A'zamiy | Blog
252 subscribers
111 photos
6 videos
1 file
19 links
Qalbingizga sokinlik baxsh eta olish - asosiy maqsadim! Bera olganim - ibrat, ola bilishingiz - sizning irodangiz!

Reklama qo'yilmaydi. Hech qanday moddiyat yo'q!
Download Telegram
Laylat-ul Qadr kechasi haqida hadislar:

Rasululloh ﷺ dedilar: «Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar».

© Buxoriy va Muslim rivoyati
(Oisha roziyallohu anhodan)


Rasululloh ﷺ dedilar: «Kim Laylatul Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning shu kechagacha sodir etgan barcha gunohlari mag‘firat qilinadi».

© Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyati

Oisha roziyallohu anho:
«Ey Rasululloh ﷺ, agar Laylatul qadr (ya’ni qadr kechasi) ekanini bilsam, nima deb duo qilay?» deb so‘radilar, shunda Rasululloh ﷺ:

اَللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

«Allohumma innaka ’afuvvun, tuhibbul ’afva fa’fu ’anniy», deb ayt»,
dedilar.

(Ma’nosi: Ey Robbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko‘rasan. Meni afv et.)

© Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyati.


🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Qafasda tugʻilgan qushlar uchishni kasallik deb oʻylaydi...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Bir hakimga: «Nega odam birovlarning aybini ko‘rganchalik o‘zining ayblarini ko‘ra olmaydi?» deyishdi. «Chunki inson o‘ziga oshiqdir, oshiq esa ma’shuqining aybini ko‘rmaydi», deb javob berdi.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Zamon oxirlaganda yer yutish, tosh yog‘ishi va boshqa maxluqqa aylantirib qo‘yish sodir bo‘ladi», dedilar. (Sahobalardan biri: «Bu qachon bo‘ladi, yo Rasululloh?» deb so‘radi.) Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Raqqosalar va sozlar ko‘payganda, xamr ichilganda», dedilar».

Imom Tabaroniyning «al-Kabir»dagi rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Ahmoq bilan tortishish ularning sonini ikkitaga yetkazadi...
Hayotingdagi har bir inson senga hayotiy dars beradi: nima qilish yoki qilmasliging kerakligini...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Alloh ramazon sharofati bilan sening gunohlaringni yuvib yubordi deb umid qil va yangidan boshlagan varogʻingga eski gunohlarni yozma...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Kimki ramazon ro‘zasiga shavvoldan olti kun ro‘zani ergashtirib qo‘ysa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi”.

Imom Muslim rivoyati.

Izoh:
Ulamolar Ramazon ro‘zasidan keyin shavvol oyida olti kun ro‘za tutgan kishiga bir yil davomida ro‘za tutganlik mukofoti berilishini bunday tushuntirishgan: “Ma’lumki, shariatimizda hijriy-qamariy taqvim asosida hisob-kitob qilinadi.
Shunday ekan, bir hijriy-qamariy yil taqriban 360 kundan iborat. Shunda, o‘ttiz kun Ramazon ro‘zasi o‘nga ko‘paytilganda 10 oy, ya’ni, 300 kun o‘rniga o‘tadi.
Shavvol oyining olti kun ro‘zasining o‘n barobari esa 60 kun, ya’ni, 2 oy bo‘ladi. Qo‘shib hisoblaganda, 360 kun (bir yil)ni tashkil qiladi. Natijada, kishi butun yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi.

Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)...”, An’om surasi, 160-oyat.


© @arabicuz

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Oʻrmonda bitta daraxtning oldiga yana qaytib kelishing, bu toʻgʻri tanlov emas, aksincha adashib qolganing belgisidir...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Til qudratli qurol, u bilan turli xil ta'sir oʻtkazish mumkin, masalan:

1) Sen millionlar ichida bittasan
2) Millionta ichida bittasisan...

