Avlo Podcast
169 subscribers
22 photos
100 videos
3 files
146 links
“avlo Podcast” — Xalqaro mavzulardagi milliy podkastlar

Loyiha maqsadi — muvaffaqiyatli insonlar tajribalarini ulashish, oʻzbek o‘quvchilariga qiziqarli va sifatli podkastlarni taqdim etish.

Murojaat etish uchun: @eurosoftuz_admin
Download Telegram
Forwarded from Avlo Podcast
“Avlo Podcast”da kreativ rubrika

⚡️ Loyihamiz kuzatuvchilari uchun ajoyib yangilik. Endilikda biz jamoamiz bilan birgalikda “Live Podcast” rubrikasini boshlaymiz. Bunda siz Telegram'da audio suhbat orqali suhbatdoshimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z savollaringizni berish imkoniga ega bo‘lasiz.

Sizni ko‘p kuttirmaymiz. Birinchi mehmonimiz “Safenetpay” AKT menejeri (CTO) va “Ustoz-shogird” loyihasi asoschisi Saidolim Djurayev bo‘lishi kutilmoqda.
Suhbat davomida tinglovchilar bilan ham muloqot qilish ko‘zda tutilgan.

📌 Buning uchun siz mazkur post ostiga o‘z savolingizni yozib qoldiring. Biz eng yaxshi savol va izoh egalarini tanlab olamiz va ular suhbat davomida o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

🔗 Havola

Demak, faollikni oshirib, xabarni yaqinlarimizga ham ulashamiz!

Telegram | Instagram | YouTube
🔥2
Audio
Dasturchilarni baholash mezonlari | Saidolim Djurayev

#live_podcast

Telegram'da boʻlib oʻtgan suhbatimizning yozib olingan audio formatini e’tiboringizga havola etamiz. Mazkur suhbat orqali siz:

- junior dasturchilarda uchraydigan xatolar;
- dasturchilik madaniyati;
- kompaniya strukturasi hamda boshqaruv uslubi...


hamda muxlislarimizning turli xil mavzulardagi qiziqarli savollariga javob olishingiz mumkin.

Video suhbat — https://youtu.be/h0J6CeUpCzc

Telegram | Instagram | YouTube
🔥2🤩1
Ko'proq suhbatlarimizni tinglash uchun YouTube kanalimizga obuna bo'lganmisiz?
Anonymous Poll
59%
Ha, obuna bo'lganman.
32%
Yo'q, endi obuna bo'laman.
8%
Barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzataman.
👍7😱2😁1
Avlo Podcast Husan Mamasaidov
Avlo Podcast
Biznes o‘z egasini tez topadi

☝️ Muvaffaqiyatli insonlar tajribasi minglab gullardan yig‘ilgan bolga o‘xshaydi. Ta’mi totli, mehnati mashaqqatli.

Nihoyat, tajribali tadbirkor, “MFaktor” loyihasi asoschilaridan biri Husan Mamasaidov bilan kechgan suhbatimizni audio ko'rinishida tinglang.

🤩 Siz uchun uzoq yillik biznes-tajribalarning qaymog‘ini bir yerga jamladik.

🎞 Video suhbat - https://youtu.be/q3gsqLuWGEo

#audio_suhbat

Telegram | Instagram | YouTube
👍2🔥2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ruhiy jarohat tana jarohatidan og‘irroq bitadi

⛳️ “A” nuqtadan “B” nuqtaga talofatsiz kelishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu fanda, formulalardagina oson. Ayniqsa, psixologik zarbalar insonga jismoniy qiynoqlardan-da ko‘proq ziyon yetkaza oladi. Faqat chin e’tiqod bilangina bu imtihondan salomat o‘tish mumkin.

🎙 Loyihamiz mehmoni Laziz Adhamov o‘z hayotining oq-qora kataklardagi yurishlari haqida so‘zlar ekan, bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz.

👉 youtu.be/qF5fdmsqIeM
👉 youtu.be/qF5fdmsqIeM

📌 TO'LIQ SUHBAT

Telegram | Instagram | YouTube
👍5
Avlo Podcas Laziz Adhamov
Avlo Podcast
Pulingiz emas, ilmingiz hal qiladi

💸 Hayotda pul bilan oʻlchab bo‘lmaydigan narsalar bisyor. Ba’zan shunday holga tushamizki, moddiyatning bizga sariq chaqalik foydasi bo‘lmay qoladi. Ilm ming yillar avval ham, hozir ham insoniyat uchun najot kemasi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.

