async.uz
1 subscriber
40 photos
24 links
Download Telegram
#python #qa #vanrossum

May oyida bo'lib o'tgan Q&A sessiyasida Python yaratuvchisi Gvido van Rossum tilning kelajagi va uning keyingi versiyalari haqida gapirdi. Dasturchining so'zlariga ko'ra, "Python 4.0" versiyasi hech qachon dunyo yuzini ko'rmasligi mumkin.

"Men Python 4 g'oyasidan asosiy ishlab chiquvchilar guruhidagi hamma kabi hayajonlanmayman. Ehtimol 4.0 versiyasi hech qachon chiqarilmaydi va biz raqamlashni kamida 3.33 ga qadar davom ettiramiz ", - deydi van Rossum intervyusida.

"Endi, agar Python 4 asosiy ishlab chiquvchilar guruhi orasida tilga olinadigan bo'lsa, bu shunchaki hazil bo'ladi... Biz Python 2 dan 3 ga o'tish jarayonida yaxshigina saboq oldik, shuning uchun Python 4 haqida jiddiy gapirish deyarli mantiqsizlik", - deya davom etdi van Rossum.

@asyncuz
#plugin #tabnine #coding

Tabnine - bu kodni avtoto'ldirshga mo'ljallangan hamda sun'iy intellekt asosida qurilgan qo'shimcha vosita bo'lib, u bugungi kunda 30 ga yaqin eng ommabop dasturlash tillari hamda 15 xil IDElarni qo'llab quvvatlaydi.

Tabnine sun'iy intellekt yordamida dasturchi harakatlarini tahlil qiladi hamda bo'lishi mumkin bo'lgan keyingi harakatlarni oldindan bashorat qiladi va dasturchiga variantlar taqdim qiladi. Bundan tashqari vositaning bazasi muntazam tarzda kengayib boradi.

Ming marta eshitgandan, bir marta ishlatib ko'rgan yaxshi 👉: Rasmiy veb sahifa

@asyncuz
#solid #principles #oop

SOLID atamasi, obyektga yo'naltirilgan dasturlashda dasturlarni loyihalash hamda moslashuvchan dasturlar yozishda qo'llaniladigan tamoyillardan kelib chiqqan bo'lib, ushbu atamani ilk marta bundan 20 yil avval taniqli dasturchi Robert Martin (Uncle Bob) tilga olgan.

SOLID quyidagi 5 tamoyilni o'z ichiga oladi va atama ushbu tamoyillar bosh harflaridan olingan:

(S) Single responsibility principle - yagona javobgarlik tamoyili

(O) Open/closed principle - ochiqlik/yopiqlik tamoyili

(L) Liskov substitution principle - Liskov almashtirish tamoyili

(I) Interface segregation principle - interfeysga ajratish tamoyili

(D) Dependency inversion principle - qaramlik inversiyasi tamoyili

Albatta, SOLIDni har bir loyihada qo'llash majburiy emas, ammo ushbu tamoyillar yordamida dasturni kelajakdagi bo'lishi mumkin bo'lgan qo'shimchalarga moslashuvchan hamda takrorlanishi mumkin bo'lgan kod qatorlarisiz loyihalash mumkin.

@asyncuz
#java #dars

1-dars. Javaning kelib chiqishi va muhiti

⚠️ Bu darsda java dasturlash tilining yaratilish sababi, javaning turli nashrlari va uning ishlash muhiti haqida ma'lumot beriladi.

@asyncuz
#java #dars

2-dars. Java tili

⚠️ Bu darsda Javada kodlarning umumiy strukturasi va sintaksisi haqida ma'lumot beriladi.

@asyncuz
#java #dars

3-dars. Java dasturlash tiliga kirish

⚠️ Bu darsda sizga Java videodarslarini kimlarga moslashganligi, kursning umumiy maqsadlari va uning muhiti hamda Java SE 11 to'liq dasturlash kursining umumiy mazmuni haqida ma'lumot beriladi.

@asyncuz
#java #dars

4-dars. Visual Studio Codeni o'rnatish va sozlash

⚠️ Ushbu darsda sizga Visual Studio Codeni qanday qilib yuklab olish, kompyuterga o'rnatish va Java dasturlash tiliga moslashtirish haqida ma'lumot beriladi.

@asyncuz
#java #dars

5-dars. Javada o'zgaruvchilar

⚠️ Ushbu darsdan boshlab biz haqiqiy Java dasturlash tiliga kiramiz. Bu darsda sizga Javada o'zgaruvchilar nimaligi, ularning ba'zi turlari, qanday e'lon qilinishi va ularga qanday qilib qiymat tayinlanishi haqida umumiy ma'lumotlar beriladi.

@asyncuz
#java #dars

Amaliyot. Javada o'zgaruvchilar

⚠️ Ushbu darsda oldingi o'zgaruvchilar darsini mustahkamlash va sizga tushunarli bo'lishi uchun mavzuga doir bir qancha amaliy misollar Visual Studio Code muhitida yozib tushuntiriladi.

@asyncuz
#java #dars

6-dars. Javada Ma'lumot turlari va O'zgarmaslar

⚠️ Ushbu darsda sizga Javada Boshlang'ich(Primitive) turlar va O'zgarmaslar haqida ma'lumot beriladi.

@asyncuz
#java #dars

Amaliyot. Javada Ma'lumot turlari va O'zgarmaslar

⚠️ Ushbu darsda sizga 6-darsda berilgan ma'ruzaga doir amaliy misollar tushuntiriladi.

@asyncuz
#java #dars

7-dars. Javada amallar

⚠️ Ushbu darsda sizga Standart matematik amallar va Munosabat amallari haqida ma'lumot beriladi. Bundan tashqari String ma'lumot turiga doir taqqoslashlar va operatsiyalar ko'rib o'tiladi.

@asyncuz
#java #dars

Amaliyot. Javada amallar

⚠️ Ushbu darsda 7-darsda berilgan ma'ruzaga doir bir nechta amaliy misollar ko'rib o'tiladi.

@asyncuz
#java #dars

8-dars. Javada Dastur oqimini nazorat qilish

⚠️ Ushbu darsda sizga qaror qabul qilishga oid bir nechta oqim nazorat operatorlari haqida nazariy ma'lumot beriladi.

@asyncuz
#java #dars

Amaliyot. Javada Dastur oqimini nazorat qilish

⚠️ Ushbu darsda oqim nazorat operatorlariga doir bir nechta amaliy misollar ko'rib o'tiladi. Bundan tashqari sizga Scanner sinfi haqida ham ma'lumot beriladi.

@asyncuz
#java #dars

9-dars. Javada Massivlar

⚠️ Ushbu darsda sizga Javada Massivlar nima, ular qanday e'lon qilinadi, qanday qiymat tayinlanadi va massiv elementlaridan qanday qilib foydalaniladi shular haqida batafsil ma'lumot beriladi.

@asyncuz
#java #dars

Amaliyot. Javada Massivlar

⚠️ Ushbu darsda Javada Massivlar mavzusiga doir bir nechta amaliy misollar ko'rib o'tiladi. Bundan tashqari ma'ruza matnida yo'q bo'lgan ba'zi metodlar va matritsalar haqida ma'lumotlar beriladi.

@asyncuz
#java #dars

10-dars. Javada Sikllar va Takrorlanish

⚠️ Ushbu darsda sizga Takrorlanish va Sikllar haqida ma'lumotlar beriladi. 4 xil Sikl turlarining ishlashi va ularning bir biridan farqlari nazariy tarzda aytib o'tiladi.

@asyncuz
#java #dars

Amaliyot. Javada Sikllar va Takrorlanish

⚠️ Ushbu darsda Sikllarga doir bir nechta misollar amaliy tarzda ko'rsatiladi.

@asyncuz
#java #dars

11-dars. Javada Obyektga yo'naltirishdan foydalanish

⚠️ Ushbu darsdan boshlab biz dasturlashning eng asosiy tushunchalaridan biri bo'lgan OOP tamoyillarini boshlaymiz. Bu darsda sizga asosan Obyektga yo'naltirilish haqida nazariy ma'lumot beriladi.

@asyncuz
#java #dars

12-dars. Javada Obyektga yo'naltirilganlik tamoyillari

⚠️ Ushbu darsda OOP ga chuqurroq kirgan holda Class va Obyekt kabi tushunchalarga batafsil to'xtalamiz. Bundan tashqari dars oxirida sizga OOP ning Abstraksiya, Enkapsulatsiya, Meros olish va Polymorfizm kabi bir nechta prinsiplari haqida qisqacha ma'lumot beriladi.

@asyncuz