AzizDev | Dashturlash
118 subscribers
59 photos
1 video
1 file
75 links
🧬 Young Lord of Code
👨‍💻 Backend Engineer from the Future
⚙️ Laravel | Scaling | Microservices
🐲 Dragon-born ideas & legendary code
📡 Connect: @Isroilov_Azizbek
Download Telegram
Assalomu Alaykum, barchaga!

Xudo xohlasa, ertaga 1 oylik harbiy xizmatga yo‘l olaman.
Lekin yaqinda yangilik chiqdi — endi 1 oylik emas, 3 oylik harbiy xizmat bo‘lib qolarkan. Iyul yoki sentabrdan kuchga kiradi deyishdi, shuning uchun imkon borida erta borishga qaror qildim.

Barcha duolaringizni kutaman!
Tez orada sog‘-salomat qaytaman, silar bilan — Oddiy askar Azizbek 💪🇺🇿

P.S. Sizlarga ham maslahat — imkoniyat bo‘lsa, 1 oylik bo‘lgan paytda borib oling 🙂
9🔥4😱1
Assalomu Alaykum barchaga 🐲
🔥7
🧩 Laravel Lifehack: $this->when() bilan shartli qiymatlar qo‘shing!

📦 Muammo:
API response'da har doim barcha field'larni chiqarish shart emas. Ba'zilarini ma’lum holatdagina chiqarish kerak bo‘ladi (masalan: admin bo‘lsa, ko‘rsatilsin).

📌 when() 2 ta parametr oladi:
Shart (boolean)
Qiymat (agar shart true bo‘lsa, shu qiymat qo‘shiladi)

🎯 Foyda:
Kodingiz toza bo‘ladi
API response ixcham
Performance yaxshilanadi

#laravel #api #resource #azizdev #php #lifehack
🔥7
🎬 YANGI VIDEO TEZ ORADA!
AzeMe – bu Payme integratsiyasini yuridik shaxssiz o‘rganish imkonini beradigan sandbox clone. 👨🏻‍💻

Shorts videosini ko‘ring mazza qilib kuling 😄📈:
👉 https://youtube.com/shorts/LPxSzukigx0?feature=share

📌 To‘liq video bugun soat 17:00 da YouTube kanalda chiqadi. Laravel orqali AzeMe bilan qanday to‘lov tizimi integratsiyasi qilish haqida
🔥6👍3
Laravel bilan Payme integratsiyasini o‘rganmoqchimisiz, lekin yuridik shaxssiz imkon yo‘q deb o‘ylayapsizmi?

Endi bu muammo emas — AzeMe yordamida siz payme-ni real amaliyotda test qilishingiz mumkin!

🎥 YouTube: https://youtu.be/W8ykXWrRLtI?si=6QLYKtHizXTbgWHq

⚡️ Laravel, backend va payment integratsiya bilan qiziqqanlar uchun ayni kerakli dars!

📈 To‘liq videoni ko‘rsangiz, sizni kutayotgan montajlar, dinamik editlar va energiyali uslub kayfiyatingizni ko‘taradi!
Shunchaki o‘rganish emas — ilhomlanish, motivatsiya va zavq ham bor! 🔥

#azeme #payme #laravel #dasturchilar #azizdev #azizdevfull #backenddeveloper #paymentintegration
🔥4👍1
🗝 Laravel’da APP_KEY nima o‘zi va nima uchun kerak?
Ko‘pchilik .env faylida APP_KEY ni ko‘radi, lekin uning asl vazifasini chuqur tushunmaydi.
Keling, Laravel’dagi APP_KEY haqida sodda va tushunarli qilib tushuntiramiz:

📌 APP_KEY bu nima?
APP_KEY — bu Laravel ilovangizda ma’lumotlarni
🔐 shifrlash (encrypt) va
🔓 ochish (decrypt) uchun ishlatiladigan asosiy maxfiy kalit.
U config/app.php faylida saqlanadi.

🔐 U nimani shifrlaydi?
❗️ Session ma’lumotlari (agar SESSION_DRIVER=cookie bo‘lsa — albatta muhim)
❗️ Crypt::encrypt() va decrypt() funksiyalari orqali yuboriladigan ma’lumotlar
❗️ Shifrlangan tokenlar (signed URLs, email verification, reset password links)
🚫 Parollar emas — ular bcrypt bilan hashlanadi

⚠️ APP_KEY yo‘q yoki noto‘g‘ri bo‘lsa:
Laravel ma’lumotlarni ochishda xatolik beradi
Session ishlamaydi
Signed URL’lar ishdan chiqadi
Ilova umuman o‘chib qolishi mumkin

🚨 Xavfsizlik nuqtayi nazaridan:
🔒 APP_KEY hech qachon GitHub’ga tushmasligi kerak!
🕵️‍♂️ Sizib chiqqan bo‘lsa — xuddi eshik kalitingiz yo‘qolgandek:
➡️ Darhol yangisini yarating!
➡️ Barcha tokenlarni bekor qiling!

