azdev.uz
85 subscribers
406 photos
134 videos
17 files
831 links
Xush kelibsiz Kamina FullStack dasturchi !
Siz mening kanalimda :
💻 IT Sohasidagi yangiliklar va darsliklar 👨‍💻
💻 IT biznes yangiliklari!
💻 WebDasturlash!
💻 Ilim bilim tajriba ko'rib borasiz!


👼Murojat va takliflar uchun : @azdev96
Download Telegram
😊Hammaga xayrli kun )

👏Bugun Xudo xohlasa Veb full stask kursimizni 1 darsi boshlaniladi !

Gruppalarimiz to‘ldi hammaga raxmat ! 👊

‼️Kiraolmaganlar va joy etmay qoganlarga !
👍Xafa bo‘lmaysizlar nasib bo‘lsa keyinchalik Xudo xohlasa kurs yana eʼlon qilamiz bizni kuzatib boring !

🙏Kirganlar esa barchalarga omad Xudo xohlasa juda katta cho‘qilarni zarb qilamiz!
💪Bizdan katta proyektlarni kutib qolinglar Xudo xohlasa qilgan ishlarimiz ko‘rsatib boramiz ! 😊

ilim olishdan to‘xtamanglar 👉 @fructik

👉👉 https://t.me/procodeuz
🤲🌹ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

🤲 Эзгу амаллар қилиш учун имкон бериб, тонгда уйғотган Аллоҳга беҳисоб шукурлар бўлсин.

🤲 Бошлаб олган ЖУМА кунингиз муборак бўлсин! Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!

🤲 Аллоҳдан Ўзингиз ва Ота - Онангиз ва сизга азиз бўлган барча яқинларингизни мағфират қилишини сўрайман!

🤲 ЖУМА Тонгимиз - яхшилик билан бошлансин, хонадонларимиздан тинчлик тотувлик, барака аримасин.

🤲 ЖУМА кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин!

. 人 ★ 。 • ˚ ˚ 🌟🌙
. ( ) Juma ★
. ┃口┃
muborak
. ┃口┃★ . . ˛•
. ┃口┃★ •★ 。•˛˚˛
. ┃口┃ •˛˚˛ 人 •˛˚

👉@procodeuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#challenge #js

😎 JavaScript da yaratilgan o'yin💪 ) Eslaymiz 😊! 💪

💻 Dasturchimiz :("Ismoil #2 Guruh")

💎 GitHub: https://bossgrozny.github.io/

#arxiv #chellange
San'at yo'nalish tanlamaydi 😄
​​Google qidiruv tizimida aniq o'lchamdagi rasm qidirish
#lifehack

Aniq o'lchamdagi rasm juda ko'p hollarda kerak bo'ladi, misol uchun, ish stolingizdagi rasmni almashtirishda, biror bannerga rasm chiqarish va hakazo.

To'g'ri biror fotoredaktor orqali ham istalgan rasmdan shu o'lchamni olish mumkin, lekin biz juda dangasamisku a?) albatta tayyoriga yopishamiz.

Demak, google bizga aniq o'lchamdagi rasmni topishga yordam beradi, uning uchun:
1. Google saytiga kiramiz, google.com
2. Qidiruv qatoriga quyidagi maska singari so'rov kiritamiz
[rasm_nomi] imagesize:[uzunligi]x[balandligi]
misol uchun, 1024 uzunlikdagi 768 balandlikdagi iPhone qidiramiz:
 imagesize:1024x768
3. "Картиники" bo'limiga o'tamiz.

Ekraningizda, shu o'lchamdagi iphone rasmlari topilganini ko'rishimiz mumkin.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
​​Qanday kompyuter kerak?
#tahliliypost

Juda juda ko'p beriladigan savol,
 montaj uchun, Photoshop uchun, Autocad uchun qanday kompyuter kerak?
yoki bo'lmasa,
 kompyuterim FIFA o'yinini ko'taradimi? yoki dasturlash uchun qanday kompyuter yig'ish kerak?
Demak, shu savollarga umumiy javob berib, kompyuteringizni o'zingiz tanlash yo'lini yozib o'taman. Bu professional tanlov emas, lekin siz uchun boshingizni og'ritmasdan tanlash usuli. Professional tanlashni keyinroq yozib o'taman.

1. Dastlab, mavjud kompyuteringizni tahlil qilamiz. Siz videomontaj bilan shug'ullanmoqchisiz yoki Photoshop dasturini o'rganmoqchisiz, lekin yangi kompyuter uchun mablag' yo'q.
Nima qilish kerak? Albatta, mavjud kompyuteringizga, shu dasturni eskiroq versiyasini o'rnatib, o'rganishni boshlang, to'g'ri eski versiya hozirgi versiyasidan tubdan farq qilish mumkin, lekin ishoning asosini o'rganish uchun eskisidan qulayi yo'q, chunki eski versiya sodda, ortiqcha "наворот" yo'q.

Misol uchun, man haligacha Xeon protsessor 24 RAM bilan Photoshop CS2 ishlataman.

2. Navbatdagi variant, kompyuter olishga imkoniyat bor, lekin qandayini olish kerak? Bunda siz aynan qaysi dasturni o'rganmoqchisiz, qanday o'rganmoqchisiz(yuzakimi yoki professional) shuni aniqlab oling. Professional bo'lsa, shu dasturni oxirgi versiyasi talab qiladigan texnik talablaridan biroz yuqorirog'ini oling. Buni qanday bilamiz? Misol uchun Photoshop bo'yicha prof bo'lmoqchisiz.

- Google qidiruv tizimini ochamiz va yozamiz:
- Adobe Photoshop
Vikipediya yoki dasturning o'z saytiga kirib, oxirgi versiyasini aniqlaymiz, ya'ni oxirgi versiya Adobe Photoshop 2020.

Bilib oldik, endi yana Google qidiruv tizimini ochamiz va yozamiz:
adobe photoshop 2020 system requirements
yoki
adobe photoshop 2020 Системные требования
Bu so'rovdan, Adobe Photoshop dasturini oxirgi versiyasini o'rnatish uchun, kompyuteringiz qanday xarakteristikaga ega bo'lish kerakligini aniqlaymiz. bu yerda ikkita qiymat chiqadi:
- recommended
- minimum
Albatta bizga recommended qismi qiziq, ya'ni tavsiya qilingan kompyuter xarakteristikasi. Minimum qiymatda, dastur yuklanib beradi va ishlash uchun asablaringizni terkshiruvdan o'tkazadi degani. Xullas, Adobe Photoshop 2020 uchun tavsiya etilgan xarakteristika:
RAM - 8 GB
Videokarta - nVidia GeForce GTX 1660
CPU - 2 GHz dan kam emas.
HDD - 3.1 GB
taxminan shunday, endi siz shu xarakteristikadan biroz kattaroq qiymatli kompyuter yig'asiz. Kompyuter yig'ishda HDD 3.1GB bo'lsa bo'ldikan, degan hayol kelmasin, chunki boshqa dastularingiz ham bor, undan tashqari Photoshop'da qilingan ishlar uchun ham yaxshigina joy kerak.

☝️Bu post orqali, o'zingiz taxminan qanday kompyuter yig'ishingiz kerakligini bilib olish yo'lini Adobe Photoshop misolida ko'rsatdim, albatta, tanishingiz bo'lsa, undan ham maslahat oling, lekin kim nima desa, ha shunaqa to'g'ri deb ketmasligingiz uchun, bu postni yozdim.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️iPhone evolutsiyasi

📱iPhone smartfonlari bozorda juda ko'plab xaridorlarga va hatto o'z fanatlariga ega. Lekin hamma ham bu telefonlarning rivojlanish tarixi haqida ma'lumotga ega emas.

🤔Xo'sh, bu qurilmalar qachondan boshlab ishlab chiqarildi? Uning barcha ma'lumotlari va narxlari qancha bo'lgan? Ushbu video sizga salkam 5 daqiqa ichida Apple telefonlari tarixiga nazar tashlash imkonini beradi.

Manba : Tezsot_uz

Kanalga obuna bo'lishni unutmang 😉

👉Obuna bo'lish👈
RGB va CMYK — raqamli dunyoda rangni tushunish

🎨 Atrofimizda milliondan ortiq ranglar bor, ammo biz ulardan sanoqlilarinigina nomlay olamiz. Qolganlarini esa, o'sha rangning och, yoki to'q ko'rinishi tarzida ifoda etamiz.

Mazkur ranglar kompyuterimizda sonlar va kodlar orqali ifoda etiladi. Kompyuterimiz ularni ikki guruhga - RGB va CMYK ranglariga ajratadi.

🔹 RGB (red, green, blue) - ranglarni ekranda raqamli ifodalash uchun;

🔹 CMYK (cyan, magenta, yellow, key) - suratlarni bosmadan chiqarish jarayonida ishlatiladigan rang turlari.

Agar dizayn loyihangiz quyidagilarni oʻz ichiga olsa:

🔹 Veb va ilovalar dizayni, grafika, onlayn logotiplar, onlayn eʼlonlar, ijtimoiy media, postlar uchun rasmlar, profil rasmlari, vizual tarkib, video, raqamli grafika dizayni uchun RGBga;

🔹 Brending, tashrif qogʻozlari, stikerlar, belgilar va doʻkon peshtaxtalari, reklama, eʼlon taxtalari, plakatlar, risolalar, tovarlar dizayni uchun CMYKga murojaat qilishingiz maʼqul.


@procodeuz
PHP olamida 3 ta yirik freymvorklar bor: Yii, Symfony va Laravel. Yii freymvorki ayniqsa sobiq ittifoq davlatlarida keng tarqalgan, shu jumladan O'zbekistonda ham. Ushbu freymvork meynteyneri, ya'ni asosiy dasturchisi - Aleksandr Makarov bilan suhbatlashgan edil. Bugun ushbu suhbatni tarjima qilib, sizlarga havola qilayapman. O'ylaymanki bu qiziq bo'ladi!

Video - https://youtu.be/dXjwkpoq4GI

@kadirovDev
#video #savol_javob
#foydali_instrument

Bootstrapni endi o'rganayotganlar undagi komponentlar kodini topishda qiynalishadi. Shu ishni osonlashtirish uchun Bootstrap shpargalkasi berilgan saytdan foydalanish mumkin.

Instrument: https://bootstrap-4.ru/articles/cheatsheet/

👉 @procodeuz
👨‍⚖️Xitoylik eng boy odamning mulohazalari

💵Agar maymunlarning oldiga pullar va yongʻoqlar qoʻyilsa, maymunlar yongʻoqlarni tanlaydi. Chunki ular pulga juda koʻp yongʻoqlar sotib olish mumkinligini bilmaydi.

👩‍👩‍👧‍👧Xuddi shu ishni koʻplab insonlarga qoʻlladim. Ularning oldiga bir loyiha va maosh olib ishlash ixtiyorini qoʻydim. Ularning juda koʻpchiligi maosh olib ishlashni tanlashdi. Chunki ular bitta loyihani amalga oshirish orqali bir oylik maoshdan koʻra ancha koʻp pul topish va yashash tarzini oʻzgartirish mumkinligini bilishmaydi.

🏙Odamlarning kambagʻal boʻlishlariga sabab boʻladigan narsalardan biri — turli biznes loyihalarini ishga solish, ular natija bergunicha sabr qilish, loyihalar bilan ishlashdek qulay fursatni qoʻldan bermaslikni oʻrganmaganlaridir. Ular maktab va oliygohlarda “Ishga borib ishlash maosh olish uchundir” degan narsani oʻrganishgan. Ular oʻzlari uchun ishlashni emas, boshqalar boy boʻlishi uchun ishlashni, birovlarning qoʻlida ishlashni oʻrganishgan, xolos.
#mativ
©️Jek Ma.


👉 @procodeuz
​IT'shniklar hamma narsani bilishi kerak emas!
#lirikchekinish

IT sohasini bitirdingizmi yoki IT yo'nalishida ishlamoqdamisiz, siz hamma texnikani ashqal dashqallarini tushunishingiz kerak, bu bizning mentalitetimiz.

Siz zo'r dasturchisiz, web saytlar, web sahifalar yaratasiz, xullas web bo'yicha ustasiz, lekin o'rtog'ingiz telefon qilib,
"Do'st, menga yaxshi rangli printer tanlab ber"
desa, bu ishni qilaolmasligingizni, uncha tushunmasligingizni aytsangiz, tamom, siz u uchun hattoki do'stlikdan ham voz kechganday tuyulasiz, "san shu sohadasanku, nimaga bilmisan, nimaga tanishlaring yo'q" degan savollar beriladi, vohalanki siz faqat kod yozasiz, xattoki Windows operatsion tizimini ham o'zingiz o'rnata olmaysiz. Tanish holatmi?)

Bunday holatlar uyingizda ham sodir bo'ladi, siz zo'r dizaynersiz Photoshop, illustrator degan dasturlarni "ee yorvorasiz", lekin uyingizga konditsioner o'rnata olmaysiz, shunda nima gap eshitasiz? "Axir san texnika bilan ishlisanu, texnika universitetini bitirgansanku" nime qilomisan?))

Oxirgi daxshat holat, ishhonadagi kompyuter tarmoqlari bo'yicha mutaxasissiz, lekin siz, operatsion tizimlarga ham qaraysiz, kimningdur telefoni buzilsa, albatta siz ko'rberishingiz kerak, printer kartridjlarini ham siz almashtirasiz, eng qizig'i tok o'chib qolsa birinchi sizning oldingizga kelishadi)).

Na kulishni bilasan na yig'lashni. Bu holatlarni texniklar juda yaxshi tushunishadi, ayniqsa ko'p ishhonalarda IT bo'limiga kamroq pul ajratish uchun, o'z ishini ustasini emas, texnika yo'nalishda ko'proq narsa biladiganlarni ishga olishadi.

Bu post bilan nima demoqchiman, dasturchi dasturini tuzsin, tarmoq mutaxassisi xavfsiz tarmoq haqida o'ylasin, sistemshik operatsion tizimni zo'r sozlashni o'rgansiz, hamma o'z ishini ustasi bo'lsin, hamma yo'nalishni chala chulpa o'rgangandan ko'ra.
Bu bilan boshqa yo'nalishni o'rganmasin demoqchi emasman, dastlab o'z sohasini ustasi bo'lsin demoqchiman holos.

☝️Ko'p yillik tajribalar asosida yozildi, siz bu fikrlarga qo'shilishingiz shart emas albatta, bu mening kuzatishlarim holos.

Shu mavzuga Youtube'dagi mana bu video juda mos tushadi.
​​⚡️Diqqat! Diqqat! Firibgarlar hujumi

Bir necha kundan beri qandaydir noma'lum nomerdan bir, ikki chaqiruvdan so'ng qo'yib qo'yilish holatlari ko'pchilikda uchramoqda, smartfon bu nomer chet el nomeri ekanligini ko'rsatmoqda.
Balki sizda ham shu holat bo'lgandir?

Bunday paytda qaytib shu nomerga qo'ng'iroq qila ko'rmang, bu firibgarlik, qo'ng'iroq qilsangiz robot qiz sizni uzoqroq vaqt tarmoqda ushlab turadi va yaxshigina pulingizni yechib oladi.

Bu holat o'zimda ham bo'ldi, ertalab soat 5 lar atrofida qo'ng'iroq bo'ldi va darhol qo'yib qo'yildi, qarasam nomer "Azerbayjan" deb yozilgan. So'ng, internetni titkilasam, ko'pchilikda shu holat bo'layotgan ekan, ba'zilarga Gruziya, ba'zilarga Latviyadan qo'ng'iroqlar bo'lmoqda.

Facebook'da ham bu holat rosa muhokama bo'lmoqda va mana Axborotlashtirish va Telekommunikatsiya inspeksiyasi bu haqda ham ma'lumot berdi:

“Ўзкомназорат” ДИ мобил алоқа абонентларини хушёрликка чақиради!
“Ўзкомназорат” давлат инспекцияси коронавирус пандемияси даврида мобил алоқа операторларининг абонентларига нисбатан фирибгарларлик йўли билан ҳисоб рақамидан пулни ечиб олиш ҳолатлари учрагани ва кузатилиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантиради.

Жумладан, Вангири яъни хориж рақамидан қўнғироқни амалга ошириб, абонент ушбу рақамга қайтиб қўнғироқ қилганидан кейин унинг ҳисобидан катта миқдордаги маблағни ечиб олиш ҳолатлари кузатилган. Фирибгарлар абонентга телефон қилиб, унга жавоб берилмасидан илгари алоқани узиб қўяди. Муайян одамлар эса хориждан қилинган ва ўтказиб юборилган бегона рақамга қайтиб қўнғироқ қилиши оқибатида уларнинг ҳисобидан катта миқдордаги маблағ ечиб олинади.

Шунингдек, мобил алоқа операторлардан олинган маълумотларга кўра карантин даврида пластик карталарни электрон тизимлар орқали бошқарилишида учраган шубҳали ҳаракатлар мониторинг килиниб, фирибгарликни олдини олиш борасида тегишли чоралар кўрилмокда.

“Ўзкомназорат” давлат инспекцияси бу каби салбий ҳолатларнинг олдини олиш учун бегона рақамдан, хориждан қўнғироқ бўлган ва у ўтказиб юборилган бўлса рақамни қайтиб термаслик, пластик карта рақами, паспорт серияси ва бошқа шахсий маълумотларни бегоналарга ошкор қилмаслик, ижтимоий тармоқларга жойлаштирмасликни тавсия қилади.
https://t.me/gisuz

Xullas, yuqoridagi matndan qisqa xulosa qilsak, noma'lum chet el nomeriga qayta qo'ng'iroq qilmang. Bilmaganlar ham yetkazing.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
Youtubda komentlarga komyuterdan smaylik qo'ymoqchi bo'lsangiz shu saytdan smayliklar kopirovat qilib tashasezlar bo'lar ekan !

👉 https://emojio.ru/


#foydalimanba
Zamonaviy dunyo boshlangan joy - Silikon vodiysi

Ko'rsatuvlarda, webinarlarda. teledastur va boshqa manbalarda "silikon vodiysi" so'ziga ko'zimiz tushadi. Ammo, aslida silikon vodiysi nima ekani? u joy nomimi yoki kompaniyami? bu ma'lumotlarni aniq bilmaymiz. Hozir esa sizga silikon vodiysi haqida ma'lumotlar taqdim etamiz.

▪️Silikon vodiysi nomi ilk marta 1971-yilda Don Xofler tomonidan "Elektron yangiliklar" gazetasida foydalanilgan;

▪️Silikon Vodiysi AQSHning Kaloforniya shtatida joylashgan joy nomidir;

▪️Stive Jobsning ham birinchi ish faoliyat boshlagan garaji aynan o'sha joyda;

▪️Apple Computers, Facebook, Tesla, Google, HP, Dell, Sony va boshqa yirik kompaniyalar shtab kvartiralari aynan silikon vodiysida joylashgan;

▪️Ayni paytda dunyoning milliarderlari ish faoliyatlarini silikon vodiysida boshlagan. Xususan: Stive Jobs, Mark Zukerberg, Elon Musk va boshqalar;

▪️2018 yilda silikon vodiysidagi 150 nafar kompaniyaning umumiy daromadi 1,078 trillionni tashkil etgan. ( Ushbu hududdagi boshqa yuzlab kompaniyalarni qo'shganda qancha bo'lishini hisoblayvering);

🔹 Silikon vodiysi bir so'z bilan aytganda - "Xudo xohlasa men ham bir borib kelaman" - deydigan joydir.


👉 @procodeuz
🔥 #Top eng zo'r partfoliolardan biri !

💻 Dasturchimiz :("Жавлон #10 Guruh") !
#portfolio
🤲🌹ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

🤲 Эзгу амаллар қилиш учун имкон бериб, тонгда уйғотган Аллоҳга беҳисоб шукурлар бўлсин.

🤲 Бошлаб олган ЖУМА кунингиз муборак бўлсин! Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!

🤲 Аллоҳдан Ўзингиз ва Ота - Онангиз ва сизга азиз бўлган барча яқинларингизни мағфират қилишини сўрайман!

🤲 ЖУМА Тонгимиз - яхшилик билан бошлансин, хонадонларимиздан тинчлик тотувлик, барака аримасин.

🤲 ЖУМА кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин!

. 人 ★ 。 • ˚ ˚ 🌟🌙
. ( ) Juma ★
. ┃口┃
muborak
. ┃口┃★ . . ˛•
. ┃口┃★ •★ 。•˛˚˛
. ┃口┃ •˛˚˛ 人 •˛˚

👉@procodeuz