#csharp #singleton #pattern
C#
⚠️ Yolg'iz (Singleton) - bu ma'lum bir sinf uchun faqat bitta nusxadagi obyekt yaratilishini kafolatlaydigan va ushbu ob'ektga kirish nuqtasini ta'minlaydigan loyihalash patterni (qolipi) hisoblanadi.
@asyncuz
C#
(v9.0) dasturlash tilida Singleton (Yolg'iz) loyihalash patternining (qolipining) Lazy<T> sinfi orqali realizatsiyasi.⚠️ Yolg'iz (Singleton) - bu ma'lum bir sinf uchun faqat bitta nusxadagi obyekt yaratilishini kafolatlaydigan va ushbu ob'ektga kirish nuqtasini ta'minlaydigan loyihalash patterni (qolipi) hisoblanadi.
@asyncuz
#mern #javascript #webdev
MERN to'plami - bu veb ilovalarni oson va tez ishlab chiqish imkonini beruvchi JavaScript to'plam hisoblanadi. MERN to'plami o'z ichiga 4 ta JavaScriptga asoslangan ochiq kodli texnologiyalarni qamrab oladi, bular MongoDB (M), Express JS (E), React JS (R) hamda Node JS (N).
Ushbu komponentalar birgalikda dasturchiga kompleks muhitni yaratadi.

#electron #desktop #javascript #ui
Electron - HTML, CSS va JavaScriptdan foydalangan holda desktop dasturlar ishlab chiqish uchun mo'ljallangan "framework" hisoblanadi. Electronda yozilgan dasturlarni bir vaqtning o'zida Windows, MacOS va Linux kabi operatsion tizimlarda ishga tushurish mumkin.
Electron dasturlarning ishlashini ta'minlaydigan yagona muhitga birlashtirilgan Chromium va Node.js dan tashkil topgan. Bu desktop dasturlarni ishlab chiqishda veb-texnologiyalardan foydalanishga imkon beradi.
Electron ko'plab mashhur dasturlarni yaratish uchun ishlatilgan jiddiy framewrok hisoblanadi. Ular orasida Skype, Whatsapp va Discord messenjerlari, Visual Studio Code va Atom kod muharrirlari, shuningdek, Electron veb-saytida e'lon qilingan 700 dan ortiq dasturlar mavjud.

#mvvm #pattern #wpf
MVVM (Model-View-ViewModel) - bu dasturning vizual qismi hamda dastur mantig'ini alohida qismlarga ajratishga imkon beruvchi loyihalash qolipidir. Ushbu qolip 2005-yilda Jon Gossman tomonidan taqdim qilingan. Garchi ushbu qolip asosan WPF dasturlarni yozish uchun ishlab chiqilgan bo'lsada, bugunga kelib MVVM turli xil texnologiyalarda qo'llaniladi, masalan Android, IOS.
⚠️ MVVM 3 ta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
Model - dasturda ishlatiladigan ma'lumotlarni tavsiflaydi. Modellar ushbu ma'lumotlar bilan bevosita bog'liq bo'lgan mantiqni o'z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga, modelda ma'lumotlarni namoyish qilish va vizual boshqaruv elementlari bilan o'zaro bog'liqlik mantig'i bo'lmasligi kerak.
View - foydalanuvchi dastur bilan o'zaro aloqador bo'lgan vizual interfeysni belgilaydi.
ViewModel - Model va View-ni ma'lumotlarni bog'lash mexanizmi (binding) orqali bog'laydi hamda dasturning asosiy mantig'ini o'z ichiga oladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shimmer #effect #loading
Ko'pincha veb saytlar yoki mobil ilovalarda kontent yuklanguniga qadar ekranda chiqib turadigan ajoyib gradient animatsiyali effektga ko'zimiz tushadi. Ko'pchilik dasturchilar ham o'z loyihalarida ushbu animatsiyadan foydalanishni istashadi lekin ayrim hollarda bu effektni qo'llash uchun kerakli kutubxona nomini topish qiyinchilik tug'diradi.
Ushbu animatsiyali effektning nomi "Shimmer Effect" deb nomlanadi va siz aynan shu nom bilan o'z loyihangizga kerakli kutubxonalarni topishingiz mumkin.

#wpf #watermark #xaml #textbox
WPFda faqatgina XAMLdan foydalangan holda TextBox elementiga "watermark" o'rnatish.
👉 Kodni mana bu yerdan topasiz
🚥 Ranglar bu yerda

#python #qa #vanrossum
May oyida bo'lib o'tgan Q&A sessiyasida Python yaratuvchisi Gvido van Rossum tilning kelajagi va uning keyingi versiyalari haqida gapirdi. Dasturchining so'zlariga ko'ra, "Python 4.0" versiyasi hech qachon dunyo yuzini ko'rmasligi mumkin.
"Men Python 4 g'oyasidan asosiy ishlab chiquvchilar guruhidagi hamma kabi hayajonlanmayman. Ehtimol 4.0 versiyasi hech qachon chiqarilmaydi va biz raqamlashni kamida 3.33 ga qadar davom ettiramiz ", - deydi van Rossum intervyusida.
"Endi, agar Python 4 asosiy ishlab chiquvchilar guruhi orasida tilga olinadigan bo'lsa, bu shunchaki hazil bo'ladi... Biz Python 2 dan 3 ga o'tish jarayonida yaxshigina saboq oldik, shuning uchun Python 4 haqida jiddiy gapirish deyarli mantiqsizlik", - deya davom etdi van Rossum.