Soʻzingizda ehtiyot boʻling. Koʻproq kitob oʻqing/mutolaa qiling.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Musulmon birodaringizni sizdan oladigan nasibasi uchta bo‘lsin:

1. Agar, unga foyda bermasangiz, zarar ham bermang;
2. Agar, uni xursand qilmasangiz, g‘amgin ham qilmang;
3. Agar, uni maqtamasangiz, yomonlamang ham.

© Yahyo ibn Muoz rohimahulloh

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Eng taʼsirli duolardan biri:

Ya Alloh, ortidan duo qiladigan insonlari yoʻq marhum(a)larni oʻzing avf etgin! 🤲

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Hasan Basriy aytadilar:

«Ey Odam farzandi, agar senga namozing qadrsiz bo‘lsa, u holda diningdagi qaysi narsa sen uchun aziz?! Holbuki, sen qiyomat kunida birinchi bo‘lib namozingdan so‘ralasan-ku!»

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#eslatma

Ertalab sevgilingiz telefon qilib, bomdodga uyg'otgani bilan -
harom munosabatingiz halol bo'lib qolmaydi..!


🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Bilasizmi, eng yomoni nima?
Bu gunoh ishlardan oʻzini tiya olmaslik emas, balki gunoh ishlarga oddiy holdek va hattoki ijobiy munosabatda boʻlishni boshlashdir...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#iqtibos

«Men qachon to‘ygan bo‘lsam yo gunoh qildim, yo gunohga qasd qildim.»

Zunnun rohimahulloh

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#ibrat

Boshqa din vakillari Qur'on o'qishmaydi, ular hadislar o'qishmaydi.
Ular sizni "o'qishadi"! Shunday ekan, Islom dinining yaxshi namunasi bo'ling!


🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Musiqa va Qur'on bir qalbda joy topa oladi, deb oʻylaydiganlarga bitta gapim bor:
- Nechta qoʻshiqni yoddan bilasiz-u, necha sura bilasiz..?

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Hali to‘zon tinsin, ko‘rasan beshak,
Mingan uloving ne - otmi yo eshak?


© 🌐

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
O‘tganlarni g‘aribi rahmat qilsin(mi?)

O‘tganlar haqiga duoi xayrlar qilinayotganda ko‘pincha shu gap aytiladi: ularni g‘aribi rahmat, shoistai jannat aylasin.

Bu yerda ikkita forsiy izofali birikma ishlatilyapti:
— g‘aribi rahmat,
— shoistai jannat.

Xo‘sh, bunda qanday xatolik bor?
Gʻaribi rahmat jumlasi "rahmatingni darig‘ tut, yolg‘iz va bechora ahvolda qoldir" degan ma’noni bildiradi. Ko‘rinadiki, biz bilmagan holda marhumni duoi bad qilib qo‘yishimiz mumkin ekan.
Aslida, g‘ariqi rahmat bo‘lishi kerak.

Gʻariq nima degani?
Bu forsiy so‘z — biz bilgan sho‘ng‘ish, cho‘kish, ko‘milish ma’nolarini anglatuvchi g‘arq so‘zining o‘zginasi. Demak, g‘ariqi rahmat deganda Alloh rahmatiga g‘arq qilsin, ya’ni rahmati va marhamatiga burkantirsin, degan ma’no hosil bo‘ladi.

Shoistai jannat
Shoista esa munosib, loyiq, sazovor bo‘lish degani. Demak, duodan murod marhumni jannatga kirishga munosib bandalar qatoridan qilishini so‘rash ekan.

Gʻaribi rahmat
Gʻariqi rahmat


© @xatoliklar

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Bogʻbondan soʻrashdilar: "Gullaringiz bunchalik chiroyli oʻsganining sababi nima?" U kishi javob berdi:
Men gullarimni oʻsishga majbur qilmayman, shunchaki ularga xalaqit qiladigan narsalardan tozalab turaman...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!