azdev.uz
85 subscribers
406 photos
134 videos
17 files
831 links
Xush kelibsiz Kamina FullStack dasturchi !
Siz mening kanalimda :
💻 IT Sohasidagi yangiliklar va darsliklar 👨‍💻
💻 IT biznes yangiliklari!
💻 WebDasturlash!
💻 Ilim bilim tajriba ko'rib borasiz!


👼Murojat va takliflar uchun : @azdev96
Download Telegram
🎥 Facebook, Messenger Rooms - guruhli videomuloqot xizmatini taqdim etdi

Facebook
yaqin kunlar ichida o'z foydalanuvchilarini xursand qilish niyatida Messenger Rooms nomli videomuloqot xizmatini ishga tushirish niyatida. Zoomning raqobatdoshi bo'lishi kutilayotgan bu videokonferensiyadan bir vaqtning o'zida 50(!) tagacha qatnashuvchi ishtiroki ta'minlanadi.
❗️Messenger Rooms'da qatnashuvchilar o'z makonlaridagi tartibsizlikni bekitish imkoniyatlari bor, bunda orqa fonga 360 gradusda rasm joylashlari mumkin bo'ladi.

Shu bilan birga, xonalardagi suhbatlar shifratsiya qilinmas ekan, ammo bu ularni "proslushka" qilish mumkin ekanligini anglatmaydi deydi Sukerberg. Bunga ishonging kelmaydi ;), lekin Facebook buni mumkin ekanligini ta'kidlamoqda.

Facebook messengeri foydalanuvchilari videomuloqot xizmati orqali xona hosil qilib, facebook'da akkaunti mavjud bo'lmagan do'stlarini ham taklif qilishlari mumkin.
Xizmatni Facebook asoschisi Sukerbergning o'zi to'g'ridan-to'g'ri efirda taqdimotini o'tkazib berdi.

ℹ️ Zoom xizmati - maksimal ishtirokchilar soni 100 tagacha, gaplashish vaqti 40 minut, facebook xizmatida vaqt bo'yicha chegara yo'q.

✅ Mana bu link orqali Facebook asoschisi Mark Sukerberg bu xizmatni qanday taqdim qilganini ko'rishingiz mumkin(video ingliz tilida ):
👉 https://youtube.com/watch?v=97NiTS6N7eI

O‘zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: 👉https://t.me/planetait
😊 Hammaga Hayrli kun ! )

🙃Do'stlar juda zo'r yangilik !

🎥Yaqin orada bizda O'zbekistoning eng zo'r dasturchilaridan biri Akmal Kadirov (@kadirovDev kanal asoschisi) bilan maroqli hamda qiziqarli suhbat bo'lib o'tadi.


🎤 Kelayotgan suhbatimiz jarayonida biz dasturlash sohasi bo'yicha batafsil gaplashib olamiz !
Mazkur suhbat ko'pincha dasturlash nimaligini bilmaganlar uchun yoki endi dasturlashni boshlovchilar uchun juda qiziqarli hamda foydali bo'ladi.

🙋‍♂️Agarda ushbu soha bo'yicha kimda qiziqtiradigan savollar bo'lsa menga murojat qilishingiz mumkin
👉 @fructik(@procodeuz kanal asoschisi) va savollaringizga suhbatimiz jarayonida Akmal Kadirov javob berib boradilar !

🧠 Ilim olishdan to'xtamanglar ! 😊

👉 @procodeuz
Dasturlash tillarining vazifalari

📊Bugungi kunga kelib yuzlab dasturlash tillari mavjud. Bir biriga o'xshash vazifalarni bajaruvchi dasturlash tillari borligi rost, ammo ularning har biri qaysidir jihati bilan boshqasidan ajralib turadi. Keling, eng taniqli uchta dasturlash tillarining asosiy vazifalari va nima uchun kerak ekanliklari haqida tanishib chiqamiz:

🐍 Phyton - bu ma'lumotlarni tahlil qilish, matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish va veb sayt yaratish uchun qulay va ko'p qirrali bo'lgan dasturlash tili. NASA va Google kompaniyalarining asosiy ishlari ushbu dasturlash tiliga suyangan.

🍏 Swift dasturlash tili macOS, iOS, watchOS va tvOSda ilovalarni yaratish uchun ishlatiladi. Objective-C kabi, Swift yaqinda, aniqrog'i 2014 yilda, ishlab chiqilgan va asosan Apple mahsulotlari uchun ishlatiladi. Ushbu dasturlash tilining asosiy afzalligi tezlik va operativ tahrirlash hisoblanadi.

📲 Java - eng ommabop dasturlash tili bo'lib, bugungi kunga kelib 9 millionga yaqin dasturchilar undan foydalanishadi. Aynan shu dasturlash tili yordamida Android ilovalar yaratiladi. Ushbu tilning mashhurlik siri - uning soddaligidadir. Dunyoga mashhur Amazon, Linkedin va Netflix kabi yirik platformalar ushbu dasturlash tili asosida yaratilgan.

🐘PHP
-Hozirgi internetlashgan zamonda bu til eng muhim daturlash tillaridan biri hisoblanadi. Ma'lumot uchun: internetdagi web dasturlar va saytlarning 80% shu tilda yozilgan.


👉@procodeuz
Siz bunaqasini hali eshitmagansiz

Kundan kunga rivojlanib borayotgan internet marketing ko'plab qiziqarli faktlarga ega. Biz esa ularning eng qiziqarlilarini siz bilan baham ko'rishga qaror qildik:

⏱ Agar sayt 3 soniya ichida ochilmasa, unda 40% foydalanuvchilar saytdan, shunchaki, chiqib ketishadi.

🎥 Ijtimoiy tarmoq orqali 20% obunachilargina postlardagi matnni o'qishadi. Agar ushbu post video shakliga keltirilsa, bu raqamlar 4 barobar ortib, 80%ni tashkil etadi.

📲 Bir soniya ichida Google orqali 40 000dan ortiq qidiruv amalga oshiriladi. Bu esa, internetga bo'lgan talabni o'sib borayotganini isbotlamoqda.

🖥 70% odamlar Google orqali so'rov berganda, natijalarning birinchi betidan boshqasiga o'tishmaydi.

👨‍👨‍👦‍👦 Bugungi kunga kelib, dunyo bo'ylab internet foydalanuvchilarning soni 3.9 milliardga yetdi. Shularning 3.1 milliardi ijtimoiy tarmoqlarning aktiv foydalanuvchilari.

🎯 Bir kunda YouTube orqali 5 milliardga yaqin video ko'riladi.

Siz esa, ushbu ma'lumotlarni do'stlaringizga ulashib, eng birinchilardan bo'ling!☺️

👉@procodeuz
🤲🌹ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

🤲 Эзгу амаллар қилиш учун имкон бериб, тонгда уйғотган Аллоҳга беҳисоб шукурлар бўлсин.

🤲 Бошлаб олган ЖУМА кунингиз муборак бўлсин! Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!

🤲 Аллоҳдан Ўзингиз ва Ота - Онангиз ва сизга азиз бўлган барча яқинларингизни мағфират қилишини сўрайман!

🤲 ЖУМА Тонгимиз - яхшилик билан бошлансин, хонадонларимиздан тинчлик тотувлик, барака аримасин.

🤲 ЖУМА кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин!

. 人 ★ 。 • ˚ ˚ 🌟🌙
. ( ) Juma ★
. ┃口┃
muborak
. ┃口┃★ . . ˛•
. ┃口┃★ •★ 。•˛˚˛
. ┃口┃ •˛˚˛ 人 •˛˚

👉@procodeuz
🕌Kirib kelgan ramazon oyining ikkinchi jumasi muborak do'stlar !

❗️Yakshanba kuni soat 18-00
Akmal Kadirov (@kadirovDev kanal asoschisi) bilan suhbatimizni tamosha qilishingiz mumkin !

‼️Eslatib o'taman obunachilarimiz tamonidan yig'ilgan savollarga Akmal Kadirov javob berib boradilar ! Agar kimda yana savol qolib ketkan bo'lasa lichkamga 👉 @fructik
yozib qoldirishingiz mumkin !


👉 @procodeuz
Facebook asoschisi "Sukerberg"dan 1 - chorak hisoboti(daxshat)

Dunyo bo'yicha 3 mlrd odam Facebook, Instagram, WhatsApp, Facebook Messenger'laridan foydalanmoqda. Bu barcha xizmatlar Facebook asoschisi Mark Sukerberg'ga tegishli. 3 mlrd foydalanuvchi bu - dunyo internet foydalanuvchilarining 2/3 qismi hisoblanadi, bu juda hayratlanarli natija.

Kompaniya 2020 yil 1 chorak bo'yicha hisobot berdi, bularning barchasidan Mark $17,74 mlrd foyda ko'rdi. Buncha katta foydaga, ko'pchilik pandemiya sabab masofaviy ishlashga o'tganligi keltirildi.

Mark'ning qo'shimcha qilishicha, ovoz va video qo'ng'iroq xizmatlari ikki barobarga oshgan, xususan oxirgi haftada Facebook messengeri orqali yangi paydo bo'lgan guruhli video qo'ng'iroqqa talab juda katta.
#facebook #instagram #whatsapp

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: 👉 https://t.me/planetait
😊Barchaga rahmat !

🎥Video suhbatimiz yoqqan bo‘lsa xursandman !

🔥O‘ylaymanki kimlardir o‘ziga juda zo‘r mativatsiya oldi deb ! Xato o‘zim ham juda kuchli mativatsiya oldim !

📝 Kimdadir savollar qolib ketgan bo‘lsa hech qisi yo‘q mani lichkamga yozib qoldirishingiz mumkin @fructik Akmal aka video chiqarishga harakat qilaman dedilar !
🎥 Hammaga xayrli kun do‘stlar bugun primyera !

🙃 Akmal Kadirov (kadirovDev) vadaga muofiq soat 21-00 baʼzi bir obunachilar tomonidan qolib ketgan savollarga javob berib o‘tadilar !

🎬O'tqazib yubormanglar 👉 https://youtu.be/tDgKWQb4BYw
💻 Uyda pul toping

Hozirgi paytda freelancer ishlash imkonini beruvchi - ya'ni masofaviy pul topish mumkin bo'lgan saytlarning ancha "bozori chaqqon" bo'lib qoldi. Ko'pchilik karantin sabab uyda qolgani uchun ham shunday saytlarga ishi tushishi tabiiy holdir.

🎮Bu unchalik qiyin jarayon emas, kerakli saytga kirib, o'zingiz qilgan ishlardan namunalar joylashtirib, o'zingiz yoqtirgan loyiha ustida ishlashingiz mumkin.

Quyida siz uchun dunyodagi eng mashhur va katta freelancer ishlash mumkin bo'lgan saytlarni keltirib o'tamiz:
• Fiverr.com

• Freelancer.com

• Toptal.com undan tashqari upwork.com saytidan ham o'zingizning sohangizga oid ishlarni topishingiz mumkin.
​Texnika olamida ibratli voqea.
#lirikchekinish

Ko'p hollarda online zakazlarda, sotib oluvchi tomon zarar ko'radi, bu safar sotuvchi, ya'ni Google zarar ko'rishiga bir bahiya qoldi.

Amerikalik haridor yozadi(manba: Reddit):
"Men online orqali 1 dona Pixel 4 xotirasi 64GB'lik smartfonni 499$ qiymatga buyurtma berdim, ikki kundan keyin FedEx orqali buyurtmam keldi va bir korobka smartfon, aniqrog'i 10 dona(!)".
Shundan so'ng haridor darhol Google call markaziga qo'ng'iroq qiladi va bo'lgan ishni aytadi va shu karobkani cheklari bilan rasmga olib jo'natadi(rasm ilovada). Bir necha kundan so'ng, ortiqcha tovar qaytarib olinadi.

!! Amerika qonunlariga ko'ra, sotuvchi tomonidan xatoga yo'l qo'yilib, oluvchi tomonga foyda bo'lsa, tovar oluvchida qolishi mumkin, demak 10 ta smartfonni olib qolish imkoni bor edi.
Siz shunday qilaolarmidingiz?

Bu voqeani ko'p texnikaga oid chet ellik saytlar yozib chiqishdi, albatta yozishga arzidigan ibrat olsa bo'ladigan voqea,

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: 👇 https://t.me/planetait
#foydali_manba

Rus tilida bir "zakonniy" manba chiqib qoldi-ku. YouTubeda aylanib yurib Vladilen Minin ismli JavaScript dasturchining kanalini topib oldim. Ichida JS bo'yicha yaxshigina hajmdagi ma'lumotlar bor ekan. Bu "topilmam" sovimasidan sizlar bilan o'rtoqlashay dedim.

Vladilen Minin YouTube kanali: https://www.youtube.com/channel/UCg8ss4xW9jASrqWGP30jXiw

@procodeuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Дўстлар! Бугун премьералар куни бўлди, шундай экан, кутиб олинг!

Юрий Дудьнинг бир неча кунлар олдин катта шов-шувларга сабаб бўлган ва ҳозирда 16 млн марта томоша қилинган “Кремний водийси — дунёнинг IT пойтахти“ деб номланган фильми энди ўзбек тилида!

Юрий Дудь билан ўзаро келишувимизга мувофиқ, фильмнинг Ютубдаги премьерасини бироз кечроқ муддатга суриб турадиган бўлдик.

Фильмни дубляжида ёрдам берган инсонлар, дўстим Фурқат Усманов ва Alimoff Team жамоасига миннатдорчилик билдираман!

Бу ишлар ҳеч қандай тижорий мақсадларни кўзламаган ҳолда холис қилинди.

Alimoff Team — Ёшлар ёшлар учун!

Каналга уланиш 👉@nurbekalimov
🔥 Top eng zo'r partfoliolardan biri !

👉 http://test5.supersite.uz/


💻 Dasturchimiz :("Абдураззох #2 Guruh") !

#portfolio
​Klaviaturaning Win tugmasi nima qila oladi?

Win
tugma odatda klaviaturaning chap tomon ALT tugmasi yonida joylashadi(windows emblemasi), u quyidagilar bilan kelganda ancha foydali hisoblanadi.

1. Win + E - "Проводник" oynasi ochiladi.
2. Win + R - "Выполнить" oynasi.
3. Win + F - Qidirish oynasi(Windows 7).
4. Win + D - barcha oynalarni past qisimga o'tkazish(Свернуть).
5. Win + L - ekranni blokka tushirish
6. Win + probel - yozish tilini almashtrirish (Windows 10).
7. Win + Break - tizim haqida ma'lumot chiqarish.
8. Win + U - maxsus qulayliklar oynasi.
9. Win + ➡️(yoki ⬆️,⬇️,⬅️) - aktiv oynani o'ngga, chapga surish, ayniqsa katta monitorlar bilan ishlaganda qulay.
10. Win + TAB - ochiq oynalarni almashtirish(Windows 7'da juda chiroyli ko'rinadi).

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: 👇 https://t.me/planetait
#foydali_instrument

Bootstrapni endi o'rganayotganlar undagi komponentlar kodini topishda qiynalishadi. Shu ishni osonlashtirish uchun Bootstrap shpargalkasi berilgan saytdan foydalanish mumkin.

Instrument: https://bootstrap-4.ru/articles/cheatsheet/

👉 @procodeuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 #Top eng zo'r partfoliolardan biri !

🍔 Mazali burger sayti ! Yoqimli ishtaxa!

💻 Dasturchimiz :( ‘Mirzabek’ #10 Guruh") !

#portfolio
​​Muhammadjavohir Sur'atov bilan onlayn muloqot

Najot Ta'lim markazi siz azizlar tomonidan bo'layotgan takliflar va istaklarni inobatga olgan holda ayni damda veb dasturlash bo'yicha mutaxassis hamda Najot Ta'lim markazida veb dasturlash kursidan o'qituvchi bo'lib faoliyat olib borayotgan Muhammadjavohir Sur'atov bilan Najot Ta'lim YouTube kanalida suhbat uyushtiradi.

Mazkur suhbat orqali siz:

🔹 Dasturlash kimlar uchun?

🔹 Dasturlashni o'rganishni qachon boshlash kerak?

🔹 Dasturlash: o'rganish, o'rgatish va amaliyot va boshqa mavzular bo'yicha juda qiziqarli va foydali ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Suhbat Juma kuni soat 21:00 da jonli efir tarzida bo'lib o'tadi.

Jonli efirni o'tkazib yubormaslik uchun sahifamizga obuna bo'lib eslatma uchun qo'ng'iroq tugmasini bosib qo'ying!😊

🗓 Sana: 15.05.2020
🕘 Soat: 21:00

🔴 YouTube: https://youtu.be/B4Rf6KcfmVk

📌 O'zingizni qiziqtirgan savollaringizni izohlar orqali qoldirishingiz mumkin!