A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
121K subscribers
5.44K photos
1.04K videos
95 files
3.56K links
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi — ta’lim islohotidagi qaldirg‘och loyihalarimizdan biridir. Bu, shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘zini namoyon qilishi uchun ajoyib imkoniyat va astoydil o‘qib bilim olishi uchun rag‘bat hamdir.

Ushbu tanlovda 6885 ta maktab va 7–9-sinflarning 35 mingga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi. G‘olib jamoalar pul mukofotlariga ega bo‘ldi va 70 nafar finalchi 14 nafar o‘qituvchi hamrohligida Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytdi, ular u yerda bir hafta mobaynida nufuzli ingliz maktablarining o‘quvchilari sifatida dars va mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Shuningdek, ular London, Oksford va Kembrij shaharlari bilan ham tanishishdi. O‘qituvchilar esa ingliz tilini o‘qitishning eng ilg‘or metodikalarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bugun biz tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari bilan Prezident Administratsiyasida uchrashdik, men ularga mamnuniyat bilan Administratsiya ish faoliyati haqida tushuncha berib, ekskursiya uyushtirdim. Bolalar aqlli va qiziquvchan. Ko‘ngli ochiq va to‘g‘riso‘z. Ular bizning kelajagimiz.

Har biringiz — davlatimizning boyligi, biz sizlarning bilimga intilishingizni qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz. Chunki farzandlarimiz muvaffaqiyat eshiklarini nafaqat o‘zlari uchun ochadilar. Balki hammamiz uchun, butun mamlakat uchun!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Таълим тизимини рақамлаштириш борасида Республика илмий-амалий конференцияси ташкил этилди

#24dec #uzbekiston24
⚡️Maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar hodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

🔹maktab direktorlariga – 50 foiz;
🔹direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.

❗️Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra:


umumta’lim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;
nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi;

sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM Metodik yordam
⚡️Pedagoglar uchun Metodik marafon o‘tkaziladi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan 2024-yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etilmoqda.

Marafondan ko‘zlangan maqsad:

👉 umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;

👉 xalqaro baholash dasturi (PISA-2022) tadqiqotlarida oʻquvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirishdagi boʻshliqlar bilan ishlash;

👉 o‘qituvchilarga oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishiga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;

👉 pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.

Marafonda ishtirok etish uchun taqdimotlar @metodik_marafon_bot telegram botiga yuboriladi. Bunda taqdimot hajmi 50 MB'dan oshmasligi kerak.

Eng yaxshi metodik resurs mualliflari tanlab olinadi hamda trener sifatida jalb etiladi. Shuningdek, Ta’limni rivojlantirish markazi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Marafonga oid yangiliklar markazning @trm_metodika kanalida e’lon qilib boriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
Yangi yil tabrigi!

🎄A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Hududlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Azizbek Gaffarovdan bayram tabrigi!

🌟Tabriklarimiz davom etadi. Kuzatishda davom eting!

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
🎄Yangi yil tabrigi!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Xalqaro baholash bo‘lim boshlig‘i Sardorbek Palvannazirovdan bayram tabrigi!

🎄Kirib kelayotgan 2024-yilning qadami qutlug‘ kelsin!

🌟Tabriklarimiz davom etadi. Kuzatishda davom eting!

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
🎄Yangi yil tabrigi!

🌟A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Xalqaro bo‘limi boshlig‘i - Saidmurod Yax‘yayev Ro‘zimuhammadovich

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti mahalliy hamkorlari sonini yana bittaga oshirdi

🗣️ Xabaringiz bor, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xalqaro va mahalliy hamkorlik faoliyatini kengaytirish doirasida muntazam ishlar olib bormoqda. Bu galgi hamkorlik aloqalari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan o'rnatildi.

🔵Hamkorlikning asosi quyidagi yo'nalishlarga qaratilgan:

Ilmiy va madaniy-ma'rifiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarni o'tkazishda hamkorlik qilish;
Axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar, magistrlar va doktorantlarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan foydalanishda amaliy ko‘mak berish. Axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar, magistrlar va doktorantlarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan foydalanishda amaliy ko‘mak berish;
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘magida A.Avloniy nomidagi nomidagi milliy-tadqiqot institutining sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘magida A.Avloniy nomidagi nomidagi milliy-tadqiqot institutining sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi;
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘magida A.Avloniy nomidagi nomidagi milliy-tadqiqot institutining sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi.ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonlariga ko`maklashish;
Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari;

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligini aniqlash bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.

Monitoringda jami 27 nafar doktorantlar, tayanch doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.

➡️Unda, dissertatsiya mavzusi bo‘yicha rejaning bajarilishi;

💬Ixtisoslik bo‘yicha nazariy-metodologik dasturning bajarilishi;

💬Jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy maqola chop etilganligi;

💬konferensiyada dessertatsiya mavzusi bo‘yicha maʼruza bilan ishtirok etganligi va boshqalar tahlil qilindi.

💬Monitoring natijalariga ko‘ra, izlanuvchilarning keyingi ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
🎄Yangi yil tabrigi!

🌟A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Raqamli ta’lim texnologiyalarini va statistikani takomillashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Elyor Alkarov Maxmudovich

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti kengashining navbatdagi majlisida yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Kengashda Institut Kengashining 2023-yil tasdiqlangan ish rejasida belgilangan ustuvor vazifalar va 2024-yil uchun ish reja loyihasi muhokama qilindi.

2024-yil qabul rejasiga muvofiq institut doktoranturasi, tayanch doktorantura, maqsadli doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihoni natijasi, institutning ilmiy jurnali faoliyatini takomillashtirish, ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz qaysi tabaqadagi o‘quv reja asosida malaka oshirasiz?

Xabaringiz bor, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan joriy yilning 4 – 15-dekabr kunlari maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari diagnostikadan o‘tkazilgan edi.

Diagnostika natijalari tahlil qilindi hamda pedagoglar ehtiyojlaridan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqildi.

➡️ Kelgusi 3 yil davomida pedagoglar qaysi tabaqadagi o‘quv reja va taʼlim shakllarida malaka oshirishi haqida yuqoridagi video yo‘riqnoma orqali bilib olishlari mumkin.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🎉🎉Hurmatli ustoz, pedagoglar, aziz yurtdoshlar!

2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" barchangizga xayrli, omadli va barokatli bo'lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sertifikat olgan direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi

Bu "Davlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda belgilandi.

Nizomga muvofiq, maktablarda faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi va sertifikat olgan direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.

💬Nomzodlar maxsus portal orqali elektron ro‘yxatdan o‘tadi hamda o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi. Arizalar har oyning 5-sanasigacha (iyul-avgust oylari bundan mustasno) qabul qilinadi.

💬O‘quv kurslari 20−30 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi. O‘quv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil etib, 1 oy davomida o‘qitiladi.

👤Nomzodlarning ixtiyoriy tanlovi asosida o‘quv kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan (masofaviy, onlayn) holda tashkil etilishi mumkin.

💬O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat berish bo‘yicha yakuniy sinovlarga qo‘yiladi.

Direktorlarning o‘qish davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va amaldagi o‘rtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.

💬Mazkur tartib quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

➡️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;

➡️jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari;

➡️sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari;

➡️ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;

➡️alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti menejerlik o‘quv kursi yakuniy sinov topshiriqlarni tayyorlash uchun malakali testolog va mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

➡️TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Testolog
Test tuzuvchi
Muharrir

🔴NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Oliy ma’lumot, ta’lim sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish
Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

💬VAZIFA:

Testolog – mutaxassislarni saralab olish va ularga maxsus trening tashkil qilish, menejerlik o‘quv kursi yakuniy sinov topshiriqlari testologiya hamda baholash tamoyillari asosida ishlab chiqilishini ta’minlash, aprobatsiya o‘tkazish va natijalarni tegishli test nazariyalariga asoslanib tahlil qilish.

Test tuzuvchi – menejerlik o‘quv kursining ta’lim menejmenti, ta’lim muassasasini rivojlantirish va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, o‘zini o‘zi va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot yuritish, jamoatchilik va ota-onalar bilan hamkorlik modullaridan yakuniy sinov topshiriqlarini (testlar bankini) tayyorlash.

Muharrir ‒ menejerlik o‘quv kursining yakuniy sinov topshiriqlarni (testlar bankini) tahrir qilish (muharrirlik).

Talabgorlar 2024-yil 10-yanvarga qadar A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining kadrlar bo‘limiga quyidagi hujjatlar:

Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
maʼlumotnoma (Obektivka);
diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.

📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 246-98-69

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM