Avlo Podcast
169 subscribers
22 photos
100 videos
3 files
146 links
“avlo Podcast” — Xalqaro mavzulardagi milliy podkastlar

Loyiha maqsadi — muvaffaqiyatli insonlar tajribalarini ulashish, oʻzbek o‘quvchilariga qiziqarli va sifatli podkastlarni taqdim etish.

Murojaat etish uchun: @eurosoftuz_admin
Download Telegram
Forwarded from IT Park Uzbekistan
2 million dollarlik kompaniya asoschisi bilan #vebinar!

🔥 10-mart kuni soat 16:00 da “Startap Advice” doirasida vebinar boʻlib oʻtadi, unda spiker Iskander Kurbanov muvaffaqiyatli biznes boshlash haqida barcha maʼlumotlarni soʻzlab beradi.

☑️ Spiker haqida:
Iskander Kurbanov – Seed bosqichida taxminiy bozor kapitallashuvi 2 000 000 dollarga teng hisoblanadigan ikkita startap asoschisi.

Uning avlo.shop loyihasi EWC 2021 versiyasi boʻyicha, yosh tadbirkorlar uchun Jahon kubogi boʻyicha TOP-100 taligiga kirdi.

💡 Vebinarda siz oʻz biznes gʻoyangiz haqida mutaxassisga aytib berishingiz va uni ishga tushirish boʻyicha maslahat olishingiz mumkin boʻladi.

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/dYEf3

Facebook | Instagram | Youtube | Website
👍3🔥1
​​Ukrainadagi siyosiy vaziyatning Oʻzbekiston IT bozoriga taʼsiri

🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning bizning bozorga kirib kelayotgani soha vakillarida bir talay savollarni uygʻotishi tabiiy, yaʼni:

- bu oʻzbek dasturchilarining ish oʻrniga taʻsir qiladimi?
- oylik maoshlar kamayishi ehtimoli bormi?
- oʻquv markazlariga boʻlgan talab susayadimi?
- kimlar oʻz ishini saqlab qoladi?

⁉️ Shu kabi savollar koʻpchilikni qiziqtirayotganini hisobga olib, sizlar uchun “Avlo Podcast”dan maxsus “Live Podcast” loyihasini taqdim etishga qaror qildik. 
Bunda siz tajribali soha mutaxassislaridan yuqoridagi mavzular boʻyicha toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin. Demak, Zafarbek Ibrohimov loyihamizning ilk mehmoni sifatida ishtirok etadi. 

🎙 Uchrashuv telegram ijtimoiy tarmogʻida ovozli suhbat koʻrinishida boʻlib oʻtadi. Bunda tinglovchilar ham jonli ravishda oʻz savollarini yoʻllashlari mumkin. 

📌 Eslatma. Ushbu suhbat barcha IT sohasi vakillari uchun manfaatli boʻlishiga ishonamiz.
👍1🔥1
Avlo Podcast pinned «​​Ukrainadagi siyosiy vaziyatning Oʻzbekiston IT bozoriga taʼsiri 🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning…»
Live stream scheduled for
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diplomingiz changini artib qoʻying!

Diplomingiz bormi? Boʻlsa qayerda turibdi? U bilan qayergacha bora olasiz?

🙅Dunyo allaqachon diplomsiz mutaxassislar bilan ishlayotgan chogʻda biz haliyam bir parcha qogʻoz uchun oʻqiyotganimiz achinarli hol.

🥇Sizning diplomingiz – sizning ilm darajangizdir.

Loyihamiz mehmoni Behzod Jalolov
diplomsiz mutaxassis tayyorlaydigan akademiya tashkil qilmoqchi. U yerni bitirish mutaxassis darajasini olish bilan teng boʻladi.

Bu sizga qiziqmi? Unda ushbu suhbat aynan siz uchun!

👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A
👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A
👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Forwarded from Avlo Podcast
​​Ukrainadagi siyosiy vaziyatning Oʻzbekiston IT bozoriga taʼsiri

🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning bizning bozorga kirib kelayotgani soha vakillarida bir talay savollarni uygʻotishi tabiiy, yaʼni:

- bu oʻzbek dasturchilarining ish oʻrniga taʻsir qiladimi?
- oylik maoshlar kamayishi ehtimoli bormi?
- oʻquv markazlariga boʻlgan talab susayadimi?
- kimlar oʻz ishini saqlab qoladi?

⁉️ Shu kabi savollar koʻpchilikni qiziqtirayotganini hisobga olib, sizlar uchun “Avlo Podcast”dan maxsus “Live Podcast” loyihasini taqdim etishga qaror qildik. 
Bunda siz tajribali soha mutaxassislaridan yuqoridagi mavzular boʻyicha toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin. Demak, Zafarbek Ibrohimov loyihamizning ilk mehmoni sifatida ishtirok etadi. 

🎙 Uchrashuv telegram ijtimoiy tarmogʻida ovozli suhbat koʻrinishida boʻlib oʻtadi. Bunda tinglovchilar ham jonli ravishda oʻz savollarini yoʻllashlari mumkin. 

📌 Eslatma. Ushbu suhbat barcha IT sohasi vakillari uchun manfaatli boʻlishiga ishonamiz.
👍6
Avlo Podcast Zafarbek Ibrohimov.mp3
22.6 MB
Ukrainadagi siyosiy vaziyatning O‘zbekiston IT bozoriga ta’siri

🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning bizning bozorga kirib kelayotgani soha vakillarida bir talay savollarni uygʻotishi tabiiy.

⁉️ Ushbu savollarga yechim izlash maqsadida tajribali freelancer, “Tech Cells” kompaniyasi rahbari Zafarbek Ibrohimov bilan telegram ijtimoiy tarmog‘ida audio suhbat o‘tkazdik.

🎙 Muloqotga qatnasha olmagan kuzatuvchilarimiz uchun suhbatning yozib olingan ko‘rinishini taqdim etamiz.

📌 Marhamat, o‘zingiz uchun kerakli ma’lumotlarni tinglang va yaqinlaringizga ham ulashing!

Video suhbat - https://youtu.be/0mdthmNSvfQ

Telegram | Instagram | YouTube
👍3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 yil oldin biznes xatarli edi...

🎙 Loyihamiz mehmoni “My Taxi” , “Express24” asoschisi Akmal Paiziev:

- Nega 10 yil oldin O‘zbekistonda tadbirkorlar sanoqli edi? 
- Biznes iqlimidan nafas olib bo‘lmas edi;
- oddiy xatolar jarima emas, qamoq bilan to‘lanar edi.
- tadbirkor qora bozor mexanizmining bir qismi edi...

👉 https://youtu.be/c9OqdHyT8IM
👉 https://youtu.be/c9OqdHyT8IM
👉 https://youtu.be/c9OqdHyT8IM

📌 Biz boshladik, siz o‘tkazib yubormang!
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Faqat global fikrlovchilar uchun!

- Biznesingizning umri qancha? 10 yil, 100 yil?
- optimist bo‘lavering: yutasiz yoki yutqizasiz!
- texnologik xavfsizligingiz joyidami?
- global fikrlovchilar uchun maxsus joy...

📌 Nihoyat, Akmal Paizievdan jiddiy suhbat vaqti. Bunda noodatiy izoh egalarini ham sovg‘asiz qolmaydi.

👉 https://youtu.be/I4WZtQ_RZ90
👉 https://youtu.be/I4WZtQ_RZ90
👉 https://youtu.be/I4WZtQ_RZ90

🔥 Premyera soat 20:00 da Youtube kanalimizda.
👍1
Har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!

Navroʻz – Sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uygʻonishining ramzi, mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bagʻrikenglik bayramidir.

Tarix guvohki, bu kunda urush-janjallar toʻxtatilgan, gina-kuduratlar kechirilgan.

Eurosoft jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va mehr-oqibat bayrami bilan qutlaydi.

Tilagimiz: har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!

📞 +998 91 191 40 40

👨🏻‍💻 Adminga yozish

👉 Veb sahifamizga tashrif buyuring!

Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avlo Hub – navbatdagi oʻquv kursi emas! | Avlo Podcast

Avlo Hub – oʻz-oʻzidan paydo boʻlmadi. Yoshlar ishlari agentligi va qator jamoalarning yoshlar hayotidagi ayrim muammolarni isloh qilishga boʻlgan saʼy-harakatlari ushbu loyihani yaralishiga turtki boʻldi. 

🎯 Maqsadimiz – kuchli intellektual muhit yaratish, yoshlarning nufuzli xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritishlarini tashkillashtirish. Bu yoʻlda Avlo Hub Oʻzbekistondagi yetuk mutaxassislarni oʻzida jamladi.  

🧩 Avlo Hub – navbatdagi oʻquv kursi emasmi?
Yoʻq, biz yoshlarga xorijiy kompaniyalarda ishlash tajribasi bilan birgalikda shu yerdan turib xalqaro loyihalarni amalga oshirish sirlarini oʻrgatib boramiz.

🔥 Xullas, maqsadlarimiz ulkan, marralarimiz baland. Biz yurt taqdiriga befarq boʻlmagan iqtidorli yoshlarni oʻz safimizga chorlaymiz!

👉 https://youtu.be/PTx07ZXevPA
👉 https://youtu.be/PTx07ZXevPA
👉 https://youtu.be/PTx07ZXevPA

Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avlo Hub formati: qanday amalga oshiramiz?

🤷🏻‍♂️ Nima qilsak muvaffaqiyatga erishamiz? Nima qilsak mahsulotimiz bozorda farqli boʻladi? Nima qilsak katta foyda koʻramiz? Nima qilsak...

🙋🏻‍♂️ Biz, afsuski, “nima qilsak...” rejimida ishlashga oʻrganib boʻldik. Bugun esa nima qilish emas, qanday amalga oshirish asosiy “trend”da turibdi.

🌤 Avlo Hub marketingi “qanday amalga oshiramiz?” strukturasida ishlaydi. Biz amaliyot va nazariyadagi doimiy usullardan chekinamiz, maqsadimiz mohiyatiga turli oʻyin va hayotiy voqealar rakursidan kirib boramiz.

Xullas, siz noodatiy ishlanmalar bilan ishlovchi kuchli jamoa bilan bir safda harakat qilasiz!

👉 https://youtu.be/yYclyk8k09U
👉 https://youtu.be/yYclyk8k09U
👉 https://youtu.be/yYclyk8k09U

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avlo Hub bilan professional yo‘lingni top!

☄️ O‘z ishining ustalari bilan har qanday maqsadga tez va oson erishiladi. Biz kuchli intellektual muhit yaratish orqali yoshlarning nufuzli xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritishlariga ko‘mak beramiz.

🤩 Nazariyalardan chekinish vaqti keldi. Biz bilan xorijiy kompaniyalarda ish boshlang yoki shu yerdan turib xalqaro loyihalarni amalga oshiring!

☝️ Unutmang, siz noodatiy ishlanmalar bilan ishlovchi kuchli jamoa bilan bir safda harakat qilasiz!

🎁 Doimgidek o‘ziga xos izoh egalarini Avlo Hub'ning maxsus sovg‘alari kutadi.

👉 https://youtu.be/yBE1MU7FTjU
👉 https://youtu.be/yBE1MU7FTjU
👉 https://youtu.be/yBE1MU7FTjU

Suhbat You Tube kanalimizda. O’tkazib yubormang!

Telegram | Instagram | YouTube
👍51🔥1🤩1
Forwarded from avlo HUB
​​avlo HUB bilan professional yoʻlingni top!

🔑 IT sohasida oʻz yoʻnalishi boʻyicha yoʻlini topishini istovchi yoshlar uchun qulay imkoniyat. Avlo HUB loyihasi aynan shu uchun.

✉️ Loyiha asoschisi Murod Sodiqdan boʻlajak oʻquvchilar uchun maxsus xabar.

"Men bu xabarni bo‘lajak o‘quvchilarimizni shaxs va professional sifatida o‘zlarining noyob yo‘llarini topishlariga ilhomlantirish istagi bilan yozdim. Avlo Hub'da biz mashg‘ulotlar bilan shug'ullanmaymiz. Agar siz har kuni sizni o‘rab turgan har bir kishidan yangi bilimlarga ega bo‘lsangiz, sa’y-harakatlaringizni to‘g‘ri yo'naltirsangiz, har qanday yo‘l bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatamiz.

Ushbu g‘oya tanlangan kursdan qat’iy nazar bizning o‘quv dasturimizning asosidir. Ha, biz har biri o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan ustozlarimiz bilan faxrlanamiz. Ha, biz barcha talabalar uchun umumiy bo‘lgan nazariy asosni taqdim etamiz. Bizning dasturimizda muvaffaqiyatli himoya qilish uchun ishlashingiz kerak bo‘lgan aniq va ko‘pincha qiyin loyihalar mavjud. Ammo biz har biringizda orttirilgan bilimlarni tanqidiy tahlil qila oladigan va muammoning yangi, nostandart va samarali yechimini bera oladigan noyob mutaxassisni ham ko‘ramiz. Yoki orttirilgan ko‘nikmalarni hech kim kutmagan joyda qo‘llang va shu bilan insoniyatning o‘tkir muammolarini yaxshiroq va tezroq hal qila oladigan yana bir innovatsion mahsulotni yarating.

Biz buni qila olishingizga ishonamiz va bu yo‘lda sizga yordam berishni xohlaymiz!"

@avlohub
👍4
avlo HUB loyihasi uchun grant yuting!

🗓 27-fevralning yakshanbasida boʻlib oʻtgan maxsus podkastimiz davomida avlo HUB va uning maqsadlari haqida to‘xtalgan edik.

Suhbat soʻngida kuzatuvchilar uchun avlo HUB loyihasidan grant yutib olish imkoni mavjudligi haqida ham aytib o‘tilgandi.

✌️ Buning uchun siz atigi ikki qadam tashlasangiz kifoya.

Birinchi qadam. Hoziroq YouTube kanalimizga o‘tib, suhbatimizni tomosha qiling! Ikkinchi qadam. Izohlar qismida sizga bu kurslar aynan nima uchun kerakligi haqida yozib qoldiring!

👏 Eng yaxshi izoh egalari — shubhasiz sovgʻalarimizga munosib.
Darhol o‘z sohasining ustasi faranglari tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarimizda ishtirok eting!

👉 https://youtu.be/yBE1MU7FTjU
👉 https://youtu.be/yBE1MU7FTjU
👉 https://youtu.be/yBE1MU7FTjU

Telegram kanalga o'tish.

Telegram | Instagram | YouTube
4👍2🔥1
Mohi Ramazaon oyi muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

🌙 Ramazon oyi shubhasiz ezgulik sayli, toat mavsumi, yaxshiliklar musobaqasidir.
Eurosoft jamoasi ushbu ulugʻ ayyom bilan tabriklar ekan, sizga bu oyning fayz-u barakoti, saxovati yor boʻlishini tilab qoladi.


🤲 Yaratgan koʻnglingizni tinch, ilmingizni ziyoda, eng asosiysi, barcha amallaringizni el-yurtga manfaatli qilsin!
👍4
Forwarded from avlo HUB
avlo HUB navbatdagi oʻquv markazi emas!

Hozirgi kunda IT oʻquv markazlari soni koʻpayib bormoqda. Avlo HUB ulardan nimasi bilan farq qiladi?

🎯 Bizda shunchaki soha boʻyicha taʼlim berish emas, balki “mentoring” (yoʻnaltirish) amaliy kurslar orqali mashg‘ulotlar tashkil etish koʻzda tutilgan. Biz oʻquvchilarimizdan koʻr-koʻrona darslarni yod olishni talab etmaymiz. Biz ularning o‘z yo‘llarini topishlarida, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari yo‘lida ko‘mak beramiz.

Shuningdek, yana bir asosiy maqsadimiz oʻquvchilarimizga xalqaro tajribalarni ulashishdan iborat. Bunda ular uchun soha mutaxassislari tomonidan mahorat darslari, vebinarlar oʻtib boriladi. Talabalarimiz bularning barchasidan oʻz professional yoʻlini topishda foydalana oladilar.

👨‍💻 Har bir xodim uchun albatta kasbiy mahorat muhim sanaladi. Shu sababli ham oʻquv jarayoni faqat texnik mashg‘ulotlardan iborat bo‘lmaydi. Avvalo ish uchun kuchli layoqat zarur.
Bunda:

- rahbar va hamkasblar bilan oʻzaro muloqot;
- stresslarni yenga olish;
- oʻz vaqtini samarali boshqarish;
- jamoada ishlay olish;
- gʻoyalar berish va ularni himoya qilish

kabi koʻnikmalar insoning oʻz professional yoʻlini topishiga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda avlo HUB loyihasi orqali 4 yoʻnalishda tahsil olib, o‘z yo‘lingizni topishingiz mumkin.

Marketing Maximum — marketing mutaxassislari uchun 3 oylik amaliy kurs.

🔊 Marketing Maximum kursi haqida batafsil maʼlumot

Ingliz tili — Angliyaning zamonaviy oʻquv metodikasi asosidagi kurslar.

🌏 Ingliz tili kurslari haqida batafsil maʼlumot

Node.Js — yuqori darajadagi texnologik kurslar.

💻 NodeJs kursi haqida batafsil maʼlumot

AI Data Analytics — sunʼiy intellekt asoslarini oʻrganing.

🤖 AI Data Analytics kursi haqida batafsil maʼlumot

⚡️ avlo HUB bilan professional yo‘lingni top!

👉 Kurslarimizda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting!

@avlohub
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachon dasturlarni eksport qilamiz?

💻 Bizda kuchli dasturchilar kam, lekin kuchli asos borligini ko‘pchilik bilmaydi. Taraqqiyot va Harakatlar strategiyasida dasturiy mahsulotlarning eksportini ko‘paytirish, raqamli iqtisodiyotni drayver sohaga aylantirish belgilab qo‘yilgan. Bu tizim uncha-muncha davlatlarda yo‘q.

🎙 “Avlo Podcast”ning navbatdagi mehmoni Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov bo‘ldi.
Biz tizimdagi nimalardan bexabarmiz? O‘zbekistonda kuchli dasturchilar uchun kuchli tizim mavjudmi?

👉 https://youtu.be/nZocN-qpKOI
👉 https://youtu.be/nZocN-qpKOI
👉 https://youtu.be/nZocN-qpKOI

Bizdan uzoqlashmang, barchasiga oydinlik kiritamiz!

Telegram | Instagram | YouTube
👍1