Xulosa:
APP_KEY — bu Laravel ilovangizning yuragi ❤️
Uni ehtiyot qiling, himoyalang, va hech qachon Git’da saqlamang!
Laravel’da xavfsizlik shu kalitdan boshlanadi 💡


#Laravel #SecurityTips #LaravelTips
🔥7
💻 21 yil oldin DHH (David Heinemeier Hansson) dunyoga Rails’ning birinchi versiyasi — v0.5.0 ni taqdim etdi va shu so‘zlarni aytdi: "Bu loyiha omma oldida o‘sib boradi."

U yanglishmadi.


O‘shandan beri Ruby on Rails butun dunyo bo‘ylab minglab kompaniyalar uchun asos bo‘ldi, cheksiz dasturchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va o‘zining asosiy qadriyatlari — soddalik, nafislik va unumdorlik — ga sodiq qolib keldi.

Rails 0.5.0 chiqishi bilan "havoda qolgan g‘oyalar" davri tugadi va veb-dasturlashning yangi davri boshlandi.


📅 Asl e’lon (24-iyul, 2004):
https://rubytalk.org/t/ann-rails-0-5-0-the-end-of-vaporware/12744/1

Nega buni post qilyapman?
Sababi — Laravel (bugungi kunda PHP olamidagi eng mashhur frameworklardan biri) asosan Rails’ning falsafasi va g‘oyalaridan ilhomlanib yaratilgan. Shuning uchun biz foydalanayotgan Laravel ham aslida Rails’ning ta’sirida paydo bo‘lgan meros.

#rails #laravel #legacy
🔥7
🎯 Deadline bu shunchaki vaqt emas — bu ishonch!

Dasturchilar ko‘pincha deadline asosida ishlashadi. Ammo, afsuski, ayrimlar bor: deadline oladi, lekin uni bajarmaydi. Kechikish sabablari esa arzimas — bir qaraganda oddiy bahonalar, lekin bu holat takror va takror davom etadi.

💥 Endi bir haqiqatni aytay: agar siz freelancer bo‘lsangiz, yoki biror mijoz uchun loyihani bajarayotgan bo‘lsangiz, deadline siz va mijoz o‘rtasidagi ishonchning mezoni bo‘ladi. Vaqtida tugatilmagan ish:
1) mijozning noroziligiga sabab bo‘ladi,
2) siz haqingizda salbiy fikr shakllantiradi,
3) va eng yomoni — sizni boshqalarga tavsiya qilmaydi.

Buning ustiga, mijozning biznesi kechikadi, obro‘si tushadi — siz esa bevosita bunga sababchiga aylanasiz. Hatto, bu holatda jarimaga tortilishingiz ham mumkin.

😶‍🌫️ Bir daqiqa tasavvur qilib ko‘ring:
Agar deadline — hayotingizdagi oxirgi kun bo‘lsa-chi?
Agar shu ishni topshirmasangiz, o‘lim kutayotgan bo‘lsa?
Katta ehtimol bilan siz barcha bahonalarni unutib, ishni vaqtida va mukammal bajarardingiz, to‘g‘rimi?

Shunday ekan, muammo vazifada emas — o‘zimizda.
Qila olamiz, lekin qilmaymiz.
Bahona topamiz, lekin yechim topmaymiz.

🧠 Balki, uyg‘onish vaqti kelgandir?
Mas’uliyatli bo‘lish — bu professional bo‘lishning ajralmas qismi.
Deadline
bu sizni ushlab turuvchi zanjir emas — bu sizni tartibga soluvchi tayanch.
🔥7👍1
💡 Laravel’da composer run dev bilan bir nechta buyruqlarni bitta terminalda ishga tushirish
Laravel loyihasida dev muhitini ishga tushirish uchun odatda bir nechta terminal ochib, har birida alohida buyruqlar yozamiz:
php artisan serve
npm run dev
php artisan queue:work


Bu vaqt oladi va biroz chalkash.

Yechim: composer.json ichidagi scripts bo‘limiga o‘zingiz xohlagan buyruqlarni qo‘shing 👇

"dev": [
"Composer\\Config::disableProcessTimeout",
"npx concurrently -c \"#93c5fd,#c4b5fd,#fb7185,#fdba74\" \"php artisan serve\" \"php artisan reverb:start --debug\" \"php artisan queue:listen --tries=1 --queue=default,notifications\" \"npm run dev\" --names=server,reverb,queue,vite"
]

Endi faqat bitta buyruq yetarli:
composer run dev

Barcha servislar parallel ishlaydi
Birgina terminal yetarli
Dev muhitini ishga tushirish tezlashadi

📌 Fact: Rails da bor edi bu avval; bin/dev

#laravel #bestPractice #lifehack
🔥6👍3
🔥 Laravel’da iSeed paketi — mavjud db dagi malumotlardan seeder yaratib beruvchi qulay vosita
Odatda biz seeder yozayotganda qo‘l bilan insert array’larini yozamiz. Bu kichkina jadvallar uchun oson, lekin katta bazada juda ko‘p vaqt oladi.

🔹 iSeed bu ishni avtomatlashtiradi. U sizning ma’lumotlar bazasidagi jadvalni olib, avtomatik seeder faylini yaratadi.
👉 Masalan:
php artisan iseed users


➡️ database/seeders/UsersTableSeeder.php faylini yaratadi, ichida tayyor insert kod bo‘ladi.
Bir nechta jadval uchun:
php artisan iseed users,orders,products


Hamma jadval uchun (hech narsa bermasangiz):
php artisan iseed


🚀 Endi siz ishlab turgan loyihadagi real ma’lumotlarni osongina boshqa bazaga yoki test muhiti uchun ko‘chirishingiz mumkin.

📦 O‘rnatish juda oddiy.
composer require orangehill/iseed

#laravel #bestPractice #lifehack
🔥6
🚀 Laravel’da katta hajmdagi ma’lumotlarni tez eksport qilish
Ko‘p miqdordagi yozuvlarni Excel’ga chiqarish kerak bo‘lsa, oddiy Excel paketlari ko‘p xotira va vaqt talab qiladi.

rap2hpoutre/fast-excel esa:
⚡️ 10 000 ta yozuvni 2–3 soniyada eksport qiladi
💾 Xotiradan atigi ~3 MB ishlatadi
🔥 Juda yengil va tezkor

Backend’da tezlik va samaradorlik muhim bo‘lsa — eng to‘g‘ri tanlov.
👉 Tavsiya etaman: rap2hpoutre/fast-excel

#laravel #bestPractice #lifehack
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir kashfiyot qildim qiziq xechkim qimagan narsa : )
Instagram
😁11👍2🤯1😱1
🎉 Mustaqillik — bizning eng katta boyligimiz!
Bugun O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga 34 yil bo‘ldi.
Barchangizni ushbu qutlug‘ bayram bilan tabriklayman! 🇺🇿❤️
🎉5🔥1
Kimda qanday men xar kuni push qilaman iyun oyida(Harbiy Xizmat)da bolib qoldim 2025-xar kuni qilmoqchi edim exxxx
🔥5
🌍 Laravel’da Professional Multi Language qilishni o‘rganmoqchimisiz?
Lekin qaysi usul to‘g‘ri — Relationmi yoki JSON columnmi deb ikkilanayapsizmi? 🤔

Endi bu savolga javob topasiz!
Ushbu darsda men ikkita asosiy usulni tushuntirib beraman:
1. Alohida translation table (relation)
2. Spatie Translatable (JSON column)

🎥 YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=6akwjf40z1k

⚡️ Laravel va backend bilan qiziqqanlar uchun professional darajadagi amaliy dars!

📈 Videoda siz nafaqat kod yozishni, balki afzallik va kamchiliklarni tahlil qilishni ham ko‘rasiz. Bu sizga keyingi loyihalarda qaysi yondashuvni tanlash kerakligini aniq tushunishga yordam beradi! 🔥

#laravel #multilanguage #translation #backend #azizdev #azizdevfull #programmer #php
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2🤯1
Young Lord at 21 🥳
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉9🔥21😱1
Epa Kompanyasida birinchi ish kunim ajoyib boldi manga yoqdi :)
1🔥11👏4
🚀 Laravel yangilanishidagi qulayliklardan biri

Laravel’ning yangi versiyasida error sahifalari yanada yaxshilandi. Endi developerlar uchun xatolik tafsilotlarini ko‘rish osonroq bo‘ldi.

🆕 Yangi imkoniyat:

Copy as Markdown tugmasi qo‘shildi — endi error tafsilotlarini bir klikda Markdown formatida nusxalab olish mumkin.

Bu esa AI yoki boshqa analiz vositalariga yuborish uchun juda qulay.

🔥 Kod yozishda vaqtni tejaydi va debugging jarayonini tezlashtiradi.

#Laravel #Update #PHP #Backend #AI #ErrorHandling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3🤯21
🚀 Laravel Pulse — real vaqtli monitoring tizimi!

Laravel 11 bilan birga kelgan Pulse — bu sizning ilovangizda nimalar sodir bo‘layotganini real vaqt rejimida ko‘rish imkonini beradigan kuchli kuzatuv (monitoring) panelidir.

🧠 Pulse yordamida nimalarni ko‘rish mumkin?
🔹 Eloquent query’lar va ularning ishlash vaqti
🔹 Caching va Redis ishlash statistikasi
🔹 Queue job’lar va ularning kechikishlari
🔹 HTTP so‘rovlar, xatoliklar va response vaqtlari
🔹 Reverb (WebSocket) ulanishlari va xabar oqimi

Source

#Laravel #Pulse #Monitoring #Backend #PHP #Performance #Update
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍11