azdev.uz
85 subscribers
406 photos
134 videos
17 files
831 links
Xush kelibsiz Kamina FullStack dasturchi !
Siz mening kanalimda :
💻 IT Sohasidagi yangiliklar va darsliklar 👨‍💻
💻 IT biznes yangiliklari!
💻 WebDasturlash!
💻 Ilim bilim tajriba ko'rib borasiz!


👼Murojat va takliflar uchun : @azdev96
Download Telegram
​​🧐 Pavel Durov kimligini bilasizmi? ) Bilmasangiz tanishing unda!

💁‍♂️ Pavel Durov (10-noyabr 1984-yilda tugʻilgan) — Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlarini asoschisi. Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlarining yaratuvchisi, 30 yoshida milliarder (rubl boʻyicha).

💁‍♂️ 11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. Oʻsha paytlarda u dasturlashni chuqur oʻrganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning „zastavka“ larini dastur orqali oʻzgartirib qoʻyadi.

💁‍♂️ 2006-yilda Pavel Sank Peterburg davlat universitetining filiologiya fakultetini tamomlaydi, universitetda oʻqish mobaynida harbiy fakultetni ham tamomlab, zahiradagi leytenant unvoniga ham erishadi, u universitetni qizil diplomga bitirib, shu-yili Vkontakt ijtimoiy tarmogʻini yaratadi.

💁‍♂️ 2012-yil 19-noyabrda „Mann, Ivanov va Ferber“ nashryoti Nikolay Kononovaning „Kod Durova“ deb nomlangan kitobni chiqardi. Bu kitob Vkontakt ijtimoiy tarmogʻining asoschisi Pavel Durovga bagʻishlangan boʻlib, xujjatlar va intervyular asosida yozilgan.

PS
. Gapni qisqasi Pavel Durov bu Mark Sukerberg faqat rus varianti! 😅👍Chunki Vkontakt facebookning birga bir qilingan varianti!


👉 @procodeuz
Oʻzbekistondagi xotin-qizlar uchun bepul onlayn kurslar!

✅ 2020-yil 7-dekabr kuni Tumaris Tech loyihasi doirasida o‘zbek tilidagi onlayn kurslar birinchi toʻlqinining quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
— kompyuter savodxonligi;
— mobil dasturlash;
— veb dasturlash;
— SMM va kopirayting;
— grafik dizayn.

Kurslar o‘qish va ishidan qatʼiy nazar, Oʻzbekistonning barcha hududlarida yashovchi qiz va ayollarga taklif etiladi.

▫️ Kurslar oʻzbek tilida onlayn tarzda oʻtkaziladi.

▫️ Roʻyxatdan oʻtish muhlati: 2020-yil 7-dekabr.

ℹ️ Kurslar haqida batafsil: https://clck.ru/Ryy7h

➡️ Kurslarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/6NdhFHtgFViX2qCY6

Tumaris Tech dasturi Tadbirkorlikni va biznes muhitini rivojlantirish bo‘yicha USAID dasturi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Facebook | Instagram | Youtube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Adobe Photoshop imkoniyatlari hayotga ko'chganda nima bo'lishini ko'ring.


👉 @procodeuz
​​💁‍♂️ Stack Overflow - bu dasturchilar o'rganishlari, bilimlari bilan o'rtoqlashishlari va o'zlarining martabalarini yaratishlari uchun eng katta, eng ishonchli onlayn jamiyat(community). 50 milliondan ortiq professional va intiluvchan dasturchilar har oy Stack Overflow-ga tashrif buyurib, kod yozish bilan bog'liq muammolarni hal qilishda, yangi ko'nikmalarni rivojlantirishda va ish joylarini topishda yordam berishadi.

💁‍♂️ Bu platforma 2008-yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirgi kunga qadar 20 milliondan oshiq savollar berilgan, oyiga 100 milliondan ortiq odam tashrif buyuradi va har bitta beriladigan savol o'rtasidagi farq taxminan 14 soniyani tashkil qiladi.

💁‍♂️ Agar sizda ham dasturlashga aloqador savollar bo'lsa, ushbu saytga yozishingiz yoki qidirib topishingiz mumkin.

🧑‍💻 Link
: StackOverflow

PS. Faqat brauzerda tarjimon qo'yishni unutmang chunki malumotlar ingliz tilida!

@procodeuz
​​Youtube'da yangi loyiha boshladik!

Osmondagi bolalar - hayotning pasd-u balandiga qaramasdan o'z shijoat-g'ayrati bilan yuqori marralani zabt eta olgan, yoshlarga chinakam motivatsiya rolini bajarib beradigan insonlarni samimiy suhbat orqali o'zida jam qilgan yangi interaktiv ko'rsatuv.

