Azambek Abdumutalibov
281 subscribers
231 photos
27 videos
3 files
74 links
Learn, explore, and enjoy!

Math teacher!

📌 5 yillik tajriba
👥 Helped 200+ students
🎓 ASIFL talabasi | 📚 Book enthusiast
📜 Tarix, san’at va ma’naviyat ixlosmandi



Bog'lanish uchun: @Andijon_yorkent_city
Download Telegram
Azambek Abdumutalibov
Photo
Tanlov nega 21-kuni yakunlandi degan savolga javob!
Nega men 21 kunlik chellenj o'tkazaman degan savolga ham qisman javob bu!

2024-yili, 24-dekabr soat 11:00da yiqilib tushdim, tizzam bukulmay yura olmay qoldim tahminan soat 16:00larda menga "2-darajali minsk" jarohati tashxisi qo'yildi , o'sha kunlarni hali hamon eslayman haftalab yig'ladim🥺 yurib turgan odam kutilmaganda bir to'shakka mixlanib qolsa qalbimiz og'rir ekan.
Doktor 21 kun ichida tizza pardasi bitsa operativ yo'l qo'llanilmaydi, agar bitmasa kesib olib tashlanadi degan edi... umidimni bir kun ham uzmadim tahminan 2 hafta judayam og'ir o'tdi , keyin esa buvam kelib "o'g'lim yaxshimisan" dedi, "bilaman tushkunsan ,lekin sabr qil buning ortida senga beriladigan ajr bordir" deganlaridan keyin bor alamimni kitoblardan oldim 9-yanvar kuni kitob o'qishni boshlab oyni yakuniga qadar 11ta kitobni tugatib qo'ydim. 21kundan keyin tekshiruvga borishim kerak edi bormadim tinim bilmay ma'lumot qidirib bu kasaldan chiqib ketish yo'lini qidirdim doktor huzuriga borsam (unagacha 4,5 ta kuchli jarrohlarni topdik) uka hozir Uzbekistonda mavjud eng so'ng texnalogiya bilan ko'ryabmiz parda bitibdi degandi (aks holda operativ yo'l bo'lsa 2 yil og'ir mehnat qilmasligim yana qo'shimga 1 oy uyda yotishim kerak bo'lar edi) juda ham xursand bo'lgandim o'shanda tahminan 16-mart kuni edi.

Aynan shu sababli tanlov uyushtirdik!
3🔥2💘2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KitobxonlarDavrasi #AnisTeam

"KITOBXONLAR DAVRASI" PODKASTINING YANGI SONI EFIRDA

👍 Andijon davlat chet tillari instituti koʻngilli talaba-yoshlaridan iborat "Anis Team" jamoasi Kitobxonlik yoʻnalishi fasilitatorlari tomonidan olib borilayotgan "Kitobxonlar davrasi" podkastining navbatdagi soni e'tiboringizga havola etiladi.

➡️ Marhamat, tomosha qiling!

😎Bizni telegram kanalimizda kuzating:

😎Telegram
2🔥1💘1
Andijon davlat chet tillari institutining "Kitobxonlar davrasi" podkasti qaytdi do'stlar!
Ko'ring , fikr bildiring , kamchiligimizni to'ldiring, kelgusi sonlarda qaysi mavzuda suhbat yuritishimizni yozib qo'yasiz!
💘32🔥1👏1
Shu 3kunlik darslarimizni bugundan boshlashga qaror qildim🎁

24-25-26 dekabr kunlari kanalimizda rus tili bo'yicha boshlang'ich darajadagilar va takrorlashni xohlovchilar uchun 3 kunlik darslar bo'lib o'tadi! Bu 3 kun ichida siz rus tilidagi eng kerakli bilimlarga ega bo'lishingiz mumkin

📌Bugun 1-kun darslarini boshlaymiz.

21:30 barchani kutaman🌝
2🔥1
"Anis team" bilan bugun Erkin Vohidov ijodiga bag'ishlangan tadbirni o'tkazdik , jamoa bilan birga ishlab ajoyib yakunni qildik desam mubolag'a bo'lmaydi bir oila ushbu kunda jam bo'ldi😊 bu uchun ustozimizga umuman jamoaning har biz a'zosiga rahmat aytaman!

Undan so'ng esa "Anis team" bilan yilni yakuni sifatida birgalikda nishonladik, shu o'rinda bir narsani eslatmoqchiman dasturxonning bahosi undagi buyum yoki taom bilan emas balki atrofdagi insonlar bilan baholanadi bugun shunga amin bo'ldikki jamoa allaqachon bir oila bo'lib ulguribdi 2 soat mazza qilib gaplashib, o'yinlar o'ynab "secret santa"ni o'tkazdik hammasi ajoyib va go'zal xotiralarga aylandi.
Domla bilan didimiz bir xil ekan bir xil sovga tanlabmiz hamda bir xil sovg'a olibmiz.
Bugungi unutilmas kun uchun barcha yaqinlarimga rahmat!!!
3🔥3💘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatnoma

🔥O’zbek kosmonavti va sun’iy yo’ldoshi fazoga uchadi

Shavkat Mirziyoyev:

Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik.

Bu – Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi, deb ishonaman.



👉 @xushnudbek 👈
💘32🔥2
O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi.
3💘3🔥2
Insonning eng katta dushmani – uning o'zidir!
Shunday ekan biz har kuni o'zimiz bilan "jang" qilishimizga to'g'ri keladi bu esa yakunda katta g'alabalar eshigini ochib beradi!
6🔥1💘1
Azambek Abdumutalibov
Insonning eng katta dushmani – uning o'zidir! Shunday ekan biz har kuni o'zimiz bilan "jang" qilishimizga to'g'ri keladi bu esa yakunda katta g'alabalar eshigini ochib beradi!
Insonning eng katta dushmani — uning o‘zi.

(Kecha fikrlarimni to‘liq ifodalay olmagan edim.)

Bugun ko‘pchiligimiz ichimizda yurgan savollarga birga javob izlaylik.
Aytaylik:
Bugun “Fransuz tilini o‘rganishni boshlayman” deysiz,
lekin dangasalik yoki qo‘rquv ustun keladi.
“1 ta full reading qilaman” deysiz, ammo oxiriga yetmaysiz.
“30 bet kitob o‘qiyman”, “fitnessga boraman”,
“30 ta testni ishlab, tahlil qilaman” deysiz…
Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.
Eng achinarlisi — bu holatlar deyarli hammamizda bor.
Asl muammo shundaki, boshlay olmaymiz yoki boshlab taslim bo‘lamiz.
Bugun qilinishi shart bo‘lgan ishlar ertaga qoladi.
Bu esa ko‘zgudagi qarshisidagi "raqibga " erta taslim bo‘lish demak.
Agar hayotni jang maydoniga qiyoslasak, hali kuchlar teng bo‘la turib, qurolni tashlab,
erkni dushmanga ishonib topshirishga o‘xshaydi.

Aziz, o'quvchi! "Men ertaga boshlayman" deyish, hali noma'lum bo'lgan mablag'ni " cho'ntagimda turibti" deyish , bilan tengdir!
Shunday ekan nega biz hozirdan boshlamasligimiz kerak? Qachongacha qo'rqamiz?

Unutmang: Atrofimizda biz bilan bir xil havodan nafas olib bizdan ko'ra yaxshiroq, zo'rroq aynan bizning sohamizdagi odam bormi! Yoki bitta guruhda bizdan ko'ra bilimli, saviyali talaba bormi? Yoki O'quv markazida bizdan ko'ra kuchli o'qituvchi bormi? ....
Demak, bizning uxlashga haqqimiz yo'q!
6🔥21
Forwarded from A.Yunusov kundaligidan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YangiYil #MehrliDavra

“ANIS TEAM” — KATTA OILA… 🤍

Biz “Anis Team” jamoasi bilan Yangi yilni kichikgina davrada, samimiy suhbatlar va chiroyli tilaklar bilan qarshi oldik. Taʼtil bois ko‘pchilik a’zolarimiz o‘z xonadonlarida bo‘lishiga qaramay, 10 nafar a’zomiz jam bo‘lib, katta oilamizning kichik, ammo juda iliq uchrashuvini o‘tkazdik.

