A'zamiy | Blog
252 subscribers
111 photos
6 videos
1 file
19 links
Qalbingizga sokinlik baxsh eta olish - asosiy maqsadim! Bera olganim - ibrat, ola bilishingiz - sizning irodangiz!

Reklama qo'yilmaydi. Hech qanday moddiyat yo'q!
Download Telegram
Bir kishi Hasan Basriydan so‘rabdi:Iblis ham uxlaydimi?” U zot:Uxlaganida edi, rohat topgan bo‘lardik”, deb javob berdilar.

“Talbiysi ibliys” kitobidan.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#kun_hadisi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Qabriston va hammomdan tashqari, butun yer yuzi masjiddir”.

Imom Termiziy rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Abu Bakr roziyallohu anhu dedi: “Agar va’z aytsang qisqaroq so‘zla. Albatta, ko‘p gapning ba’zisi ba’zini unuttiradi”.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Bosh qoʻyib yigʻlashga yelka topmasang ham bilginki, bosh qoʻyib duo qilishga joynamoz bor..

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Tilingni kuchini oʻsha tilingni charxlab bergan ota-onangga koʻrsatma!

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Har bir kechiruvchi inson ortida oʻzining gunohlarini yukini anglab yetgan qalb yotadi...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
– Qachon gapirishni bilishing tarbiyadir.
– Gapirayotgan kishini eshitishing axloqdir.
– Gapirayotgan kishini gapini bo‘lmaslik odobdir.
– Gapirilayotgan narsani anglash hikmatdir.
– Gapirayotgan har-bir kishini tasdiqlamaslik zukkolikdir.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Allohdan gullar soʻrasang, avval yomgʻir yuborganiga hech ham hayron boʻlma...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Hasad haqida


Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: “Shuni bilinglarki, kimki bir bandaga ato etilgan narsada hasad qilsa, u bandaga o‘sha ne’matni ato etganni g‘azablantiradi. U zot esa – Alloh azza va jalladir”, dedilar.

Isbahoniyning “Tavbih va tanbeh” asaridan.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Suhbatdosh/doʻstni tanlanglar


Qurʼoni Karimda: “Ey voh! Qani edi, falonchini do‘st tutmagan bo‘lsam. Batahqiq, menga Zikr (Qurʼon) kelganidan so‘ng, u (doʻst) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir”.

Furqon surasi, 28 - 29 oyatlar

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#kun_hadisi

Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: “Ummatimdan yetmish ming kishi jannatga hisob-kitobsiz kiradilar. Ular dam soldirmaydilar, irim-sirimlarga ishonmaydilar va Rabbilariga tavakkul qiladilar”, dedilar.

Imom Buxoriy rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#kun_oyati

Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa, Alloh biladir, siz bilmassiz.

(Baqara surasi, 216-oyat)

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#kun_hadisi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir qavm Alloh azza va jallani zikr qilib o‘tirar ekan, farishtalar ularni qurshab oladilar, ularni rahmat o‘rab oladi, ustlariga sakinat-sokinlik tushadi hamda Alloh taolo O‘z huzuridagi farishtalar ichida ularni zikr qiladi».

Imom Muslim rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
O‘zing qilmagan ish bilan faxrlanma:


Husnu jamoling bilan faxrlanma, chunki uni sen yaratmagansan.
Naslu-nasabing bilan ham faxrlanma, chunki uni sen tanlamagansan.
Ammo odob-axloqing bilan faxrlanaver, chunki ular bilan o‘zing bezangansan.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Laylat-ul Qadr kechasi haqida hadislar:

Rasululloh ﷺ dedilar: «Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar».

© Buxoriy va Muslim rivoyati
(Oisha roziyallohu anhodan)


Rasululloh ﷺ dedilar: «Kim Laylatul Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning shu kechagacha sodir etgan barcha gunohlari mag‘firat qilinadi».

© Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyati

Oisha roziyallohu anho:
«Ey Rasululloh ﷺ, agar Laylatul qadr (ya’ni qadr kechasi) ekanini bilsam, nima deb duo qilay?» deb so‘radilar, shunda Rasululloh ﷺ:

اَللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

«Allohumma innaka ’afuvvun, tuhibbul ’afva fa’fu ’anniy», deb ayt»,
dedilar.

(Ma’nosi: Ey Robbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko‘rasan. Meni afv et.)

© Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyati.


🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Qafasda tugʻilgan qushlar uchishni kasallik deb oʻylaydi...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Bir hakimga: «Nega odam birovlarning aybini ko‘rganchalik o‘zining ayblarini ko‘ra olmaydi?» deyishdi. «Chunki inson o‘ziga oshiqdir, oshiq esa ma’shuqining aybini ko‘rmaydi», deb javob berdi.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Zamon oxirlaganda yer yutish, tosh yog‘ishi va boshqa maxluqqa aylantirib qo‘yish sodir bo‘ladi», dedilar. (Sahobalardan biri: «Bu qachon bo‘ladi, yo Rasululloh?» deb so‘radi.) Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Raqqosalar va sozlar ko‘payganda, xamr ichilganda», dedilar».

Imom Tabaroniyning «al-Kabir»dagi rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Ahmoq bilan tortishish ularning sonini ikkitaga yetkazadi...
Hayotingdagi har bir inson senga hayotiy dars beradi: nima qilish yoki qilmasliging kerakligini...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Alloh ramazon sharofati bilan sening gunohlaringni yuvib yubordi deb umid qil va yangidan boshlagan varogʻingga eski gunohlarni yozma...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!