A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
137K subscribers
4.64K photos
948 videos
94 files
3.3K links
Download Telegram
#yangiliklar

Avvalgi postimizda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida konferensiya tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.

Mazkur ilmiy-metodik konferensiyada A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov "Umumta'lim maktablari rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi" mavzusidagi nutqi bilan ishtirok etdi.

O'z nutqi avvalida institut rektori umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida o'tkazilgan islohotlar va bu borada amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tdi. Keyingi o'rinlarda esa direktorlikka nomzodlarni tayyorlashda yo'lga qo'yilgan menejerlik kurslari hamda “Zo'r! (Класс!)” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida tinglovchilarga ko'plab ma'lumotlar berib o'tdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov Rossiya Fanlar Akademiyasi Xalqaro Assotsiatsiyasining Ta’limni rivojlantirish boʻyicha Ilmiy kengashi a’zosi boʻldi

Joriy yilning 14-noyabr kuni Moskva shahrida ushbu Fanlar akademiyalari xalqaro assotsiatsiyasining taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kengash Fanlar akademiyalari xalqaro assotsiatsiyasining taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy kengashi hisoblanadi. Yig‘ilishda ilmiy kengashning tegishli milliy vazirliklar bilan hamkorlikdagi faoliyatida quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

bola va o‘smirning individual psixologik, psixofiziologik va ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy xususiyatlarini fanlararo tadqiqotlarda o‘rganish;

pedagogik taʼlimni modernizatsiya qilish;

umumiy taʼlim tizimidagi rahbar va o‘qituvchilarning malakasini oshirish;

yosh avlodni axloqiy tarbiyalash;

murabbiylikni rivojlantirish;

raqamli transformatsiya sharoitida umumtaʼlim, o‘rta kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim mazmunini yangilash;

turli yo‘nalishlarda inklyuziv taʼlim, bolalarning axborot xavfsizligini oshirish;

Ushbu yig‘ilishdan asosiy maqsad ta'lim sohasidagi dissertatsiya ishlari sifatini hamda ulg'ayib kelayotgan yosh avlod vakillaridagi axloqiy tarbiyasini oshirishga oid masalalarni muhokama qilishdan iborat.

Maʼlumot uchun: mazkur yig‘ilish tarkibiga O‘zbekiston, Rossiya, Belorussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston Tojikiston, Ozarbayjon hamda Armaniston davlatlari vakillari kiritilgan.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM