azdev.uz
86 subscribers
406 photos
134 videos
17 files
831 links
Xush kelibsiz Kamina FullStack dasturchi !
Siz mening kanalimda :
💻 IT Sohasidagi yangiliklar va darsliklar 👨‍💻
💻 IT biznes yangiliklari!
💻 WebDasturlash!
💻 Ilim bilim tajriba ko'rib borasiz!


👼Murojat va takliflar uchun : @azdev96
Download Telegram
​​😎 Hammaga hayrli kun do'stlar!

🧞‍♂️ Bugun o'zgacha kun! Chunki bugun dasturlash tillari emas balkim mashhur bazalar haqida gaplashib o'tamiz! Tanishing MYSQL ma'lumotlar bazasi!

💁‍♂️ MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi.

💁‍♂️ Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan.

💁‍♂️ Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.

💁‍♂️ MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.

💁‍♂️ MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.

💁‍♂️ So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.

‼️ Yanada batafsil 🤖 MySQL haqida bilmoqchi bo'lsangi marhamat!

👉 @procodeuz

#html #css #php
​​👾 Hammaga hayrli kun!

😅 Kim bilardi deysiz bugun dasturchilar kuni ekan!

🧑‍💻 Tabriklaymiz! Bulajak va hozirgi dasturchilarimizni!
​​😊 Hammaga salom do'stlar!

😳 Do'stlar bugungi mavzuimiz juda qiziq bo'ladi! Web Sohasidan chiqib Android Sohasiga qo'l uramiz! Kimlardir eshitgandir kimlardir eshitmagandir Tanishinglar React Native!

💁‍♂️ React Native - bu Facebook tomonidan 2015-yil ishlab chiqilgan.U yordamida Android va IOS platformasiga dastur yozish mumkin.

💁‍♂️ Hozirda React Native tomonidan Instagram , Facebook va boshqa mobile dasturlar ishlab chiqilgan.

💁‍♂️ React native ostida ReactJS-ni amalga oshiradi. mobil ilovalar uchun komponentlarni yaratish uchun React platformasidan foydalanadi. React native ham iOS, ham Android platformalari uchun asosiy komponentlarni taqdim etadi.

💁‍♂️ React Native tarkibiy qismlaridan ba'zilari Navigator, TabBar, Text, TextInput, View, ScrollView. Ushbu tarkibiy qismlarda ichki iOS UIKit va Android UI qismlaridan foydalaniladi.

💁‍♂️ React native shuningdek NativeModules-ga imkon beradi, bu erda ObjectiveC-da iOS va Android uchun Java-da yozilgan kod JavaScript-da ishlatilishi mumkin.


P.S Barchasi JavaScriptga olib boradi! O'sha uchun do'stlar JavaScripti zo'r o'rgansak qolgani muomo emas! 😁👍

@procodeuz

#reactjs #js #css
​​😎 Hammaga salom do'stlar!

🧞‍♂️ Ko'pchilik biladi har dastur tilni o'zini kutubxonalari bor! O'zi aslida kutubhonalarni vazifasi bizning yozgan kodlarimizni ixchamlashtirib berishga javob beradi!

🤖 Bugungi mavzu JavaScriptni kutubhonalaridan biri React Js!

💁‍♂️ Reakt interfaol foydalanuvchi interfeyslar(UI)ni qiyinchiliksiz yaratish imkoni beradi. Ilovangizdagi har bir holat uchun oddiy ko’rinishni loyihalashtiring va React sizning ma’lumotlaringizni faqat o’zgartirgan tarkibiy qismlarni belgilab ularni samarali ravishda yangilaydi.

💁‍♂️ Deklarativ ko’rinishlar sizning kodingizni oldindan bashorat qilish va xatoliklarni onsonroq aniqlashga yordam beradi.

💁‍♂️ Komponentga-Asoslangan O’zining holatini boshqaradigan, keyin ularni murakkab UI ni yaratishda ishlatadigan enkapsulyatsiya qilingan komponentlar quring.

💁‍♂️ Bir marta o'rganib, har yerda yozavering: Biz sizning boshqa texnologiya to’plamingiz haqida har xil taxminlar qilmaymiz, shuning uchun mavjud kodni qayta yozmasdan React da yangi imkoniy(xususiyat)lar yartishishga imkon beradi.

📌 Yanda React haqida batafsil malumot olishingiz uchun marhamat!

@procodeuz

#html #css #js #react
😅 Faqat Frontent qismini qilinganda!

@procodeuz

#html #css
​​🎮 CSSni o'yin o'ynab o'rganing

Qiziqarli o'yin bilan bilimlar oson o'zlashtiriladi! Tasavur qiling miriqib o'yin o'ynaysiz va CSSni o'rganib olasiz. Internetda bu masalada sizga yordam beruvchi ba'zi saytlar mavjud.

- Grid Garden
CSS Grid'ni o'rganishga ko'maklashadi. Bog'ni tartibga soling va o'yinda g'olib bo'ling. Shu bilan birga CSS Grid bo'yicha bilimlaringizni mustahkamlab olasiz.

- Grid Critters
O’yin sizga CSS Grid'ni o’zlashtirishga ko’maklashadi. Siz kosmik kemani boshqarasiz va Grideros sayyorasi aholisini Grid yordamida himoya qilasiz.

- Flexbox froggy
CSS Flexbox'dan foydalanib qurbaqalarni o'z o'rniga qaytarishga yordam bering. O'yin 24 ta bosqichdan iborat bo'lib barchasi juda qiziqarli. Oxirgi bosqichdan siz ham o'ta olasizmi buni hoziroq tekshiring

- Flexbox Zombie
CSS Flexbox'ni epchillik bilan o'rganing. Buni zombilarga qarshi ishlating. O'yin 12 bosqichdan iborat. Buning uchun saytda ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

- CSS Diner
CSS ni ham o’zlashtirishga, ham sahifalashning tayanch qoidalarni eslashga yordam beradi. Mahsulotlarni joylashtiring va dasturxonni to’g’ri buyruqlar orqali bezating, o'yin esa ko’rsatmalar bilan yordam beradi. Oson tuyulishi mumkin, ammo bo’shashmang – bu yerda 32 ta bosqich, har biridan so’ng vazifalar murakkablashib boradi.

@procodeuz

#css #html
​​😎 Hammaga hayrli kun Do'stlar!

🧞‍♂️ SMM sohasiga qiziqadiganlar uchun post!

💁‍♂️ SMM(Social Media Marketing) - ijtimoiy tarmoqlarda marketing - bu mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.

💁‍♂️ Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra, mijozlar biron tovarni sotib olishdan yoki xizmatdan foydalanishdan avval o'rtacha 10.4 ta maqolani o'rganib chiqishar ekan. Oddiy foydalanuvchi o'rtacha 5.8 ta akkauntga ega bo'lib, ularni 2.8 tasidan faol ravishda foydalanar ekan. Bu esa mahsulot yoki xizmat egalarida aynan shu muhitlarda foydalanuvchilar bilan aloqani yo'lgda qo'yish, o'z mahsulot yoki xizmarlarini aynan shu muhitlarda reklama qilish, uni qo'llab-quvvatlash zaruratini tug'diradi.

💁‍♂️ SMM yordami bilan hal qilish mumkin bo'lgan vazifalar:
👾 brend yaratish va uni yurgizish/tanitish;
👾 brendni mashhur qilish, unga bo'lgan qiziqishni oshirish;
👾 kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
👾 mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo bo'lgan savollar tezkor javob berish, xizmat ko'rsatish.

💁‍♂️SMM hozirda bajaradigan vazifasiga ko'ra noananaviy qurollardan biri hisoblandi. Shunga qaramay, hozirda ko'pchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi.

🧑‍💻 P
.S shunday ekan SMM sohasi hozirda zamonaviy kasblardan biri hisoblanadi! Dasturchilar uchun SMM nima ahamiyati bor dib o'ylaysiz? Izoh qoldiramiz!

@procodeuz

#smm #hmtl #css
​​😊 Dizaynerlarimiz uchun 14 eng zo'r yardamchi dastrular!

🧞‍♂️ Maqolaning egasi dizaynerlar uchun eng ko'p qo'lanadigan dasturlar haqida ko'rsatib bergan! Bu dasturlar orqali dizaynerlarimiz ishini tezkor bajarishadi!

👉 https://tprg.ru/cEWT

@procodeuz
​​😊 Hammaga Hayrli kun do'stlar!

🤩 Bugungi mavzuimiz Web-Dizaynerlar haqida!

💁‍♂️ Web-dizayner bu, web-sahifa dizaynini yaratadigan va ularni veb-saytlarga birlashtiradigan, internet texnologiyalarini tushunadigan, badiiy did va bilimga ega bo'lgan shaxs. Web-dizaynerning asosiy vazifasi, Internet-loyihaga imkon qadar ko'proq foydalanuvchilarni qiziqtirishdir.

💁‍♂️ Web-dizaynerning ikkinchi asosiy vazifasi, internetning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, loyihaning uslubiy dizaynini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'lishdir.

💁‍♂️ Boshqacha qilib aytganda, loyihani amalga oshirish uchun u, tarmoq tomonidan belgilangan standart talablarga javob berishi kerak, masalan: grafik elementlar (logotiplar, bannerlar, chizmalar va boshqalar) optimallashtirilishi kerak, rang va shriftni tanlashda, foydalanuvchi, loyihaning grafik ko'rinishini qog'ozda emas, balki monitorda ko'rishini inobatga olishi kerak.

💁‍♂️ Agar grafik-dizayner faqatgina rasmlar va videolar bilan ishlaydigan mutaxassis bo’lsa, web-dizaynerning ishi keng qamrovli bo’ladi. Bularga:

🧞‍♂️ Sayt dizayni
🧞‍♂️ Server rejasini ishlab chiqish
🧞‍♂️ Web-hujjatlarning uslubiy namunalarini yaratish
🧞‍♂️Internet tugun bilan ishlash
🧞‍♂️Statistik ishlov berish uchun ilovalarni yaratish.

😎 Web-dizayner bo'lishni va birinchi web-saytni yaratishni xohlaydiganlar uchun «minimal talablar» juda oddiy. Agar papkalar, grafik matnli fayllar haqida tasavvuringiz bo’lsa, boshlashingiz mumkin.

@procodeuz

#photoshop
​​😎 Do'stlar hammaga salom!

🐘 PHP
sevadiganlar uchun zo'r fremvork bu Symfony! Yaqinda Symfony o'zining saytida 🎼 «Symfony 5»: "Tezkorlik bilan boshlash" degan onlayn kitobini chiqardi! Faqat rus tilida! Kitob boshlang'ichlar uchun ham zo'r keladi!

😜 Eng yaxshi tamoni esa kitob onlayn tarizada 100% bepul taqdim etildi!

https://tprg.ru/8iSZ


@procodeuz
#php #bekend #css #html
​​😄 Kelinglar frilanser bo'lib ishlaymiz!

🏖 Frelanser kim? Shu so'zni bilmidiganlar uchun!

💁‍♂️ Frilanser soʻzi inglizchada "freelancer — shtatsiz ishchi, xususiy mutaxassis maʼnosini anglatib, bu istiloh ilk marotaba Volter Skotning „Ayvengo“ romanida „Oʻrta asrlardagi yollanma askar“ maʼnosida qoʻllanilgan.

💁‍♂️ Bugun esa internet, bosma eʼlonlar yoki shaxsiy aloqa kanallari orqali oʻz xizmatlarini taklif qiluvchi turli soha mutaxassislari frilanser deb ataladi.

💁‍♂️ Frilanserlar, kimning puli ko’p bo’lsa, o’sha tomon uchun jang qilganlar. Hozirgi zamonaviy “bo’sh ishchilar” biz aytgan ota-bobolaridan farqli o’laroq, jang uchun klaviatura, sichqoncha, planshet va internetga o’xshashlarni ishlatishadi.

💁‍♂️ Frilanser ish beruvchining doimiy ishhi-xodimi sanalmaydi, bir martalik vazifalarni bajaradi, evaziga kelishilgan pulini oladi. Buyurtmachi (ish beruvchi) bilan masofadan turib bo’glaniladi, ko’p hollarda ijtimoiy tarmoqlar orqali, elektron pochta, Skype, whatsapp, telegram va boshqa xokazo.

👩‍🎨 Bu yerda eng foydali kasblar ro’yxatini keltiramiz, ularni bilgan odam frilanserlik qila oladi:
👨‍💻Dasturchi (IT)
👨‍💻Dizayner (web-dizayn, illyustratsiya)
👨‍💻 Kopirayter (kopirayt, rerayt, tarjima qilish)
👨‍💻SEO-mutaxassis (saytlarni yurgazish)
👨‍💻3D-modellashtirish bo’yicha mutaxassislar
👨‍💻Poligrafiya maxsulotlari bo’yicha verstalshik
👨‍💻Marketolog (reklamachi)
👨‍💻 Injener, arxitektor
👨‍💻Autsorser, konsultant, kouch (biznes trener)
👨‍💻 Fotograf, illyustrator

🏝 Batafsil Frelanserlik va qanday qilib frilanser bo'lish mumkinligi haqida youtube kanalimizda yoki matn sifatida shu yerda o'qishingiz mumkin!