Osmondagi bolalar ko'rsatuvining aktual missiyasi katta natijalarni qo'lga kiritgan yoshlarni ommaga tanitish va ularni bu yo'ldagi xato, qiyinchiliklar, to'plangan tajribalarini jamiyat bilan bo'lishishdan iborat!

Ko'rsatuvning birinchi sonida telegramda 1 million obunachisi bor, 3D Max orqali uyquda ham daromad qiladigan IT tadbirkor Abdusattor Abdurahimov bilan suhbatlashdik. Suhbat 25-noyabr soat 19:30 da quyidagi kanalga joylanadi. Obuna bo'ling va takliflar yozing. Har qanday tanqid va taklifga ochiqmiz! 😊

Obuna bo'lish
​​😊 Hammaga hayrli ko'n do'stlar!

🐘 Do'stlar yangilik Kutib oling PHP 8 !!

🐘 PHP 8: Pythondan tezroq, NodeJs kabi asinxron, C++ kabi kompilatsiya qila olish qobiliyati rostanmi digan savollar tug'uladi ?

🙈 Bir necha kundan beri tinimsiz dasturlash tillarining yangi versiyalari nima bo’lar, qanday bo’lar ekan degan savollarga javob izlayapmiz. Hozir PHPning 8-avlodi bo’lmish, PHP 8 haqida so’z yuritmoqchimisiz…..


🐘 1. Asinxronlik – Node.js ni mashxur platforma qilgan Asinxron xususiyat endilikda PHPda ham bo’ladi. Albatta boshida barcha funksiyalarni to’liq asinxron ishlatish imkoniyati bo’lmaydi, ammo bora-bora barchasi amalga oshadi!

🐘 2. Tezlik 3-4 barobarga tezlashadi (Bu borada Pythonni ortda qoldirishi kutilmoqda). Albatta bu shunchaki tahmin, yana kim biladi deysiz!

🐘 3. JIT – Just-in-time compilation – C, Java, C++, C# dasturlash tillarining mashxurligini yana bir sababi, ularda interpretatsiya (o’sha vaqtning o’zida qayta ishlash) emas,. balki oldindan kompilatsiya qilib qo’yish edi. PHP esa interpretator, real vaqt rejimida qayta ishlaydi barcha ma’lumotlarni, shuni hisobidan qotardi. PHP 8da kompilatsion rejim bo’lishi kutilmoqda. Albatta bu real server uchun ancha og’irlik qiladi, ammo o’sha vaqtda shunga mos serverlar ham bo’lsa kerak nazarimda!

😂 PHP o'ladi diganlar endi nima deyishar ekan!

👉
@procodeuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Windows 10 tizimini kompyuterga o'rnatish.

🎥 Windows 8 va 10 sistemasini o'rnatish jarayoni bir xil.


@procodeuz
​​SMM'chilar qaysi ijtimoiy tarmoqni o'rganishlari kerak?

Ijtimoiy tarmoqlar ko'p. Masalan, Instagram, Twitter, Facebook, Telegram va yana boshqalar. Ammo SMMchilar barcha ijt. tarmoqlarni o'rgana olishmaydi. Qay birini mukammalar o'rganish kerak?

Javob — Instagram.

Instagram — SMM'chilar yoqtirgan ijt. tarmoq. Shu bois, ushbu tarmoqni maslahat beramiz. O'zbekiston sharoitida Telegram ham yomon variant emas.


@procodeuz
CSS Filter Editor

Tayyor css Filter funksiyalari xohlasangiz o'zingiz olib qo'lab olishingiz mumkin yokida tayyorini proyektingizga qo'yishingiz mumkin!

Shu silka bo'yicha ko'rishingiz mumkin! 👇

https://tprg.ru/pZk9
​​#instagram #yangilik

📆 Instagram “Tadbirlar” funksiyasini ishga tushirdi.

👉 Uning ishlashi quyidagicha: post qo’yilayotgan vaqtda akkauntni “tag” qilish va lokatsiya belgilash tugmalari yonida “Add events” (“Tadbir qo’shish”) tugmasi chiqadi (Faqat biznes va avtor akkauntlar uchun).

📲 Lentadagi postning o’sha siz bilgan joyida (o’ng taraf, pastki chap burchakda) kalendar belgisi chiqadi. Ustiga bosganingizda, “Remind the event” (“Tadbirni eslatish”) menyusi ochiladi.

⏰ Keyin instagram kunlik tadbirlarni (agar “Eslatish”ni yoqqan bo’lsangiz) sizga eslatib turadi. Masalan: “Bugun sizda 2ta tadbir bor. Birinchisi 15 daqiqadan keyin boshlanadi”.

☑️ Bu funksiya yordamida 90 kungacha bo’lgan vaqt oralig’idagi tadbirlarni belgilash mumkin.

🙃 Hozircha, “Instagram Event” faqat Yaponiyada ishlayapti. Tez orada biz uchun ham foydalanish imkoni berilishiga umid qilamiz!

@procodeuz