azdev.uz
85 subscribers
406 photos
134 videos
17 files
831 links
Xush kelibsiz Kamina FullStack dasturchi !
Siz mening kanalimda :
💻 IT Sohasidagi yangiliklar va darsliklar 👨‍💻
💻 IT biznes yangiliklari!
💻 WebDasturlash!
💻 Ilim bilim tajriba ko'rib borasiz!


👼Murojat va takliflar uchun : @azdev96
Download Telegram
azdev.uz pinned «‼️Veb sohasida ishlashni istovchilar uchun diqqat! 🔥Veb full stask texnologiyalari bo‘yicha yangi React Js & Node Js bo‘yicha Bepul ochiq dars ! 📅26 may soat 20:00 ❗️Kurs quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 🔹 Java Script : ES5 , ES6 🔹Node Js; 🔸Express Js;…»
​​Windows ish stolidagi kontekst menyuga kerakli dasturni qo'shish (juda foydali qo'llanma)
#foydali

Kontekst menyu - bu sichqonchani o'ng tugmasini bosganda chiqadigan menyuga aytiladi.
Kerakli dasturlarga tez kirish uchun, Windows ish stolidagi kontekst menyuga kerakli dasturni qo'shib qo'yish mumkin, misol uchun, kontekts menyuga Mozilla Firefox brauzerini qo'shishni ko'rib chiqamiz, faqat diqqatlik bilan o'qing va ko'rsatmadan chetga chiqmay bajaring.

1. Win+R orqali "Выполнить" oynasini ochib, ichiga regedit deb yozamiz(reestrni chaqirish).
2. Hosil bo'lgan oynaning chap tomonidan quyidagi adresga kiramiz:
HKEY_CLASSES_ROOT\Directory\Background\shell
3. Shell papkasi ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz va "Создать -> Раздел".
4. Kontekst menyuda ko'rinib turadigan va Firefox'ni ishga tushiradigan nom beramiz, misol uchun"Mening dasturim".
5. Hosil bo'lgan "Mening dasturim ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosib, "Создать -> Раздел" va command deb nom beramiz.
6. Command papkasini belgilab, o'ng tomonda paydo bo'lgan По умолчанию(Default) yozuviga sichqonchani chap tugmasini ikki martta bosamiz.
7. Paydo bo'lgan oynaning "Значение" qatoriga Firefox brauzerini to'liq adresini yozamiz, misol uchun:
C:\Program Files (x86)\Mozilla Firefox\firefox.exe
8. OK qilib bu menyu va to'liq oynadan chiqib ketamiz.

Shunda so'ng, Windows ish stolida sichqonchani o'ng tugmasini bossangiz, menyuda "Mening dasturim" degan yozuv paydo bo'lganini ko'rasiz, unga kirsangiz Mozilla Firefox brauzeri ishga tushadi.

☝️Diqqatlik bilan bu ishlarni bajaring, reestr bilan ishlash biroz xavfli, boshqa hech narsani o'zgartirmang, quyida video ko'rinishida ham beraman, hamda youtube kanalga joyladim, albatta ko'ring.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
🕌Ассалому алайкум.
Аллоҳу Акбар, Аллоҳу Акбар, Аллоҳу Акбар...

😊Қадрдоним, сизни қутлуғ кун Рамазон ҳайити билан муборакбод этаман. Аллоҳ таоло бир ой мобайнида ожизона қилган ибодатларимиз, тутган рўзаларимизни ҳусни қабул этсин.
🙏Қайта-қайта узоқ йиллар шундай кунларга офиятда, бағрибутунликда ва энг муҳими иймонда собит ҳолимизда етказсин.
🙏Дуоларимизда мазлум, маҳбус биродарларни ҳам эслайлик. Ширк, куфр, нифоқ, бидъат-хурофот ва гуноҳлардан саломат бўлиш ҳақиқий байрамдир. Иймон билан, Аллоҳнинг розилигини топиб дунёдан ўтиб олиш чин ҳайитдир.
🌙 Ҳайитингиз муборак бўлсин.

Хурмат билан : Азизбек! (@fructik)
PHP olamida 3 ta yirik freymvorklar bor: Yii, Symfony va Laravel. Yii freymvorki ayniqsa sobiq ittifoq davlatlarida keng tarqalgan, shu jumladan O'zbekistonda ham. Bugun ushbu freymvork meynteyneri, ya'ni asosiy dasturchisi - Aleksandr Makarov bilan suhbatlashdik. Suhbat rus tilida. Agar rus tilini tushunmasangiz, yaqin orada suhbatni o'zbekchaga tarjima qilib youtube-ga joylash niyatim bor.

Video - https://youtu.be/c4XNnv3NM4Y

@kadirovDev
#video #savol_javob
🔥 #Top eng zo'r partfoliolardan biri !

🔸 "Navoiy Kompyuter Spektr" - Juda did bilan ishlangan sayt ) Kreativ dizayn ! 👏

👉 http://navoi-etm.uz/

💻 Dasturchimiz :("Абдурахмон #10 Guruh") ! @Razer240

#portfolio
😊Hammaga xayrli kun !

❗️Bugun soat 20:00

♨️Full stask texnologiyalari bo‘yicha ochiq dars bo‘ladi !

🧰Ochiq darsda biz fremvorklar qay darajada muhimligini gaplashib otamiz va yuqori maoshga bu bilimlar bilan qanday chiqishimiz mumkinligi haqida gaplashib otamiz, o'ylaymanki ochiq darsimiz juda qiziqarli bo'ladi dib !

❗️Ochiq darsimiz bepul xohlovchilar bemalol kirishi mumkin !

💎Zoom ilovasi orqali silkani shu gruppa chatimizga tashlayman !

‼️joy masalasi bo'yicha savollar bo‘lsa @fructik murojaat qilishingiz mumkin !
Endi ma'lumotlarni qurilmalarda saqlashga hojat yo'q

1956-yilda ilk bor qattiq magnit diskli xotira ishlab chiqarildi. Uning xajmi 5mb ni tashkil etardi (bu o'rtacha sifatda olingan 1 gina jpg formatidagi surat hajmidir) uning vazni esa sal kam 1 tonna edi.

💽 Keyinchalik esa yillar o'tgani sayin texnologiyalar ham, qurilmalar ham takomillashib bordi. Magnit disklar, fleshkalar ishlab chiqarila boshlandi. Hatto telefon uchun mo'ljallangan 1 tb ya'ni 1000 gb xotiraga ega mikro fleshkalar ham ishlab chiqarildi.

Mikro fleshka - ko'rinishi ko'ylagingiz tugmachasidek keladigan, ichiga esa o'lchamiga qarab turli hajmdagi fayllarni yuklash mumkin bo'lgan qurilmadir.

1 tb mikro fleshkaga esa, "Silikon vodiysi" filmi hajmidagi 1000 ta videoni yuklash mumkin.

☁️ Ammo, tugmadek qurilma yoqolib qolsa, ma'lumotlar ham yo'q bo'lib ketish mumkinligi xavfi borligi sababli ayni damda katta kompaniyalar "облако" ya'ni "bulut" tizimini ishlab chiqishdi. Bu esa, sizni ma'lumotlaringiz qurilmangizdan o'chib ketgan taqdirda
⚒ Foydali manba: OMDbAPI - kinolar haqida ochiq ma'lumotlar ombori
🔗 Havola: http://www.omdbapi.com/

JavaScriptni o'rganayotganda odamning nisbatan amaliyroq, o'rtoqlarga, ish beruvchiga faxr bilan ko'rsatsa bo'ladigan loyiha qilgisi keladi. Masalan, hozir karantin paytida kino va seriallar ko'rish imkonini beruvchi platformalar ommalashdi, KinoPoisk HDning o'zi birinchi uch oy obuna uchun oyiga deyarli 600 so'mgina olyapti. Shunga o'xshash saytni tuzmoqchi bo'lsangiz, kinolar haqidagi har bir ma'lumotni internetdan qidirib, "copy-paste" qilishingiz shart emas. OMDbAPI.com saytidan IMDb.com kinolar saytidagi deyarli hamma ma'lumotni olishingiz mumkin: kino nomi, reyting, chiqarilgan yili, qaysi aktyorlar o'ynagan, janri qanday va boshqalar. Bu sayt APIsida izlash va filtrlash imkoniyatlari ham bor. Ha, aytgancha, kinolarning posterlarini 🖼 ham topib bera oladi.

❓ Savol ❓
Dasturchilar uchun ko'rib foydali bo'lgan qaysi kino yoki seriallarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.


@procodeuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Hamma dasturlashni o'rganishi kerak!
💎Chunki u fikrlashni o'rgatadi

©Stiv Jobs

👉@procodeuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu video internet olamidagi fishing hujumini bir ko'rinishini ifoda etgan. Odatda bunday hujum elektron pochta orqali, foydalanuvchini qiziqtiradigan habar ko'rinishida keladi.
Siz pochta orqali kelgan xatni ochasiz va tuzoqqa tushasiz. Kompyuteringiz yaxshigina zararlanadi yoki hech narsa qilmaslik sharti bilan ma'lum bir mablag'ga tushasiz,

Videodagi invoice so'zini kerakli xujjat deb tarjima qilsak bo'ladi.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
😊Hammaga xayrli kun )

👏Bugun Xudo xohlasa Veb full stask kursimizni 1 darsi boshlaniladi !

Gruppalarimiz to‘ldi hammaga raxmat ! 👊

‼️Kiraolmaganlar va joy etmay qoganlarga !
👍Xafa bo‘lmaysizlar nasib bo‘lsa keyinchalik Xudo xohlasa kurs yana eʼlon qilamiz bizni kuzatib boring !

🙏Kirganlar esa barchalarga omad Xudo xohlasa juda katta cho‘qilarni zarb qilamiz!
💪Bizdan katta proyektlarni kutib qolinglar Xudo xohlasa qilgan ishlarimiz ko‘rsatib boramiz ! 😊

ilim olishdan to‘xtamanglar 👉 @fructik

👉👉 https://t.me/procodeuz
🤲🌹ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

🤲 Эзгу амаллар қилиш учун имкон бериб, тонгда уйғотган Аллоҳга беҳисоб шукурлар бўлсин.

🤲 Бошлаб олган ЖУМА кунингиз муборак бўлсин! Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!

🤲 Аллоҳдан Ўзингиз ва Ота - Онангиз ва сизга азиз бўлган барча яқинларингизни мағфират қилишини сўрайман!

🤲 ЖУМА Тонгимиз - яхшилик билан бошлансин, хонадонларимиздан тинчлик тотувлик, барака аримасин.

🤲 ЖУМА кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин!

. 人 ★ 。 • ˚ ˚ 🌟🌙
. ( ) Juma ★
. ┃口┃
muborak
. ┃口┃★ . . ˛•
. ┃口┃★ •★ 。•˛˚˛
. ┃口┃ •˛˚˛ 人 •˛˚

👉@procodeuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#challenge #js

😎 JavaScript da yaratilgan o'yin💪 ) Eslaymiz 😊! 💪

💻 Dasturchimiz :("Ismoil #2 Guruh")

💎 GitHub: https://bossgrozny.github.io/

#arxiv #chellange
San'at yo'nalish tanlamaydi 😄
​​Google qidiruv tizimida aniq o'lchamdagi rasm qidirish
#lifehack

Aniq o'lchamdagi rasm juda ko'p hollarda kerak bo'ladi, misol uchun, ish stolingizdagi rasmni almashtirishda, biror bannerga rasm chiqarish va hakazo.

To'g'ri biror fotoredaktor orqali ham istalgan rasmdan shu o'lchamni olish mumkin, lekin biz juda dangasamisku a?) albatta tayyoriga yopishamiz.

Demak, google bizga aniq o'lchamdagi rasmni topishga yordam beradi, uning uchun:
1. Google saytiga kiramiz, google.com
2. Qidiruv qatoriga quyidagi maska singari so'rov kiritamiz
[rasm_nomi] imagesize:[uzunligi]x[balandligi]
misol uchun, 1024 uzunlikdagi 768 balandlikdagi iPhone qidiramiz:
 imagesize:1024x768
3. "Картиники" bo'limiga o'tamiz.

Ekraningizda, shu o'lchamdagi iphone rasmlari topilganini ko'rishimiz mumkin.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
​​Qanday kompyuter kerak?
#tahliliypost

Juda juda ko'p beriladigan savol,
 montaj uchun, Photoshop uchun, Autocad uchun qanday kompyuter kerak?
yoki bo'lmasa,
 kompyuterim FIFA o'yinini ko'taradimi? yoki dasturlash uchun qanday kompyuter yig'ish kerak?
Demak, shu savollarga umumiy javob berib, kompyuteringizni o'zingiz tanlash yo'lini yozib o'taman. Bu professional tanlov emas, lekin siz uchun boshingizni og'ritmasdan tanlash usuli. Professional tanlashni keyinroq yozib o'taman.

1. Dastlab, mavjud kompyuteringizni tahlil qilamiz. Siz videomontaj bilan shug'ullanmoqchisiz yoki Photoshop dasturini o'rganmoqchisiz, lekin yangi kompyuter uchun mablag' yo'q.
Nima qilish kerak? Albatta, mavjud kompyuteringizga, shu dasturni eskiroq versiyasini o'rnatib, o'rganishni boshlang, to'g'ri eski versiya hozirgi versiyasidan tubdan farq qilish mumkin, lekin ishoning asosini o'rganish uchun eskisidan qulayi yo'q, chunki eski versiya sodda, ortiqcha "наворот" yo'q.

Misol uchun, man haligacha Xeon protsessor 24 RAM bilan Photoshop CS2 ishlataman.

2. Navbatdagi variant, kompyuter olishga imkoniyat bor, lekin qandayini olish kerak? Bunda siz aynan qaysi dasturni o'rganmoqchisiz, qanday o'rganmoqchisiz(yuzakimi yoki professional) shuni aniqlab oling. Professional bo'lsa, shu dasturni oxirgi versiyasi talab qiladigan texnik talablaridan biroz yuqorirog'ini oling. Buni qanday bilamiz? Misol uchun Photoshop bo'yicha prof bo'lmoqchisiz.

- Google qidiruv tizimini ochamiz va yozamiz:
- Adobe Photoshop
Vikipediya yoki dasturning o'z saytiga kirib, oxirgi versiyasini aniqlaymiz, ya'ni oxirgi versiya Adobe Photoshop 2020.

Bilib oldik, endi yana Google qidiruv tizimini ochamiz va yozamiz:
adobe photoshop 2020 system requirements
yoki
adobe photoshop 2020 Системные требования
Bu so'rovdan, Adobe Photoshop dasturini oxirgi versiyasini o'rnatish uchun, kompyuteringiz qanday xarakteristikaga ega bo'lish kerakligini aniqlaymiz. bu yerda ikkita qiymat chiqadi:
- recommended
- minimum
Albatta bizga recommended qismi qiziq, ya'ni tavsiya qilingan kompyuter xarakteristikasi. Minimum qiymatda, dastur yuklanib beradi va ishlash uchun asablaringizni terkshiruvdan o'tkazadi degani. Xullas, Adobe Photoshop 2020 uchun tavsiya etilgan xarakteristika:
RAM - 8 GB
Videokarta - nVidia GeForce GTX 1660
CPU - 2 GHz dan kam emas.
HDD - 3.1 GB
taxminan shunday, endi siz shu xarakteristikadan biroz kattaroq qiymatli kompyuter yig'asiz. Kompyuter yig'ishda HDD 3.1GB bo'lsa bo'ldikan, degan hayol kelmasin, chunki boshqa dastularingiz ham bor, undan tashqari Photoshop'da qilingan ishlar uchun ham yaxshigina joy kerak.

☝️Bu post orqali, o'zingiz taxminan qanday kompyuter yig'ishingiz kerakligini bilib olish yo'lini Adobe Photoshop misolida ko'rsatdim, albatta, tanishingiz bo'lsa, undan ham maslahat oling, lekin kim nima desa, ha shunaqa to'g'ri deb ketmasligingiz uchun, bu postni yozdim.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️iPhone evolutsiyasi

📱iPhone smartfonlari bozorda juda ko'plab xaridorlarga va hatto o'z fanatlariga ega. Lekin hamma ham bu telefonlarning rivojlanish tarixi haqida ma'lumotga ega emas.

🤔Xo'sh, bu qurilmalar qachondan boshlab ishlab chiqarildi? Uning barcha ma'lumotlari va narxlari qancha bo'lgan? Ushbu video sizga salkam 5 daqiqa ichida Apple telefonlari tarixiga nazar tashlash imkonini beradi.

Manba : Tezsot_uz

Kanalga obuna bo'lishni unutmang 😉

👉Obuna bo'lish👈
RGB va CMYK — raqamli dunyoda rangni tushunish

🎨 Atrofimizda milliondan ortiq ranglar bor, ammo biz ulardan sanoqlilarinigina nomlay olamiz. Qolganlarini esa, o'sha rangning och, yoki to'q ko'rinishi tarzida ifoda etamiz.

Mazkur ranglar kompyuterimizda sonlar va kodlar orqali ifoda etiladi. Kompyuterimiz ularni ikki guruhga - RGB va CMYK ranglariga ajratadi.

🔹 RGB (red, green, blue) - ranglarni ekranda raqamli ifodalash uchun;

🔹 CMYK (cyan, magenta, yellow, key) - suratlarni bosmadan chiqarish jarayonida ishlatiladigan rang turlari.

Agar dizayn loyihangiz quyidagilarni oʻz ichiga olsa:

🔹 Veb va ilovalar dizayni, grafika, onlayn logotiplar, onlayn eʼlonlar, ijtimoiy media, postlar uchun rasmlar, profil rasmlari, vizual tarkib, video, raqamli grafika dizayni uchun RGBga;

🔹 Brending, tashrif qogʻozlari, stikerlar, belgilar va doʻkon peshtaxtalari, reklama, eʼlon taxtalari, plakatlar, risolalar, tovarlar dizayni uchun CMYKga murojaat qilishingiz maʼqul.


@procodeuz
PHP olamida 3 ta yirik freymvorklar bor: Yii, Symfony va Laravel. Yii freymvorki ayniqsa sobiq ittifoq davlatlarida keng tarqalgan, shu jumladan O'zbekistonda ham. Ushbu freymvork meynteyneri, ya'ni asosiy dasturchisi - Aleksandr Makarov bilan suhbatlashgan edil. Bugun ushbu suhbatni tarjima qilib, sizlarga havola qilayapman. O'ylaymanki bu qiziq bo'ladi!

Video - https://youtu.be/dXjwkpoq4GI

@kadirovDev
#video #savol_javob