A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
137K subscribers
4.7K photos
952 videos
94 files
3.31K links
Download Telegram
#savol_javob

SAVOL: Men maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlayman. Qishki taʼtil kunlarining uzaytirilishi mening oylik ish haqimga taʼsir qilmaydimi?

Javob: Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlanadi.

©️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

📣 O'z kasbiy mahoratini oshirish istagida bo'lgan pedagog ustozlarimiz uchun maxsus imkoniyat

Britaniya Kengashi A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilarini Britaniya Kengashining Assessment Literacy (Baholash savodxonligi) bo'yicha malaka oshirish vebinarlariga taklif etadi.

🖋 Ishtirok etish uchun hech qanday test imtihonlaridan o'tish talab etilmaydi;
🕓 Haftasiga bor yo'g'i 3 soat vaqt ajratishingiz kifoya;
🏅 Yakunda qatnashuvchilarga sertifikat taqdim qilinadi.

🇺🇿 Batafsil ma'lumot: https://telegra.ph/Assessment-Literacy-for-ELT-Webinars-01-06

✉️ Ariza topshirish

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NTR “O‘qituvchilarning milliy kadrlar zaxirasi” maxsus elektron portali https://ntr.avloniy.uz/ fanlar kesimida o‘qituvchilarning mavjud vakant o‘rinlariga munosib nomzodlar bilan to‘ldirishda shaffof mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.

Navbatdagi video rolik NTR maxsus elektron portali https://ntr.avloniy.uz/ to‘g‘risida

Bu to'g'rida Kun.uz da 👉https://t.me/kunuzofficial/131288

Batafsil 👉 https://avloniy.uz/uz/press-center/news/446

❗️A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
🚦"Узлуксиз касбий таълим" платформасида мустақил курс!

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти умумтаълим мактаблари ўқитувчилари учун “Йўл ҳаракати хавфсизлиги бўйича” малака ошириш курсларини тақдим этади.

Ушбу курс “Узлуксиз касбий таълим” электрон платформасида барча фан йўналишларининг “Ўзини-ўзи ривожлантириш ва узлуксиз касбий ривожланиш масалалари” модулига жойлаштирилган. Рўйхатдан ўтган барча педагогларга курс контентлари билан танишиш имконияти яратилган.

Умумтаълим мактаблари ўқитувчилари учун “Йўл ҳаракати хавфсизлиги бўйича” малака ошириш” ўқув курси мавзулари:

🇺🇿Ўзбек тилида:

🧑‍⚕️ - Курс ҳақида;

🧑‍⚕️ - Йўл-транспорт ҳодисасига сабаб бўлувчи омиллар. Болалар билан боғлиқ йўл-транспорт ҳодисаларининг сабаблари. Бахтсиз ҳодисаларнинг олдини олиш;

🧑‍⚕️ - Йўлларда болалар хавфсизлигини таъминлаш чора — тадбирлари;

🧑‍⚕️ - Йўл белгилари: огоҳлантирувчи, имтиёз берувчи ва тақиқловчи белгилар;

🧑‍⚕️ - Ўқувчилар учун ягона хавфсиз йўналишни белгилаш;

🧑‍⚕️ - Йўлларда хавфсиз ҳаракатланиш хулқ-атворини шакллантиришда ўқитувчи ва ота — оналар ҳамкорлигининг аҳамияти;

🧑‍⚕️ - Хавфсиз ҳаракатланиш хулқ — атворини шакллантиришда амалий ва кўргазмали усуллардан фойдаланиш.

❗️Миллий -тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚦 Темы учебного курса «Курс повышения квалификации учителей общего среднего образования по безопасности дорожного движения»

🇷🇺На русском:

🧑‍⚕️
- О курсе;

🧑‍⚕️ - Факторы, вызывающие дорожно - транспортное происшествие. Причины дорожно-транспортных происшествий, связанных с детьми. Предотвращение несчастных случаев;

🧑‍⚕️ - Меры по обеспечению безопасности детей на дорогах;

🧑‍⚕️- Дорожные знаки: предупреждающие, знаки приоритета, запрещающие знаки;

🧑‍⚕️- Определение единого безопасного направления для учащихся;

🧑‍⚕️- Важность сотрудничества учителя и родителей в формировании безопасного поведения при передвижении по дорогам;

🧑‍⚕️- Использование практических и наглядных методов в формировании безопасного передвижения.

❗️Следите за официальными страницами Национального исследовательского института 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Hurmatli ustozlar!

O‘zbekistondagi o‘qituvchilarning professional ovoz muammolarini tadqiqoti

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti ko'magida Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti tomonidan o'qituvchilarni ovoz muammolari va kasbiy xavflar bilan bog'liq tadqiqot olib borish maqsadida MAKTAB O‘QITUVCHILARI O‘RTASIDA so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

🔖 Anketada ishtirok etish ANONIMDIR, olingan barcha ma'lumotlar faqat umumlashtirilgan shaklda ilmiy maqsadlarda qo'llaniladi.

👉 So‘rovnoma quyidagi havolada

📝 Ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!
——————————————
Уважаемые учителя!
Международный Вестминстерский университет в Ташкенте при поддержке Национального исследовательского института профессионального развития имени А. Авлони проводит исследование касаемое профессиональных рисков и проблем с голосом у учителей.

🔖 Анкета анонимная, все полученные данные будут использованы только в обобщенном виде для научных целей.

👉 Ссылка на анкету

📝 Благодарим за участие!

❗️Следите за официальными страницами Национального исследовательского института 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 MAGISTRATURA

Bugun qishki qabulning oxirgi kuni

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida 70411201-“Menejment (Taʼlim menejmenti)” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabulning oxirgi kuni bugun, 10-yanvar sanasi ekanligini eslatib o‘tamiz.

📄 Abituriyentlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

pasport nusxasi;

– bakalavr diplomi va baholar qayd etilgan ilovaning nusxasi;

– xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat.

📌 O‘quv yili davomiyligi bir yil (to‘lov shartnomasi asosida).

🗂 Hujjatlar magistr.edu.uz sayti orqali onlayn tarzda topshiriladi.

📬 Qabul 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvariga qadar (10-yanvar kuni ham) o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish jarayoni magistr.edu.uz sayti orqali foydalanish yo‘riqnomasida keltirilgan.

☎️ Murojaat uchun tel: (71) 246-06-63

👉 Batafsil maʼlumot: https://avloniy.uz/uz/press-center/elonlar/11

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#yangiliklar

Pedagog xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Bugun deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasiga pedagog xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik, kasbiy faoliyatiga va taʼlim oluvchilar bilimini to‘g‘ri, xolis baholashiga taʼsir ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni yanada oshirish masalasi ham kiritilgan.

Mazkur qonunchilik palatasining 2023-yil hisobidan o‘tkazayotgan ilk yalpi majlisida “Maʼmuriy javobgarlik hamda Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish masalasi o‘rin olgan.

Ko‘rilayotgan qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslariga taʼlim muassasasining pedagog xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish taklif etilmoqda.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga pedagoglarni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;

Taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga taʼsir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;

(Amaldagi qonunchilikda ushbu huquqbuzarlikka nisbatan belgilangan jarimalar miqdori fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorni tashkil etadi)

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishini nazarda tutuvchi normani kiritish nazarda tutilmoqda

(Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Maʼmuriy qamoqqa olish bilan bog‘liq jazo chorasi mavjud emas.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga ham taʼlim muassasasining pedagog xodimiga nisbatan mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etgan taqdirda huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishini mustahkamlovchi yangi norma qo‘shish taklif etilmoqda”, – deyiladi spiker o‘rinbosari xabarida.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.
#Savol: "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida qancha vaqtda malaka oshirish lozim?

#Javob: "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida onlayn tarzda yil davomida (365 kun) o'zingizga qulay vaqtda istalgan turdagi gadjetlar orqali (mobil telefon, kompyuter, noutbuk, planshet) malaka oshirshingiz mumkin. Aynan ma'lum bir vaqt oralig'ida o'qishingiz shart emas.

Agar siz malaka oshirishning onlayn shaklini tanlagan bo'lsangiz mazkur yil uchun 365 kunning istalgan qulay vaqtida tegishli kreditni (direktor, direktor o'rinbosarlari, kutubxonachilar, maktab psixologlari 30 soat - 15 kredit. Pedagog xodimlar 36 soat - 18 kredit) jamlab sertifikat olishingiz talab etiladi.

🚨 Ma'lumot uchun: Endilikda Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga ko'ra, rahbar va pedagog xodimlarning har yili malaka oshirishi talab etiladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

⚡️ҚАЙСИ НОПЕДАГОГ КАДРЛАР ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ КУРСЛАРИДА ТАҲСИЛ ОЛИШЛАРИ МУМКИН?

📣📣ДИҚҚАТ!

📌Навбатдаги қайта тайёрлаш курслари бўйича маълумот.

А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институтида халқ таълими тизимида педагогик фаолият юритиш ҳуқуқини берадиган кадрлар таҳсил олишлари мумкин бўлган қайта тайёрлаш курслари билан танишинг 👇🏻 👇🏻

Чет тили (тиллар бўйича) фани ўқитувчиси йўналишида ўқимоқчи бўлганлар
👉 Таржимонлик (тиллар бўйича) (5 йиллик)

👉 Таржимон-референт
👉 Таржима назарияси ва амалиёти (тиллар бўйича)
👉 Маданиятлараро коммуникацияларнинг лингвистик таъминоти (тиллар бўйича)

👉 Гид ҳамроҳлиги ва таржимонлик фаолияти (тиллар бўйича)

(Изоҳ: тегишли тилда эркин сўзлаша олиш даражасига эга бўлишлари шарт)


Информатика фани ўқитувчиси йўналишида ўқимоқчи бўлганлар
👉 Информатика ва ахборот технологиялари

Иқтисодий билим асослари фани ўқитувчиси йўналишида ўқимоқчи бўлганлар
👉 Иқтисодиёт соҳаси

Кимё фани ўқитувчиси йўналишида ўқимоқчи бўлганлар
👉 Химик-технолог (5 йиллик)

👉 Химик-инженер (5 йиллик)

👉 Кимёвий технология (ишлаб чиқариш турлари бўйича)

Давлат ва ҳуқуқ асослари фани ўқитувчиси йўналишида ўқимоқчи бўлганлар
👉 Ҳуқуқшунослик
👉 Юриспруденция (соҳалар бўйича)

Мусиқа фани ўқитувчиси йўналишида ўқимоқчи бўлганлар
👉 Санъатшунослик (турлари бўйича)
👉 Мусиқа назарияси
👉 Дирижёрлик (турлар бўйича)
👉 Вокал санъати (турлари бўйича)
👉 Академик хонандалик
👉 Анъанавий хонандалик
👉 Эстрада хонандалиги
👉 Чолғу ижрочилиги (турлари бўйича)
👉 Фортепиано ижрочилиги
👉 Торли чолғулар ижрочилиги (турлари бўйича)
👉 Дамли ва зарбли чолғулар ижрочилиги (турлари бўйича)
👉 Эстрада чолғулари ижрочилиги (турлари бўйича)
👉 Халқ чолғулари ижрочилиги (турлари бўйича)
👉 Анъанавий чолғу ижрочилиги (турлари бўйича)

📍Бизнинг манзил: Тошкент шаҳар, Олмазор тумани, Зиё кўчаси 6-уй
Мурожаат учун телефонлар: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

Савол ва таклифларингизни https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov телеграм гуруҳига йўллашингиз мумкин.

Бошқа йўналишлар бўйича навбатдаги постларимизда.

❗️Институтнинг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇
Telegram |Facebook |Website| YouTube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳурматли аскар ва сержантларимиз, офицер ва генераллар!

Қуролли Кучларимиз фахрийлари!

Муҳтарам ватандошлар!


🇺🇿Аввало, Сиз, азизларни, сизлар орқали бутун халқимизни Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни билан чин қалбдан самимий муборакбод этамиз!

Бу кун том маънодаги умумхалқ байрамига, азалдан халқимизга хос бўлган ватанпарварлик, мардлик ва жасурлик каби юксак фазилатлар тимсолига айланган.

Миллий армиямизнинг куч-қудрати азму шижоати, хизматчиларимизнинг, бағрикенг ва олижаноб халқимизнинг бирлиги, ҳамжиҳатлигидадир.

Мардона хизматларингиз туфайли она юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо, болаларимиз, мўътабар оналаримиз, кексаларимиз хотиржамдир!

Ўз ҳаётини халқ, юрт тинчлиги учун бағишлаб, ғоят масъулиятли вазифани шараф билан адо этаётган мард ва жасур, юртга садоқатли ҳарбийларимизга чуқур миннатдорчилик билдирамиз!

Айни пайтда ўз фарзандларини – Қуролли Кучларимизнинг аскар ва офицерларини Алпомишдек ботир, чинакам ватанпарвар этиб тарбиялаган барча ота-оналарга, ҳарбийларимиз билан ҳаёт қувончи ва ташвишларини доимо баҳам кўриб келаётган уларнинг рафиқалари ва оила аъзоларига ташаккуримизни изҳор этамиз!

Юртимиз тинчлигига кўз тегмасин!
Осмонимиз ҳамиша мусаффо бўлсин!

Ҳурмат билан,

Аюбхон Раджиев
А.Авлоний номидаги миллий -тадқиқот институти
ректори
📣 DIQQAT E’LON!

🔰SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI
METODIST LAVOZIMI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI!

❇️O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi “Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 385-sonli buyrug‘iga muvofiq, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi tuzilmasida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashkil etilib, metodist lavozimiga mutaxassislar ishga taklif etilmoqda.

⚠️TALABLAR:

🎓- pedagogika yo'nalishida kamida bakalavr diplomli (magistr diplomi, malaka toifasining mavjudligi ustunlikka ega) mutaxassis bo‘lishi;

✍️- ta’limning zamonaviy metodikalarini bilishi;

🌎- xorijiy tillardan birortasini bilishi;

💻- AKT dan yuqori darajada foydalana olishi zarur.

📚Hujjatlar 2023-yil 20-yanvargacha qabul qilinadi.

📞Murojaat uchun telefon:
+998(99) 324-52-07 → Kushbekova Dilnoza Ashuralievna
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari bilan ZOOM videokonferentsaloqa orqali boʼlib oʼtgan yigʼilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qoʼyildi.

Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumtaʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish  zarurligini taʼkidladi.

Аyni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqmoqda.
Qiyin akademik tushunchalar qanday qilib o'zlashtiriladi?

Qiyin yoki zerikarli tuyilgan akademik tushunchalarni vizual ko'rinishda va amaliy o'quv tajribalari sifatida o'quvchilarga taqdim eting. Bu esa o'quvchilarga maktabdagi o'rgangan tushunchalarining real hayotda qanday qo'llanilishini anglashga yordam beradi.

Buning uchun interaktiv doskadan fotosuratlar, audio kliplar va videofilmlarni namoyish qilishda foydalaning, shuningdek, sinfda fan tajribalarini tashkillang yoki mahalliy ekskursiyalarga o'quvchilarni olib chiqing.

Vizualizatsiya - bu raqamli ma'lumotni yoki fan hodisasini vizual kuzatish va tahlil qilish uchun qulay shaklda taqdim etish texnikasining umumiy nomi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy topishiga ishonaman!


Maktabgacha
va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
#yangiliklar

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlari Finlandiyada malaka oshirmoqda

Ayni paytda institutning bir guruh tadqiqotchi xodimlari stajirovka o'tash uchun Finlandiyada bo'lib turibdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Finlandiya davlat ta'lim tizimi bilan yaqindan tanishib, maktab boshqaruv sohasida direktorlarni lavozimiga tayinlash, ularni malakasini oshirish, maktab boshqaruvida medianing rolini aniqlash borasida yangi bilim ko‘nikmalarni egallashdir.

15-29-yanvar kunlari davom etadigan mazkur malaka oshirish kurslari va Finlandiyadagi maktablar tajribasi bilan tanishtirishda davom etamiz.

👉 Batafsil: https://avloniy.uz/uz/press-center/news/448

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram