Avtomobil yo'llari qo'mitasi
22.7K subscribers
74.9K photos
6.5K videos
99 files
15.4K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.me/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬press@uzavtoyul.uz
📞71 207 67 68
Download Telegram
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON

🛣Yo‘llar ta’mirlanib, piyodalar yo‘lagi barpo etilmoqda

➡️Namangan viloyatida avtomobil yo‘llarida noqulayliklarga barham berish, aholini ravon yo‘llar bilan ta’minlash hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada izchil ishlar olib borilmoqda.


🔴Xususan, Namangan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatidagi D 105 (4R 112) «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 76–77-kilometrlari oralig‘ida qatnov yo‘lining zararlangan qismlariga asfalt bosib, ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.

➡️Shuningdek, uychilik yo‘lsozlar tomonidan esa davlat ahamiyatidagi D 109 (4R 116) «Namangan sh.–Uychi sh.–Uchqo‘rg‘on sh.–Xaqqulobod sh.–Andijon sh.» avtomobil yo‘lining Namangan–Uychi yo‘nalishida, «O‘nhayat» mahallasidan tuman markazigacha bo‘lgan 8 kilometr masofada alohida piyodalar yo‘lakchasini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonlar haydovchi va piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda yo‘l harakati ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Замонавий йўллар сари катта қадам: 442 млн. долларлик йирик инвестиция лойиҳалари амалга оширилмоқда

Ўзбекистонда автомобиль йўллари инфратузилмасини модернизация қилиш ишлари 2026 йилда янада юқори суръатларга чиқди. Автомобиль йўллари қўмитаси маълумотларига кўра, жорий йилда соҳада жами 15 та йирик инвестиция лойиҳаси амалга оширилмоқда. Уларнинг 13 таси халқаро молия институтлари иштирокида, 2 таси эса давлат-хусусий шериклик асосида ҳаётга татбиқ этилмоқда.

Батафсил: https://uza.uz/posts/866577

Телеграм каналларимиз
👍32
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-dekabrdagi PQ-386-sonli “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida tizimli ishlar olib borilmoqda.


Xususan, Muzrabot tumani markazidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 75 V026 avtomobil yo‘lining 0-6-kilometrlari oralig‘i kapital ta’mirlanib, ayni paytda mazkur yo‘l uchastkasida maxsus texnikalar yordamida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

➡️Ta’mirlash ishlari Muzrabot tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

🗣Mazkur bunyodkorlik ishlari hudud transport infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON

🚧 Ichki yo‘llarni yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda.

🛣Navbahor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan aholi uchun xavfsiz va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

📍Xususan, "Uchtut" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarining 3 200 metr qismida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🚶‍♂️ Shuningdek, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 230 metr uzunlikdagi yangi piyodalar yo‘lagini qurish ishlari ham olib borilmoqda.

Barcha qurilish va ta’mirlash ishlari belgilangan me’yoriy talablar asosida hamda sifat nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Yoʻl_loyiha_byurosi_MCHJ
#Jarayon

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 141-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati hududiy filiali tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan, Ishtihon tumani "Murodobod" MFY ichki yo‘llarining qurilish jarayonini o‘rganish uchun joyiga chiqib mualiflik nazorati ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fargʻona_viloyati
#Bogʻdod_tumani
#Jarayon

👆 Viloyatimizdagi muhim infratuzilma loyihasida qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

🛣 Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida joylashgan D105 “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 275-kilometr qismidagi mavjud yo‘l o‘tkazgichni rekonstruksiya qilish ishlari boshlangan bo‘lib, bugungi kunda quruvchilar tomonidan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

🗺 Loyiha doirasida amaldagi 2 tasmali yo‘l o‘tkazgich zamonaviy talablar asosida qayta barpo etilib, 4 tasmali ko‘rinishga keltiriladi. Yangi inshootning umumiy eni 24 metrni tashkil etadi.

➡️ Hozirda obyekt hududida tayyorgarlik va qurilish ishlari yuqori sur’atlarda olib borilib, loyiha belgilangan muddatlarda sifatli yakunlanishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

⬆️Mazkur rekonstruksiya natijasida transport oqimining uzluksizligi ta’minlanib, harakat xavfsizligi yanada oshadi, tirbandliklar kamayadi hamda haydovchilar uchun qulay va zamonaviy yo‘l infratuzilmasi yaratiladi.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1🤝1
#OʻZYOʻLKOʻPRIK_KLASTERI_JIZZAX_FILIALI_DM
#JARAYON
 
📊“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasasining filiallari hududlarda ko‘prik va avtomobil yo‘llarini qurish barobarida ularni ta’mirlash va saqlash ishlarini ham olib boradi.
🛡Ayni maqsadda hozirda joylarda ko‘priklar hamda avtomobil yo‘llarida yog‘ingarchiliklar natijasida paydo bo‘lgan nuqsonlar bartaraf etilmoqda.
📍Jumladan, “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Jizzax filiali DM tomonidan Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 939 – 969-kilometrlari oralig‘ida joriy ta’mirlash va ushbu avtomobil yo‘lining 939 – 1013-kilometrlari oralig‘ida esa saqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
❤️‍🔥Bu esa obektlardan foydalanish muddatini uzaytirib, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1🤝1
Audio
#Sirdaryo_viloyati
#OAV_biz_haqimizda

📻 FM 90,6 "Sirdaryo Yoshlari" radiosining "Kun mehmoni" eshittirishida Sirdaryo viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Korrupsiya qarshi ichki nazorat bosh mutaxassisi Murod Umarov yo'l sohasida korrupiyani oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida muloqot o'tkazildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1🎉1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DAYJEST

📺BRIFING

📺Ortga qaytmas islohotlar.

📍 Sirdaryo viloyatida yo'l infratuzilmasini yaxshilash  borasidagi islohotlar.

🛂Toshkent viloyatida yuk transportini nazorat qilish bo‘yicha reyd tadbirlari davom etmoqda.

⭕️ Ichki yo‘llarni yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda.


”O‘zyo‘lko‘prik”klasteri tarkibidagi Sinov laboratoriyasi filiali negizida qurilish mahsulotlarini sertifikatlash organi tashkil etildi.

🇺🇿 OʻZBEKISTON YOʻLSOZLIGIDAGI MEGA LOYIHA.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website |▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4