A'zamiy | Blog
252 subscribers
111 photos
6 videos
1 file
19 links
Qalbingizga sokinlik baxsh eta olish - asosiy maqsadim! Bera olganim - ibrat, ola bilishingiz - sizning irodangiz!

Reklama qo'yilmaydi. Hech qanday moddiyat yo'q!
Download Telegram
Qushlarni bezovta qilmaslikka harakat qiladigan ko‘pincha ovchi bo‘ladi. Shu bois ham ba’zi sohta g‘amxo‘rliklar seni aldab qo‘ymasin.
Insonlar hissiyotlari gʻalati:

Xursandchilik choʻqqisiga yetganda, koʻzlariga yosh keladi...
Dard-alam tubiga yetganda, kulishadi...
Jahli haddan ziyod oshib ketsa, jim qolishadi...
Imom Shofe’iy aytadilar:

«Men Vaki’ (rahmatulloh alayh)ning huzurlariga shikoyat qildim — yodlashim sustlashganidan.
U menga gunohlarni tark etishni tavsiya qildi.
Va aytdi: “Ilm — nurdir, Allohning nuri esa osiy (gunohkor)ga berilmaydi.”»
Chuqur maʼno

Ayol kishi juft xohlaydi - umrining oxirigacha u bilan birga boʻlishni xohlaydigan
Erkak kishi juft xohlaydi - umrining oxirigacha usiz yashashni xohlamaydigan
اللَّهُمَّ اخْتِمْ لَنَا بِحُسْنِ الْخَاتِمَةِ 🤲
(Allohumma ixtim lanaa bi-ḥusnil xotimah)

Allohim, xotimamizni (yakunimizni) goʻzal qilgin!


Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladi, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizga soʻzlab berdilar:
...
"Allohga qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qilib boradi, hatto u bilan jannat o'rtasida bir gaz (yoki bir ziro') masofa qolganda, unga kitob (taqdir) g'olib keladi-da, do'zax ahlining amalini qilib, unga kiradi."
"Yana sizlardan biringiz do'zax ahlining amalini qilib boradi, hatto u bilan do'zax o'rtasida bir gaz (yoki bir ziro') masofa qolganda, unga kitob (taqdir) g'olib keladi-da, jannat ahlining amalini qilib, unga kiradi."
Har safar u bilan orangizdagi farqlar haqida mulohaza qilsangiz, u sizga oʻxshamasligini his qilasiz. Oʻshanda yoddan chiqarmang, hurmatli erkaklar:

Siz tuproqdan yaralgansiz, u esa sizdan!
Bizdan qaytmasa, Xudodan qaytsin


Bu kimlargadir minnatdorchilik, kim uchundir qargʻish
Dunyoda foydasi tegmagan har bir birodarni oxiratda ham manfaati yo‘qdir.

© Shayx Ahmad Rifo’iy rohimahulloh.
🤲
Sog‘lik so‘rab o‘qiladigan duo


اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الصِّحَّةَ وَالعِفَّةَ وَالْأَمَانَةَ وَحُسْنَ الْخُلُقِ وَالرِّضَا بِالقَدَرِ

O‘qilishi: Allohumma inniy as’alukas-sihhata val ’iffata val amanata va husnal xuluqi var-rizo bil qodar.

Ma’nosi: Allohim! Sendan salomatlik, iffat, omonatdorlik, go‘zal xulq  va taqdirga  rozi  bo‘lishni so‘rayman.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:Alloh taologa eng yoqimsiz so‘zlardan biri, bir kishi boshqa kishiga “Allohdan taqvo qilgin” desa, u kishining “o‘zingni bil”, deyishidir”, dedilar.

Bayhaqiyning «Shu’abil iymon»dagi rivoyati.
Kechirimni har doim ham aybdor so‘ramaydi. Kechirimni munosabatlarni ko‘proq qadrlaydigan inson so‘raydi.

© Erix Maria Remark