A'zamiy | Blog
252 subscribers
111 photos
6 videos
1 file
19 links
Qalbingizga sokinlik baxsh eta olish - asosiy maqsadim! Bera olganim - ibrat, ola bilishingiz - sizning irodangiz!

Reklama qo'yilmaydi. Hech qanday moddiyat yo'q!
Download Telegram
Kambagʻalning uyida, bir kosa suv bilan siylashsa, oxirigacha ich! Bu ularni xursand qiladi.
Boy insonning uyida ozginasini qoldir, gʻururingga saqla...


Tushungan tushundi
Yoshlikdan bahramand boʻlish bilan kelajakni barbod qilish oʻrtasidagi tavoffutda ehtiyot boʻling.
Butun hayotingning rejalarini tuzishni bas qil!
Baʼzilar gunohlarining tubida Allohni tanishdi, boshqalar esa Uning rahmatidan gʻoyatda bahramand chogʻlarida Undan yuz oʻgirishdi...

© Shams Tabriziy
Oʻzingning yutuqlaring haqida gapirayotganingda mavzuni oʻzgartirishga harakat qiladigan insonlardan juda ehtiyot boʻl!
Oxir borib atir idishi yorilganida, undan juda kuchli ifor chiqadi. Lekin bu iforni oxirgi marta hidlashing boʻladi…
Gʻiybat - koʻra olmaganlar tomonidan aytiladi, laqmalar tomonidan yetkaziladi va ahmoqlar tomonidan tinglanadi.

Aqlli insonlar qulogʻiga yetib kelib, toʻxtaydi.
Ibodat qilish uchun gunohlaringiz kamayishini kutmang! Ibodat qilib gunohlaringizni kamaytiring!
Insonlarga ular aldanganliklarini tushuntirishdan koʻra ularni qayta aldash osonroq

© Mark Tven
Rasululloh ﷺ dedilar:
«Agar biror kishi siz haqingizda bilgan narsalari bilan sizni haqorat qilsa, siz u haqida bilgan narsalaringiz bilan uni haqorat qilmang. Shunda bu ishni ajri sizga, uni gunohi unga bo‘ladi».


©As Silsila as sahiha
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
Kim bir ilmdan so‘ralsa-yu, u o‘shani yashirsa, qiyomat kuni olovdan bo‘lgan yugan bilan yuganlanadi
,dedilar
».*


Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

* Gapirish lozim bo‘lgan o‘rinda sukut saqlab, xuddi og‘ziga yugan solingandek ilmni yashirgani uchun jazo o‘laroq qiyomat kuni og‘ziga olovli yugan solinadi.

© Hasanxon Yahyo Abdulmajid
Aqlli insonlar bilan qiynalib yashash, ahmoq insonlar bilan rohat qilib yashashdan ko‘ra huzurliroqdir.
Qushlarni bezovta qilmaslikka harakat qiladigan ko‘pincha ovchi bo‘ladi. Shu bois ham ba’zi sohta g‘amxo‘rliklar seni aldab qo‘ymasin.
Insonlar hissiyotlari gʻalati:

Xursandchilik choʻqqisiga yetganda, koʻzlariga yosh keladi...
Dard-alam tubiga yetganda, kulishadi...
Jahli haddan ziyod oshib ketsa, jim qolishadi...
Imom Shofe’iy aytadilar:

«Men Vaki’ (rahmatulloh alayh)ning huzurlariga shikoyat qildim — yodlashim sustlashganidan.
U menga gunohlarni tark etishni tavsiya qildi.
Va aytdi: “Ilm — nurdir, Allohning nuri esa osiy (gunohkor)ga berilmaydi.”»
Chuqur maʼno

Ayol kishi juft xohlaydi - umrining oxirigacha u bilan birga boʻlishni xohlaydigan
Erkak kishi juft xohlaydi - umrining oxirigacha usiz yashashni xohlamaydigan
اللَّهُمَّ اخْتِمْ لَنَا بِحُسْنِ الْخَاتِمَةِ 🤲
(Allohumma ixtim lanaa bi-ḥusnil xotimah)

Allohim, xotimamizni (yakunimizni) goʻzal qilgin!


Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladi, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizga soʻzlab berdilar:
...
"Allohga qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qilib boradi, hatto u bilan jannat o'rtasida bir gaz (yoki bir ziro') masofa qolganda, unga kitob (taqdir) g'olib keladi-da, do'zax ahlining amalini qilib, unga kiradi."
"Yana sizlardan biringiz do'zax ahlining amalini qilib boradi, hatto u bilan do'zax o'rtasida bir gaz (yoki bir ziro') masofa qolganda, unga kitob (taqdir) g'olib keladi-da, jannat ahlining amalini qilib, unga kiradi."
Har safar u bilan orangizdagi farqlar haqida mulohaza qilsangiz, u sizga oʻxshamasligini his qilasiz. Oʻshanda yoddan chiqarmang, hurmatli erkaklar:

Siz tuproqdan yaralgansiz, u esa sizdan!
Bizdan qaytmasa, Xudodan qaytsin


Bu kimlargadir minnatdorchilik, kim uchundir qargʻish
Dunyoda foydasi tegmagan har bir birodarni oxiratda ham manfaati yo‘qdir.

© Shayx Ahmad Rifo’iy rohimahulloh.
🤲
Sog‘lik so‘rab o‘qiladigan duo


اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الصِّحَّةَ وَالعِفَّةَ وَالْأَمَانَةَ وَحُسْنَ الْخُلُقِ وَالرِّضَا بِالقَدَرِ

O‘qilishi: Allohumma inniy as’alukas-sihhata val ’iffata val amanata va husnal xuluqi var-rizo bil qodar.

Ma’nosi: Allohim! Sendan salomatlik, iffat, omonatdorlik, go‘zal xulq  va taqdirga  rozi  bo‘lishni so‘rayman.