АЕЛЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ
1.39K subscribers
8.74K photos
1.59K videos
19 files
3.8K links
УШБУ КАНАЛ ХАЕТИНГИЗНИ ГУЗАЛ БУЛИШИГА ОИЛАВИЙ
ХОТИРЖАМЛИККА ЭРИШИШИНГИЗГА ЕРДАМ БЕРАДИ.

♥️КАЛБНИ АНГЛАШ УЗЛИКНИ АНГЛАШ ДЕМАКДИР♥️

Мурожат учун:
ПСИХОЛОГ 👇
@Nafisa_Avazovna
Download Telegram
Assalomu Alaykum VA Rohmatullohi va barokatuh hayrli jumalar. 🌚
Bu kunning hayri menga va sizlarga bo'lsin albatta bir jumangiz Makkada bo'lsin...
Allohumma solli a'la sayyidina va habıbına Muhammad

Jumʼa muborak..! 📿

Jumaning fayzu barokati sizga boʻlsin..😌
Assalomu aleykum azizlarim kuningiz barokatli fayzli o'tsin ❤️❤️❤️
Ba'zida insonlardan yaxshilik qidirishni to'xtatib, aslida ular qanday ekanliklarini kuzatish kerak...
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ آيَاتُهُ زَادَتْهُمْ إِيمَانًا وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

Албатта, Аллоҳ зикр қилинса, қалблари титрагувчи, оятлари тиловат этилса, иймонларини зиёда қилгувчи ва Роббиларига таваккул қилгувчиларгина мўминлардир.

Анфол сураси, 2-оят.
Koʻchamizga qatiq sotuvchi keldi. Kolyaskada chaqaloq, yonida 5-6 yoshlardagi qizchasi. Bonkalar kolyaska tagiga joylashtirilgan. Bir bonka qatiq besh ming soʻm ekan. Shu payt onasi ham, qizcha ham qoʻshnilarning darvozasini taqillatgani ketishdi. Men sekin bildirmay kolyaska choʻntagiga oʻn ming soldim. Yana bir bonka qatiq olib, qizchaning qoʻliga besh ming berdim. Ertasiga ular yana kelishdi. Mabodo siz adashib pul bermadingizmi, hisob kitobimizdan oʻn ming soʻm ortiqcha chiqayapti, deyishdi.
Titrab ketdim.
Dunyoni goʻzallik emas, halollik qutqarsa kerak...

- Maqsud Jonixonov
Namozni boshlashga turtki beradi bu jumla
❤️ ❤️ ❤️
Oxirgi zamonda boshini sajdaga qo'ygan yoshlarga qo'llarim bilan suv ichiraman...🥹
🌿 - O‘qi, gulim, sen faqat o‘qi... Ertaga o‘zingdan-da ilmli bo‘lgan ummatni tarbiyalashing kerak...

Qo‘lingdan ko‘p narsa keladi, charchadim dema, eplay olmayman dema. Sen barini uddalaysan. Seni bu yo‘lda qo‘llaguvchi Robbing bor, shuni unutma...
🌿 Hayotimizdagi barcha kechikishlar Alloh xohlagan bir hikmat tufaylidir.

• Turmush qurishingiz kechikyaptimi, bilingki, bir hikmati bordir.

• Rizqingiz kechiksa, bilingki, bir hikmati bordir.

• Biron do‘stingiz sizdan uzoqlashdimi, bilingki, bir hikmati bordir.

• Boshingizga biron musibat yetdimi, bilingki, bir hikmati bordir.

• Biron narsangizni yo‘qotdingizmi, bilingki, bir hikmati bordir.

• Yo‘lda mashinangiz buzilib qoldimi, bilingki, bir hikmati bordir.

Qanchadan-qancha narsalarni bir muncha vaqtdan so‘ng hikmatini ko‘rganmiz, shunday emasmi?

Agar o‘sha narsalar biz xohlaganimizdek va biz shoshilganimizdek bo‘lganida, xayrsiz biron hodisa yoki biron yomonlik bo‘lar edi. Lekin Alloh taolo biron narsani kechiktirsa, muhaqqaq uni bir hikmat tufayli kechiktirur.
🌿 Qanoat va rozilik...

Suratni kattalashtirib, otaxon yeyayotgan taomga va yuzlaridagi tabassumga diqqat bilan razm soling... Bu nuroniy yuzdagi mamnunlik siri ana shu ikki soʻz "Qanoat" va "Rozilik" dadir.
..

🍁 Isyon qilmang, shukr qiling... Bo'lmaydi demang, duo qiling... Shoshmang, sabr qiling...

🍃 Robbim "bo'l" deydi va bo'ladi, Inshaalloh... )) 🙂
🪴• Qulfni yasagan inson yo‘qki, uni kalitsiz yasagan bo‘lsa...
• Mushkulingiz qanchalik bo‘lmasin, Sizni yaratgan Zot tashlab qo‘ymaydi.
• Alloh qalblardagi nidoni lablar pichirlashidan oldin eshitadi...
• Agar kutilmagan narsangizni olib qo‘ysa ham, Alloh bilan birga bo‘ling. Shunda ega bo‘lishingiz xayolingizga kelmagan narsani tezda berib qo‘yadi.

Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy
​​🌿 Abbosiylar xalifalaridan Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg‘og‘iga chiqishibdi. Daryo bo‘yida Bahlul degan avliyoulloh qumdan uy yasayotganini ko‘rgan xalifa undan so‘rabdi:
— Ayo, Bahlul nima qilyapsiz?
— Qumdan uy quryapman.
— Uni nima qilasiz?
— Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
Horun ar-Rashid Bahlul Dononing gapiga kulimsirab, o‘tib ketaveribdi.
Halifaning orqasidan yetib kelgan xotini Zubayda ham Bahluldan nima qilayotganini so‘rabdi.
— Uy quryapman, bekam. Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
— Qurgan uyingizning narxi necha pul?
— 1 dinor.
Zubayda 1 dinorni unga berib, duo olibdi.
Kechqurun xalifa tushida jannatda yurganmish. Qarasa, qizil yoqutdan qilingan qasr tepasiga Zubayda deb yozib qo‘yilibdi. Xotinimning qasri ekan, kirib ko‘ray-chi, deb borsa, posbon kiritmabdi va:
— Bu yerga kimning ismi yozilsa, o‘sha kiradi, — deb, ko‘kragidan itarib yuborgan joyida xalifa uyg‘onibdi.
“Kecha xotinim haqida Bahlulning duosi qabul bo‘libdi. Men ham duo olib kelay”, deb yana kechqurun xalifa daryo bo‘yiga kelibdi. Bahlul hamon uy qurayotgan ekan, undan so‘rabdi:
— Uyingizni qanchaga sotasiz?
— Uyimning narxi butun yer yuzining podsholigi.
— Butun dunyoning podsholigiga hatto men ham egamasman, nega bugun qimmat qilib yubordingiz?
— Kecha ko‘rmagan savdo edi, bugun ko‘rgan savdo.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☯️Qadr nima?

Hayotda boshingizdan o'tkazganlaringiz sizni qadrsizlantirib qo'yganini his qilganmisiz?
🌿 Men Allohdan kuch so’ragandim, U menga bir qancha qiyinchiliklarni in’om etdi. Ularni yengib o’tish davomida ana shu so’ragan narsamga ega bo’lgan ekanman.

🌿 Allohdan aql so’ragandim.U meni hayot muammolariga duchor qilib, bu iltijoyimni ham amalda tasdiqlab bergan ekan.

🌿 Qilayotgan ishimga rivoj so’ragandim. Alloh esa meni ishga ko’mib tashlab, hayotimning jo’shqin o’tishini ta’minlab bergan ekan.

🌿 Men Allohdan iymon so’ragandim, Alloh iltijolarim asosida iymonimni mustahkamlayotgan ekan.

🌿 Allohdan jasorat so’ragandim. U menga musulmonlarga yordam qo’lini cho’zishdek imkonni yaratib bergan ekan.

🌿 Men Allohdan halovat so’ragandim. U menga qalb berib, iymon ila uni bezatib qo’ygan ekan.

🌿 Men Allohdan duolarimning qabul bo’lishini so’ragan edim. U hamma iltijolarimni O’zining buyukligi bilan ta’minlab qo’ygan ekan.

🌿 Hullas, men so’ragan narsalarimga erishgan ekanman. O’ziga shukur!
"Yaxshi pishmapti,
Tuzi koʻp boʻlipti,
Limonsiz bemaza,
Qiymasi oz boʻlipti..." deb yoqtirmaganingiz nima bor boʻlsa, bu idishga qoʻying. BIZ OCHMIZ...

☝️ Darhaqiqat inson zoti oʻta noshukurdir...
Rassom bo'lmasa ham yuzingizga tabassum chiza oladigan insonlarni qadrlash kerak

Chunki hayot ularni takror yubormaydi, zero Allohga omonat qilgan insonlaringizni borligida qadrlang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⛅️ Aссалому алайкум. Чоршанба тонги муборак бўлсин.

Бугунги бошланган кунингизни Aллоҳ таоло савобли амалларга тўла қилсин. 😊