1. Yakkashoh bo'lish siri 3 ta oddiygina qoidada ekan.
2. Yaqinda Facebook haqida olingan filmni qaytadan ko'rdim. Faqat bu safar investor rolida va filmni qaytadan kashf qildim. Gap shundaki: milliard dollarlik startaplar har doim uchta oddiy narsadan iborat bo‘lar ekan.
3. Birinchisi — Bozordagi bor narsani ko‘ra olish. Yangi ixtiro qilish shart emas. Odamlar doimiy sotib olayotgan yoki sotayotgan narsani ko‘rib, uni yaxshiroq qilish kifoya.
4. Ikkinchisi — startapni masshtablanadigan jarayonlarini yaratish. Bir joyda ishlaydigan mexanizmni hamma joyda ishlay oladigan mexanizmga aylantirish.
5. Uchinchisi — startap bozorga chiqqan paytdayoq ikki tomondan ximoyalanishi kerak:
– eski o‘yinchilar bozorni tortib olayapsan deb hujum qiladi,
– yangi raqiblar esa xuddi sizga o‘xshagan narsani sizdan yaxshiroq yaratishga harakat qilib chiqadi.
6. Shuning uchun haqiqiy muvaffaqiyat — ixtiro qilishda emas. Haqiqiy muvaffaqiyat: Kengroq fikrlay olish, jamoani kuchli qilish va temirdan ham qattiq irodaga ega bo'lishda.

❤15🦄7⚡4👏3🤯2
Imkoniyatlarim cheklangan deb komfort zonada o‘tirishni bas qiling!
1. Venchur jamg‘armaga kelganimdan beri juda ko‘p texnik bilimga ega asoschilar bilan suhbatlashdim. Qiziq tomoni — ularning aksariyatida g‘oya bor, potentsial bor, lekin startapni noto‘g‘ri yo‘l bilan qurishayotgani investitsiya olishga eng katta to‘siq bo‘layapti.
2. Shu muammoni hal qilish uchun oqshomlari bilan 4 oy davomida researchlar qildik, hamkorlar bilan uchrashdik va natijada 45 kunlik intensiv dastur ishlab chiqdik.
3. “Nega bu dasturga qatnashishim kerak?” degan eng asosiy savolga 3 ta javob bor.
4. Birinchisi: dasturga qabul qilinganingizdan so‘ng sizga 1000$ stipendiya beriladi. Bu sizni Toshkentdagi yashash va kunlik xarajatlaringizni qoplash uchun. Bizning maqsad — 45 kun davomida sizning fokusingizni faqatgina startapingizda ushlab turish.
5. Ikkinchisi: dasturda siz nafaqat mahalliy ekspertlar bilan, balki StarX, Silkroad Innovation Hub, SilkBridge Ventures, Domino Ventures kabi xalqaro tashkilotlar bilan ham ishlaysiz. Dastur sizni xalqaro fikrlashga o‘rgatadi va startapingizni global bozorga olib chiqishga tayyorlaydi.
6. Uchinchisi: Dastur yakunida DemoDay bo‘ladi. Bu yerda siz o‘z loyihangizni investorlar oldida “pitch” qilasiz.
— mahalliy biznes-angellar
— venchur fondlar
— xalqaro investorlar
hammasi sizni tinglaydi.
7. Yoshlar Ventures esa DemoDay uchun 1 000 000$ ajratmoqda. Demak, dasturda qatnashgan har bir asoschi 35 000$ investitsiya olish imkoniga ega bo‘ladi.
8. Dasturga faqat 18 yoshdan katta bo‘lganlar ariza topshirishi mumkin. Va faqat 30 ta eng kuchli asoschi saralanib olinadi.
9. UzCombinator dasturi 2026-yil yanvar oyida start oladi. Ariza topshirish uchun dastur doirasida bo‘ladigan webinarda qatnashish shart.
10. Barcha batafsil ma’lumot va webinar sanalari UzCombinator kanalida:
👉 https://t.me/+Y5UX60p7LW42MGU6
11. Ushbu postni g’oyasini amalga oshiraman deb, o’zini o’qqa-cho’qqa urib yurgan tanishingizga yuborib qo’ying)
@ayakubofff

Telegram
UZ Combinator
UzCombinator dasturining 2-mavsumiga qabul ochiq!
Hoziroq pastdagi link orqali ariza topshiring 👇
https://uzcombinator.uz/apply

❤12⚡5👍2👏2🤯2
Nimani tashlab yuborish kerak?
1. Biznes angellar orasida juda ham mashxur jumla bor: “Yomon asoschilar startapga odam qo‘shadi. Yaxshi asoschilar jarayon qo‘shadi. Buyuk asoschilar esa ikkalasini ham qisqartiradi.”
2. Chunki eng katta samaradorlik — nimanidir qo‘shganingizda emas balki, nimanidir olib tashlaganingizda paydo bo‘ladi.
3. Birinchidan, oddiy tizim — har doim ishonchliroq. Qancha kam bo‘lsa, shuncha boshqarish oson.
4. Ikkinchidan, muvaffaqiyat uchun fokus kerak. Fokus esa doim qo‘shishdan emas, ortiqcha narsani yo‘qotishdan boshlanadi.
5. Uchinchidan, murakkab tizimni hech kim noldan qura olmaydi.
Har doim avval oddiy tizim bo‘ladi, keyin asta-sekin murakkablashadi.
6. Endi esa eng qiyin savol: Startapingizdan birinchi bo‘lib nimani tashlab yuborish kerak?
– Ortiqcha odammi?
– Ortiqcha funksiyami?
– Ortiqcha jarayonmi?
– Ortiqcha ambitsiyami?

❤11⚡3👍2👏2
Urushda nima bo‘layotganini
bilish uchun, unda qatnashish kerak - Napoleon
1. Linkedinda erta bosqichdagi startaplarga investitsiya qiladigan bir biznes angelning yozgan posti meni o’ziga tortdi: Endi startap boshlayotgan asoschilarni mahsulotini ishga tushirishdan oldin emas, balki bir necha oy o‘tgach baholarkan. Gap metrikalar yoki o‘sish grafiklarida emas.
2. Chunki mvp ishga tushirlgandan bir qancha muddat o’tgandan so’ng, mahsulot holati hali ham juda yomon bo‘lishi mumkin. Odatda shunday ham bo‘ladi. Asl savol boshqa: asoschi buni qanchalik tez tushunadi va nima qiladi?
3. Xulosa chiqaradimi?
Nimani va nega o‘zgartiradi? Yo‘nalishni almashtiradimi yoki auditoriyani boshqasiga o’zgartiradimi? Bularning barchasi qanchalik tez sodir bo‘ladi?
4. Qizig‘i shundaki, agar birinchi versiya kutilmaganda uchib ketsa ham — savollar o‘sha-o‘shalicha qoladi. Chunki agar startap shu joyda rivojlanishni to‘xtatsa, uni juda tez nusxalari va raqobatchilari bosib ketadi.
5. Lekin bunday tahlillarni faqat investor zimmasiga yuklash noto‘g‘ri. Asoschi o‘zi ham o‘zini baholay olishi kerak. Hatto investorlarning o‘zidan ham yaxshiroq.
6. O‘zingizga real baho berishni xohlaysizmi? Unda bor narsani tezroq ishga tushiring va keyin nima bo’layotganini va nima qilayotganingizni o‘zingiz kuzating.
7. MVP ishga tushguncha baribir siz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilmaysiz. Barcha teshiklarni oldindan berkitib bo‘lmaydi. Shunaqa ekan, nima uchun cho‘zib yuribsiz?
8. Umuman olganda, to‘g‘ri asoschi — muvaffaqiyatli mahsulotni ishga tushira oladigan emas balki muvaffaqiyatsiz mahsulotni to‘g‘rilay oladigan inson 🚀

❤14⚡4👍4👏4🦄4🤯1🌚1👨💻1
G‘oya meniki edi, demak ulush ham meniki.
1. Startaplarda juda tanish obraz bor — idea guy.
U g‘oya bilan keladi. Ko‘p gapiradi. Katta tasavvurlari bor. Lekin kundalik ishlar boshlanganda ko‘rinmay qoladi. Aynan shu yondashuv ko‘plab jamoalarni boshidan barbod qiladi.
2. Y Combinator har yarim yilda taxminan 30 000 ta ariza ko‘rib chiqadi. Bu degani — ular deyarli barcha mumkin bo‘lgan g‘oyalarni allaqachon ko‘rgan va shuning uchun ular bir narsani juda yaxshi tushunadi: g‘oya qiymati 1 cent'ga teng.
3. Muammo shundaki, idea guy startapni tasavvur sifatida sevadi. Ammo startap bu tasavvur emas.
Bu rad javoblari, noaniqlik, kechikkan qarorlar va juda ko‘p noqulayliklardan iborat.
4. G‘oya muallifi startapda muhim bo‘lishi uchun u startap ichida bo'lishi, ma'suliyat olishi, stress ko'tarishi va har kuni startapi bilan mashg'ul bo'lishi kerak. Ulush esa sarflangan vaqt uchun, qilgan tavakkali uchun, kechalari uxlamagan tunlari uchun, mijoz yo‘q paytdagi umidsizliklari uchun va eng asosiysi realizatsiya uchun beriladi.
5. Agar kimdir faqat: “Men g‘oya berdim”, “Men konsept o‘ylab topdim”, “Men bo‘lmaganimda bu startap bo‘lmasdi” deyish bilan cheklansa u co-founder emas!
6. Agar startap haqiqatan uchsa uni g‘oya emas, odamlar uchiradi. Agar yiqilsa ham odamlar sabab muvaffaqiyatsizlikka yo'l tutadi.
7. Shuning uchun startapga eng to‘g‘ri savol bu:
"G'oya kimniki?" emas balki, “Kim nima vazifalar bajaryabdi?”

👍16⚡6❤2👏2😨2
Startapingiz uchun Co-founderni qanday tanlash kerak?
1. Judayam ko'pchilik startapi uchun ham asoschi tanlayotganda uning boshqa jihatlariga e'tibor qaratadi lekin, eng muhim narsa bu - stressga chidamlilik. Siz va sizning sherigingizda stressga bo'lgan munosabatingiz muhim sanaladi.
2. Hatto u texnik jihatdan kuchli bo‘lsa ham, bosim ostida ishlay olmasa yoki og‘ir vaziyatda sherigini qo‘llab-quvvatlamasa, startapdagi qiyinchiliklar sizning munosabatingizni buzishi aniq.
3. YC tajribasiga ko'ra muvaffaqiyatsiz bo'lgan startaplarning aksariyati aynan asoschilar o'rtasidagi munosabatlar buzilishida ekan. Bundan ko'rinib turibdiki, sizning sherigingiz stressga turib bera olishi kerak. Xo‘sh, buni qanday aniqlaysiz?
4. Eng samarali yo'llardan biri bu - u bilan real sharoitda birga ishlab ko'rish. Hech qanday maqsadsiz birgalikda kichik loyihalar qilib ko'ring va shu jarayonda siz albatta quyidagi savollarga javob topasiz:
U bilan ishlash sizga yoqadimi?
Unda haqiqatdan siz bilan ishlashga motivatsiya bormi?
O'zi qilayotgan ishdan rohat olayabdimi?
U yetarlicha o'zi aytganday kuchlimi?
5. Do'stlaringiz yoki sobiq hamkasblaringiz haqida sizda faqat ijobiy fikr bo'lishi mumkin. Sababi ilgari ular bilan siz qulay muhit va stabil oylikda ishlagansiz, do'stlaringiz bilan esa shunchaki birga vaqt o'tkazgansiz, lekin haqiqiy qiyin vaziyatlarga tushmagansiz.
6. Co-founderingizning bugungi skill’lariga haddan tashqari ishonib qolmang. Bo‘lajak sherigingiz hozir qaysi dasturlash tilini bilishi yoki faqat iPhone ilovalari qilgan bo‘lishi eng muhim narsa emas.
7. Siz co-founderingizning boshqa skillariga e'tibor qarating:
u aqllimi?
yangi narsalarni tez o‘rganishga tayyormi?
startap o‘sishi va o‘zgarishi bilan birga moslasha oladimi?
8. Texnologiyalar o‘zgaradi, bozor o‘zgaradi, startap ham o‘zgarishga majbur. Agar co-founder o‘rganishga va moslashishga tayyor bo‘lsa qolganini o‘rganib oladi.

⚡13❤6👍4👏4👨💻2
Bo‘sh vaqtning yangi bozori paydo bo‘lyapti.
1. Financial Timesning chiqargan qiziq faktiga ko’zim tushdi: so‘nggi 3 yil ichida ilk bor odamlar ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkaza boshlagan. Eng katta pasayish esa yoshlar orasida!
2. Bu shunchaki statistik o‘zgarish emas. Bu trend. Chunki barcha ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, TikTok)ni ham birinchi bo‘lib yoshlar ishlatgan edi. Keyin ular ulg‘aygach, ijtimoiy tarmoqlar butun dunyoni egallay boshlagan. Hozir esa jarayon teskari ketishni boshlagan.
3. Bu xabar shaxsan menga juda yoqdi. Aynan ijtimoiy tarmoqlar yomon bo'lgani uchun emas balki, odamlar o'zlarining vaqtini qadrlashni boshlayabdi. Buni evaziga esa ularda bo'sh vaqt ko'paymoqda.
4. Eng qizig'i bu ortirilgan vaqtlar albatta qandaydir yangi mahsulotlarga, yangi servisga yoki yangi tajribalarga ketadi.
5. Boshqacha qilib aytganda, birdaniga bo‘sh vaqt bozori paydo bo‘lyapti va bu bozorni hali hech kim egallab ulgurmadi.
6. Endi eng qimmat savol:
odamlar Instagram yoki TikTok'dan tejalgan vaqtni nimaga sarflashni xohlashadi?
7. Kimdir o‘rganishga, kimdir o‘yin-kulgiga, kimdir real hayotdagi tajribaga. Kimdir esa shunchaki foydaliroq, mazmunliroq narsaga sarflyadi.
8. Agar siz startap qurayotgan bo‘lsangiz, mana shu savollarning to'g'ri javobi nafaqat millionlab, balki milliardlab dollar olib kelishi mumkin💰

⚡13👍9❤6👨💻3👏2
Chempionlik kamarini saqlab turish, chempion bo'lishdan qiyinroq.
1. Ilgari startaplar uchun eng katta marra Product-Market Fit (PMF) topish va shundan so'ng xotirjam o'sish edi. Hozir bu yetarli emas. Ayniqsa, mahsulotingiz sun'iy intellekt (AI) bilan bog'liq bo'lsa. Hozir deyarli har qanday mahsulot AI mahsulotga aylanib bormoqda.
2. Nega hozir PMF topishning o'zi kamlik qiladi? Chunki texnologiyalar juda tez rivojlanyapti. Bugun siz muvaffaqiyatli AI servis yaratasiz, ertaga esa bu funksiya ChatGPT yoki Geminining ichidagi oddiy knopkaga aylanib qolishi hech gap emas.
3. Hozirgi davrda, hatto yirik startaplar ham xavf ostida. AI texnologiyasining o'zi raqobatchilardan himoya bo'la olmaydi. Bugun startapingiz 1 mlrd dollar daromadni ko'zlayotgan bo'lsa, ertaga bu ko'rsatkich 100 mln dollarga, indinga esa nolga tushishi mumkin. Agar kimdir siznikidan yaxshiroq AI yechim chiqarsa bozor sizni darrov unutadi.
4. Masalan, Gemini 3 chiqqan paytda, Twitterda ko'pchilik ChatGPT obunasini bekor qilganini yozishgan edi. Nano Banana 2 chiqqanida esa, hamma bir paytlar Midjourney degan servis bo'lganini esidan chiqarib yubordi. Vaholanki, o'sha davrlarda Midjourney o'z taxtidan hech qachon tushmaydigandek ko'ringandi.
5. Shuning uchun, bugungi kunda PMF statik nuqta emas, balki to'xtovsiz davom etadigan jarayon. Bozor har kuni o'zgarmoqda va siz mahsulotingizni shu o'zgarishlarga moslab to'g'irlashga majbursiz.
6. Yaqinda bir tadbirkor daromadlari tushib ketayotganidan shikoyat qildi. Qizig'i shundaki, u hamma narsani avvalgidek qilgani, hatto sifatni oshirganini ham ta'kidlagan edi. Muammo ham aynan shunda! Bozorda hamma doim harakatda, siz esa bir joyda turib kamon otmoqdasiz yoki otmoqchisiz.
7. Investor sifatida bir narsani aytishim mumkin, Biz endi "nimani qura oldingiz?" degan savoldan ko'ra, "o'zgarishlarga qanchalik tez moslasha olasiz?" degan savolga ko'proq e'tibor beryapmiz. Agar mahsulotingizni bir kechada yirik o'yinchilar oddiy funksiya bilan yo'q qilib yubora olsa demak sizda startap yo'q, shunchaki vaqtinchalik "wrapper" bor.
8. Agar o'z maxsulotingiz va bozoringizni topgan bo'lsangiz ham o‘zingizga eng muhim savolni bering: "nima uchun aynan hozir harakatlarimni tubdan o'zgartirishim kerak?" Ertaga boshqa raqobatchilaringiz uchun PMFni topib berishdan tashqari, boshqa nimalar bilan shug'illanishingiz kerak?
9. Xulosa bitta, PMFga erishib bo'lmaydi, unga har kuni qaytadan erishish kerak. Bugungi bozorda to'xtash bu shunchaki joyida turish emas, bu o'z ixtiyoringiz bilan bozordan chiqib ketishdir.

👍9❤2⚡2🏆2👏1
Nega ko‘p hardware startaplar prototipdan seriyali ishlab chiqarishga o‘tolmaydi?
1. Hardware yo'nalishidagi startaplarda juda xavfli illuziya bor: birinchi ishlaydigan namuna (prototip) tayyor bo‘lishi bilan hamma qiyinchilik ortda qoldi deb o‘ylashadi. Aslida esa haqiqiy "o‘lim vodiysi" aynan shu nuqtadan boshlanadi.
2. Startap olamida "Hardware is hard" degan ibora bejizga paydo bo‘lmagan. Agar siz dasturiy mahsulotda (SaaS) xatoga yo‘l qo‘ysangiz, uni bir necha daqiqada kod orqali to‘g‘rilashingiz mumkin. Hardwareda esa, bu minglab yaroqsiz qurilmalar va millionlab dollar zarar degani.
3. Prototipdan seriyali ishlab chiqarishga o‘tish jarayonini investorlar ko‘pincha "Manufacturing Hell" (ishlab chiqarish do‘zaxi) deb atashadi. Bu jarayonda siz endi faqat muhandis emas, balki logist, muzokarachi va ta'minot zanjiri menejeri bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.
4. Hardware startaplarida eng katta dushman vaqt hisblanadi. Agar siz mahsulotni ishlab chiqarishga topshirgan bo‘lsangiz-u, bozorda texnologiya o‘zgarib qolsa, sizda "pivot" qilish imkoniyati deyarli bo‘lmaydi. Ombor to‘la sotilmaydigan temir-tersak bilan qolib ketish xavfi har doim bor.
5. Lekin bu qiyinchiliklarning ulkan mukofoti ham bor. Dasturiy mahsulotni nusxalay olish oson, biroq murakkab hardware yechimni ko‘chirish deyarli imkonsiz. Bu sizga bozorda yillar davomida saqlanib qoladigan tabiiy himoya to‘sig‘i bo'lib bera oladi.
6. Deep Tech va hardware startaplar odatda an’anaviy ilovalarga qaraganda yuqori baholanadi. Nega? Chunki sizda shunchaki kod emas, balki real aktivlar, intellektual mulk va murakkab ishlab chiqarish tizimi bor. Investorlar "qiyin" loyihalarni yaxshi ko‘rishadi, chunki raqobatchilar bu to‘siqlardan o‘ta olmay, yo‘lda elanib ketishadi.
7. Investor sifatida hardware loyihaga baho berayotganimizda, jamoada nafaqat "temirni" tushunadigan muhandis, balki mahsulotni ishlab chiqarishga moslab loyihalay oladigan mutaxassis borligiga qaraymiz. Chiroyli dizayn emas, arzon va sifatli yig‘iladigan dizayn g‘olib bo‘ladi.
8. Agar siz hardware yo‘nalishida bo‘lsangiz, prototipingizni ko‘rsatib maqtanmang. Menga o‘sha prototipni qanday qilib arzon narxda va katta miqdorda sotsa bo‘ladigan mahsulotga aylantirishingizni (scalability) tushuntirib bering.
9. Xulosa bitta: Hardware dunyosida g‘oyaning qiymati yanada pastroq. Bu yerda hamma narsani execution va supply chain hal qiladi. Uddalasangiz yengilmas monopoliyaga aylanasiz.

❤13👏8👍7⚡6
Startap uchun g‘oya emas, trend qidiring!
1. Endigina startap qurishni boshlayotgan yigitlarning ko'p beradigan savoli: "Maxsulotimni qanday qilib bozorga olib kirsam bo'ladi?" Bu savolga javoblar juda ko'p va javoblarning hammasi to'g'ri bo'lishi mumkin. Lekin bir vaqtning o'zida hamma javoblar noto'g'ri bo'lishi ham mumkin.
2. Aksariyat startapperlarning tassavurida esa, ular yaratgan mahsulot bu o'gir shkaf, uni zo'riqib, baqir-chaqir bilan boshqa xonaga surish kerak deb o'ylashadi. Lekin bunday usul bilan mahsulotni osmonlarga olib chiqib bo'lmasligini hamma ham tushunavermaydi.
3. Muvaffaqiyatli mahsulot bu - Surish kerak bo'lmagan mahsulotdir! Uni bir marta yengil turtib yuborishning o'zi kifoya, u o'z-o'zidan uchib ketishi kerak. Startapperning vazifasi esa, u yo'lda sekinlashib qolmasligi uchun vaqti-vaqti bilan turtib turish, xolos.
4. Surish kerak bo'lmagan mahsulot faqat bitta vaziyatda ya'ni o'sayotgan trendga tushgan taqdirdagina sodir bo'ladi. Shundagina mahsulot sizning harakatingiz bilan emas, balki tredning kuchi bilan o'sadi. Siz shunchaki to'g'ri to'lqinga tushib olgan syorfingchi kabi harakat qilasiz.
5. Shuning uchun founderning asosiy vazifasi mahsulotga yangi funksiyalar qo‘shish emas, balki uning pozitsiyasini o‘zgartirib bo‘lsa ham, o‘sha o‘sayotgan trendga tushib olishdir.
6. Boshqacha qilib aytganda, founder Product-Market Fit emas, balki Product-Trend Fit qidirishi kerak.
7. Eng qizig'i, siz founder sifatida bitta trend ichiga bir-biridan butunlay farq qiladigan turli mahsulotlar bilan kirishingiz mumkin. Siz mahsulotingizni pivot qilsangiz ham tanlagan trendingiz doirasida qolishingiz mumkin.
8. Startap strategiyasi bu o'sayotganiga ishonadigan trendni aniqlab, unga tushib olish. Uning ichida qanday mahsulot qurish esa shunchaki taktika.
9. O'zingizga eng muhim savolni bering: "Men mahsulotim bilan aynan qaysi o'sayotgan trendga tushib olmoqchiman?" To'g'ri trendni topsangiz, bozorning o'zi sizni yuqoriga olib chiqadi.
10. Oqimga qarshi suzmang, oqimning kuchidan foydalaning.

👏12❤9⚡8👍6🗿2👾1
Mukammal mahsulot uchun mukammal foydalanuvchilar kerak!
1. Qanday qilib ajoyib mahsulot yaratish mumkin?
Mahsulot darrov ideal bo‘lib qolmaydi. U foydalanuvchilarning fikri asosida bosqichma-bosqich rivojlanadi. Lekin bu yerda bitta katta tuzoq bor.
2. Agar siz mahsulotingizni unga ehtiyoji yo‘q, shunchaki yo‘ldan o‘tib ketayotgan foydalanuvchilarga pullashga harakat qilayotgan bo'lsangiz, ulardan oladigan fikringiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Natijada siz hech kimga kerak bo‘lmagan funksiyalarga to‘la mahsulot yaratib qo‘yasiz.
3. Shuning uchun startapning boshlang‘ich bosqichidagi eng muhim vazifasi bu, mahsulotni chin dildan yaxshi ko‘radigan ideal foydalanuvchilarni topishni o‘rganishdir! Faqat haqiqiy ehtiyoji bor odamgina sizga mahsulotni mukammallashtirish uchun kerakli signalni bera oladi.
4. Shunday toifadagi foydalanuvchilar bor: bugun kelib, ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan shovqini baland ishqibozlar yoki, "agar mana shu narsani qo‘shsangiz, balki ishlatib ko‘rarman" deydigan jiddiy amakilar. Ularning talablari bu, shunchaki shovqin. Ular sizni chalg‘itadi va asosiy yo‘nalishingizdan uzoqlashtiradi.
5. Investor sifatida biz retention'ga qaraymiz ya'ni: asoschi kimning gapiga quloq solyapti? Ommaga yoqishga harakat qilyaptimi yoki o‘zining sodiq auditoriyasini tushunyaptimi?
6. O‘zingizga savol bering: Mahsulotingizning ideal foydalanuvchisi kim? U qanday ko‘rinishga ega va aynan nima uchun sizdan foydalanyapti?
Hamma foydalanuvchining gapi ham oltin emas. To‘g‘ri odamlarni eshitish mahsulotning yarim muvaffaqiyati hisoblanadi.

👍9👏9❤8⚡4
Hayrli kech do’stlar anchadan beri sizlarga maqola chiqara olmayabman. Ramazon oyida shaxsiy bloglarimga e’tibor qaratish qiyin bo’lmoqda😞
Lekin sizlarga ajoyib yangiligim bor, men bilan olingan birinchi podkastni sizlar bilan ulashmoqchiman⬇️
https://youtu.be/ZP-i_nd8tIs?si=3F-trdNed4v3dpZ-
Fikringizni ushbu podkast kommentariya bo’limida kutaman)

YouTube
Abdulaziz Yakubov: «Startap og‘riqning ustiga quriladi» | UNICORN TIME
30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratilgan startaplarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan Yoshlar venchur fondi rahbari Abdulaziz Yakubov tizim qanday ishlayotganini so‘zlab berdi
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna boʻling:
Telegram: htt…

❤10⚡4👍3
Shu desangiz obunachilarim ichidan bir kishini yonimga shogirt qilib olmoqchiman.
Davogarlar bo’lsa - ⚡️
Davogarlar bo’lsa - ⚡️
⚡118👍8❤5🗿1
Do‘stlar, loyihalar ko‘lami juda katta. Venchur, startaplar va har kungi qat’iy ishlar bor. Hozir menga oddiy yordamchi emas, men bilan birga ishlab, o‘rganishga och va mas’uliyatli shogird kerak.
Kimni qidiryapman?
Quyidagilar sizda bo‘lishi kerak:
Nima olasiz?
Qanday topshirish mumkin?
Formani to’ldiring👇
https://forms.gle/ohZFEqs5Vkz8Zqcs5
Kimni qidiryapman?
Quyidagilar sizda bo‘lishi kerak:
• Ingliz tili (C1/B2): maqolalarni bemalol o‘qiy olishingiz, xorijiylar bilan yozishmada qiynalmasligingiz kerak.
• AI bilan chiqishib ketgan bo‘lish: ChatGPT, Midjourney va boshqa tool’lardan foydalana olish, ishni tezlashtira olish.
• Mas’uliyat: berilgan vazifani unutmay, oxirigacha yetkazish.
• Mobillik: yonimda yurishga, uchrashuvlarda qatnashishga va real biznesni ichidan ko‘rishga tayyor bo‘lish.
Nima olasiz?
• Venchur va IT olamining ichida bo‘lasiz.
• Kuchli tadbirkorlar va mutaxassislar bilan tanishasiz.
• Mendan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajriba olasiz.
• Va albatta, zerikarli bo‘lmaydi 🙂
Qanday topshirish mumkin?
Formani to’ldiring👇
https://forms.gle/ohZFEqs5Vkz8Zqcs5
Google Docs
Apprenticeship Application Form
❤12👍6
Do’stlar, bu oy xizmat safarlari shunchalik ko’payib ketdiki, siz bilan yetarlicha bog’lana olmadik. Aybga buyurmaysiz.
Lekin shogird/assistent arizalari ko’rib chiqildi, hammangizga rahmat, yaxshi yozibsizlar.
Aprel oyida o’tganlarni oflayn uchrashuv uchun chaqiraman. Tafsilotlarni o’shanda aytaman.
Hozircha AQSHdan salom 🙂

👍20❤6🫡6😱2
Amerikada, Stanford universitetida aylanib yurganimizda, ilhom kelib qoldi-yu, shartta podkast yozib yubordik! Silikon vodiysining muhiti, Stanford atmosferasi va startaplar haqida samimiy suhbat bo‘ldi.
Podkastni tomosha qilish: 👉 https://www.youtube.com/watch?v=x2UywsXJlKs

O‘zbek startupchilarining eng katta xatosi nima? | Abdulaziz Yakubov bilan suhbat
Ko‘pchilik startup boshlaganda birinchi navbatda investitsiya haqida o‘ylaydi. Lekin eng katta savol boshqa: bu pul nima uchun kerak?
Ushbu suhbatda O‘zbekistondagi startupchilar orasida ko‘p uchraydigan muammo — investitsiyani qanday ishlatishni aniq bilmaslik…

👍6🗿2
O‘zbekiston startap ekotizimini yanada rivojlantiradigan katta qadamlar tashladik.
Yaqinda Alisher Sadullayevning qo‘llab-quvvatlashi bilan Amerikadan tashrif buyurgan mehmonlarimiz Yasin va Tariq bilan bir stol atrofida yig‘ildik. O‘zbekiston startap ekotizimining traektoriyasini o'zgartirishga hissa qo'shadigan loyihalar ustida ishlayapmiz.
Xo‘sh, nimalarni reja qilyapmiz?
Birinchidan: Yoshlar Ventures’ning San-Fransiskodagi ofisini kengaytirish. Silikon vodiysining qoq markazida o‘zbek asoschilari uchun haqiqiy "baza" yaratmoqchimiz. Resurslar, kuchli networking va hamjamiyat. Barchasi global bozorga chiqayotgan yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.
Ikkinchidan: Dunyo darajasidagi mentorlarni O‘zbekistonga olib kelish. Yigitlarimiz eng zo‘r bilimlarni olish uchun vatanidan ketishlari shart emas. Biz top darajadagi founder va investorlarni (masalan, a16z tomonidan qo‘llab-quvvatlangan operatorlarni va Y Combinatorda qatnashgan va 5 mln dollardan ko'p investitsiya olgan asoschilarni) to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekistonga olib kelamiz. Toshkentdan tortib viloyatlargacha jahon andozasidagi bilim yetib boradi.
Uchinchidan: Deep-Tech tadqiqotchilari uchun AI Xakaton. Bu navbatdagi navbatchi xakatonlardan biri bo‘lmaydi. Bu aynan ilm-fan bilan shug‘ullanadigan, chuqur fundamental bilimga ega olim va tadqiqotchilar uchun. Maqsadimiz, akademik bilimlarni real biznes va ta'sirchan loyihalarga aylantirish.
Bu hali hammasi emas. Hozirda AQSH'dagi biznes farishtalar bilan o‘zbek startaplariga birgalikda investitsiya kiritish (co-investment) bo‘yicha jiddiy muzokaralar olib boryapmiz.
Startaplarimiz uchun nafaqat pul, balki aqlli kapital (smart capital) kerak.
Hozircha bu rejalar yakuniy emas, lekin yo‘nalishimiz aniq, jamoa to‘g‘ri yig‘ilgan va maqsadimiz juda katta.

👍12❤11👏1
Nega doim Telegram va Instagramda blog yuritishga harakat qilaman?
Oxirgi bir yil ichida doimiy post yoki video qo‘ya olmayotgan bo‘lsam ham, buning bosimi ichimda baribir turardi. Kontent qo‘ya olmay qolgan paytlarim rosa siqilib yurardim.
Buning sababi qanaqadir "shaxsiy brend" yuritish yoki ijtimoiy tarmoqda faol ko‘rinish uchun emas. Shunchaki o‘zim ham sizlar bilan birga yangi narsalarni o‘rganishni xohlayman, xolos.
Bitta post yozish uchun mavzu tanlashning o‘zi rosa kuch olib qo‘yadi. Lekin o‘sha mavzuni kengroq yoritish uchun boshqa maqolalarni o‘qib, tahlil qilayotganimda, o‘zim ham bilmagan ko‘p narsalarimni o‘rganib olaman. Yoki sohamga oid kitob o‘qiyotganimda eng zo‘r joylarini sizlarga o‘zimning formatimda yetkazib beraman-u, o‘zim ham yaxshilab eslab qolaman.
Oxirgi paytda o‘rganayotgan narsalarim juda ko‘p, lekin sizlarga ulashishga yetarlicha kuch topolmayotgandim. Endi asta-sekin hammasini tiklayapman. Lekin baribir ichimda bitta qo‘rquv bor, bu shijoat yana o‘chib qolmasmikin?
Aslida bugun gaplashmoqchi bo‘lgan mavzuyim ham aynan shu, shijoat va hafsala haqida.
Odam butun umr bir xil shijoat bilan yashashi mumkinmi?
Albatta ha! Faqat bitta sharti bor. atrofingizda buni qadriga yetadigan va o‘zingizga o‘xshagan shijoatli insonlar bo‘lishi kerak. Energiya almashinuvi kamaydimi demak, muhitni o‘zgartirish kerak.
Mening ham blog yuritishda shijoatim pasayib ketishiga eng katta sabab, bu sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz kamayib ketishi bo‘lishi mumkin. Agar men qo‘yayotgan maqola yoki videolar kimgadir foyda beryotganini sezib tursam, mana shu energiya bilan juda uzoq muddat sizlar bilan onlayn bo‘la olaman.
Endi sizlarning shijoatingizni Instagram’ga qo‘ygan yangi videomning izohlarida ko‘raman:
https://www.instagram.com/reel/DY2MICMIou8/?igsh=MXdzdnMxZGlxZ2o3MQ==

❤10👏5⚡4👍4👀2💘1
Forwarded from Yoshlar Ventures
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9