real tezlik farqini ko‘rsatib beraman.

📌 Videoda nimalar bor?

1. Demo — real loyihada qidiruv qanday ishlashi
2. Typesense nima? Asosiy tushuncha
3. O‘rnatish — server va lokal muhitda setup
4. Laravel bilan integratsiya — Scout orqali sozlash
5. Typesense vs SQL LIKEreal vaqt tezlik solishtiruv ⚡️
6. Scout Queue — indekslashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish

🎥 YouTube: https://youtu.be/AYSylIqJtoU?si=inC0RyLce8qlfcvC

⚡️ Laravel’da search tizimini bir necha baravar tezlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun professional darajadagi amaliy dars!

📈 Videoda siz nafaqat integratsiyani, balki arxitektura va qaysi holatda Typesense tanlanishi kerakligini ham ko‘rib chiqasiz. Bu sizga keyingi loyihalarda to‘g‘ri search stack tanlashga yordam beradi! 🔥

#laravel #typesense #search #backend #scout
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥7👍3🤩111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥10😁4👏2👍11
🔥 Backend arxitekturani to‘g‘ri tanlash — tizim muvaffaqiyatining 50% i!

Lekin ko‘pchilik hali ham savol beradi:
Monolitmi? Modular Monolitmi? Yoki Microservice? 🤔

Aynan shu videoda men ushbu 3 ta arxitektura modelini real tajriba bilan solishtirib beraman!

📌 Videoda nimalar bor?

1. Monolit — qachon eng to‘g‘ri tanlov?
2. Modular Monolit — katta loyihalar uchun balansli yechim
3. Microservices — haqiqatan qachon kerak bo‘ladi?
4. Har bir arxitekturaning plus va **minus**lari
5. Scaling, deployment, performance bo‘yicha foydali maslahatlar

🎥 YouTube: https://youtu.be/Hlp_P53sT7U?si=twVt328-p6T7KcAs

🧠 Bu dars kimga?
— Backendchi bo‘lmoqchi bo‘lganlarga
— Katta loyihalar qurayotgan dasturchilarga
— Arxitektura tanlashda adashmaslikni xohlovchilarga

Yo‘nalishingizni to‘g‘ri tanlang va loyihalaringizni professional darajada arhitektura qiling! 🚀

#backend #architecture #monolith #modularmonolith #microservices #systemdesign #laravel
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍1👏111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1😁7👍621
🔥 Modular Monolit arxitekturani to‘g‘ri qurish — toza kod va barqaror tizim garovi!

Ko‘pchilik backend loyihalarda muammoga duch keladi:
kod chalkash, o‘zgartirish qiyin, jamoa bilan ishlash og‘ir.

👉 Buning samarali yechimlaridan biri — Modular Monolit arxitektura.

Aynan shu videoda men Modular Monolit nima ekanini va katta backend loyihalarni qanday qilib to‘g‘ri modullarga bo‘lish kerakligini real tajribalar asosida tushuntirib beraman.

📌 Videoda nimalar bor?

1. Modular Monolit arxitektura nima?
2. Loyihani mustaqil modullarga ajratish usullari
3. Kodni tartibli va kengaytiriladigan qilish
4. Jamoa bilan parallel ishlash strategiyasi
5. Modullar o‘rtasidagi bog‘lanishni to‘g‘ri qurish
6. Laravel’da to‘g‘ri papka strukturasi (Modules)

🎥 YouTube: https://youtu.be/d3Zy7i2J_jQ?si=WHccJcUZ8EEZuPtU

#backend #modularmonolith #architecture #systemdesign
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32