⚡️ Ilm ortidan yuksalib borayotgan insonlardan biri Laziz Adhamov loyihamiz mehmoni. Demak, hammasi haqida ochiq-oydin aytilgan mulohazalarga navbat yetdi.

👉 https://youtu.be/I7739SiF6dg
👉 https://youtu.be/I7739SiF6dg
👉 https://youtu.be/I7739SiF6dg

#audio_suhbat

Telegram | Instagram | YouTube
👍5🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizning kuchingiz — xatolaringizda...

🔓 Har qanay muammodan chiqish uchun doim darcha topiladi. Qiyinchiliklar hayotingizni go‘zallashtiradi, moddiy yetishmovchiliklar esa toblaydi. Siz ko‘p narsalarni boy berasiz, faqat ilmingiz siz bilan qoladi.

⁉️ Xo‘sh, og‘ir vaziyatlardan qanday chiqiladi?

Siz uchun tajribadan o'tkan “case”ni Laziz Adhamov bilan bo‘lgan suhbatimizdan bilishingiz mumkin.

👉 youtu.be/WlZmruXstAA

📌 TO’LIQ SUHBAT

Telegram | Instagram | YouTube
🔥3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gollivud bilan ishlashga tayyormiz!

Vizual effekt yordamida olingan media mahsulotlari bizni doim lol qoldirgan. Qonli jang tasvirlari, turli sayyoralarga safar – xullas xavfli va qimmat sahnalar ushbu soha mutaxassislarining xizmatiga muhtoj. 

🎙 “Avlo Podcast”dan siz uchun maxsus son. “United Soft” kompaniyasi rahbari Lazizxon G‘aniyev bilan vizual olam va uning past-balandliklari haqida gaplashamiz.  

🔥 Demak, tasavvurlarimizni yanada kengaytiramiz. Hozircha, xamir uchidan patir...

👉 https://youtu.be/bOlIZJ2SnjQ
👉 https://youtu.be/bOlIZJ2SnjQ
👉 https://youtu.be/bOlIZJ2SnjQ

Telegram | Instagram | YouTube
👍3🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy maqsadingiz bormi?

Insonning darajasi, qadr-qimmati uning maqsadlarida namoyon boʻladi. Bilim va dunyoqarash oʻsha maqsadlar koʻlamini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir.

🎙 Loyihamizning navbatdagi mehmoni “United Soft” asoschisi va VFX supervayzer Lazizxon Gʻaniyev boʻldi.

Ushbu parchada katta yoʻlga chiqqan yurtdoshimizning orzu-maqsadlari sizga ham katta kuch bagʻishlashiga ishonamiz.

👉 youtu.be/a9OlSRenqWA
👉 youtu.be/a9OlSRenqWA
👉 youtu.be/a9OlSRenqWA

To’liq suhbat juma kuni YouTube kanalimizda.

Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vizuallik qimmat turadi

💸 Jahon media bozorida vizual effektlarga bo‘lgan talab soat sayin oshib bormoqda. Bu soha vakillari esa o‘ta noyob kishilarga aylanishga ulgurgan. 

⚡️ Xullas, har qanday utopiyani reallikka aylantirish san’ati haqida jiddiy suhbat.

🎙 “Avlo Podcast” mehmoni Bollivudning TOP 10 ta VFX studiyasi qatoriga kiruvchi kompaniya asoschisi, tajribali supervayzer Lazizxon G'aniyevdan keng formatdagi mulohazalar.
 
📌 Darvoqe, suhbat davomida kuzatuvchilarimiz maxsus sovg‘alarga ham ega bo‘lishadi.

👉 youtu.be/zHBeQ-tR_zI
👉 youtu.be/zHBeQ-tR_zI
👉 youtu.be/zHBeQ-tR_zI

Premyera bugun 20:00 da YouTube kanalimizda

Telegram | Instagram | YouTube
🔥2
Jamoamiz sizni kutmoqda

O‘zbekiston hamda jahon darajasidagi loyihalarni amalga oshirish niyatingiz bormi? 

🔎 Demak, jamoamiz aynan siz uchun. Hozirgi kunda kompaniyamiz uchun tajribali “TechLead” qidirmoqdamiz. 

Texnologiyalar:
- PHP (Laravel Yii2), Reactjs, SQL, MySQL, RestApi texnologiyalari bo‘yicha ishlash.

Talablar:

- soha bo‘yicha 5 yillik tajriba;
- dasturchilar jamoasini boshqarish;
- dasturchilar jamoasiga vaziflarni taqsimlash.
Agarda yuqoridagi talablar sizning darajangizga to‘liq mos tushsa, marhamat, hoziroq biz bilan aloqaga chiqing. Siz uchun qulay takliflar berishga tayyormiz.

❗️ Talab darajasida bo‘lmagan nomzodlardan bezovta qilmasliklarini so‘rab qolamiz.

📌 Ushbu e'loni yaqinlaringizga ham jo'natishni unutmang. Talab darajasidagi tanishlaringizni habardor qiling.

Bog'lanish uchun: @eurosoft_hr
Tel: +99895 046 9308

👉 Veb sahifamizga tashrif buyuring!

Telegram | Instagram | Facebook
Avlo Podcast Lazizxon G'aniyev
Avlo Podcast
Vizuallik qimmat turadi

💸 Jahon media bozorida vizual effektlarga bo‘lgan talab soat sayin oshib bormoqda. Bu soha vakillari esa o‘ta noyob kishilarga aylanishga ulgurgan. 

🎙 “Avlo Podcast” mehmoni Bollivudning TOP 10 ta VFX studiyasi qatoriga kiruvchi kompaniya asoschisi, tajribali supervayzer Lazizxon G'aniyevdan keng formatdagi mulohazalar.

👉 youtu.be/zHBeQ-tR_zI
👉 youtu.be/zHBeQ-tR_zI
👉 youtu.be/zHBeQ-tR_zI

#audio_suhbat

Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ringga bokschi bo‘lib kiring!

🥊 Bokschi bir marta haqiqiy ringga chiqishi uchun oylab tinimsiz mashq qiladi. Biz esa go‘yoki asosiy “ring”ga chiqib, so‘ngra o‘sha sohani o‘rganmoqchi bo‘lamiz.  

⚡️ O‘z ishining ustasi, ko‘plab yirik loyihalar VFX superviseri Lazizxon G‘aniyev bilan suhbatimiz ochiq savollar ostida kechdi:

— Xorijdan qanday qilib buyurtma olish mumkin?
— Kuchli bilim va ijodiy tajribangiz bo‘lmas ekan shu yerdan ham hech vaqo ololmaysiz!

👉 https://youtu.be/vYQaUSBNcZ4

📌 TO'LIQ SUHBAT
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fizik qonunlardan chetga chiqmaymiz!

🔥 Kreativ fikrlashingiz har qanday mijozda kuchli taassurot uyg‘ota oladi. Biz ijodiy faoliyatimizda fizik qonunlarni buzmaslikka harakat qilamiz. Imkon qadar “hindcha” sahnalardan reallikka o‘ta olganimiz oz sonli jamoamizning yutug‘i.

Hindistonning yirik kompaniyalaridan ham kuchli jamoa shakllantira olgan loyihamiz mehmoni Lazizxon G‘aniyevdan dadil mulohazalar.

https://youtu.be/xmW-lkENCa0
https://youtu.be/xmW-lkENCa0
https://youtu.be/xmW-lkENCa0

📌 TO'LIQ SUHBAT

To‘liq suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat ishi menga saboq bo‘ldi

💫 Yoshlik — hamma narsa qila olishga qodir bo‘lgan davr. Undagi xato va xulosalar sizni ulg‘aytiradi. Ishxonamda bo‘lgan bir voqea menga bir umrlik saboq bo‘ldi. Shundan so‘ng o‘zimni, o‘zligimni, o‘z qadriyatlarimni tushuna boshladim.  

🎙 Loyihamizning kutilmagan mehmoni, ko'p yillik biznes tajriba egasi, BTS Express”, “Big Data” loyihalari asoschilaridan biri Behzod Jalolovni qarshi oling.

Hayotiy misollar va biznes tajribalar haqida birgalikda tinglaymiz!

👉 https://youtu.be/md-17guctmc
👉 https://youtu.be/md-17guctmc
👉 https://youtu.be/md-17guctmc

📌 To‘liq suhbat juma kuni YouTube kanalimiz orqali premyera qilinadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishingizni taroziga tortib ko‘ring!

👔 Tadbirkorlik qachon sizga huzur bag‘ishlaydi:

- odamlarga foydangiz tegsa;
- halol rizq olib kelsa;
- ehson qilishga qodir bo‘lsangiz...

Har bir amal niyatga bog‘liq. 
Loyihamiz mehmoni Behzod Jalolov bilan bo‘lgan suhbatimizdan parcha sizga ko‘p narsalarni anglatishiga ishonamiz.

👉 https://youtu.be/KLCUsfXYJI4
👉 https://youtu.be/KLCUsfXYJI4
👉 https://youtu.be/KLCUsfXYJI4

📌 To‘liq suhbat ertaga YouTube kanalimizda. O‘tkazib yubormang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Choʻqqiga zahmatsiz chiqolmaysiz!

💫 Biz koʻpincha biznes kishilarini ularning muvaffaqiyatga erishganlaridan soʻng taniymiz. Ammo oʻsha choʻqqigacha boʻlgan uzoq yoʻl va ogʻir mehnat haqida nagadir kechroq oʻylaymiz.

🔥 Bugun sizning eʼtiboringizga “BTS Express”, “Big Data” loyihalari asoschilaridan biri Behzod Jalolov bilan kechgan suhbatni toʻlaligicha havola etamiz.

Begzod Jalolov kim? Uning hech qayerda aytmagan fikrlari, gʻoya va maslahatlari albatta sizni qiziqtirib qoʻyadi.
Oʻzligini qidirgan va uni topgan omadli inson bilan hamsuhbat boʻlishga ozgina qoldi.

👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A
👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A
👉 https://youtu.be/hoEkljVP76A

📌 To‘liq suhbat bugun, soat 20:30 da YouTube kanalimiz orqali premyera qilinadi.
Forwarded from IT Park Uzbekistan
2 million dollarlik kompaniya asoschisi bilan #vebinar!

🔥 10-mart kuni soat 16:00 da “Startap Advice” doirasida vebinar boʻlib oʻtadi, unda spiker Iskander Kurbanov muvaffaqiyatli biznes boshlash haqida barcha maʼlumotlarni soʻzlab beradi.

☑️ Spiker haqida:
Iskander Kurbanov – Seed bosqichida taxminiy bozor kapitallashuvi 2 000 000 dollarga teng hisoblanadigan ikkita startap asoschisi.

Uning avlo.shop loyihasi EWC 2021 versiyasi boʻyicha, yosh tadbirkorlar uchun Jahon kubogi boʻyicha TOP-100 taligiga kirdi.

💡 Vebinarda siz oʻz biznes gʻoyangiz haqida mutaxassisga aytib berishingiz va uni ishga tushirish boʻyicha maslahat olishingiz mumkin boʻladi.

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/dYEf3

Facebook | Instagram | Youtube | Website
👍3🔥1
​​Ukrainadagi siyosiy vaziyatning Oʻzbekiston IT bozoriga taʼsiri

🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning bizning bozorga kirib kelayotgani soha vakillarida bir talay savollarni uygʻotishi tabiiy, yaʼni:

- bu oʻzbek dasturchilarining ish oʻrniga taʻsir qiladimi?
- oylik maoshlar kamayishi ehtimoli bormi?
- oʻquv markazlariga boʻlgan talab susayadimi?
- kimlar oʻz ishini saqlab qoladi?

⁉️ Shu kabi savollar koʻpchilikni qiziqtirayotganini hisobga olib, sizlar uchun “Avlo Podcast”dan maxsus “Live Podcast” loyihasini taqdim etishga qaror qildik. 
Bunda siz tajribali soha mutaxassislaridan yuqoridagi mavzular boʻyicha toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin. Demak, Zafarbek Ibrohimov loyihamizning ilk mehmoni sifatida ishtirok etadi. 

🎙 Uchrashuv telegram ijtimoiy tarmogʻida ovozli suhbat koʻrinishida boʻlib oʻtadi. Bunda tinglovchilar ham jonli ravishda oʻz savollarini yoʻllashlari mumkin. 

📌 Eslatma. Ushbu suhbat barcha IT sohasi vakillari uchun manfaatli boʻlishiga ishonamiz.
👍1🔥1
Avlo Podcast pinned «​​Ukrainadagi siyosiy vaziyatning Oʻzbekiston IT bozoriga taʼsiri 🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning…»