A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
138K subscribers
4.45K photos
928 videos
91 files
3.24K links
Download Telegram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги матбуот анжумани
#1dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, soha mas’ullari, olimlar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

✏️Ushbu konferensiyadan ko'zlangan maqsad boshlang‘ich ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar, boshlang‘ich ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlash, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy ta’limini tashkil qilish va takomillashtirish borasidagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish, boshlang‘ich ta’limni tashkil etishga doir samarali yondashuvlarni aniqlash va ularni joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdir.

Konferensiya o‘z ishini shoʻbalarda davom ettirdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hayot davomida o‘qish
Maktab o‘qituvshilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini takomillashtirishdan iborat.

🟢Bunda diagnostika natijalari asosida tabaqashtirilgan o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilishi va bunda diagnostika natijalari guruhlarga ajratilgan hamda ushbu guruhlarga mos o‘quv reja va dasturlarining ishlab chiqilishi nazarda tutiladi.

Diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali onlayn  ravishda va test shaklida o‘tkaziladi, unda o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni kompyuter orqali topshirishlari mumkin.

📱Shuningdek, barcha gadjetlar, ya’ni, telefon, planshet, noutbuklar yordamida mobil versiyalar orqali ham testlarni topshirish imkoniyatlari yaratiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Cўраган_эдингиз
#Ilmiy_tadqiqot

⚡️Xabar berganimizdek, bugun maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida mavzuga doir savollarga mutasaddilar tomonidan javob berib o‘tildi.

Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari natijalari oylik maoshga ta’sir qiladimi?

Ta'kidlash joiz, diagnostika natijalari o‘qituvchilar uchun hech qanday moliyaviy va huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Ularning oylik maoshlari, toifalari yoki mehnat faoliyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Mazkur test jarayonlari malaka oshirish kurslari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidlash mumkin bo‘ladi.

Diagnostika natijalari e’lon qilinmaydi va faqat ehtiyojlarga asoslangan holda malaka oshirishni tashkil etish maqsadida foydalaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YÕRIQNOMA

Diagnostika testiga ilk tayyorgarlik: “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha YOʻRIQNOMA

➡️Xabaringiz bor, joriy yilning 4-15 dekabr kunlari oʻtkaziladigan diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn ravishda tashkil etiladi.

Unda o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni topshirishlari mumkin.

Testlarni barcha gadjetlar, ya’ni, kompyuter, telefon, planshet, noutbuklar yordamida topshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini tashkil etishdir.

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha
➡️YO‘RIQNOMA matn shaklda

Murojaat va savollarga @onlinedu_uz_bot orqali javob beriladi.

🗣Eslatib o'tamiz, platformadan ro'yxatdan o'tgan pedagoglar to'g'ridan-to'g'ri diagnostika testlarida qatnashishlari mumkin.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Диагностика режа графиги.pdf
329.4 KB
Hurmatli ustozlar!

Xabaringiz bor, joriy yilning 4-dekabr sanasidan diagnostika test jarayonlari boshlanadi.

4-dekabr kuni quyidagi fanlar bo'yicha diagnostika testi o'tkaziladi:

➡️ Ona tili va adabiyoti
➡️ Qoraqalpoq tili va adabiyoti
➡️ Rus tili (o'zbek va qardosh tillardagi sinflarda)

Hurmatli ustozlar, test jarayonlari boshlangunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi (onlinedu.uz) akkauntlaringizni tekshirib qo'yishingizni so‘raymiz!

Ma'lumot uchun:

🖥 Platformadan foydalanish bo'yicha videoyo'riqnomalar: https://t.me/video_yoriqnoma

🔴Adminlardan tezkor javob olish: @onlinedu_uz_bot

🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🚀 Telegram | 🔵Facebook | ▶️YouTube |  😀 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Avloniy_diagnostika

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida diagnostika testida ishtirok etish bo'yicha video YO'RIQNOMA

➡️Joriy yilning 4-15-dekabr kunlari oʻtkaziladigan diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn  ravishda tashkil etiladi.

⬆️Yuqoridagi video-diagnostika testida ishtirok etish bo'yicha video yo'riqnoma.

🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

😀 Telegram | 🔵Facebook | 🎬YouTube |  📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DIAGNOSTIKAJARAYONLARI TO'G'RISIDA TEZKOR MA'LUMOTLAR

Diagnostika testlariga 4-dekabr kuni soat 9:00 dan 10:00 ga qadar bo'lgan davrda 6428 nafar o'qituvchilardan 5123 nafari qatnashdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Men Andijondagi maktabda direktor o'rinbosari bo’lib ishlayman. Joriy yil 4-15-dekabr kunlari diagnostika testlari o'tkazilar ekan. Unda men ham ishtirok etamanmi?

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan o‘qituvchilar 4–15-dekabr kunlari o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshirishadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 540-sonli buyrug'iga muvofiq tashkil etiladigan diagnostika testlarida quyidagi toifadagi pedagog xodimlar ishtirok etmaydi:

Maktab direktori;

Direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;

Direktorning o'quv-ishlari bo'yicha o'rinbosari;

Shuningdek, boshqa toifadagi rahbar xodimlar;

Maktabda dars berayotgan talabalar;

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari

Tojik, Qozoq, Qirg'iz, va Turkman tili va adabiyoti fani o'qituvchilari.

❗️CHQBT rahbarlari – Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi sifatida ushbu diagnostika testida ishtirok etadi. Shuningdek, maktab amaliyotchi psixologlari ham ushbu testga jalb etiladi.

Maktabning rahbar xodimlari (direktor, direktor o‘rinbosarlari va boshqalar ...) agarda o‘zlarining mutaxassislik fani bo‘yicha dars soatlari mavjud bo‘lganda ular ham amalda dars o‘tadigan fanlari bo‘yicha diagnostikadan o‘tishlari kerak.

📞 Diagnostika jarayonlari haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun 55-508-0667 (1) call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, hududlar kesimida ham Diagnostika bo'yicha savollar uchun mas’ullar biriktirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Bugun A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot institutida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning ta’lim siyosati bo‘yicha bosh tahlilchisi Tue Halgreen hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🟢Uchrashuvda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning ta’lim siyosati bo‘yicha bosh tahlilchisi Tue Halgreen Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturlaridan biri bo'lgan PISA dasturi bo'yicha taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Unda asosan tadqiqot maqsadi, PISA tadqiqoti natijalaridan to'plangan tajriba hamda tadqiqot ob'ekti va sub'ektlari to'g'risida to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti rahbariyati va ta’lim siyosati bo‘yicha bosh tahlilchisi Tue Halgreen o'rtasida tadqiqot bo'yicha fikr almashildi.

➡️Uchrashuv soʻngida tomonlar, PISA tadqiqoti bo'yicha mulohazalar almashinilishini ta'kidladilar hamda tadqiqotni amalga oshirish bo'yicha fikr almashdilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM