A'zamiy | Blog
252 subscribers
111 photos
6 videos
1 file
19 links
Qalbingizga sokinlik baxsh eta olish - asosiy maqsadim! Bera olganim - ibrat, ola bilishingiz - sizning irodangiz!

Reklama qo'yilmaydi. Hech qanday moddiyat yo'q!
Download Telegram
Odamlar nazdida yetarlicha taqvodor koʻrinib boʻldik. Endi xilvatda (yolgʻiz qolganda) taqvoni ushlash qoldi...

❄️ @azamiy - Qalblar oromi!
Ilm sababli Odam alayhissalom shon-sharafga erishdilar. O‘sha ilm sababli farishtalarning sajdasiga haqli bo‘ldilar.

Alloma-muhaddis shayx Muhammad Avvoma hafizahulloh.

❄️ @azamiy - Qalblar oromi!
Hamma gunohlarning asosi uchtadir:

1. Kibr. Iblisning boshiga tushgan ko‘rgiliklar shundan bo‘lgan.

2. Hirs. Odam alayhissalomni jannatdan shu chiqargan.

3. Hasad. Odam alayhissalomning bir farzandi inisini o‘ldirishiga yetaklagan illat mana shudir.

Kim mana shulardan saqlansa, yomonlikning hammasidan saqlanibdi. Kufr kibrdan, gunoh hirsdan, jabr va zulm esa hasaddandir.

Imom Ibn Qayyim rahimahulloh

❄️ @azamiy - Qalblar oromi!
Ramazon va bahor fasli muborak bo'lsin!

Alloh tutayotgan ro'zangizni, qilayotgan ibodatlaringizni, ehson va duolaringizni qabul qilsin. Ramazon hayr-baraka, sabr-toqat va mehr-oqibat oyi bo‘lsin! 🤲

Shuningdek, bahorning yoqimli havosi, yashillik va gullarning chiroyi sizga quvonch va farovonlik olib kelsin. Yangi fasl hayotingizga yangilanish, baxt va muvaffaqiyat olib kelishini tilayman!

Ramazon muborak! Bahor fasli muborak!

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Ushbu muborak oy davomida Saharlik va Iftorlik paytlarida #kun_oyati va #kun_hadisi heshteglari ostida Qur'oni Karim oyatlari va hadislar ulashib boraman!

Faol bo'ling!
#kun_oyati

Va biringizga o‘lim kelib: «Ey Robbim, agar mening o‘limimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo‘lsam», demasdan avval, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling.

Munofiqun surasi, 10-oyat

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Bir kishi Hasan Basriydan so‘rabdi:Iblis ham uxlaydimi?” U zot:Uxlaganida edi, rohat topgan bo‘lardik”, deb javob berdilar.

“Talbiysi ibliys” kitobidan.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#kun_hadisi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Qabriston va hammomdan tashqari, butun yer yuzi masjiddir”.

Imom Termiziy rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Abu Bakr roziyallohu anhu dedi: “Agar va’z aytsang qisqaroq so‘zla. Albatta, ko‘p gapning ba’zisi ba’zini unuttiradi”.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Bosh qoʻyib yigʻlashga yelka topmasang ham bilginki, bosh qoʻyib duo qilishga joynamoz bor..

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Tilingni kuchini oʻsha tilingni charxlab bergan ota-onangga koʻrsatma!

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Har bir kechiruvchi inson ortida oʻzining gunohlarini yukini anglab yetgan qalb yotadi...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
– Qachon gapirishni bilishing tarbiyadir.
– Gapirayotgan kishini eshitishing axloqdir.
– Gapirayotgan kishini gapini bo‘lmaslik odobdir.
– Gapirilayotgan narsani anglash hikmatdir.
– Gapirayotgan har-bir kishini tasdiqlamaslik zukkolikdir.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Allohdan gullar soʻrasang, avval yomgʻir yuborganiga hech ham hayron boʻlma...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Hasad haqida


Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: “Shuni bilinglarki, kimki bir bandaga ato etilgan narsada hasad qilsa, u bandaga o‘sha ne’matni ato etganni g‘azablantiradi. U zot esa – Alloh azza va jalladir”, dedilar.

Isbahoniyning “Tavbih va tanbeh” asaridan.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Suhbatdosh/doʻstni tanlanglar


Qurʼoni Karimda: “Ey voh! Qani edi, falonchini do‘st tutmagan bo‘lsam. Batahqiq, menga Zikr (Qurʼon) kelganidan so‘ng, u (doʻst) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir”.

Furqon surasi, 28 - 29 oyatlar

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#kun_hadisi

Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: “Ummatimdan yetmish ming kishi jannatga hisob-kitobsiz kiradilar. Ular dam soldirmaydilar, irim-sirimlarga ishonmaydilar va Rabbilariga tavakkul qiladilar”, dedilar.

Imom Buxoriy rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#kun_oyati

Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa, Alloh biladir, siz bilmassiz.

(Baqara surasi, 216-oyat)

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#kun_hadisi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir qavm Alloh azza va jallani zikr qilib o‘tirar ekan, farishtalar ularni qurshab oladilar, ularni rahmat o‘rab oladi, ustlariga sakinat-sokinlik tushadi hamda Alloh taolo O‘z huzuridagi farishtalar ichida ularni zikr qiladi».

Imom Muslim rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
O‘zing qilmagan ish bilan faxrlanma:


Husnu jamoling bilan faxrlanma, chunki uni sen yaratmagansan.
Naslu-nasabing bilan ham faxrlanma, chunki uni sen tanlamagansan.
Ammo odob-axloqing bilan faxrlanaver, chunki ular bilan o‘zing bezangansan.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Laylat-ul Qadr kechasi haqida hadislar:

Rasululloh ﷺ dedilar: «Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar».

© Buxoriy va Muslim rivoyati
(Oisha roziyallohu anhodan)


Rasululloh ﷺ dedilar: «Kim Laylatul Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning shu kechagacha sodir etgan barcha gunohlari mag‘firat qilinadi».

© Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyati

Oisha roziyallohu anho:
«Ey Rasululloh ﷺ, agar Laylatul qadr (ya’ni qadr kechasi) ekanini bilsam, nima deb duo qilay?» deb so‘radilar, shunda Rasululloh ﷺ:

اَللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

«Allohumma innaka ’afuvvun, tuhibbul ’afva fa’fu ’anniy», deb ayt»,
dedilar.

(Ma’nosi: Ey Robbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko‘rasan. Meni afv et.)

© Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyati.


🌱@azamiy - Qalblar oromi!