Bu faqatgina bayram emas edi. Bu — bir-birimizni sog‘inganimiz, jamoaga bo‘lgan mehrimiz, "Anis Team" ruhining nechog‘lik tirik ekanini his qilgan kun bo‘ldi.

Har bir aytilgan so‘z, har bir tilak, har bir tabassumda:

➡️ do‘stlik,
➡️ mehr,
➡️ jamoaga sadoqat,
➡️ kelajak loyihalarga ishonch
sezilib turdi.

Biz kam edik — lekin ruhimiz kuchli, qalbimiz bir edi. Shu lahzada yana bir bor tushundik: “Anis Team” — bu shunchaki loyiha emas, bu — bir-birini qo‘llaydigan, ilhomlantiradigan, o‘sishga undaydigan katta oila.

Bugun biz bilan birga bo‘lmagan do‘stlarimiz — sizlar ham biz bilan edingiz. Har biringizning ismingiz, qilgan xizmatingiz, tashabbusingiz, mehringiz — shu davrada, shu xotiralarimizda.

Kelgusi yig‘inlarda, yangi loyihalarda, yangi orzular sari yurishda hammasini yana birgalikda davom ettiramiz.

Shunday jamoa bilan faxrlanaman! Yangi yil — yangi ilhom, yangi imkoniyatlar, yangi g‘alabalar bilan bo‘lsin! 💫

@A_Yunusov_kundaligidan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥1
Azambek Abdumutalibov
83/100 Abdulla Qahhor, Sinchalak, 152 bet.
84/100
Bu yil tugatilgan 84-kitob.
Bu kitob asosan o'qituvchilarga kerakli kitob deb bilaman, sababi undagi voqelik ayni darsda lirik chekinish uchun aytsa bo'ladigan!

E'tiboringizni o'ng tarafga qarating, "Saodat asri qissalari"ga emas😁
😁6🔥1
Azambek Abdumutalibov
Hisobot (noyabr) 1. Urush odamlari 110 bet 2. Nur borki soya bor 288 bet 3. Savdogarlar ustozi 153 bet 4. Barzax hayoti 96 bet 5. O'gay ona 192 bet 6. Savdogarlar ustozi 153 bet Umumiy 992 bet bu esa kuniga 33 betga to'g'ri kelmoqda.
#Dekabr
1. Donolar suhbati 280 bet
2. Sinchalak 152 bet
3. Odam bo'lish qiyin 216 bet
4. Choliqushi 414 bet
5. Uyqu kelmas kechalar 239 bet
Umumiy 1301 bet ekan buni kunlarga bo'lsak 1301/31= kuniga 41 , 42 betdan to'g'ri kelmoqda aniqrog'i bir kun 42 bet , 30 kun esa 41 betdan kitob o'qigan bo'lib qoldi😅
2🔥2
Matemarikdan ajoyib statistika!

📚 1 yillik kitobxonlik tahlilim
Oylik natijalar:
Yanvar — 2318 bet, 11 ta kitob
Fevral — 1825 bet, 8 ta kitob
Mart — 1995 bet, 7 ta kitob
Aprel — 779 bet, 2 ta kitob
May — 2546 bet, 12 ta kitob
Iyun — 1260 bet, 6 ta kitob
Iyul — 2268 bet, 11 ta kitob
Avgust — 1460 bet, 5 ta kitob
Sentabr — 603 bet, 4 ta kitob
Oktabr — 1249 bet, 7 ta kitob
Noyabr — 992 bet, 6 ta kitob
Dekabr — 1301 bet, 5 ta kitob

🏆 Eng yaxshi oylar
Betlar soni bo‘yicha eng yaxshi oy — May (2546 bet)
Kitoblar soni bo‘yicha eng yaxshi oy — May (12 ta kitob)
🔥 Eng sermahsul oy
Yanvar — alohida e’tirofga loyiq.
8-yanvardan boshlab 23 kun ichida 11 ta kitob o‘qilgan.
Bu o‘rtacha kuniga 100 bet degani.
🍁 Fasllar bo‘yicha natijalar
Qish — 5444 bet, 24 ta kitob
Bahor — 5320 bet, 21 ta kitob
Yoz — 4988 bet, 22 ta kitob
Kuz — 2844 bet, 17 ta kitob
➡️ Eng yaxshi fasl — Qish
📊 Umumiy hisob
Jami: 18 596 bet
Kunlik o‘rtacha:
18 596 ÷ 365 ≈ 50 bet
Aniqroq hisobda:
346 kun — 51 betdan, 19 kun esa — 50 betdan o'qiligan.
Lekin real hayotni hisobga olamiz:
(to‘y, kasallik, dam olish, tug‘ilgan kun, sessiya va hokazo) umumiy 50 kunni chiqarib tashlamoqchiman.
➡️ 50 kunni ayirsak:
18 596 ÷ 315 ≈ kuniga 59 bet
📘 Oylik o‘rtacha natija
Bir oyda o‘rtacha 7 ta kitob demakdir.

🔹 O‘rtacha kitob hajmi
18 596 bet ÷ 84 ta kitob ≈ 221 bet ➡️ ya'ni o'qigan kitoblar o'rtacha 221 betlik 84ta kitob ekan, buni 200 betlik kitoblarga solishtirsak bu 93 ta 200 betlik kitob demakdri.
🔹 Eng “og‘ir” va eng “yengil” oy
Eng og‘ir oy (bet/kitob nisbati yuqori) — Mart
1995 bet ÷ 7 kitob ≈ 285 bet
Eng yengil oy — Sentabr
603 bet ÷ 4 kitob ≈ 150 bet
🔹 Barqarorlik indeksi (oydan oyga tushib-ketish)
Eng yuqori va eng past oylar farqi:
2546 (May) – 603 (Sentabr) = 1943 bet, lekin umumiy holat esa barqarorlikni saqlab qoladi.
🔹 Kunlik maksimum
Eng yuqori intensivlik: Yanvar
kuniga ~100 bet

🔹 1 kunda o‘qilgan kitoblar ehtimoli
84 kitob ÷ 315 faol kun ≈ har 3–4 kunda 1 ta kitob

Maqsadga nisbatan esa 84% plan bajarilgan.

Xulosa: Kuniga: ~59 bet
Haftasiga: ~413 bet
Oyiga: ~1550 bet
Haftasiga: 1,8–2 ta kitob
Oyiga: 7–8 ta kitob
Yiliga: 93 ta (200 betlik ekvivalent)
Bu esa yomon emas, xudo xohlasa 2026-yilda 85ta kitobni o'qib tugatamiz!
Yuqoridagi statistika , xudo xohlasa, har yilning yakunida yana yoziladi.
6🔥2
2026-yil kirib kelmoqda vaqt judayam tez o'tayapti, buni esa atrofdagi yaqinlaringizning oqarayotgan sochidan ham ko'rish mumkin!

Endi bizga 2000-yildan ko'ra 2050-yil yaqinroq...
6💔2🔥1
31-dekabr —yangi yil
Ovqat festivali 😂
😁8💯2🔥1💘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda insonlarning holati deymi😁😂
😁7💘2🔥1
Endi har yili kuzatib boraylikchi nima bo'lar ekan!
7🔥1💘1
You never know what you can do until you try.



William Cobbett
🔥7💘2