@procodeuz

#frelanser #webdasturlash
​​😐 Frilansmi yoki ofisda ishlash yaxshimi?

🗿 Salom do'stlar bu savolga
Youtube kanalimizda aval ham javob berib o'tkan edik!

🤓
Mayli o'qishni yaxshi ko'radiganlar uchun post sifatida qoldirib qo'yamiz! Avalom bor kelinglar ofisda ishlash taraflarni ko'rib chiqamiz yaxshi va yomon tomonlarni.

😺 Yaxshi tomonlardan biri:
▪️Tajriba, yaʼni maxsus yillik tajriba orttirib katta lavozimlarga o‘tish imkoniyatlar bo‘lishi mumkin! Albatta bu siz qaysi kompaniyada ishlashingizga bog‘liq!
▪️Pulingizni o'z vaxtida olishingiz!

😼 Yomon tomonlardan esa:
▫️Belgilangan soatda ishlashingiz!
▫️Ustingizda bir necha boshliqlar sizni boshqarishi!


🏖 Frilansda esa hayot boshqacha!

😺 Frilansning Yaxshi esa:
▪️ Voxtingizni o'zingiz belgilaysiz!
▪️ Xohlagan voxtingiz ishlaysiz xohlagan joydan turib internet bo'lsa yetar!
▪️ Tepangizdan asabingizni buzadigan boshliqlar bo'lmaydi!

😼 Yomon tomonlaridan esa:
▫️ Tajriba sekin o'sishi!
▫️ Pulingizni aldab bermasligi mumkin!
▫️ Konkurentlar ko'pligidan qo'rquv sindromi paydo bo'lishi!
😅 Ohirigi gapimizda yomon tomonlari emas bu mativatsiya yetmagan inson nazarda tutilgan edi! Ha do‘stlar Frilanserda jiddiy bo‘lmagan yoki tayyor bo‘lmagan insonlarni qabul qilmaydi! Frilanserga tayyor bo‘lib kirish kerak va konkurentlardan o‘zish kerak bo‘ladi!

🧑‍💻 Frilans yoki ofis haqida batafsil bilib olishingiz mumkin! Yoki Youtube kanalimizda yanada batafsil maʼlumotlar olishingiz mumkin!

🤓 Do'stlaringizga ham yuboring!

@procodeuz
​​😊 Hammaga salom do'stlar!

👾 JavaScript Fremvorklarini ko'rib chiqishni davom etamiz! Kutib oling VueJs!

♻️ Vue.js
- bu Evan You tomonidan yaratilgan ajoyib JavaScript ramka. U bitta veb-sahifa va moslashuvchan tarkibiy qismlarni yaratishda ishlatiladi va bu Front End Web-ni ishlab chiqishda talab qilinadigan ko'nikmalardan biridir. Siz bu erda Vue.js haqida ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.

♻️ Vue.js sizga qayta ishlatiladigan veb-komponentlarni yaratishga imkon beradigan bir qator xususiyatlarni taqdim etadi. Yo'naltirish bu usullardan biridir. Bu foydalanuvchiga sahifani yangilamasdan sahifalar o'rtasida almashish imkonini beradi. Bu sizning veb-ilovalaringizda navigatsiyani oson va yoqimli qiladi.

@procodeuz

#vuejs #reactjs
​​😅 Bu mavzu ko'p dasturchilarimizga yoqish kerak!

👾 Xakerlar aslida kim?

🧑‍💻
Pinhoniy xavf kundalik turmushimizga kirib kelgan kompyuter texnologiyalari bugun hayotimizning muhim jihatlaridan biriga aylanishi bilan birga bizni o'z yo'rig'iga ham boshlayapti. Hozir shaxsiy kompyuterga ega bo'lmagan odam yo'q hisobi. Ammo ular orasida asr mo'jizasi imkoniyatlaridan g'arazli maqsadlarda foydalanuvchilar ham topiladi. Shu bois, kompyuterlarga kirishni qulf(parol)lash va begonalardan asrashga ehtiyoj tug'ildi. Qarangki, ehtiyotkorlik oshgani sari ularga qarshi xurujlarning turi ham ko'pa­yib borayapti. Bu faoliyat keng jamoatchilik tomonidan xakkerlik deb yuritiladi.

💁‍♂️ Hozir
xakerlar puldor shaxslar, tashkilotlar, banklar va hatto davlatlar manfaati uchun ham jiddiy xavf tug'dira boshladi. "Xakker" atamasi dastlab matematik masalalarni "aylanma yo'llar" bilan hal qiluvchilarga nisbatan haqorat sifatida ishlatilgan. Xakkerlik tufayli kompyuter ishqibozlari obro'li va xavfli bo'lib kelmoqdalar.

💁‍♂️ Uning asoschisi mash­hur matematik Jon Nesh hisoblanadi.

🧞‍♂️ 1) 1972 - yilda 1- texnologik xakkerlik sodir etilgan. Hushtak chalish orqali tekin qo'ng'iroqlar qilina boshlandi. Buning uchun kishilar Cap'nCruch – bodrog'i qutisidan chiqadigan hushtakdan foydalanishardi. Hushtak tovushining chastotasi telefon kompaniyasining ichki avtorizatsiya tizimiga kirish imkoniyatini berardi.

🧞‍♂️ 2) Dunyoda Iyen Myorfi og'ir jinoyat bilan ayblangan birinchi xaker sifatida ro'yxatga olingan. U 1981 yilda AT&T kompaniyasi kompyuteriga yashirincha kirib, soatini o'zgartirib qo'yadi. Bu foydalanuvchilarga kunduz kuni tungi chegirmali tarif bo'yicha qo'ng'iroq qilish imkoniyatini bergan.

🧞‍♂️ 3) Kevin Mitnik bir vaqtlar qidiruvdagi "eng kerakli xakker" bo'lgan. U buzgan serverlarning kompaniyalari DEC, IBM, PACIFIC BELL. Prokurorlar Kevin Mitnik taksafondan hushtak chalib yadro qurolini ham ishga tushira olishiga ishonardilar.

🧑‍💻 Batafsil
👉 xakerlar haqida shu yerdan bilishingiz mumkin!
💁‍♂️ Haqiqiy xaker bilan suhbatni ham ko'rishingiz mumkin! 👉 YouTube!

@procodeuz

#xaker #html #css
😅 Hayrli kun! )

css:
.bankomat {
position: relative; top: -100cm;
}

@procodeuz
#css #html
Asosiysi muhit yaxshi bo'lsin! 😅


@procodeuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊 Hayrli kun do'stlar!

Eng taniqli bekend Fremworklari!
2012-2019

😅 PHP o'rganishga boxona! Chunki Laravel ko'rib turganingizdek 1 o'rinda!


@procodeuz
#php #html #css
​​😅 Imperator Works J20 Dasturchilar uchun yangilik! Endi dasturchilarimiz bu komyuter stolida o'tirib haqiqiy imperatordak o'zini his qilar ekan!

👾 Sotib omoqchi bo'lganlar uchun Amazon, Aliexpress sotuvda ekan )) Narxi 2000$ boshlab yuqorisi!

@procodeuz
​​Dasturchilar windows o'rnatuvchi emas

🤔 Dasturchi deganda koʻz oʻngingizga kim keladi?

Ko'pchiligimiz kompyuter tuzatuvchilar, printer sozlovchilar, windows va programmalar yozib beruvchilarni, xalq tilida "Programmist" ya'ni dasturchi - deb odatlanib qolganmiz.

😎 Ha-da, printer buzilib yoki boʻyog'i tugab qolsa, kompyuterimizda muammo bo'lib, windowsni yangilash kerak bo'lsa, kompyuter oldida klaviaturani shaqillatib oʻtiruvchi oʻsmirlarga besh-oʻn soʻm bilan tuzattiramiz-ku?! Shular dasturchi boʻlmay, boshqa kim?

Dasturchilar, aslida printer yoki windows ustasi emas. Kompyuter oldida bir nimalar bajaradigan bolakay ham emas.

💪 U — noyob kadr. U shunday kadrki, davrada bor-yoʻqligi sezilmaydi. Galstukli kishilar qatorida savlat toʻkib oʻtirmaydi, koʻkrak kerib maqtanmaydi.

U — juda kamtar, kamsuqum. Ammo qilgan ishlarini koʻrsangiz, hayratdan yoqa ushlashingiz mumkin. Chunki dasturchilar murakkab kompyuter dasturlarini, yangiliklarni oʻqishda siz-u bizga qulaylik tugʻdiruvchi saytlar, dasturlar, ilovalarni tuzib chiqadilar.

📈 Eng muhimi, bunday mutaxassislarga talab yil sayin oshsa, oshyaptiki, kamaymayapti.

@procodeuz
#html #css
😅 Hayrli kun do'stlar!

😂 Nodejs Dastruchilarimiz tushunishadi!

@procodeuz