azdev.uz
86 subscribers
406 photos
134 videos
17 files
831 links
Xush kelibsiz Kamina FullStack dasturchi !
Siz mening kanalimda :
💻 IT Sohasidagi yangiliklar va darsliklar 👨‍💻
💻 IT biznes yangiliklari!
💻 WebDasturlash!
💻 Ilim bilim tajriba ko'rib borasiz!


👼Murojat va takliflar uchun : @azdev96
Download Telegram
​​#kinovaqti #yakshanba #tavsiya

💁🏻‍♂️ Karantinda deyarli hamma uyda. Haftada 7 kun dam olish. Shunday bo'lsa ham, baribir yakshanba biz uchun boshqacha kun.

🤦🏻‍♂️ Chunki, yoshligimizda maktabdan, keyin universitetdan, so'ngra ishdan biroz dam olish, organizm va miyaning ish faoliyatini qayta tiklashi uchun sharoit yaratish uchun yakshanbani kutib katta bo'lganmiz.

🏡 Odatda yakshanba kuni IT va digital mutaxassislari uchun kompyutersiz kun bo'ladi. Biz bu kunni oila davrasida o'tkazishga harakat qilamiz. Kuni bo'yi oila bilan tushlik, suhbat, qiziqarli nimadirlar, kechqurun esa biror qiziqarli film...

📺 Quyida yakshanba tunlarini men uchun qiziqarli va foydali qilgan ba'zi filmlar ro'yxatini siz bilan o'rtoqlashmoqchiman:
1. Silikon vodiysi
2. Stiv Jobs
3. Ijtimoiy tarmoq
4. Maxfiy fayl
5. San'at va nusxa
6, Chekkaningiz uchun rahmat! (Bu yerda chekishadi)
7. Pi avlod
8. Katta hak

Bugun, kechki ovqatdan so'ng kola bilan ermakka biror narsa olingda, hech bo'lmasa, shulardan bittasini ko'ring. Reklama, media, digital va IT'ga qiziqmasangiz ham bir nimalarni bilib olsangiz bo'ladigan filmlar bular. Shaxsan men ketgan vaqtimga achinmaganman.

P. S. Aytib qo'yishim kerak, Silikon vodiysidan boshqa hamma filmlarning rus tilidagi talqiniga havola qoldirilgan.

P. P. S. Kinoni rasmdagilarga o'xshab ko'raman deb, yarmida uxlab qolmang!

@abalog
Freelance Birjalari va Internetdagi biznes turlari haqida 100% to'g'ri-to'liq ma'lumot berib boruvchi kanal! Bu kanal orqali o'zingizga biror foydaliroq ish yoki ma'lumot topishingiz mumkin!

📱 https://t.me/Internetdagi_biznes 📱
😅 Foydalanuvchilardan keldi!

🤦‍♂️ CSS yaxshi tushunadigalar bilishadi!


@procodeuz
​​Dasturchilar nega koʻp dasturlash tilni bilish kerak?

Bir necha 10 yillar avval, yaxshi yashash va yetarlicha mablagʻ topish uchun bitta dasturlash tilini bilish kifoya edi. Ammo hozir maktab oʻquvchilari ham bir nechta dasturlash tillarini bilishadi.

📶 Nega hozir bir nechta dasturlash tilini oʻrganish kerak?

1️⃣ Har bir topshiriqning oʻz ish qurollari mavjud.
Umuman olganda birgina dasturlash tili bilan ham koʻp ishlarni amalga oshirsa boʻladi, ammo, har bir dasturlash tilining oʻzining kuchli va ojiz tomonlari bor. Shuning uchun topshiriqlarni unga mos tushuvchi dasturlash tilida bajarish, ishlaringizni ancha effektiv amalga oshirishga yordam beradi.

2️⃣ Yaxshi ish joyiga ega boʻlish. Koʻpgina kompaniyalar oʻz faoliyatlarida bir nechta dasturlash tili orqali amalga oshiradilar. Shu sababli ishchilardan ham bir nechta dasturlash tilini bilish talab etiladi. Agar kompaniya faqat birgina dasturlash tiliga fokus qaratsa ham, sizning bir nechta dasturlash tilini bilishingiz, lavozimingizni oshirilishiga sabab boʻladi.

3️⃣ Zamon oʻzgarishi sizga taʼsir qilmaydi. Bir necha 10 yillar avval koʻp dasturchilar Ruby dasturlash tilini ishlatishar va JavaScriptdan uzoqroq boʻlishni istashar edi. Ammo, hozir esa vaziyat qanday holatda ekani barchaga maʼlum.

🚀 Chunki dunyo oʻsishda davom etar ekan, texnologiyalar ham toʻxtab qolmaydi, talab va taklif kuchaygani sayin qoʻllanilayotgan resurslar va ish qurollari ham oʻzgarib boradi. Koʻp dasturlash tillarini bilish esa sizga, bu oqimda bir meʼyorda suzishingizni taʼminlaydi.

@procodeuz
​​😎 Hammaga hayrli kun do'stlar!

😊 Ko'p talablarga binoan yaqin orada youtube kanalarimizda JavaScript darslardan qo'ymoqchiman! Va ushbu boshlanish qismida videoda nega JavaScript o'rganish kerak va qanday qilib ishga kirish mumkin bo'ladi bu bilimlar bilan-digan savollarga javob berib o'taman!

👌 Bu videoni hohlagan html, css biladigan odamlar ko'rishi mumkin!

👍 O'rganilar bilim olishdan to'xtamanglar!

😊 Xurmat bilan @fructik

@procodeuz
🔋Tashqi akkumlyator - Power Bank tanlash haqida

Hozirgi kunda Power Bank ancha talabgor tovar bo'lib qoldi, chunki smartfonlar akkumlyatori foydalanuvchilar talab qiladigan darajada katta quvvatga ega emas.

Demak, ehtiyoj katta bo'lgan tashqi akkumlyatorni qanday tanlash bo'yicha maslahat:

💡Hajm (mAh)
Hajm bu har bir akkumlyatorning asosiy parametrlaridan biri. Nimani quvvatlash uchun kerak? degan savolga javob bering, so'ng quvvatini belgilaysiz:
🔸 Bluetooth naushnik, smart soatlar, fitnes garnitura uchun: 5000 mAh.
🔸 Smartfon uchun: 8000 mAh'dan kam emas.
🔸 Planshet, notebook uchun: 16000 mAh'dan kam emas.

💡Tok kuchi (A)
Bu parameter to'g'ridan-to'g'ri quvvat berish va olish tezligini belgilaydi, qancha katta bo'lsa shuncha tez zaryad oladi yoki beradi. Tanlov input/output uchun 2 amper(2A)dan kam bo'lmasin, chunki Power Bank'ga birdaniga 2 ta qurilma ulansa tok kuchi bo'linib ketadi va zaryad berish tezligi kamayadi. Quick charge uchun 3 A.

💡 Port
Sizdagi qurilma qanday portlar qabul qiladi? shunga qarab tanlaysiz, kelajakda nima bo'lishini bilmaysiz, shuning uchun har xil portli tashqi akkumlyator oling.
🔹Input uchun: microUSB, Type-C, Lightning
🔹Output
uchun: bir necha USB port

💡Akkumlyator turi
Boshingizni og'ritish niyatm yo'q: tanlov yoki litiy-polimerli yoki litiy-ionli akkumlyator.

💡Indikator yoki displey
Bu sizning tanlovingiz lekin zaryadni ko'rsatadigan biror nima bo'lsin albatta. Displeyli PowerBank indekatorliga Power bankga qaraganda sal qimmatroq. Displeyli PowerBank zaryadni aniqroq ko'rsatadi.

💡Tashqi ko'rinish
Tashqi ko'rinish ham o'zingizning tanlovingiz, men uchun ideal holat smartfon bilan bir hildagi PowerBank. Korpus iloji bo'lsa metaldan qilingan bo'lsin.

💡Qo'shimcha funksiyalar
Power Bank ishlab chiqaruvchilar har bir qo'shimcha funksiya uchun narhini oshirishadi, qanday qo'shimcha funksiyalari bor?
📍quyoshdan zaryad olish;
📍simsiz zaryad qilish;
📍suvga chidamlilik
📍fonar o'rnatilgan bo'lishi mumkin;
📍yerga tushganda chidamlilik;

☝️Yana bir muhim narsa, agar sizning smartfoningiz akkumlyatori 3000 mAh bo'lsa, Power Bank hajmi 6000 mAh bo'lsa, bu degani siz 2 martta smartfoningizni to'liq zaryad qilaolasiz degani emas.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
😎 Hammaga Hayrli kun Do'stlar!

🤖 Bugun soat 21-00 Primyera!

🤭 Ahiri etib keldik JavaScript kurslariga!
Bugun kirish qismida sizlarga JavaScript haqida batafsil tanishtirib o'tamiz! Yani qanday til JavaScript tili va nimalarga qodir! Shular haqida bugungi videomizda ko'rishingiz mumkin!

👉 https://youtu.be/EK_q3kLiNkU
​​😊 Hammaga salom do'stlar!

Kelinglar dasturlash tillari haqida tanishib chiqamiz! Bugungi dasturlash tillarimizdan biri 🐍 Python!

🕸 Python dasturlash tili sodda va o’qilishi oddiy bo’lgan dasturlash tili bo’lib u inglizcha so’zlarni qo’llab quvvatlaydi kalit so’zlar o’rnida shuning uchun bu boshqacha ko’rinishga ega.

🐍 Python Interpretori: Bu tarjimon tomonidan ish vaqtida qayta ishlanganligini va uni bajarishdan oldin dasturni kompilyatsiya qilishning hojati yo’qligini bildiradi. Bu PERL va PHP ga o’xshaydi.
🐍 Python Interaktiv: Bu siz aslida Python buyrug’ida o’tirib, dasturlarni yozish uchun to’g’ridan-to’g’ri tarjimon bilan aloqa o’rnatishingiz mumkin degan ma’noni anglatadi.
🐍 Python Ob’ektga Yo’naltirilgan: Python Ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo’llab-quvvatlaydi.
🐍 Python Boshlovchilar tili: Python – boshlang’ich dasturchilar uchun ajoyib til bo’lib, oddiy matnni ishlashdan WWW brauzerlariga o’yinlarga keng ko’lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo’llab-quvvatlaydi.

Batafsil Python haqida bilmoqchi bo'lsangi marhamat!

👉 @procodeuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊 Do'stlar bilasizlar 3 oy oldin biz MERN kursimizani boshludik! Va boshlashdan oldin sizlarga etkan edim yutuqlarimizni ko'rsatib boramiz deb. Marhamat natijalarimizni ko'rishingiz mukin!

👨‍💻 "
Malumotlar bazasi" zamonaviy MongoDB bazasiga ulangan holda shablanizatorlar handlebars va pug orqali tuzilgan struktura va dizayn odiy bootsrap orqali qildik!
🍀 Shuningdek bekend qismi to'liq
Nodejs tilida yozildi! Ma'lumotlarni qo'shishimiz mumkin yokida o'chirishimiz mumkin va hohlagan ishimizni qilishimiz mumkin! Registrasiya qismi ham bor PassportJs va boshqa turli texnalogiyalr orqali qilindi!
🌝 Ha dasturlash sohasi zargarlik sohasiga o'hshab ketadi! Qayerdadir hato qilsak uni to'g'irlash qiyin bo'ladi! O'sha uchun ham biz
ChaiJs va MochaJs texnalogiyalr orqali test qilishni ham o'rgandik! 😁

😉 Undan tashqari qilgan proyektimiz serverga yukladik bemalol ko'rishingiz mumkin ! Faqat ro'yhatan o'tishingiz kerak!

😊 Etiborlaringiz uchun raxmat!

👉 @procodeuz
😎 Hammaga Hayrli kun Do'stlar!

🤖 Bugun soat 20-00 Primyera!

JavaScript darsimizani 2 videosi bo'lib o'tadi o'tqazib yubormanglar!
Bu videoda batafsil malumotlar turi haqida gaplashib o'tamiz!

👉 https://youtu.be/GK5WHFJVsyI

👉 @procodeuz
​​😊 Hammaga salom do'stlar!

😝 Kutib oling bugungi qahramonimiz dasturlash tili: Ruby

💎 Ruby – bu obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Bu komplyator emas balki enterpritator bolib yozilgan kodlarni komplyatsiya qilmasdan turub ishga tushuradi.
💎 Ruby asosan dasturchilarga C, C ++, Java, C #, Erlang va hk kabi boshqa dasturlash tillaridan foydalangandan ko'ra o'zlarini noqulay his qiladigan tarzda kompyuter kompyuterlari bilan gaplashishlariga yordam berishga qaratilgan.
💎 Ko'pgina dasturchilar Ruby-da dastur yozishga harakat qilgan har bir kishi, ko'pincha Ruby eng oqlangan dasturlash tili ekanligini va dasturchilar o'zlarini baxtli kodlashni his qilishlarini ta'kidlashadi.

Batafsil
Ruby haqida bilmoqchi bo'lsangi marhamat!

👉 @procodeuz

#html #css #ruby #python #js
​​IT rivojlangan bugungi kunda hammamiz YouTube'ga o'rgandik (Aslida bunga zerikarli karantin sababchi)

🎞 YouTube'da video ko'rayotganingizda qancha trafik ketishini bilasizmi? Jadval bilan tanishing va "megabaytingiz" qayerga ketayotganini ko'ring 🧐

240p yoki 360p rejimida — soatiga 300 MB;
480p — soatiga 700 MB;
720p — soatiga 900 MB;
1080p — soatiga 1,5 GB;
2K — soatiga 3 GB;
4K — soatiga 7,2 GB.

❗️ Eslatma: IT so‘zini ishlatganda bir narsaga e’tibor bering, hech qachon "IT texnologiyalari" deb gapirmang! Sababi, agar bu gapingizni to‘liq to‘g‘ri yozadigan bo‘lsak "Information Technology texnologiyalari", yoki o‘zbekchaga o‘girsak "Axborot texnologiyalari texnologiyalari" ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu sal g‘alati bo‘lsa kerak...

@procodeuz
​​😊 Hammaga salom do'stlar!

😝 Kutib oling bugungi qahramonimiz dasturlash tili: C++

🌪 Oddiy ma'noda C ++ — bu murakkab, samarali dasturlashtirilgan umumiy tildir. 1979 yilda Bjarne Stroustrup tomonidan ishlab chiqilgan.
🌪 Bugungi operatsion tizimlarning ko'pchiligi, tizim drayverlari, brauzerlar, dasturlar (programmalar) va o'yinlar C ++ tilidan o'zlarining asosiy tili sifatida foydalanadi. Bu C ++ ni bugungi kunda eng mashhur tillarning biriga aylantirib kelayapdi.
🌪 C ++, shubhasiz, juda boy. Barcha xususiyatlarini o’rganib chiqish albatta vaqt talab etadi, ammo boshlang'ich sifatida quyida siz bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim xususiyatlar mavjud.
🌪 C ++ juda tez: Python, Java kabi yuqori darajali tillarni sizga bermaydigan katta tezlikni taklif etadi.

🌪 Zamonaviy o'yinlar, operatsion tizimlar, brauzerlar va boshqa ko'p narsalarni ishlab chiqishda C ++ dan foydalanilgani uchun, aytish mumkinki C ++ tengi yo’qdir.

🌪 Ko'plab yirik dasturlar C++ dan foydalangan holda qurilgan, bularga namuna sifatida quyidagilarni aytsa bo’ladi:
🧩 Photoshop, Illustrator, InDesign kabi Adobe mahsulotlari
🧩 Amazon eng katta elektron-tijorat saytlaridan biri.
🧩 Facebook — ijtimoiy tarmoq sayti C ++ mahsulotlariga asoslangan.

Batafsil
C++ haqida bilmoqchi bo'lsangi marhamat!

👉 @procodeuz

#html #css #ruby #python #js #c++
​​Qanday qilib FullStack Dasturchi bo'lish mumkin?

Batafsil 👉 https://tprg.ru/QgnI

U yerda qadama qadam tushuntirilgan birinchi nimadan boshlash kerakligini:

— maket tuzish;
— tillar va fremvorklar;
— malumotlar omborhonasi;
— qo'shimcha tizimlar.

@procodeuz

#html #css #js #php
​​Hammaga hayrli kun do'stlar!

Albatta, har bir JavaScript dasturchisi ushbu usuldan foydalangan console.log(‘text’) kodni tuzatish uchun. Ehtimol, console.warn() va console.error() sizlarga tanishdir.

JavaScript kodini tuzatish samaradorligini oshirishga yordam beradigan ko'plab boshqa uslublar bor! Bu maqola siz 8ta qiziqarli uslublarni o'qishingiz mumkin:

👉 https://tprg.ru/Lvha

👉 @procodeuz

#javascript #nodejs