Avlo Podcast
169 subscribers
22 photos
100 videos
3 files
146 links
“avlo Podcast” — Xalqaro mavzulardagi milliy podkastlar

Loyiha maqsadi — muvaffaqiyatli insonlar tajribalarini ulashish, oʻzbek o‘quvchilariga qiziqarli va sifatli podkastlarni taqdim etish.

Murojaat etish uchun: @eurosoftuz_admin
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ringga bokschi bo‘lib kiring!

🥊 Bokschi bir marta haqiqiy ringga chiqishi uchun oylab tinimsiz mashq qiladi. Biz esa go‘yoki asosiy “ring”ga chiqib, so‘ngra o‘sha sohani o‘rganmoqchi bo‘lamiz.  

⚡️ O‘z ishining ustasi, ko‘plab yirik loyihalar VFX superviseri Lazizxon G‘aniyev bilan suhbatimiz ochiq savollar ostida kechdi:

— Xorijdan qanday qilib buyurtma olish mumkin?
— Kuchli bilim va ijodiy tajribangiz bo‘lmas ekan shu yerdan ham hech vaqo ololmaysiz!

👉 https://youtu.be/vYQaUSBNcZ4

📌 TO'LIQ SUHBAT
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fizik qonunlardan chetga chiqmaymiz!

🔥 Kreativ fikrlashingiz har qanday mijozda kuchli taassurot uyg‘ota oladi. Biz ijodiy faoliyatimizda fizik qonunlarni buzmaslikka harakat qilamiz. Imkon qadar “hindcha” sahnalardan reallikka o‘ta olganimiz oz sonli jamoamizning yutug‘i.

Hindistonning yirik kompaniyalaridan ham kuchli jamoa shakllantira olgan loyihamiz mehmoni Lazizxon G‘aniyevdan dadil mulohazalar.

https://youtu.be/xmW-lkENCa0
https://youtu.be/xmW-lkENCa0
https://youtu.be/xmW-lkENCa0

📌 TO'LIQ SUHBAT

To‘liq suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat ishi menga saboq bo‘ldi

💫 Yoshlik — hamma narsa qila olishga qodir bo‘lgan davr. Undagi xato va xulosalar sizni ulg‘aytiradi. Ishxonamda bo‘lgan bir voqea menga bir umrlik saboq bo‘ldi. Shundan so‘ng o‘zimni, o‘zligimni, o‘z qadriyatlarimni tushuna boshladim.  

🎙 Loyihamizning kutilmagan mehmoni, ko'p yillik biznes tajriba egasi, BTS Express”, “Big Data” loyihalari asoschilaridan biri Behzod Jalolovni qarshi oling.

Hayotiy misollar va biznes tajribalar haqida birgalikda tinglaymiz!

👉 https://youtu.be/md-17guctmc
👉 https://youtu.be/md-17guctmc
👉 https://youtu.be/md-17guctmc

📌 To‘liq suhbat juma kuni YouTube kanalimiz orqali premyera qilinadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishingizni taroziga tortib ko‘ring!

👔 Tadbirkorlik qachon sizga huzur bag‘ishlaydi:

- odamlarga foydangiz tegsa;
- halol rizq olib kelsa;
- ehson qilishga qodir bo‘lsangiz...

Har bir amal niyatga bog‘liq. 
Loyihamiz mehmoni Behzod Jalolov bilan bo‘lgan suhbatimizdan parcha sizga ko‘p narsalarni anglatishiga ishonamiz.

👉 https://youtu.be/KLCUsfXYJI4
👉 https://youtu.be/KLCUsfXYJI4
👉 https://youtu.be/KLCUsfXYJI4

📌 To‘liq suhbat ertaga YouTube kanalimizda. O‘tkazib yubormang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Choʻqqiga zahmatsiz chiqolmaysiz!

💫 Biz koʻpincha biznes kishilarini ularning muvaffaqiyatga erishganlaridan soʻng taniymiz. Ammo oʻsha choʻqqigacha boʻlgan uzoq yoʻl va ogʻir mehnat haqida nagadir kechroq oʻylaymiz.

🔥 Bugun sizning eʼtiboringizga “BTS Express”, “Big Data” loyihalari asoschilaridan biri Behzod Jalolov bilan kechgan suhbatni toʻlaligicha havola etamiz.

Begzod Jalolov kim? Uning hech qayerda aytmagan fikrlari, gʻoya va maslahatlari albatta sizni qiziqtirib qoʻyadi.
Oʻzligini qidirgan va uni topgan omadli inson bilan hamsuhbat boʻlishga ozgina qoldi.

👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A
👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A
👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A

📌 To‘liq suhbat bugun, soat 20:30 da YouTube kanalimiz orqali premyera qilinadi.
Forwarded from IT Park Uzbekistan
2 million dollarlik kompaniya asoschisi bilan #vebinar!

🔥 10-mart kuni soat 16:00 da “Startap Advice” doirasida vebinar boʻlib oʻtadi, unda spiker Iskander Kurbanov muvaffaqiyatli biznes boshlash haqida barcha maʼlumotlarni soʻzlab beradi.

☑️ Spiker haqida:
Iskander Kurbanov – Seed bosqichida taxminiy bozor kapitallashuvi 2 000 000 dollarga teng hisoblanadigan ikkita startap asoschisi.

Uning avlo.shop loyihasi EWC 2021 versiyasi boʻyicha, yosh tadbirkorlar uchun Jahon kubogi boʻyicha TOP-100 taligiga kirdi.

💡 Vebinarda siz oʻz biznes gʻoyangiz haqida mutaxassisga aytib berishingiz va uni ishga tushirish boʻyicha maslahat olishingiz mumkin boʻladi.

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/dYEf3

Facebook | Instagram | Youtube | Website
👍3🔥1
​​Ukrainadagi siyosiy vaziyatning Oʻzbekiston IT bozoriga taʼsiri

🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning bizning bozorga kirib kelayotgani soha vakillarida bir talay savollarni uygʻotishi tabiiy, yaʼni:

- bu oʻzbek dasturchilarining ish oʻrniga taʻsir qiladimi?
- oylik maoshlar kamayishi ehtimoli bormi?
- oʻquv markazlariga boʻlgan talab susayadimi?
- kimlar oʻz ishini saqlab qoladi?

⁉️ Shu kabi savollar koʻpchilikni qiziqtirayotganini hisobga olib, sizlar uchun “Avlo Podcast”dan maxsus “Live Podcast” loyihasini taqdim etishga qaror qildik. 
Bunda siz tajribali soha mutaxassislaridan yuqoridagi mavzular boʻyicha toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin. Demak, Zafarbek Ibrohimov loyihamizning ilk mehmoni sifatida ishtirok etadi. 

🎙 Uchrashuv telegram ijtimoiy tarmogʻida ovozli suhbat koʻrinishida boʻlib oʻtadi. Bunda tinglovchilar ham jonli ravishda oʻz savollarini yoʻllashlari mumkin. 

📌 Eslatma. Ushbu suhbat barcha IT sohasi vakillari uchun manfaatli boʻlishiga ishonamiz.
👍1🔥1
Avlo Podcast pinned «​​Ukrainadagi siyosiy vaziyatning Oʻzbekiston IT bozoriga taʼsiri 🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning…»
Live stream scheduled for
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diplomingiz changini artib qoʻying!

Diplomingiz bormi? Boʻlsa qayerda turibdi? U bilan qayergacha bora olasiz?

🙅Dunyo allaqachon diplomsiz mutaxassislar bilan ishlayotgan chogʻda biz haliyam bir parcha qogʻoz uchun oʻqiyotganimiz achinarli hol.

🥇Sizning diplomingiz – sizning ilm darajangizdir.

Loyihamiz mehmoni Behzod Jalolov
diplomsiz mutaxassis tayyorlaydigan akademiya tashkil qilmoqchi. U yerni bitirish mutaxassis darajasini olish bilan teng boʻladi.

Bu sizga qiziqmi? Unda ushbu suhbat aynan siz uchun!

👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A
👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A
👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Forwarded from Avlo Podcast
​​Ukrainadagi siyosiy vaziyatning Oʻzbekiston IT bozoriga taʼsiri

🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning bizning bozorga kirib kelayotgani soha vakillarida bir talay savollarni uygʻotishi tabiiy, yaʼni:

- bu oʻzbek dasturchilarining ish oʻrniga taʻsir qiladimi?
- oylik maoshlar kamayishi ehtimoli bormi?
- oʻquv markazlariga boʻlgan talab susayadimi?
- kimlar oʻz ishini saqlab qoladi?

⁉️ Shu kabi savollar koʻpchilikni qiziqtirayotganini hisobga olib, sizlar uchun “Avlo Podcast”dan maxsus “Live Podcast” loyihasini taqdim etishga qaror qildik. 
Bunda siz tajribali soha mutaxassislaridan yuqoridagi mavzular boʻyicha toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin. Demak, Zafarbek Ibrohimov loyihamizning ilk mehmoni sifatida ishtirok etadi. 

🎙 Uchrashuv telegram ijtimoiy tarmogʻida ovozli suhbat koʻrinishida boʻlib oʻtadi. Bunda tinglovchilar ham jonli ravishda oʻz savollarini yoʻllashlari mumkin. 

📌 Eslatma. Ushbu suhbat barcha IT sohasi vakillari uchun manfaatli boʻlishiga ishonamiz.
👍6
Avlo Podcast Zafarbek Ibrohimov.mp3
22.6 MB
Ukrainadagi siyosiy vaziyatning O‘zbekiston IT bozoriga ta’siri

🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning bizning bozorga kirib kelayotgani soha vakillarida bir talay savollarni uygʻotishi tabiiy.

⁉️ Ushbu savollarga yechim izlash maqsadida tajribali freelancer, “Tech Cells” kompaniyasi rahbari Zafarbek Ibrohimov bilan telegram ijtimoiy tarmog‘ida audio suhbat o‘tkazdik.

🎙 Muloqotga qatnasha olmagan kuzatuvchilarimiz uchun suhbatning yozib olingan ko‘rinishini taqdim etamiz.

📌 Marhamat, o‘zingiz uchun kerakli ma’lumotlarni tinglang va yaqinlaringizga ham ulashing!

Video suhbat - https://youtu.be/0mdthmNSvfQ

Telegram | Instagram | YouTube
👍3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 yil oldin biznes xatarli edi...

🎙 Loyihamiz mehmoni “My Taxi” , “Express24” asoschisi Akmal Paiziev:

- Nega 10 yil oldin O‘zbekistonda tadbirkorlar sanoqli edi? 
- Biznes iqlimidan nafas olib bo‘lmas edi;
- oddiy xatolar jarima emas, qamoq bilan to‘lanar edi.
- tadbirkor qora bozor mexanizmining bir qismi edi...

👉 https://youtu.be/c9OqdHyT8IM
👉 https://youtu.be/c9OqdHyT8IM
👉 https://youtu.be/c9OqdHyT8IM

📌 Biz boshladik, siz o‘tkazib yubormang!
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Faqat global fikrlovchilar uchun!

- Biznesingizning umri qancha? 10 yil, 100 yil?
- optimist bo‘lavering: yutasiz yoki yutqizasiz!
- texnologik xavfsizligingiz joyidami?
- global fikrlovchilar uchun maxsus joy...

📌 Nihoyat, Akmal Paizievdan jiddiy suhbat vaqti. Bunda noodatiy izoh egalarini ham sovg‘asiz qolmaydi.

👉 https://youtu.be/I4WZtQ_RZ90
👉 https://youtu.be/I4WZtQ_RZ90
👉 https://youtu.be/I4WZtQ_RZ90

🔥 Premyera soat 20:00 da Youtube kanalimizda.
👍1
Har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!

Navroʻz – Sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uygʻonishining ramzi, mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bagʻrikenglik bayramidir.

Tarix guvohki, bu kunda urush-janjallar toʻxtatilgan, gina-kuduratlar kechirilgan.

Eurosoft jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va mehr-oqibat bayrami bilan qutlaydi.

Tilagimiz: har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!

📞 +998 91 191 40 40

👨🏻‍💻 Adminga yozish

👉 Veb sahifamizga tashrif buyuring!

Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avlo Hub – navbatdagi oʻquv kursi emas! | Avlo Podcast

Avlo Hub – oʻz-oʻzidan paydo boʻlmadi. Yoshlar ishlari agentligi va qator jamoalarning yoshlar hayotidagi ayrim muammolarni isloh qilishga boʻlgan saʼy-harakatlari ushbu loyihani yaralishiga turtki boʻldi. 

🎯 Maqsadimiz – kuchli intellektual muhit yaratish, yoshlarning nufuzli xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritishlarini tashkillashtirish. Bu yoʻlda Avlo Hub Oʻzbekistondagi yetuk mutaxassislarni oʻzida jamladi.  

🧩 Avlo Hub – navbatdagi oʻquv kursi emasmi?
Yoʻq, biz yoshlarga xorijiy kompaniyalarda ishlash tajribasi bilan birgalikda shu yerdan turib xalqaro loyihalarni amalga oshirish sirlarini oʻrgatib boramiz.

🔥 Xullas, maqsadlarimiz ulkan, marralarimiz baland. Biz yurt taqdiriga befarq boʻlmagan iqtidorli yoshlarni oʻz safimizga chorlaymiz!

👉 https://youtu.be/PTx07ZXevPA
👉 https://youtu.be/PTx07ZXevPA
👉 https://youtu.be/PTx07ZXevPA

Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avlo Hub formati: qanday amalga oshiramiz?

🤷🏻‍♂️ Nima qilsak muvaffaqiyatga erishamiz? Nima qilsak mahsulotimiz bozorda farqli boʻladi? Nima qilsak katta foyda koʻramiz? Nima qilsak...

🙋🏻‍♂️ Biz, afsuski, “nima qilsak...” rejimida ishlashga oʻrganib boʻldik. Bugun esa nima qilish emas, qanday amalga oshirish asosiy “trend”da turibdi.

🌤 Avlo Hub marketingi “qanday amalga oshiramiz?” strukturasida ishlaydi. Biz amaliyot va nazariyadagi doimiy usullardan chekinamiz, maqsadimiz mohiyatiga turli oʻyin va hayotiy voqealar rakursidan kirib boramiz.

Xullas, siz noodatiy ishlanmalar bilan ishlovchi kuchli jamoa bilan bir safda harakat qilasiz!

👉 https://youtu.be/yYclyk8k09U
👉 https://youtu.be/yYclyk8k09U
👉 https://youtu.be/yYclyk8k09U

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avlo Hub bilan professional yo‘lingni top!

☄️ O‘z ishining ustalari bilan har qanday maqsadga tez va oson erishiladi. Biz kuchli intellektual muhit yaratish orqali yoshlarning nufuzli xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritishlariga ko‘mak beramiz.

🤩 Nazariyalardan chekinish vaqti keldi. Biz bilan xorijiy kompaniyalarda ish boshlang yoki shu yerdan turib xalqaro loyihalarni amalga oshiring!

☝️ Unutmang, siz noodatiy ishlanmalar bilan ishlovchi kuchli jamoa bilan bir safda harakat qilasiz!

🎁 Doimgidek o‘ziga xos izoh egalarini Avlo Hub'ning maxsus sovg‘alari kutadi.

👉 https://youtu.be/yBE1MU7FTjU
👉 https://youtu.be/yBE1MU7FTjU
👉 https://youtu.be/yBE1MU7FTjU

Suhbat You Tube kanalimizda. O’tkazib yubormang!

Telegram | Instagram | YouTube
👍51🔥1🤩1
Forwarded from avlo HUB
​​avlo HUB bilan professional yoʻlingni top!

🔑 IT sohasida oʻz yoʻnalishi boʻyicha yoʻlini topishini istovchi yoshlar uchun qulay imkoniyat. Avlo HUB loyihasi aynan shu uchun.

✉️ Loyiha asoschisi Murod Sodiqdan boʻlajak oʻquvchilar uchun maxsus xabar.

"Men bu xabarni bo‘lajak o‘quvchilarimizni shaxs va professional sifatida o‘zlarining noyob yo‘llarini topishlariga ilhomlantirish istagi bilan yozdim. Avlo Hub'da biz mashg‘ulotlar bilan shug'ullanmaymiz. Agar siz har kuni sizni o‘rab turgan har bir kishidan yangi bilimlarga ega bo‘lsangiz, sa’y-harakatlaringizni to‘g‘ri yo'naltirsangiz, har qanday yo‘l bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatamiz.

Ushbu g‘oya tanlangan kursdan qat’iy nazar bizning o‘quv dasturimizning asosidir. Ha, biz har biri o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan ustozlarimiz bilan faxrlanamiz. Ha, biz barcha talabalar uchun umumiy bo‘lgan nazariy asosni taqdim etamiz. Bizning dasturimizda muvaffaqiyatli himoya qilish uchun ishlashingiz kerak bo‘lgan aniq va ko‘pincha qiyin loyihalar mavjud. Ammo biz har biringizda orttirilgan bilimlarni tanqidiy tahlil qila oladigan va muammoning yangi, nostandart va samarali yechimini bera oladigan noyob mutaxassisni ham ko‘ramiz. Yoki orttirilgan ko‘nikmalarni hech kim kutmagan joyda qo‘llang va shu bilan insoniyatning o‘tkir muammolarini yaxshiroq va tezroq hal qila oladigan yana bir innovatsion mahsulotni yarating.

Biz buni qila olishingizga ishonamiz va bu yo‘lda sizga yordam berishni xohlaymiz!"

@avlohub
👍4