AT - TAQVA
2.68K subscribers
4.57K photos
374 videos
25 files
747 links
"Эй қавмим, мен сизлардан бу (даъватим) учун ажр сўрамайман. Менинг ажрим фақат мени яратган Зотнинг зиммасидадир". (Ҳуд сураси, 51 оят)
Download Telegram
O'qing

@at_taqva
AT - TAQVA
O'qing @at_taqva
Masjidlarni bezashni boshlasangizlar boshingizga musibatlar keladi

Keling dastlab bizga yetib kelgan masjidlar haqidagi shu mazmundagi rivoyatlarni ko‘rib chiqaylik:

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Masjidlarni va mus'hafni (Qur’onni) bezashni boshlasangizlar boshingizga musibatlar keladi”.
(Al-Hakim va Termiziy rivoyatlari).

Anas roziyallohu anhu aytadi:
“Odamlar qurgan masjidlari bilan g‘ururlanadilar lekin u yerga bormaydilar, faqatgina masjid ichidagi bezaklar bilan maqtanadilar holos”.
Ibn Abbos aytadi:
“Sizlar huddi yaxud va nasorolar cherkovlarini bezatganlari kabi masjidlaringizni bezaysizlar”.
(Imom Buxoriy rivoyatlari).

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Toki insonlar bir-birlariga masjidlar bilan maqtanmagunlaricha qiyomat bo‘lmaydi”.
(Imom Ahmad rivoyati).

Ana shu kunlar kelmadimi? “Falon masjidni zo‘r qilishibdi. Ichiga besh mingta odam sig‘ar ekan, uyog‘i unaqa ekan, buyog‘i bunaqa ekan. Tahoratxonasi juda hashamatli” deb maqtanib qo‘yamiz. Qani o‘sha besh ming odam kelayaptimi har kuni? 3 million musulmon yashaydigan Toshkentga besh ming nima degan gap? Televizorlarda, radiolarda jar solamiz “Toshkent Islom madaniyati poytaxti, buncha masjidlar tiklandi, unchasi yangi qurildi” deb, qiziq ana shu masjdini qurganlarni o‘zi hech bo‘lmasa shu masjidlarga chiqib turisharmikin?

Mayli faqatgina salbiy tomonlarni gapirmaylik. Alhamdulillah, tan olamiz oxirgi paytlarda masjidlarda jamoat ko‘payib qoldi. Namozga yangi qo‘shilganlar soni oshayapti. Hech bo‘lmaganda bomdod va xufton namozlarida masjidlarimizda jamoat ko‘p. Keling masjidlarga chiqaylik, Rosululloh aytgani kabi masjidlarning bezagi bilan maqtanadigan insonlardan bo‘lib qolmaylik, balki masjidlarni to‘lib turishi bilan maqtanaylik.

Salaflar davrida masjidlar, xususan Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidlari qanday bo‘lgan?
Abu Said al-Hudriy rivoyat qiladilar:
“Madinadagi Rosulullohning masjidlarining tomi palma daraxti barglari bilan yopilgan edi. Rosululloh davrlarida ham, Abu Bakr halifalik davrlarida ham shunday bo‘ldi, Umar bin Hattob halifa bo‘lganlarida bir quruvchini olib keldilar va masjdining ustini suv o‘tmaydigan qilib yopishni buyurdilar va qo‘shimcha qilib: “Ogoh bo‘l, sariq yoki qizil bo‘yoqlarni ishlatmagin, chunki odamlarning hayoli ketishi mumkin”, dedilar.”
(Buxoriy rivoyatlari)

P. S. Nega bularni yozding, nima taklif qilyapsan, masjidlarni buzaylikmi deyishingiz mumkin. Yo‘q, unday demoqchi emasman. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam tomonidan berilgan bashoratlar albatta sodir bo‘ladi. Sodir bo‘lyapti ham. Haqiqiy mo‘min esa buni ko‘rib iymoni ziyodalashaveradi.

@at_taqva
Namoz vaqtlari

Jadvalning oxirgi ustunida berilgan “qibla” – qibla soati degani. Ya’ni, ko‘rsatilgan vaqtda quyoshga qaragan odam qiblaga yuzlangan bo‘ladi.

@al_harameen_uzb
@at_taqva
Forwarded from Shamsuddin Sadruddin
#Adolat_qiling

Bir inson yigirma uch yil sizni o’ylab yashadi.

Yigirma uch yil sizni deb ozorlarga, tuhmat va bo’htonlarga chidadi.

Unga shak-shubhasiz ijobat bo’ladigan duo berildi. Ammo uni siz uchun oxiratga olib qo’ydi.

Uni urishganda ham, kiyimidan tortishganda ham, ustiga najosat uloqtirishganda ham, qilich ila zarba berishganda ham sizni o’ylab o’sha duoni ishlatmadi.

U kechalari sizni deb ko’z yosh to’kib chiqdi.

O’zidan ko’ra ko’p sizni duo qildi.

Vafot etayotganda ham sizning nomingizni aytdi.

Osmonga ko’tarilib farishtalar va payg’ambarlar qurshovida turganda ham sizni unutmadi.

Har doim uning xayolida edingiz.

“Ummatimdan birortasi do’zaxda qolsa, rozi emasman” deganda aynan sizni nazarda tutgan edi.

U sizni juda qattiq sevdi. Sizni ko’rishni istadi... (sollallohu alayhi vasallam)

Siz esa uning uchun o’ttiz kungina ajratmoqchimisiz?!

Yigirma uch yilga o’ttiz kun?!

Adolat qiling!

(Alloh bu oyda boshlagan xayrli ishingizni yurak urishidan to’xtagunga qadar davomiy qilsin)
Forwarded from TOYYIBAAH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech bir o’ylab ko’rganmisiz?
Qachon va nimalarga siz hursandchiligizni ishlatasiz?

Bir universitetni a’lo bahoda tugatsangiz, bir ishga kirsangiz, ilk bor oylik maoshingiz qo’lizga tegsa, yangi telfon olsangiz va yana qaysi dunyo narsalari uchun qalbingizdan hursand bo’lib ketasiz?
Bir o’ylab ko’ring!

Endi aytingchi Alloh bergan bu hursandchilik-tuyg’usini qachon
Allohning roziligida ishlatgansiz?


Namozingizni vaqtida o’qib olsangiz
qalbingizdan yayrab ketganmisiz, hech?
Bir surani yodlab olishingiz bilan tabassum ko’z-yoshlari bilan qolganmisiz, hech?
Nafsingizni jirkanchli ishlardan tiyaolib tabassum qilaolganmisiz hech?

Nega hursandchilikni Alloh yo’lida ishlatmasdan dunyo ishlariga ishlatmoqdasiz?

Quron hofizasi bahtiga erishgan bu singlimizdan: ”O’zingizni qanday his qilyapsiz?”, degan oxirgi savolga,
”Hursandchilik” deya javobini yakunladi.



BintYunus©️|@toyyibaah
Kim shariatga o‘zining fikri bilan e’tiroz bildirishga odatlansa, iymon qalbida qaror topmaydi

Imom Harroniy rahimahulloh

@at_taqva
Nasroniylarga, Xudo uchta degan biror sahih manba keltiring, bu narsa hatto Injilda ham yo'q desangiz, ular, Xudoni uchta deb, Iysoni xudo deb e’tiqod qilish uchun biror bir sahih manba bo‘lishi shart emas, muhabbat va ochiq qalb bo‘lsa bas deyishadi

@at_taqva
Assalamu alaykum varihmatullohi vabarokatuh

Birodarlar! In sha Alloh xushxabar!

"Yo'lovchi" ko'rsatuvi "Oltin kabutar" tanlovining "Eng yaxshi ko'rsatuv" yo'nalishi bo'yicha nominantlar qatoriga kirib, ovoz berish jarayoni davom etmoqda ekan! Shoshiling!

Batafsil bu yerda: http://www.oltinkabutar.uz/nomination/eng-yaxshi-korsatuv

Shunga ovoz berib yuboring, yaxshilikka hissa qo'shaylik!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ummatni tavhiddan boshqa hech narsa birlashtira olmaydi!

@at_taqva
Namoz vaqtlari

Jadvalning oxirgi ustunida berilgan “qibla” – qibla soati degani. Ya’ni, ko‘rsatilgan vaqtda quyoshga qaragan odam qiblaga yuzlangan bo‘ladi.

@al_harameen_uzb
@at_taqva
Tavhid nima?

Allohni O'zi qiladigan ishlarida yakka deb bilish,
ibodat qilishda yolg'iz Ungagina ibodat qilish, va Uni O'zi keltirgan ism va sifatlariga boricha iymon keltirish

@at_taqva
ПАЙҒАМБАРИМИЗ ТУҒИЛГАН КУНЛАРИНИ ТАЙИН ҚИЛИБ ОЛИШ

@Savollar_kanal 5875-савол

Ассалому алайкум! Пайғамбаримиз Муҳаммад саллоҳу алайҳи васалламнинг туғулган кунларини (12 раббиул аввал ) оила даврасида хурсанчилик қилиб кутиб олиш, Аллоҳ бу кунда бизга берган буюк раҳматидан хурсанчилик қилишимиз керакми, буни одат қилиш жоизми?

ЖАВОБ:

– Ва алайкум ассалом! Одат қилиш жоиз эмас. Аксинча йил бўйи Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг сийратларини ўрганиш, ўргатиш ва суннатларига амал қилиш керак. Динни баъзи бир расмиятчиликларга чегаралаб қўймаслик керак. Чунки шайтон инсонни шу каби ишларга чегаралаб, қолганидан чалғитади. Ҳар бир оила ўз уйида беш дақиқалик мадрасани жорий қилиши керак. Унда, таомланиб бўлгач, ота-она ёки бобо ёки буви Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳақларида битта савол бериб ўзи жавобини айтади ва битта суннатни таълимини бериб, эртаси куни ўша айтиб берган нарсасини улардан сўраб олади ва амалда қўллашга тарғиб қилади. Бу таълим беришнинг энг енгил ҳамда самарали услубидир. Валлоҳу аълам!

«Зикр аҳлидан сўранг» ҳайъати

Манба

➡️ Каналга уланиш
Namoz vaqtlari

Jadvalning oxirgi ustunida berilgan “qibla” – qibla soati degani. Ya’ni, ko‘rsatilgan vaqtda quyoshga qaragan odam qiblaga yuzlangan bo‘ladi.

@al_harameen_uzb
@at_taqva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔉 - 𝗦 𝝠 𝗗 𝗢 𝗧 𝗨 𝗥 -
_
• 𝗗𝗨𝗡𝗬𝗢 𝗕𝗢'𝗬𝗟𝝠𝗕 𝗦𝝠𝗬𝗢𝗛𝝠𝗧𝗟𝝠𝗥
• 𝝠𝗥𝗭𝗢𝗡 𝗡𝝠𝗥𝗫𝗗𝝠 𝝠𝗩𝗜𝝠𝗕𝗜𝗟𝗘𝗧𝗟𝝠𝗥
• 𝗛𝝠𝗥 𝗧𝗨𝗥𝗟𝗜 𝗩𝗜𝗭𝝠 𝗜𝗦𝗛𝗟𝝠𝗥𝗜
• 𝗠𝗘𝗛𝗠𝗢𝗡𝗫𝗢𝗡𝝠 𝗕𝗨𝗬𝗨𝗥𝗧𝗠𝝠𝗟𝝠𝗥𝗜
• 𝗧𝝠𝗥𝗝𝗜𝗠𝗢𝗡𝗟𝗜𝗞 𝗫𝗜𝗭𝗠𝝠𝗧𝗟𝝠𝗥𝗜
• 𝗕𝗜𝗭𝗡𝗘𝗦 𝗨𝗖𝗛𝗥𝝠𝗦𝗛𝗨𝗩𝗟𝝠𝗥
• 𝗠𝗨𝗤𝝠𝗗𝗗𝝠𝗦 𝗬𝗘𝗥𝗟𝝠𝗥𝗚𝝠 𝗭𝗜𝗬𝗢𝗥𝝠𝗧𝗟𝝠𝗥
_
🔊 - 𝗦 𝝠 𝗗 𝗢 𝗧 𝗨 𝗥 -
𝗱𝘂𝗻𝘆𝗼 𝘀𝗶𝘇𝗻𝗶 𝗸𝘂𝘁𝗺𝗼𝗾𝗱𝗮
- 𝘄𝘄𝘄.𝘀𝗮𝗱𝗼𝘁𝘂𝗿.𝘂𝘇
_
📍#SADOGRAM
#sayohat #travel #sadotur
_
🔎 Kanalga obuna bo'ling:
https://t.me/joinchat/AAAAAFgJfcWAFofqMKP8hg
Mavlidni nishonlamaslik Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbatni noqisligini ko'rsatmaydi.

Alloh guvoh, Rosulullohni bashariyat ichida hammadan ham afzal ko'ramiz.

Allohga qasamki, agar Alloh, Uning Rosuli, va maqtalgan uch avlod mavlidni joiz deb ta'kidlaganda edi, shariatda bunga ko'rsatma bo'lganda edi, biz uni nishonlashda, in sha Alloh, peshqadam bo'lar edik, unga chaqirar edik, u haqida yozar edik.

@at_taqva
Namoz vaqtlari

Jadvalning oxirgi ustunida berilgan “qibla” – qibla soati degani. Ya’ni, ko‘rsatilgan vaqtda quyoshga qaragan odam qiblaga yuzlangan bo‘ladi.

@al_harameen_uzb
@at_taqva
Bir kimsa bor vaqtini Qur'on va sunnatga sarflayotgan yoshlarga qarab dedi: "Sizlar shunday maqsadsiz o'tiraveringlar, u yerda esa amerikaliklar boshqa sayyoralarni zabt etishyapti".

Ular javob berdi: "Maxluq¹ maxluqqa yetishni ko'zlayotgan ekan, biz Xoliqqa² yetishni ko'zlayapmiz".

¹ maxluq - yaratilgan
² Xoliq - Yaratuvchi


@at_taqva